Uni suyab, zo’rg’a turg’azdim. Vannaga yetguncha toliqib, tik turgancha menga osilib qoldi. Og’irligidan yerga kirib ketsam kerak, deb o’yladim. Nazarimda qornida qat-qat tosh yig’ilgandek"¦
- bu azobga chidagandan ko’ra, o’lib qo’ya qolgani yaxshi"¦ - dedi u hars-hars nafas olarkan. — lekin odamzotning o’lgisi kelmas ekan-da! Mening ham o’lgim kelmayapti. Axir endigina yigirmaga kirdim. Hali birorta qizning qo’lini ham ushlaganim yo’q. darding qiz bo’lmay o’l, deng! Hazil-da"¦
Unga rahmim keldi. Dast ko’tarib, vannaga olib kirdim peshanasidagi qatra-qatra ter qoshi bo’ylab, ko’ziga tusha boshlagandi. O’sha yerdagi sochiqni olib artdim.
- Rahmat! Suvni "œnormalniy" qilib ochib bering. Ketib qolmang. Shu yerda turing"¦
- Shu holingda cho’milmoqchimisan? Men seni cho’miltirishga kelganim yo’q! — o’zimcha ko’nglini ko’tarmoqchi bo’lib hazil qildim.
- Zato, sizni menga Xudo yuborgan. Peshin namozini o’qishni niyat qilib o’tirgan edim. Biror kimning yordamisiz o’qiy olmayman. Shunday ekan, qolishga majbursiz"¦
- Ja-a-a, qiziq ekansan-ku! Zo’rg’a yuribsan-u, namoz o’qiganingga o’laymi?
- E-e-e, aka"¦ mening o’rnimda bo’lganingizda, o’limingiz naqd bo’lganda qay holga tushardingiz? Odamzotga umid degan bir tuyg’u berilganki, joningiz bo’g’zingizda tursa ham sizni tark etmaydi. Tuzalin ketarman, deb umid qilasiz. Ko’p emas, Alloh menga uch-to’rt yil umr bersin, uylanay, bola-chaqa ko’ray"¦ Umr bermasa ham mayli, dinsiz ketmasam bo’ldi"¦
Gaplaridan larzaga tushdim. Tahorat olishida yordamlashi, yana karavotiga olib keldim.
- Joynamozimiz ham yo’q. O’zi namozni ham shifoxonada bir chol o’rgatdi. Savobga qoldi, lekin"¦ Shu paytgacha qunt qilmadim. Bugun negadir o’qisammi, deb o’tirgandim. Mana bu uyga kiring, choyshablar bor. Birortasini olib chiqsangiz joynamoz qilamiz"¦
Men so’zsiz unga itoat etayotgandim. Indamay u ko’rsatgan xonaga yo’naldim. U ortimdan baqirdi:
- Atrofga yaxshilab qarang, balki siz "œoperasiya" qilishga arzigulik narsa chiqib qolar"¦ Men namoz o’qiyotganimda bekor o’tirmaysiz"¦
- Bugungi "œoperasiya"m sen ekansan, - dedim men ham bo’sh kelmay.
- Birinchi namoz o’qishim. Adashsam, kulmang yana"¦ - dedi u choyshabni erga to’shayotganimda. — Harakatlarini yaxshi bilaman. Siz yonimda turing, ruku, sajda qilayotganimda yordamlashasiz"¦
Uni tirsagidan ushlab endi turg’azayotgandim, eshik ochilib, o’rta yoshli chiroyli ayol kirib keldi. Shoshib qoldim. Erga qarab salom berdim. Ayol alik olgach, o’g’liga yuzlandi:
- Doring bu o’rtadagi "œapteka"larda yo’q ekan. Izlab-izlab ikki bekat nariga ketib qolibman, - ayol shunday deya qo’lidagi kalitga ishora qildi. — Eshik ochiq qolgan ekanmi?
Yuragim "œshuv" etdi. Yaxshiyam boya qo’lqopimni yechib qo’ygan ekanman.
- O’rtog’imning kelganini sezgan ekansiz-da, oyi. Siz ketdingiz, u keldi, - u bor og’irligini menga tashlab, onasiga qaradi. — Kasalligimni eshitib kelibdi.
- Voy, o’zim aylanay sizdan. Ilgari ko’rmagan ekanman-da, tanimadim. O’g’limni siylab kelibsiz, rahmat! Ismingiz nima, o’g’lim?
Nima deyishni bilmay qoldim. U o’rnimga javob berdi:
- Ismi — o’g’ri!
Dahshatga tushdim. Yuragim dukullab ura boshladi. Ablah! Kasal bo’lsa ham pishiq ekan. Yaramas! Ana, endi qo’lga tushdim. Igna olmay turib, qamalaman! Kallasini ishlaganini qarang! Mening rahmimni keltirib, onasi kelguncha ushlab turdi-ya, ayyor! Boya o’zi oladiganimni olib, ketishim kerak edi"¦ Shu o’yda uni itara solib qochmoqchi bo’ldim. Ammo"¦
- Hazillashdim, oyi"¦ Laqabi — O’g’ri! Ismingizni ayting, oyim siz bilan tanishmoqchi, - meni turtdi.
***
O’sha kuni ularnikida kechgacha qolib ketdim. Mirolim oilada katta farzand ekan. Biznes bilan shug’ullanib, kasalini o’tkazib yuboribdi. Otasining yordami bilan beshta do’konni yurg’izayotgan ekan.
- Vaqtingiz bo’lsa ertaga ham keling. Oyim to’yga ketadi. Ikkalamiz o’tiribmizda! — dedi u ketayotganimda.
Qaytib qadamimni ham bosmoqchi emasdim. Lekin uning iltijoli nigohi ko’z oldimdan ketmadi. Onasi menga ishonib to’yga ketgan bo’lsa, qiynalib yotgandir? Shuni o’ylab yana uyiga bordim. To’g’rirog’i, Ramazon oyi o’tguncha borib turdim. Chunki, meni bu yerga hayrat va qiziqish boshlab kelardi. U ko’z o’ngimda sog’ayib borardi. Rost! Ro’za oxirida uning qornidagi shish ancha qaytdi. O’zi turib-o’tiradigan bo’ldi"¦ Xursandchiligidan o’zini qo’yarga joy topolmasdim.
- Qara-ya, qizlarning qo’lini ushlaydigan bo’lding, - dedim hazillashib.
- XXXudoga shukr! Alloh ikkalamizni bir-birimizga sababchi qildi, - dedi u quvonchini yashirolmay. — Nega "œoperasiya" bilan shug’ullanishingizni, qanday qilib bu yo’lga kirib qolganingizni surishtirmayman. Buni ikkalamiz ham unutamiz. Yotib qolishimdan oldin bitta do’konimizni "œremont" qilishga topshirgandim. O’shani sizga beraman. Birga ishlaymiz. Nima dedingiz?
Men jon-jon deb rozi bo’ldim"¦
Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi,
narsa haqida o’ylash undan qochishga undaydi. /i]
Abdulloh ibn Abu Tolib
Oisha IYMON yozdi.
"œDarakchi" gazetasidan.