O x i r a t s a f a r i
Opam rangi oqarib, nimjon bo‘lib qolgandi. Lekin u odatiga ko‘ra, doimo Qur’on o‘qirdi. Qidirgan paytimizda uni namoz o‘qiydigan xonasida ruku’, sajda qilib, qo‘lini osmonga ko‘tarib duo qilayotganini ko‘rardik. U erta-yu kech, hatto tun yarmida ham mana shunday charchash nima, zerikish nima bilmasdi. Men esa adabiy jurnallar va hikoyali kitoblarni o‘qishga qiziqardim. Nihoyat darajada ko‘p video tomosha qilardim. Uy vazifalarini to‘liq bajarmasdim va namozlarimni o‘z vaqtida ado qilmasdim.
Mana, uch soat to‘xtovsiz har xil filmlarni ko‘rib bo‘lib, video apparatini o‘chirganimdan keyin, yonimizdagi masjiddan azon ovozi eshitildi. Yotish uchun o‘rnimga bordim. U namoz o‘qiydigan xonasidan meni chaqirardi.
- Ha! Nima deysan, ey, Nura?,- dedim.
U menga muloyim ovozi bilan:
- Bomdod namozini o‘qimasdan uxlama,- dedi.
- Ufff,- dedim.
U yana muloyim ovozi bilan:
- Bomdod namoziga bir soat qoldi, eshitdingmi, birinchi tong azoni aytildi,- dedi.
Og‘ir kasal bo‘lib, to‘shakka yotib qolishidan ilgari u doim mana shunday edi. Meni chaqirdi:
- Ey Hano, yonimga kel.
Men uning talabini umuman rad qilolmayman, uning sofligi va to‘g‘riligini bilganingdan keyin shubhasiz majbur bo‘lib, "œlabbay" deb javob berasan.
- Nima deysan?...
- Yonimga o‘tir.
- Mana o‘tirdim, nima deysan?
U yoqimli mayin ovozi bilan Kur’on o‘qidi:
(كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ)
(آل عمران: من الآية185)
"œHar bir jon o‘limni totguvchidir. Va Qiyomat Kunida hech shak-shubhasiz, ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz".[1]
U bir oz jim turib, keyin mendan so‘radi:
- O’limga ishonmaysanmi?
- Nega, albatta ishonaman.
- Sen katta-kichik barcha gunohlaringga hisob berishingga ishonmaysanmi?
- Albatta ishonaman, lekin Alloh Kechirguvchi, Rahmli Zot, umr esa uzun...
- Ey singlim, tasodif o‘limdan qo‘rqmaysanmi? Mana qara, Hind sendan yoshi kichik bo‘lsa ham avtomashina halokatida vafot etdi. Falonchi va falonchilarchi? O’lim yoshga qaramaydi. Uning chorasi yo‘q...
Uning namoz o‘qiydigan qorong‘u xonasidan vahimaga tushib, titroq ovoz bilan unga javob berdim:
- Men qorong‘udan qo‘rqaman. Sen meni o‘limdan qo‘rqitib qo‘yding. Endi qanday qilib uxlayman? Bu yilgi ta’tilda biz bilan dam olish uchun safarga chiqasan deb o‘ylar edim.
To‘satdan uning ovozi xirillab chiqdi va mening yuragim qattiq urib ketdi.
-Ehtimol, men bu yil boshqa joyga, uzoqqa safar qilsam kerak. Axir, Hano, umrlar Allohning qo‘lida-ku,- dedi.
Mening ko‘zimdan yosh otilib chiqdi. Men uning kasalining og‘irligi to‘g‘risida va shifokorlar dadamga uning bu kasali unga uzoq umr bermasligini yashirincha gapirganlari to‘g‘risida o‘yladim. Lekin buni unga kim aytdi? Yoki u o‘zi buning bo‘lishini kutyaptimi?
Nimaga o‘ylanib qolding?,- bu safar uning ovozi menga kuchli keldi- bu narsalarni kasal bo‘lganligi uchun aytyapti,- deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, ehtimol, mening umrim sog‘larnikidan uzunroqdir. Mana sen qachongacha yashaysan, mumkin yigirma yil, mumkin qirq, keyin nima...- korong‘ida qo‘lini ishora qilib, qattiq siltadi — bizning oramizda farq yo‘q, hammamiz bu dunyoni tashlab, Oxirat safariga ketamiz, yo jannatga, yo do‘zaxga. Allohning ushbu so‘zini eshitmaganmisan?
(فَمَنْ زُحْزِحَ عَنِ النَّارِ وَأُدْخِلَ الْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ) (آل عمران:185) "œBas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muxaqqaq (baxt-saodatga) erishgay".[2] Endi boraqol, yaxshi yotib tur.
Men tezda ketdim, uning "œAlloh seni hidoyat qilsin, namozingni unutma!" degan ovozi qulog‘imdan ketmasdi. Ertalab soat sakkiz, eshikni kimdir taqillatardi. Bu uyg‘onadigan vaqtim emas. Yig‘i-sig‘i, har-xil ovozlar... Nima bo‘ldi? Bilsam, Nuraning ahvoli og‘irlashibdi. Dadam uni shifoxonaga olib ketibdi.
"œAlbatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz".[3]
Ishqilib, Nura o‘zi aytganidek uzoqqa safar qilib ketmasin. Uzoq kutgandan keyin, peshin vaqtida, soat birlarda dadam shifoxonadan ko‘ng‘irok qildi:
- Agar hozir uni ko‘rishga kela olsalaring, tezda kelinglar.
Onamning aytishicha, dadamning so‘zi xavotirli, ovozi o‘zgargan.
Qo‘limda plashim...
Qani haydovchi?...
Tezda mashinaga o‘tirdik. Har doim o‘tib yuradigan, qisqa bo‘lib ko‘ringan yo‘l qani? Nima uchun u bugun judayam uzun? O’ng va chapga qarab tomosha qilib ketishligim uchun menga chiroyli bo‘lib ko‘ringan odamlarning gavjumi qani? Onam yonimda Nurani duo qilib ketardi. U soliha, itoatli qiz edi. Hecham vaqtini bekor o‘tkazayotganini ko‘rmaganman.
Shifoxonaning tashqi eshigidan kirdik. Mana bu kasal oh-vohlayapti, bunisi mashina hodisasiga uchragan, unisining esa ko‘zlari kirtayib ketgan... Bilmaysan, u dunyo ahlidanmi yoki Oxirat ahlidanmi? Dahshatli manzara, bunaqasini ilgari ko‘rmaganman. Zinapoyadan tezda tepaga ko‘tarildik. U reanimatsiya xonasida ekan. Hamshira yetib keldi. U yoqimli qiz ekan. "œSizlarni uning oldiga olib boraman",- dedi va hushiga kelganidan keyin Nuraning ahvoli yaxshi ekanligini aytib, onamni tinchlantirdi. Mana reanimatsiya xonasi. "œBir kishidan ortiq kishi kirishi man qilinadi", - deb yozib ko‘yilgan. Xona eshigidagi kichkina derazadan shifokorlarning o‘rtasida Nura opamning ko‘zlari menga tikilib turganligini ko‘rdim. Uning yonida onam turardi. Ikki daqiqadan keyin onam ko‘z yoshlarini yashira olmagan holda chiqdi. Ko‘p gaplashmaslik sharti bilan ikki daqiqaga menga ham ruxsat berishdi.
- Ahvoling qalay, Nura? Kecha kechqurun yaxshi eding, senga nima bo‘ldi?
Qo‘limni siqib ushlaganicha, menga javob berdi:
- Men hozir ham yaxshiman, Alhamdulillah.
- Alhamdulillah deyapsanu lekin qo‘ling muzlab yotibdi, - men krovatning chetiga o‘tirar ekanman, uning oyog‘iga bilmay tegib ketdim.
- Kechir meni, seni siqib qo‘ygan bo‘lsam, - dedim-da, oyog‘ini asta surib qo‘ydim. U bo‘lsa:
- Yo‘q, hecham siqib qo‘yganing yo‘q. Lekin men Allohning ushbu oyati haqida o‘ylab qoldim,- deb, Qur’ondan tilovat qildi:
(وَالْتَفَّتِ السَّاقُ بِالسَّاقِ (29) إِلَى رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ الْمَسَاقُ) (القيامة:30)
"œ... (jon berish qiyinligidan) oyoq oyoqqa chalmashib qolgan bir vaqtda — ana o‘sha Kunda Yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!".[4]
- Hano, meni duo qilib tur, men yaqinda Oxirat kunlarining avvalini qarshi olsam kerak. Safar uzoq, lekin ozuqam oz.
U aytgan gaplarni eshitganimdan keyin ko‘zimdan yosh otilib chiqdi va yig‘ladim. O’zimning qaerdaligimni bilmay qoldim. Ko‘zlarim yig‘idan to‘xtamay qoldi. Dadam Nuradan ko‘ra mendan ko‘proq xavotir bo‘la boshladi. Chunki dadam mening bunday yig‘laganimni ko‘rmagandilar.
O’sha qayg‘uli kunning quyoshi botishi bilan uyimizda uzun sukunat hukm surdi. Oldimga xolamning qizi, keyin ammamning qizi kirdi. Uyimizga kelayotgan odamlar ko‘payib ketdi. Ovozlar aralash-kuralash bo‘lib ketdi. Bir narsani bildimki, Nura o‘libdi... Kim kelayotganini ajratolmasdim, nima deyayotganini bilmasdim...
Yo Alloh, men qaerdaman, nima bo‘lyapti, hatto yig‘lashga ham holim qolmadi. Keyin menga aytishlaricha, dadam mening qo‘limdan ushlab opam bilan oxirgi marta vidolashishga olib borgan va men uni o‘pganman. Men faqat bir narsani — uning kafanga o‘ralgan jasadini ko‘rgan vaqtimda uning o‘lim to‘shagida yotgan holida aytgan so‘zlarini esladim: "œ... (jon berish qiyinligidan) oyoq oyoqqa chalmashib qolgan bir vaqtda — ana o‘sha Kunda Yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!",[5] va bu oyatning haqiqatini tushunib yetdim.
Birinchi marta o‘sha kecha uning namoz o‘qiydigan xonasiga kirdim. O’sha vaqtda kim men bilan onamning qornida sherik bo‘lganini esladim. U men bilan egizak edi. Kim mening g‘amlarimga sherik bo‘lganligini esladim. Kim mendan kayg‘ularimni ketgazganligini, kim men uchun hidoyat so‘rab duo qilganligini va kim o‘lim va hisob haqida menga gapirib, uzun kechalar ko‘z yoshlarini to‘kkanligini esladim.
"œAlloh — yordam so‘ralguvchi Zot".
Bu Nuraning qabrdagi birinchi kechasi. Alloh unga rahm qilsin va uning uchun qabrini munavvar qilsin. Mana bu uning Qur’oni, bu joynamozi va mana bu esa u to‘yimda kiyaman deb olib qo‘ygan pushti rang ko‘ylagi. Uni eslab, bekor ketgan kunlarimga yig‘ladim. To‘xtamasdan yig‘ladim. Ich-ichimdan yig‘ladim. Menga rahm qilgin, tavbamni qabul qilgin, meni kechirgin deb Allohga duo qildim va u shunday duo qilishini yaxshi ko‘rganidek, Nurani ham qabrida sobit qadam qilishini so‘rab Allohga duo qildim.
To‘satdan o‘zimga savol berdim: agar men o‘lganimda nima bo‘lardi? O’zimni o‘rab olgan qo‘rqinchdan javob topa olmadim. Achchiq- achchiq yig‘ladim.
Allohu akbar... Allohu akbar...
Mana, bomdod namozining azoni aytildi, lekin u bu safar naqadar lazzatli! Men muazzin aytayotgan kalimalarni takrorlagan holimda birinchi marta xotirjamlik va rohatni his qildim. Hijobimni kiyib, vidolashuvchining namozidek, namoz o‘qidim.
Tong otsa kechani kutmayman,
Kech kirsa tongni kutmayman...
________________________________________
[1] "Oli-Imron"- 185.
[2] "Oli-Imron"- 185.
[3] "Baqara"- 155.
[4] "Qiyomat"- 29.
[5] "Qiyomat"- 29.
Abdullox muslim forum.islom.uz