Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?  ( 46311 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Ansora  04 Avgust 2011, 15:48:29

Bizni mavzuyam "yetim" bo'lib qolmasin, yo'qlab turinglar yaxshilar : )

Qayd etilgan


Humayro  04 Avgust 2011, 16:05:42

Утган йилги А амазон ссимда колди.

Мен учун скин булган инсонимга "Бу балки сен учун сунги А амазондир" деган маколани жунатган сддим, шунчаки узим укиб ёктирганим учун унга хам илингандим. Шундан куп утмай унинг огир касал сканлиги хакида хабар олвудим. Хатто бир дусти хазиллашиб комада ётибди, хушини билмайди деб куркитганди. Куп дуо килардим ва йиглардим тузалиб кетиши учун Аллохга ёлвориб.
Согайганида жунатган маколангизни олдин хам укиган сдим, аммо бу сафар бошкача таъсир килди деди. айнан шу маколани жунатганим учун жуда хижолатда сдим. Кунглини кутариш учун бир суз тополмагандим ушанда...

Бугун СубханАллох бутунлай тузалмаган булса хам, бу йил А амазонга етказди Аллох уни хам сизларнинг каторингизда.

Аллохга хамдлар булсин беадад.

Qayd etilgan


Aqoid  04 Avgust 2011, 19:19:06

1 yo 2-sinfda o'qirdim. Iftorlikdan keyin og'zimni yopvolardim. Saharlikda og'zimni ochib, ovqatlanib yana yopardim. Lekin to'liq tutardim ro'zani.

Qayd etilgan


Secret  09 Avgust 2011, 04:52:55

 
  "Ramazon aytib keldik eshigingizga......." deb kelgan bolachalardan "jiddiy tarzda" - oxirigacha ayttirib keyin pul berdik!

  Bechoralar noto'g'ri aytmayapmikanmiz deb rossa mo'ltirashdi  ;)

Qayd etilgan


Ansora  11 Avgust 2011, 11:18:18

1 yo 2-sinfda o'qirdim. Iftorlikdan keyin og'zimni yopvolardim. Saharlikda og'zimni ochib, ovqatlanib yana yopardim. Lekin to'liq tutardim ro'zani.

10-11 yoshlarimda ilk ramazon tutish uchun tayyorlanayotgandik, ayam qonun qoidalarni tushuntirar ekanlar, aygan gapimni haliyam eslab, kulgim keladi:

"Voy aya kechasi bilan yesak bo'laveradimi, unda zo'r ekan-u"  ;D

Qayd etilgan


Ansora  07 Sentyabr 2011, 14:56:55

Bu yil iftorlardan biriga yana qaynonamlarni chaqiradigan bo'ldik, Ramazonni ohirgi kunlari edi. Ho'jayinim ovqat qilaverib chachading, sen qiymasini tayyorla, men tandirga olib borib pide (qiymli non, desak ham bo'ladi), qildirib kelaman, dedilar. Men ham "siz bilasiz," deb ichini tayyorladim pideni. Sho'rva pishirdim faqat, undan tashqari qovun, tarvuz so'ydim. Ho'jayinim iftorga 10 daqiqa qolganda telefon qilib qoldilar: Men uyga kelyabman, pide navbati yetmadi bizga, uyda nima bo'lsa shuni yeymiz, deb:(

Voy, dedim xazilmi bu? Ho'jayinimni ovozlaridan jiddiy ekanligini sezdim, jahllari chiqib turgandi:(

Tandirdagilar yetkazib beramiz, deb va'da berib, keyin kechirim so'rashibdi.

Qaynonamlar kelishdi, men darrov u bu narsa pishiray, desam ham yo'q, deyishdi, sho'rva yetadi. Zotan ular kelgandan 5 daqiqa keyin azon o'qildi. Xullas o'sha kuni faqat sho'rva ichdik, qovun tarvuz bilan non yedik:)

Nasib emas ekan-da:) ertasi kuni esa qiymadan duxovkada juda zo'r taom pishirdim internettan qarab. Ertasi kuniyam qaynonamlarni chaqirdik, bir kun oldin rejalashtirgan pidemizni taom qilib yedik, alhamdulillah.

Yaxshiyam mehmonlar begona emasdi ;D

Qayd etilgan


Ummu Muslima  07 Sentyabr 2011, 17:56:05

 :asl3:
Adashmasam 2sinfda edim shekilli,
U davrlarda Ramazon rosa yoz fasliga to'gri kelgan,kunlar ha  hozirgidan anchayn uzoq edi shekilli,,
zamonni ta'siridanmi  ko'pchilik yoshi kattalar ham ro'za tutishmas edi,
biz ham uydagilarga qiziqib saharlikka turardik,asr vaqitiga zo'o'rg'a chidab keyin qorong'u uyni burchagiga borib,sochiqcha solib "iftor" qilvolardik : )


Bir kuni  Qishloqqa qarindoshimizikiga mehmonga bordik,man yozgi kanikulligichun 1 kunga u yerda qoladigan bo'ldim,
Yoshligimdan qishloqni yahshi ko’raman ,havosi juda yoqimlik soylarni aytmaysizmi,yalpizlarni gapirmasa ham bo’ladi,

Man uydagilarga qiziqib  ro’za tutgan edim
oh issiqkii o'sha kuni chidab bo'lmas darajada edi,
mani ro'za tutganimni eshitgan qarindoshimiz  "vahimaga"  tushdilar  " ee shugina qizchagayam ro'za tuttirishadimi" deb

man bo’lsam tinmay noliyman "œ uymizga ketaman ,sizlar tomon yomonakaan ,muncha issiiiq" deb
(oilada 8chi farzand bo'lib,ozgina erkalikmi, injiqlikmi ishqilib "serharhasha" qizcha ekanman,aytishlaricha  :13 )
keyin qo’shnilar ham bilib qolishib "œrahmilari keldi"
kamiga  qo'shni qishloqqa bir ish bn piyoda borib keladigan bo'ldik qarindosh  opalar bn,

yo’l bo’yi suv uchrasa yugiirib borib og’zimni chayaman,ular bo’lsa "œsekiin suvdan ichib oling biz  sizni o’rab to’sib turamiz , hech kim ko’rmaydi" deyishadi,va ko’ylaklari bn yelpib navbat bn manga qarashardi,(shunqangi zaril ekan mani ro'za tutishim ularga ;)) man bo’lsam tushinibmi tushinmaymi ishqilib  suvdan ichmasdim

shunaqa qilib asrga yaqinlashyapti iftorlikka 3 soatcha bor ,
yana boshladim "œDasturhon somaylizlarmiii"
hali asr ham bo’lmay dasturhonlar solinib kaatta katta piyolalarga sovuq choylarni to’ldirib ro’paramga qo’yishgan "œshular hammasi sizga "œ

 sovuq muzdek choylarni ko’rib endi battardan
 Oh-Voh qilib  u yoqqa tashlab bu yoqqa tashlab o’zimni aldayapman ,

Bir uy odam man bn ovora  :D
Eng qizig’i hamma bir bo’lib ro’zangizni ochavering yosh bolaga bo’laveradi deyishsa ham  ochmaganman,
 hozirgacha eslab aytib yurishadi
Shunaqa qilib o’sha kuni to’liq  "œRo’za tutganman" ;D

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Mart 2013, 11:58:02

Kichkinaligimda kattalr ro'za tutamiz deyishsa meniyam uyg'otinglar dedim
 ro'zani tovuqqa o'xshagan biror parranda deb hayol qilib saharlikda turib tomga chiqib "ro'za"ni tutaman deb rosa qidirganman bundan bexabar kattal allaqachon saharlik qilib ro'za tutib bo'lishgan ekan

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Mart 2013, 12:09:13

Ramazonda ro'za aytish hech nasib qilmagan qanchalik xoxlamey dadam ruxsat bermasdi. Hamma o'rtoqlarim chiqib ketar men esa xafa bo'lib o'tirardim

Qayd etilgan


كوثر  30 Iyul 2013, 03:33:23

a.a.
 ohirgi 10 kunliklar keldi.
ohirgi 10 kunlikning to'q kunlariyam keldi.
bugun 21- kecha.
To'q kechalar: 21  23  25  27  29

Qayd etilgan