Umumiy bo'lim > Ro'za

Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?

<< < (2/15) > >>

Abdul_Malik:
      Qaysidir yili mahallamizda odatdagidek taroveh namoziga chiqqandik(masjid emas). Yoshi ulug' otahonlar oldingi safga turishadi, keyingi safda yoshlar va hk. Farz namozi uqilayotgan edi. Imom ikkinchi raka'tdan uchinchi raka'tga turdida "Alhamdulillahi robbil a'lamiiiiyn..."dedida jimib qoldi. Shu payt oldingi safda turgan yoshi ulug' birodarlardan biri "Ar rohmanir rohiiym" dedi...

Munira xonim:
Assalamu alaykum.
1987 yil edi. Ramazon oyi keldi. Unda ochiq oydin ibodat qilishni ilojisi yo'q edi. Ro'za tutib maktabga chiqdim. Rus tili o'qituvchimiz, ro'za salomatlikka zarar ekani haqida ancha bizlarga "nasihat qildi". Va kim ro'za tutgan deb savol berdi. Hamma qo'rqqanidan jim o'tiribdi. Shu payt o'qituvchimiz tashqaridan suv olib keldida hammaga majburlab bo'lsa  ham ichirishni boshladi. Albatta ro'za tutmaganlar ham bor edi, lekin ro'za tutgan sinfdoshlarimga rahmim kelib qarardim. (U paytda majburan yoki bilmasdan narsa tanavvu qilinsa ro'za ochilmasligini bilmasdim-da) Naqd menga kelganda suv tugan qolgan. Ancha shaddodligim borligi uchun, o'qituvchiga qarab:"Domla, siz ovora bo'lmang, men o'zim tashqariga chiqib ichib kelaman, juda chanqab turgandim", dedim.O"qituvchi:"Baribir sen ro'za tutmagansan, bor chiqaver", dedi.
Chunki meni ota-onam, shu maktabda o'qituvchi bo'lib ishlashardi....

Munira xonim:
Bundan 4-5 yil oldin, kichik qizim 3-4yoshlarda edi. Ramazon keldi. U ham saharlikka turib olardi. Peshin bo'lgach esa qorni ochib, yeyishga narsa topardi, hech kimga indamasdi va qorong'u xonamiz bo'lardi, shu yerga ustilarini o'rab hech kimga ko'rsatmasdan, berkitib olib ketardi. Biz esa ko'rsak ham ko'rmaganga olardik. Iftor vaqtida esa xuddi ro'za tutgandek o'tirib duo qilib ovqatlanardi. Agar birortamiz, sen ro'za tutmadingku, desak uyni boshiga ko'tarib:"Men ham ro'za tutdimku, nega yolg'on gapirasan", deb yig'lashni boshlardi....
SHu kunlarni eslasam doim kulgim keladi.
Hozir o'ziga aytib bersak ishonmaydi....

Ansora:
9-10 Yoshlarimda bo'lsam kerak, ayam singillarim va menga namoz o'qishni o'rgatdilar. Agar namoz o'qimasalaring, molxonadagi novvosni yoniga bog'lab qo'yaman,deb qo'rqitdilar. O'sha yili dadam fermerga o'hshab 2 ta novvos olib boqishga boshlagan edilar, bir semirishdi asti qo'yaverasiz. Zanjirlarini shaqirlashi uzoqdan eshitiladi. Boshda ayamga achchiq qilgan edim, nimaga qo'rqitadilar, deb keyinchalik Alloh u kishidan roz bo'lsin, dedim. Hullas namoz bilan birgalikda ro'za ham tuta boshladik. Bir kuni saharlikka ayam go'sh qovurgan edilar. Azgina tuzi ko'proq bo'lganmi deyman, tushda chanqashga tushdim. Peshinni o'qish uchun tahorat oladigan payt keldi. Og'zimni yuvayotganimda qattiq chanqaganim uchun suvni og'zimda uzoooq ushlab turdim, lekin ichimga yutmadim:) Haligacha eslab kulaman, Alloh kechirsin, bolalikda:)

Ansora:
Ayam ramazonlarda hammamizni uyg'otar edilar. Biz esa nozlanib hech turgimiz kelmas, ohiri ayam bechora, bo'ldi kim tursa tursin, men ovqatimni yeyabman, derdilar. Biz darrov sakrab turardik. İshtahamiz bo'lmagani uchun azgina tashqarilarni aylanib kelgin bolam, ishtahang ochiladi, deb yumshoq gapirar edilar.
O'zim ham talaba bo'lib uydan uzoqlashgan keyin odatda xonadoshlarim mendan kichkina bo'lar edi, hammasini turg'izguncha jonim chiqib ketardi. Zarda qilardim, ularga nima savoblaringdan menga berasanlarmi deb:) O'sha paytlari onaginamning qadriga yana bir bor yetardim. Onaginam, Xudo shu muborak kunlarda barcha onalar qatorida sizga ham sog'lik sihhat bersin iloyim...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version