Muallif Mavzu: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!  ( 16521 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Oxiri.

- Diniy ilmingni oshirgin, zero diniy ilm sohiblari paygambarimiz merosxo’rlaridirlar.

- Egallagan ilmingni odamlardan darig’ tutmagin va ularni boshqalarga o’rgatgin.

- Bolam, ba’zida mening haqqimga ham duo qilib turgin.

- Gohida qilgan yaxshi amallaringning savobini menga ham bagishlab turgin.

- Meni yoddan chiqarmaginki, vafo ahli seni ko’rib bevafo hisoblamasinlar. Shuningdek haddan oshirib yubormaginki, oily himmat egalari seni notavon hisoblamasinlar. Yolg’izligingda va namozlaringdan keyin meni eslab tur.

- Mening bo’ynimdagi ahdlarimni ado etgin.

- Qodir bo’lganingcha, qabrimni ziyorat qilib tur va Qur’on o’qib tur.

- Yozyotgan kitoblarimni tugatmay turib dunyoni tark etadigan bo’lsam, oxiriga yetkazib qo’y, agar xato va kamchiliklari bo’lsa isloh qilib qo’y.

Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Jalol Ahmad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 277
  • -oldi: 162
  • Xabarlar: 156
  • Jins: Erkak
  • Alloh Taolo huzurudagi maqbul Din Islom Dinidir!
Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
« Javob #46 : 16 Sentyabr 2009, 04:47:08 »
                                            Ният
Бир нарсани касд килишга, хохлашга ният килиш дейилади. Аллох таоло Исро сурасининг 84- оятида бундай дейди:

    (قُلْ كُلٌّ يَعْمَلُ عَلَى شَاكِلَتِهِ فَرَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَنْ هُوَ أَهْدَى سَبِيلاً) (الاسراء:84)

Маъноси: «Айтинг, хар бир киши ниятига, холатига караб амал килади. Яхши ва солих инсонлар факат Оламлар Роббиси розилигини излаб, яхши ният ила эзгули амаллар килиб ўтса, фосик ва хор бечоралар одамларнинг кўришлари учун гам чекиб, бузук нафсларининг  хохишига муносиб амаллар, маъсиятлар килиб ўтади”.  (Ас-Саъдий тафсири асосида оят баён килинди).

  عن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه و سلم يقول:" إنما الأعمال بالنيات، و إنما لكل امرئ ما نوى،  فمن كانت هجرته إلى دنيا يصيبها، أو إلى امرأة ينكحها، فهجرته إلى ما هاجر إليه"                   (رواه البخاري )
Маъноси: Умар ибн Ал-Хаттобдан (Аллох бу кишидан рози булсин) ривоят килинади, айтадиларки: Расулуллох  :sw:дан эшитдим, Ул зот айтдиларки: «Амаллар факат ниятлар билан эътиборга олинади. (Хар бир кишининг факат ниятига каралади, сўнг унга мукофот ё азоб берилади.) Кимки, молу-дунё топиш учун бир юрт (Макка) дан бошка юрт (Мадина)га кўчган бўлса, уни топади ёки уйланиш максадида хотин кидириб борган булса, турмуш куради. Демак инсон нима нарса учун хижрат килган бўлса, унинг амали максадига мувофик бўлади».           
   Мазкур хадисдан шу нарса маълум бўладики, муъмин киши бир амал килишидан олдин, унинг хукми тўгрисида билим хосил килиши лозим. Шундан кейин ният килиб уни амалга оширади. Билмасдан туриб амал килиши тўгри эмас. Шунинг учун хам мажнуннинг амали кабул бўлмайди. Сабаби, у билмасдан ва фахмламасдан амал килади. Шундай экан, инсон билмаган нарсасига хам ният килиши тугри эмас. (Фатхул-Борий асосида).

   Ибни Можа Жобир ибн Абдуллох  :ra:дан ривоят килади, Расулуллох  :sw:бундай дейдилар:

       " يحشر الناس على نياتهم "       (رواه ابن ماجه)

Маъноси: “ Одамлар Киёмат кунида ниятларига караб тирилади”.
Rasululloh  :sw:  Abdulloh Ibn Umarga dedilar: Saharda uyg'onar ekansan, Oqshom orzusini qilma! Oqshomga etganingda, Sahar orzusini qilma! Hayotingdan o'lim uchun, sog'ligindan hastaligin uchun ulush ajrat. Chunki Ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan..(Imom Buhoriy)

Jalol Ahmad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 277
  • -oldi: 162
  • Xabarlar: 156
  • Jins: Erkak
  • Alloh Taolo huzurudagi maqbul Din Islom Dinidir!
  Юкоридаги маълумотлардан ниятнинг качалик ахамити улуг эканлиги маълум бўлди. Зеро, ният хакидаги Умар :ra:   Ð½Ð¸Ð½Ð³ юкорида ўтган хадисини Ахмад ибн Ханбал  Ислом асосларининг учдан бири деб бахолаган.

 (فَمَنْ كَانَ يَرْجُوا لِقَاءَ رَبِّهِ فَلْيَعْمَلْ عَمَلاً صَالِحاً وَلا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِ أَحَداً) (الكهف:110)

Маъноси: “Кимда ким Роббиси билан учрашишни, Ул зотдан мукофот олишни умид килган бўлса, Аллох :jl:нинг шариатига мувофик келадиган солих амал килсин ва Роббисига ибодат килишида бирор кимсани шерик килмасин, (яъни ибодатини одамларга кўрсатишни ният килмасин).

   ÐœÐ°Ð½Ð° шу оятга кўра Аллох  :jl: хузурида ибодатнинг кабул булишида иккита шарт бор:       
 1. Факат Аллохнинг розилигини ният килиш.
 2. Шариатга буйин эгиб, Куръон ва суннатга мувофик амал килиш
Rasululloh  :sw:  Abdulloh Ibn Umarga dedilar: Saharda uyg'onar ekansan, Oqshom orzusini qilma! Oqshomga etganingda, Sahar orzusini qilma! Hayotingdan o'lim uchun, sog'ligindan hastaligin uchun ulush ajrat. Chunki Ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan..(Imom Buhoriy)

Best friend

  • Mehmon
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alloh bandani qalbini islomga burib qo’ymasa boshqalarni qo’lidan hech nima kelmaydi, xuddi shunday agar Alloh bandaning qalbini dinga moyil qilsa ham boshqalar nima desa ham (avval bu inson dunyodagi eng yomon inson bo’lgan bo’lsa ham) baribir DINga qaytadi, Allohni deydi, Rasulini deydi va ularni tanishga harakat qiladi.
Lekin mo’min mo’minning ko’zgusidir.
Bir birimizga amri-ma’ruf, nahiy-munkar qilmasak mo’minmiz deya da’vo qilishimiz notog’ri.
Kelin birodarlar bu mavzuda bir-birimizni Haq yo’lida yurishimizga sabab bo’lgan voqealarni joylaymiz. Shu bilan birga adashgan birodarlarimizni ham tog’ri yo’lga boshlaylik. Alloh Qodir Zot! Balki qaysidur bir birodarimiz biz sabab namoz boshlasa, biz sabab hijob o’rasa, biz sabab tazyiqlar bo’lsa ham hijobini yechmasa, biz sabab ilmga intilsa, biz sabab ko’p hayrli ishlarga urinsa.
BUNDAN KATTA MUKOFAT BORMI?

Assalomu alaykum.
Bu mavzu meni o'ziga tortdi. Ayniqsa Mahdiya opaning qanday namoz boshlagani va qanday qilib hijobga kirganlari ta'sirlantirdi.
 Menga Alloh va rasulini sevdirgan oyim bo'ladilar. Onam hattoki meni tug'ishidan avval tug'uruqxonaga chiqib ketayotganda ham namozini o'qib keyin chiqib ketgan ekanlar... Garchi yosh bolani qo'rqitib bo'lmaydi deyishsa ham, kichkina bo'lishimga qaramay onam menga qiyomat dahshatlari haqida gapirib berardilar. Har doimgidek quchog'iga boshimni qo'yib yotgandim (Shunaqa yotishni yahshi ko'rardim), onam qiyomat haqida gapirishni boshladilar: "Biz o'lib so'ng qiyomat kuni tirilganimizda, gunohlarimiz va savoblarimiz tarozuga qo'yiladi. Agar tarozuda savob ko'p chiqsa Jannatga, gunoh ko'p chiqsa Do'zaxga, ikkalasiyam teng chiqsa arosatda qolamiz", dedilar. Keyin birin ketin sharhlay boshladilar, Jannatni ta'riflagach: "Gunohlar ko'p chiqsa Do'zaxga maxkum qilinadi, otamiz Odamning a.s. oldilariga borsak ham ota onamiz aka ukamiz qaysi yaqinlarimizning oldlariga borsak ham bizga yordam bermaydi. keyin oxiri payg'ambarimiz s.a.v. oldilariga borganimizda bizni shafoat qiladilar, Allohdan kechirishini so'raydi. Keyin Do'zaxda gunohlarimizga yarasha jazo olib iymonimiz tufayli undan chiqib Jannatga kiramiz", deganlarida payg;ambarimizga s.a.v. nisbatan muhabbat paydo bo'lgan to'g'risi. keyin Allohga ishonmaganlar Do'zaxdan chiqa olmasliklari haqida gapirganlar. Do'zaxni o'ylab rosa qo'rqsamda, undan gunohlarga yarasha jazo olgandan so'ng qayta chiqishimizni o'ylab rosa quvonardim... Arosatdagilar haqida gapirganlarida Jannatga qarab ozgina yahshi amal qilganimizda mana shu yerga kirardik deb afsuslanishlarini va Do'zaxga qarab shu yoqqa kirmaganlari uchun Alloh shukr aytishlarini gapirardilar... Hullas ana shunaqa Islomni menga onam sevdirganlar.
 Aytgan gaplarini yodimda boricha yozdim... Onamdan Allohning o'zi rozi bo'lsin... Tez kunlarda onamni ham ko'raman deb umid qilaman, ularni juda sog'indim. Butun dunyodagi insonlar onamchalik mehr bera olishmaydi baribir... Faqat rasulullohnigina s.a.v. onamdan ko'proq yahshi ko'raman insoniyat ichida. men sevgan zot esa Albatta Allohdir. Ilohim ne'matlarning eng ulug'i bo'lgan iymonimizdan ayirib qo'ymasin Robbimiz.

 

O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida

Muallif MaxCmdBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 77
Ko'rilgan: 68460
So'nggi javob 18 Aprel 2015, 04:29:23
muallifi munlu
Ikki Solih (Hikoya)

Muallif UmayyahBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 4242
So'nggi javob 09 Dekabr 2009, 13:56:17
muallifi Akbarjоn
Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?

Muallif Alijon_rejBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 11687
So'nggi javob 17 Iyun 2011, 21:32:25
muallifi UzMuslim
Hidoyat Allohdandir!

Muallif ZUBAIRBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 5783
So'nggi javob 24 Iyun 2011, 20:32:12
muallifi Muhammad Yusuf
Shaytondan qanday qochish mumkin?

Muallif AbduraufBo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 4100
So'nggi javob 01 Mart 2009, 12:28:10
muallifi zuhrahon