Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!  ( 17244 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 15:45:39

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alloh bandani qalbini islomga burib qo’ymasa boshqalarni qo’lidan hech nima kelmaydi, xuddi shunday agar Alloh bandaning qalbini dinga moyil qilsa ham boshqalar nima desa ham (avval bu inson dunyodagi eng yomon inson bo’lgan bo’lsa ham) baribir DINga qaytadi, Allohni deydi, Rasulini deydi va ularni tanishga harakat qiladi.
Lekin mo’min mo’minning ko’zgusidir.
Bir birimizga amri-ma’ruf, nahiy-munkar qilmasak mo’minmiz deya da’vo qilishimiz notog’ri.
Kelin birodarlar bu mavzuda bir-birimizni Haq yo’lida yurishimizga sabab bo’lgan voqealarni joylaymiz. Shu bilan birga adashgan birodarlarimizni ham tog’ri yo’lga boshlaylik. Alloh Qodir Zot! Balki qaysidur bir birodarimiz biz sabab namoz boshlasa, biz sabab hijob o’rasa, biz sabab tazyiqlar bo’lsa ham hijobini yechmasa, biz sabab ilmga intilsa, biz sabab ko’p hayrli ishlarga urinsa.
BUNDAN KATTA MUKOFAT BORMI?

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 15:48:01

Bu mavzuni ochishimga sabab ham o’zimni hayotim misol bo’ldi.
Bundan sal kam 5-6 yil avval man ham barcha qizlar qatori oddiygina o’zi bilan o’zi ovora qiz edim. Din nima? Islom nima? Namoz nima? "¦ bular haqida deyarli o’ylamasdim. Dindorlarni hurmat qilsamda, ular bn qiziqmas, ishim bo’lmasdi.
Kimdur namoz haqida gapirsa "œXudo xohlasa o’qirman" dirdim man ham :)
Birovni gapiga quloq soladigan emasdim, o’z bilganimdan qolmasdim.
Oilamizdagilar orasida namoz o’qidiganlar bo’sa ham, man negadur namozga qiziqmasidim, aniqrog’i namoz o’qishni xohlamasdim.
O’zimga ko’p bahonalar topardim.
Bir kuni bir tanishim namoz haqida gapirdi, man har doimgidek "œXudo xohlasa o’qirman", dedim. U darrov javob qaytardi "œAlloh bandasi unga ibodat qilishini xohlidi, siz xohlashingiz kerak, Xudo xohlasa deb yurishingiz yaxshimas. Mani vazifam aytib qo’yish, chunki ertaga Qiyomatda manga "œSan shu inson bn gaplashgansanu namozni farzligini aytmagansan" deyiladi" deb tushuntirdi.
O’sha payt e’tiroz bildirgan bo’lsamda, yo’l-yo’lakay bu haqida oylab ketdim, uni gaplari hayolimni egallab oldi. 1 kun, 2 kun, 3 kun shu gap hayoldan hech ketmadi. Alloh qalbimga namozni soldi. Opamdan namoz qanday o’qilishini so’rab namoz boshladim.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 16:04:09

Bundan sal kam 3 yil oldin, ayni m’aruzalar tinglashga qiziqardim. Namozdan keyin, kitoblar orqali, internet orqali sekin asta dinimizdagi farzlar, sunnatlarni o’rgana boshladim.
Nima halolu nima haromligini aniq tushuna boshladim.

Bir kuni uylarni yig’ishtirib Hayrulloh Hamidovning ma’ruzasini eshitardim.
Mavzu: "œShayton alayhi la’naning  vasiyati" edi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3636.msg171733#msg171733
Eshitardimu butun vujudim bilan dir-dir titirardim.
Bir gapi juda qattiq ta’sir qildi.

Hoy go’zal qiz?! Sen erkaklarning hushini oladigan katta kuchsan, sening islom ummati ichida katta vazifang bor. Senda barcha savollarning javobi mavjud, men orzularimni senga bog’laganman. Biz sendan erkaklarning mayilliklrini, qo’zg’ash va shaxvoniy ko’rinishlarini hulas, raqs, qahqaha, bedorlikni talab qilamiz. Azizam, ahir sening ro’zadorliging yetmayabtimi? Sen taroveh va kechalari ibodat bilan bedor bo’lishni bir tarafga qo’y.

Shu gaplarni o’ylayverib, o’ylayverib o’z ichimni yeya boshladim. Ko’zimga HIJOBdan boshqa narsa ko’rinmasdi.
Oxiri qat’iy qaror qildim. Nima bo’lsa ham hijobga kiraman.
Ishdan bo’shadim. Oxirgi oyligimga hijobga mos kiyim olmoqchi bo’ldim. Aksiga olib oylik berish cho’zillib ketdi.
Man esa borgan sari o’zimni qo’yishga joy topa olmasdim. Ko’chada yursam, xuddi hamma manga bo’ridek qarardi go’yo.
Xuddi ko’chada hamma libosdayu, man belibos yurayotkandek tuyilardi o’zimga.

Axiri oylik ham berishdi. Kechagiday esimda 22 min so’mim boridi. Chorsu bozoriga borib qidirib oxiri pulimga yarasha hijob oldim, ro’mol oldim.
O’SHA KUNI DUNYODAGI ENG BAXTLI INSON EDIM.
Bir-ikki qarshiliklarga qaramay hijobga kirdim.
Alloh guvoh 1 soniya bo’lsa ham bunga afsuslanmiman.
Allohdan haq yo’lda bardavom qilishini so’riman.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  21 Avgust 2009, 16:14:36

Bekobodlik bir birodarimiz tomonidan aytib berilgan hikoyani havola etamiz. Bu hikoyada mo’minlar uchun ibrat, hali ollohning ibodatiga kirmaganlar uchun yuksak bir hitob bor.
 
      Men deydi birodarimiz ushbu hikoyani so’zlab berar ekan. Bir necha yildan beri namoz o’qiman ollohning ibodatini qoyim qilaman. Payg’ambarimizning o’ziga yaxshi ko’rgan narsalarni  birodariga ilinmaguncha inson komil mo’min bula olmaydi degan so’zlarini eshitganimdan so’ng bor e’tiborimni yaqinlarimga qaratdim. Ko’rgan odamlarimga islomni ilina boshladim. Kimgadir ta’sir qildi kimdir so’zlarimni olmadi. Hidoyat ollohdan deyishadi. Tabiiyki chaqiruvning eng haqdorlari qo’shnilar hisoblanadi.
        Bir qo’shnim bor edi, yoshi 39 kirgan ollohning fazli bilan boy -  badavlat edi. Har yili kotta marakalar qilar, qorilarni chaqirar, va odamlarga  yordam berib turardi. Bu fazilatlari oldida u namoz o’qimasligi kimlargadir sezilmasada meni juda qiynardi. Qo’shnim bo’lgani uchunmi sal qattiqroq gapirishga haddim sig’ardi. Har ko’rganimda bilganlarimni ilinardim unga, ammo qo’shnim  nuqul bir gapni aytib meni go’yoki mot qilardi. Namoz o’qiyman mincha qo’ymaysiz qo’shni boshqalarga o’xshab qarib — qaltayib o’qiyman demiyabmanku, mana kurasiz 2 oydan so’ng qirq yoshimni nishonlay zo’r to’g’ilgan kun qilib beray ertansiga ertalab bomdod namoziga siz bilan chiqmagan erkak bo’lmasin. U so’zlariga o’rganib qolgan bo’lsamda qo’shnimning ollohning baytiga chaqirishga davom etaverardim.
          Usha orziqib kutilgan dam ham yetib keldi. To’g’ilgan kun zamonaviy til bilan aytganda Yubileyning dabdabali o’tgani haqida eshitdim. Kamida 20 marotaba to’g’ilgandan kundan keyingi eng asosiy kunni eshitganim bois ertalab turib qo’shnimning oldiga chiqishga bel bog’ladim. To’g’ilgan kunga shariat ro’xsat bermagani uchun bormadim, ammo kechqurun qo’shnimning eshigini taqillatib, ertani unutmanga deb qo’ydim, ozgina ichganidanmi uning yuzida rozilik alomati sezildi. mayli mayli esimda ertaga ertalab hozirgina mehmonlarni chiqarib yuborgandim dediyu kirishga hozirlandi. Men uydan uzoqlashganim bois ohirgi gapi elas — elas eshitildi, lekin sal boshim og’rib turibdida, mana shu ohirgi gap yuragimni o’rtasi tishib o’tgandey bo’ldi. Unga qarab tasalli bermoqchi edim ammo kirib ketgan ekan ha endi ichganda boshi og’risa ertaga tarqab ketadi degan o’y ila uyga qaytdim.
        Uhladim tushimda qo’shnimni  ko’ribman emishki sahroda yurganmishmiz ikkimiz juda chanqab ketibmiz qani endi suv ko’rinsa edi degan orzu bilan uzoq yuribmiz va nihoyat sahro o’rtasida buloq ko’rinibdiyu ikkalamiz yugurib ketibmiz, men birinchi bo’lib yetib borganimdan so’ng qo’shnimni o’ylamay suv icha ketdim ichib qonib bo’lgach qo’shni iching deb orqaga qarasam qo’shnim yo’q edi eyi qayoqqa ketdi ekana deb turganimda uyg’onib ketdim. Tursam soat 3 ham bo’lmagan edi. Yonimda ayolim yotardi. Payg’ambar alayhi salom yomon tush ko’rsalaringiz birovga aytmalaringiz o’qtirganlari bois uyg’onib ketgan ayolimga ham bu tushni aytmadim, chap tomonimga tuflab qo’yaverdim, lekin bu yog’iga uyqu kelavermadi. Sekin tashaqariga chiqdim yurdim hayolimdan usha mashg’um tush ketmasdi, soat uchda qo’shnimni chaqirish qanday bo’lar ekan yo’q olloh asrasin olloh jonimni omon qilsin ertalab hudo hohlasa bomdodga chiqamiz didimu uyga kirib ketdim.
          Ikki soat o’tmasdan eshik taqqillayotganini eshitib uyg’ondim, chiqsam qo’shnimning ayoli turardi. Yig’layverganidan ko’zlari shishib ketgandi, qo’shnijon erim ikki soat oldin qattiq og’rib qoldi. Doctor chaqirgani bolalimni turg’uzgunimcha kasali battar bo’ldi. Bolalarim doctorga borishga endigina tayyorlanishayotgan edi, erim omonatini topshirdi, soatga qarasam roppa — rosa to’rt bo’lgandi. Men bu hotindi so’zlaridan gangisib qoldim, chunki usha payt bomdod to’rtdan besh daqiqa o’tganda kirardi. Subhanaolloh olloh taolo bu bandasini bomdod vaqtiga kirib borishiga ham yo’l qo’ymabdi. Subhanaolloh qirq yoshli to’yimni o’tkazamanu ertansiga bomdodga chiqaman degan odam aynan bomdod kirishi arafasida jon berishi qayerdan ham bilsin. Subhanaolloh tushimda ayolimga aytmasam ham olloh taolo bu bandasiga o’lim farishtasini aynan usha vaqtda junatib bo’lgan ekan.


             Hikoya shu yerda tugaydi. So’zlamoq bizdan, ibrat sizdan, hidoyat esa yolg’iz ollohdan. Pok Parvardigorimiz o’zi hidoyatga boshlamasa bandasining imkonida faqat dinga chaqirmoq borakan holos. Endi o’zimizning hayotimizga nazar solib ko’raylik o’zimizning amallarimizni bir taftish qilib ko’raylik . Abu hanifa rahmatulloh alayh: o’z farzandlariga pand nasixat qilib shunday degan ekanlar. Bolam bilki Olloh mo’minga amalni farz qildi. Olloh kofirga Iymonni farz qildi. Olloh munofiqqa samimiylikni farz qildi.

Ko’nglim toza man musulmonman deb yurganlar mazg’abimiz asoschisi Imom Abu  hanifaning so’zlariga quloq ossinlar. U zot agar mo’min bo’lsangiz sizga Olloh amalni farz qildi dimoqda. Agar faqar ko’nggil bilan isha bitadi dimoqchi bo’lsanggiz bilinki sizni hukminggiz kofir bo’lib qolishi mumkin. Agar nifoq alomatlari sezila yotgan bo’lsa samimiy bo’ling o’zingizni aldamang. Olloh taolo chegaraga olib kelib joningizni olishi mumkin. Hammaga ollohdan Tavhid va Hidoyat so’rab qolamiz. OLLOHU AKBAR OMIYN         

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 16:18:30

Bu hikoyani avval ham forumga joylagandim.
Bu mavzuga ham ta'luqli deb bildim.

Ka’baga bir odim

Juma kuni edi. Yomg’ir savalab turibdi. Masjid xonaqohi bilan ayvoni qavmga tirband to’la, odamlar asta-sekin hovliga tosh boshladi. Yer esa, shilta. Shunday holda mav’iza tinglandi, shunday holda sunnat o’qildi, hutba tinglandi. Lekin imom baribir imom-da, qavmning yomg’irda shalabbo bo’layotganidan qayg’uda edi. Xutbani tugatar tugatmas, xonaqoh bilan ayvondagilarga murojaat qildi:
-Birodarlar, bir saf-bir saf oldinroqqa jilinglar, tashqarida qolganlar panaga kirib olishsin.
Olamon sal-pal siljigan bo’ldi, ammo aksaran qimir etmadi. Imom gapini yana takrorladi. Yana ko’plar o’tirgan bo’yi o’tiraverdi. Imom bu safar mo’minning jon joyidan ushladi:
-Birodarlar, sal-pal Ka’baga yaqinroq kelinglar axir"¦-dedi.
Olamaon gur-r-r etib oldinga siljidi.

Musulmonlar Taqvim kitobi. 2000 yil. IV chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 16:22:52

Umra sabog’i

Bu voqeani mimomlardan biri so’zlab bergan edi: "œHar uch-to’rt yilda Umra ziyoratiga borishni odat qilgandim. Navbatdagi safarim har doimgilaridan boshqacha bo’ldi. Barcha ziyoratchilar kabi hamma amallarni to’la-to’kis ado qildim. Ramazon ro’zasi bilan jismim, Umra mallari bilan ruhim yengillashganini dildan his qilib turardim. Ayniqsa, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va ssalamning qabrlarini ziyorat qilar ekanman, u yerdan taralayotgan muattar bir hid kishi ruhiyatiga boshqacha ta’sir ko’rsatardi"¦
Birdan uyga qaytish oldidan mana shu muattar hid taratayotgan mushki anbardan albatta olib ketaman, degan fikr xayolimga keldi. Chunki bu hidga juda sarmast bo’lib qolgan edim. Safarimizning oxirgi kunlari uyga, qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’ va birodarlarga esdalik sovg’alari olish uchun rastalar yoniga bordim. Olmoqchi bo’lgan narsalarim ichida menga mushki anbar muhim edi. Uni barcha rastalardan astoydil qidira boshladim. Lekin hech bir mushk unga o’xshamasdi. Nihoyat bir yamanlik do’kondordan: "œAssalomu alaykum, kechirasiz, sotayotgan mushklaringiz orasida Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning qabrlari atrofida taralayotgan mushkdan bormi?", deb so’radim. U esa ajablanib shunday dedi: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!"
Bu gapdan hangu mang bo’lib qoldim, o’rtamizdagi suhbat arab tilida bo’layotgani uchun unga yaxshi tushuntiraolmadim shekilli, deb o’yladim. Uni gapi meni juda ajablantirganidi. Shunda men unga Qur’oni karimni yod olganimni va bir masjidga imom ekanimni ham aytdim. U baribir yana o’sha: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!" degan gapni takrorlardi. Baribir hech nimaga tushunmadim.
Shunda u : "œBirodar, siz aytayotgan mushk sotuvda yoq, bo’lmaydi ham. U zotning qabrlari yoniga hech qanday mushk sepilmaydi. Balki bu hid Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning hidlari bo’lib, o’n to’rt asrdan buyon shu xushbo’ylik taralib turadi"¦"
Bu gapni eshitib o’zimdan uyalib ketdim. Ha, bu men uchun Umra ziyoratidan topgan eng katta hikmat va haqiqat edi. Menimcha, bu mo’jiza dunyoning biror nuqtasida uchramasa kerak.
Shundan buyon masjidlar atrofida mushk olayotgan kishilarning o’zaro suhbatlarini eshitib qolsam, yamanlik sotuvchining so’zlari esimga tushaveradi: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!"

Nurali Rizaqulov
Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 16:25:27

"œRAMAZONNI TO’XTATMA"

Sh’abon oyi oxirlab, muborak Ramazonga bir-ikki kun qolgan, Xayriniso yeti yoshli qizi Mehrinisoga Ramazon oyi fazilatlarini o’rgatib o’tirardi.
- Ishqilib, ikkivoning olim bo’lib ketmasang edi, - degan kesatiq eshitildi. Qizaloq ostonada mastligidan chayqalib turgan otasini ko’rishi bilan qo’rqibgina qo’shni xonaga o’tdi.
Erining oyoq kiyimlarini yechishga ko’maklashar ekan, Xayriniso bo’g’zida turgan alamni chiqarmaslikning ilojini topmadi:
- Ramazonga atigi ikki kun qolgan bo’lsa, bu nima ahvol? Odamlar muborak Ramazonni qanchalar intiqlik bilan kutadi. Sizda Allohdan zarracha qo’rquv, insof bormi?
- Ey, tovuqmiya xotin! Sen menga musulmonchilikni o’qitma! Ramazonda umuman ichmaslik kerakligini bilaman. Shu sabab bugun rosa to’yib ichib oldim. Bir oy ichmasdan yurishning o’zi bo’ladimi?
Xayrinisoning lablari pichirladi:
-Astag’furulloh!..
Muborak Ramazon boshlandi. Barcha musulmonlar qatorida ota, ona va qiz ro’za tuta boshlashdi. Oilada doimgi urush-janjal yo’q, tinchlik-totuvlik va xursandchilik. Ota ishdan vaqtida qaytadi. Birgalikda iftorlik qilishadi. Ammo namozga ona bilan qizigina turishadi.
Ota onasidan keyin ham joynamozdan turmay, nimalarnidir pichirlayotgan yolg’izgina qiziga mehr bilan termulib o’tiraverardi. Har kuni takrorlanayotgan bu holat unga erish tuyuldi. Endigina yeti yoshga to’lgan qizning nimalar deb zorlanayotganiga qiziqardi.
Ramazonning so’ngi kunlaridan birida ota qizining joynamoz ustida o’ksinib-o’ksinib yig’layotganidan cho’chib sekingina yaqinlashib quloq tutdi. U yig’lab-yig’lab duo qilardi: "œAllohim, Ramazonni to’xtatma"¦ Dadajonim ichmasin"¦ Ramzonni to’xtatma"¦ Ramzonni to’xtatma"¦"
Ayolining yoniga qaytgan er titrab zorlanib dedi: "œXayri, endi ichmayman. Manga ham namozni o’rgat!"ERTASIDAN BU MO’JAZGINA XONADONDA YAN BIR JOYNAMOZ TO’SHALDI.

(Gulbahor Abdulloh qizidan)

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 16:28:24

Bir yigit shunday hikoya qiladi: "œJuma tongida onajonimning: "œBugun muborak kun, vaqtli turib ibodatingni qilgin," degan ovozidan uyg’onib ketdim. O’rnimdan turarkanman, ko’rgan tushimni esalshga harakat qildim. Tushimda mashinani tez haydab ketayotgan ekanman. Birdan ro’paramda ikki yo’l chiqdi. O’ng tomondagi yo’ldan shundayin bir nur taralardiki, hayratda qoldim. Qay tomon yurishni bilmay turganimda onajonim uyg’otib yubordilar.
Namozdan keyin nonushta qilgach, ishga jo’nadim. "œYaxshi borib kel o’glim! Doimo Allohni yod et. Hech esingdan chiqazmaginki, doimo u Zot sening madadkoring bo’ladi", deya fotiha berdi onam.
Boshlig’im Baxtiyor aka juda jiddiy, salobatli kishi. Birinchi ko’rganimda u kishini oldilarida ozgina dovdiradim ham. G’alati odam ekan, birovni xafa qilmaydi, maqtamaydi ham. Nima demoqchi ekanini ko’z qarashidan bilaman. Yo’lda ketar ekanmiz, Baxtiyor aka peshin payti uchrashuvi borligini tayinladi. "œXo’p" deyishimga qaramay, meni "œBugun juma, xo’jayinni uchrashuvga olib borsam, juma namoziga ulgurmay qolaman, endi nima qildim?", degan o’y qiynay boshladi.
Belgilangan uchrashuvga boorish uchun ketayotganimizda oldimda turgan manzarani ko’rib, hayratdan yoqa ushladim: "œAxir bu tushimdagi yo’llar-ku! O’ng tomondagisida masjid, to’grida keti ko’rinmas yo’l"¦". odamlar masjid tomon oqib ketayotir. "œAllohim menga madad ber! Nima qilay, moshinani masjid tomon buraymi, yoki xo’jayinni manziliga olib boraymi?!" "œYo Parvardigorim, O’zing meni qo’lla", deya moshinani masjid tomon burdim. Baxtiyor aka xayron bo’lib: "œQayoqqa yurding, to’g’riga ketishimiz kerak-ku?", dedi. Men: "œBaxtiyor aka, bugun juma, shundoq juma namozini o’qib chiqay", deganimni bilaman u kishining rangi o’zgarib ketdi: "œJinni bo’lganmisan, soat birda muhim uchrashuvim bor". Bor kuchimni to’plab: "œBaxtiyor aka, mana kalit, men jumaga kech qolamay", degancha masjid tomon yugurdim. Yelkamdan tog’ ag’darilganday yengil bo’ldim, ta’riflashga til ojiz.
Azon aytildi, safga qo’shildim. Ko’zlarim hech narsani ko’rmas, quloqlarim eshitmas edi. Xuddi Rabbimning qarshisida yolg’iz turgandek edim. Bu halovatni tushuntirib berish qiyin.
Namozdan keyin ko’zlarimda yosh bilan duo qildim: "œEy, Allohim, meni hech qachon ikki yo’l orasida qoldirma, O’zing to’g’ri yo’ldan adashtirma! O’zingdan boshqaga muhtoj qilma!"Duodan keyin o’zimga kelib, sal narida o’tirgan kishiga ko’zim tushdi. Qo’lidagi uzuk tanish edi. Hayajon ichra uning yuzlariga boqdim. Ne ko’z bilan qarayki, u boshlig’im Baxtiyor aka edi. Juma ayyomi bilan qutlab, meni quchog’iga oldi"¦"

(Musulmonlar taqvim kitobi 2006 (hijriy 1427) IV chorak)

Qayd etilgan


Bayern M  21 Avgust 2009, 17:23:00

Bu mavzuni ochishimga sabab ham o’zimni hayotim misol bo’ldi.
Bundan sal kam 5-6 yil avval man ham barcha qizlar qatori oddiygina o’zi bilan o’zi ovora qiz edim. Din nima? Islom nima? Namoz nima? "¦ bular haqida deyarli o’ylamasdim. Dindorlarni hurmat qilsamda, ular bn qiziqmas, ishim bo’lmasdi.
Kimdur namoz haqida gapirsa "œXudo xohlasa o’qirman" dirdim man ham :)
Birovni gapiga quloq soladigan emasdim, o’z bilganimdan qolmasdim.
Oilamizdagilar orasida namoz o’qidiganlar bo’sa ham, man negadur namozga qiziqmasidim, aniqrog’i namoz o’qishni xohlamasdim.
O’zimga ko’p bahonalar topardim.
Bir kuni bir tanishim namoz haqida gapirdi, man har doimgidek "œXudo xohlasa o’qirman", dedim. U darrov javob qaytardi "œAlloh bandasi unga ibodat qilishini xohlidi, siz xohlashingiz kerak, Xudo xohlasa deb yurishingiz yaxshimas. Mani vazifam aytib qo’yish, chunki ertaga Qiyomatda manga "œSan shu inson bn gaplashgansanu namozni farzligini aytmagansan" deyiladi" deb tushuntirdi.
O’sha payt e’tiroz bildirgan bo’lsamda, yo’l-yo’lakay bu haqida oylab ketdim, uni gaplari hayolimni egallab oldi. 1 kun, 2 kun, 3 kun shu gap hayoldan hech ketmadi. Alloh qalbimga namozni soldi. Opamdan namoz qanday o’qilishini so’rab namoz boshladim.

Alloh rozi bo'lsin, juda ham o'z vaqtida to'g'ri aytilgan so'zlarni aytgan ekan tanishingiz. Alloh sizdan va o'sha tanishingizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2009, 18:27:53

Alloh, uning yo'liga da'vat etishga sabab bo'lgan misralarni yozgan barchadan rozi bo'lsin. Maqol borku: Yaxshi gap bilan ilon inida, musulmon dinidan chqadi, degan. Ham dinni tamsil etishning yana bir yo’li, odob-ahloq bilan ajralib turishimizdir. Bir yerda o'qigandim: "Olloh sevgan qullarigagina O'zidan bahs ettiradi". Rostanam shunday, biz insonlar orasida ham bunga o'hshash voqealar bor, masalan farzandimiz bo'lgandan keyin hamma uni maqtab gapirsin istaymiz. İlk oshiq bo'lgan vaqtimiz tinmay sevgan isnonimiz haqida gapirgimiz kelaveradi. Qolaversa Olloh ishqi hech narsaga o'hshamaydi.
Universitetda o'qib yurgan paytlarimiz, bir domlamiz Saodat opa, edi ismlari, "men insonlardan hech qachon nafrat etmaganman, qanday qilib nafratlanay, chunki butun insonlarda Ollohdan zarra bor, der edi. Bu so'zlar meni ko'p o’ylantirdi,  vaqti kelib u kishining nima demoqchi ekanliklarini anglab yetdim. Gapirayotganda ko'ngilga diqqat qilish kerak, zero Yaratgan "Bir kishining qalbiga ozor bergan kishi menga ozor bergan hisoblanadi, chunki bandalarim meni qalblarida saqlaydilar" buyurgan ekan.
Bir o’rtog’im bor edi, o’zi Rus, otasi bolaligida sirozdan o’lgan, ona kecha-kunduz fabrikada ishlar, akasi esa ichkiga berilgan edi. Qiz bechora na shirin so’z nada oilaning shafqatini ko’ragn biri edi. Vaqti kelib bizning oilalarimizni, dinimizni tanidi, Ramazonni, Hayitlarni biz bilan birga o’tkazdi. Laylatulqadr kechasida iymon keltirib, oilasidan yashirincha bo’lsa ham musulmon bo’ldi. Keyinchalik musulmon biriga turmushga chiqdi endilikda ikki farzandi bor, Xudoga shukr bahtiyor. Qizning dinimizni tanlashiga sabab, faqatgina O’zbekchilik emas, dinim menga amretdi degan, tushunchalar bilan unga yo’l-yo’riq ko’rsatganimiz bo’ldi.  Olloh barchamizni Payg’ambarimiz, sahobalarining odob-ahloqi bilan ahloqlandirsin insholloh"¦

Qayd etilgan