Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!  ( 27161 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Abdumuhaymin  08 Sentyabr 2009, 00:20:10

 :bsm:
Alloh bandasiga aytdi. Agar qodir bo'lsang umringda 1 marta men uchun Haj qil qolgan umring seniki, qodir bo'lsang bisotingdan qirqdan birini zakot qil, qolgan o'ttiz toqqizi seniki, 12 oydan 1 oyini men uchun ro'za tut qolgan 11 oy seniki, har kuningdan 24 soatdan 1 soatini namozing uchun ajrat qolgani seniki.   

Qayd etilgan


Hadija  12 Sentyabr 2009, 18:27:05

Buxoriyning qabri
[/size]

As Salaamu ‘alaikum.
Afsuski, Shariatda masjid ichida qabr bo’lishligi qat’iy taaqiqlangan bo’lsa ham, yurtimizda Imom Buxoriy rahimahulloh qabrlari atrofida bir masjid qurishdi. Odamlar bu yerni ziyorat qilib Imom Buxoriy qabriga sig’inishni boshladilar.
Sufizm ta’limotlaridan biri bu mana shu kabi narsalarni qo’llashlik va uning to’g'riligini qat’iy isbotlashga urunishlik. InshaAlloh kelgusida, sufiylarning mana shu masalagi shubhalariga birma bir raddiyalar beriladi.

"O’z payg’ambarlarining qabrlarini ibodat joyi qilib olgan Yahudiy va Nasroniylarga Allohning la’nati bo’lsin" Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


Necha yillar muqaddam yashab o’tgan Buhoriy,
Koplab sahih hadisga bo’lgan edi u roviy.
Buhoroda tug’ilib, nom olgan "œImom Buhoriy,
Erta yodlab Furqonni, ham bo’lgandi u qoriy.

Zamon otdi ul zot rihlat qildi baqoga,
Ey, Voh johil vatandoshlar sajda qilmish qabriga.
Biri kelib farzand so’rar, sog’liq so’rar taniga,
Yana biri qo’y so’yadi qasam ichib qoniga.

Odamlar oqib kelar shirk urchigan makonga,
Shoshilishar masjidgamas Buhoriyning qabriga.
Har tarafdan bidat qilar tavba qilmay Allohga,
Sanab o’tsam dosh berolmam tushib telba holiga.

To’htanglar ey odamlar, so’zimga quloq tutib,
Namoz vaqti bo’lganda ketmanglar yuzni burib.
Egamning g’azabiga duchor bo’lmasdan turib,
Baloning boshlanishi orolning suvi qurib.

Yana sizga qandayin balo ofatlar kerak?
Tavhid yo’lin tanlash uchun bular bizga bir darak.
BAS! Buhoriyning qabrini qo’yinglar o’z holiga,
Shod qilay deb ruhin, qo’ymanglar azoblarga.

Qo’rqaman Allohimning g’azabi azobidan,
Duo qilib so’rayman halqimga nusratidan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Sentyabr 2009, 22:20:00

MOZORIM TEPASIDA QUR’ON O’QI, BOLAM
(Alloma Helliyning farzandiga qilgan vasiyatidan olingan)



Bismillohir rohmanir rohim

Aziz farzandim. Allohi Taolo seni o’z toatiga bo’yinsuyushingga yordam bersin, O’zi rozi boladigan ishlariga seni muvaffaq qilsin. Umring uzun va barakotli bo’lsin. Bilib qo’yki, men o’zimning bu “Qavoidul ahkom” kitobimda ahkomlarni sodda til bilan tushunarli qilib yozishga harakat qildim. Kitobni yozib tugatganmda men ellikdan oshib oltmish yoshni qarshillashga yuzlandim. Hazrat rasululloh (saov) aytganlaridek: Bu yoshda o’lim odamga hamla qila boshlaydi, men ham agar bu yoshda shu hujumga uchrab, umrim tugashi mumkin. Shuni hisobga olib, senga quyidagi ishlarni vasiyat qilaman:

- Allohdan taqvoda bo’l. taqvogina odamning joniga oro kiradi.

- Allohning farmonlariga itoat qil. Buyurganini bajar, qaytargan narsalaridan esa o’zingni tiygin. Nodon odamlar bilan birga o’tirishdan saqlan, chunki ulardan also naf tegmaydi. Olimlar va ahli fazilat odamlar bilan yaqin aloqada bo’lishga harakat qil, chunki ularga yaqin bo’lsang, bilmaganlaringni o’rganasan, ertangi kun ing bugungisidan yaxshiroq bo’ladi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Sentyabr 2009, 22:22:13

Davomi. . .

- O’z umringni ham ilmi jihatdan va ham mahorat jihatidan kamolotga yetish yo’lida sarflagin.

- Umringning har lahzasini diniy birodarlaringga yaxshilik qilish bilan o’tkaz. Senga birortasi yomonlik qilgan bo’lsa, yaxshilik bilan qaytar. Yaxshilik qilganlarni hech vaqt yoddan chiqarma.

- Doimo sabrli bo’l, hamisha Allohga tavakkal qil. Kechqurunlari har doim o’zingni hisob-kitob qil va istigfor so’ra.

- Mazlumning ayniqsa yetim va bevalarning duoi badlaridan qo’rqqin. Chunki Xudovand ko’ngli yarim odamning qalbini ranjitganlarni kechirmaydi.

- Silai rahim ya’ni qarindosh-uruglar bilan bordi-keldi qilish esingdan chiqmasin.

- Paygambarimiz avlodlarining hurmatlarini saqlagin, zero ularni ezozlash- islom diniga kirganliging shukridir. Qur’onda aytilishicha:

قل لا اسئلكم علیه اجرا الا الموده فى القربى

Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat yaqinlarimga nisbatan muhabbatli bo’lishingizni so’rayman, xolos".(Sho’ro surasi, 23-oyat).

- Kecha namozlarini o’qishni tark qilma, zero rasululloh (saov) bunday deb marhamat qilgan edilar:

- «من ختم له بقیام اللیل ثم مات فله الجنه»؛

Ya’ni "œKecha namozlarini o’qiydiganlar vafot etgach jannat ularning nasibasi bo’lgay". Boshqa bir hadisda esa bunday degan edilar: Qiyomat kuni besh xil odamni, garchi gunohlari ko’p bo’lsa-da, shafoat qilaman. Bular: Avlodimga tarafdorlar, boy bo’lmasa-da, avlodimga yordam beruvchilar, qalbi va tili bilab avlodimga muhabbatini izhor qiluvchilar, farzandlarimga yordam beraman deb, yurtidan haydalgan yoki hijrat qilgan odamlar. Imom Sodiq (a.s) dan bunday deb naql qilinadi:

Qiyomat kunida "œJim bo’linglinglar, rasululloh suhbat qiladilar" degan nido keladi. Hamma jim bo’lib qoladi, paygambarimiz o’z ahli baytlari bilan u yarga keladilar, so’ng bunday deydilar:

Qaysi biringiz menga yaxshilik va ehson qilgan bo’lsangiz, mening oldimga kelsin.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Sentyabr 2009, 22:23:37

Davomi. . .

Shunda xaloyiq hayron bo’lib bunday deyishadi: Ota-onamiz sizga fido bo’lsin, ya rasululloh. Qanaqa yaxshilik, hamma yaxshilikni siz bizga qilgansiz-ku?shunda paygambarimiz: Mening farzandlarimdan birortasiga yaxshilik qilgan, ya’ni yordam bergan odam bo’lsa aytsin-deydilar. Ba’zi odamlar o’rnilaridan turib kelishadi. Shunda Allohdan nido keladi: Yo Muhammad, ularga o’zing istagan ajrni ber. Paygambarimiz usha odamlarni bir eshikdan jannatga kirishga taklif qiladilar. Usha jannat o’zlari va oilalari joylashgan yerda bo’lib,

oralarida hech qanday parda bo’lmaydi.

وسائل الشیعه، باب 17 از ابواب فعل المعروف، ح 3

- Ulamo va faqihlarning hurmatini saqla, zero rasululloh aytgan edilarki:

«من اكرم فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو عنه راض و من اهان فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو علیه غضبان»؛

Ulamolarga ehtirom ko’rsatgan odam Qiyomat kunida Allohning roziligiga uchragan holda Parvardigori bilan muloqot qiladi. Ammo din olimiga hurmatsizlik ko’rsatgan odam esa, Allohning g’azabiga uchragan holda muloqot qiladi. Shuningdek ollimning yuziga boqishning o’zi ham ibodat hisoblanadi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Sentyabr 2009, 22:24:42

Oxiri.

- Diniy ilmingni oshirgin, zero diniy ilm sohiblari paygambarimiz merosxo’rlaridirlar.

- Egallagan ilmingni odamlardan darig’ tutmagin va ularni boshqalarga o’rgatgin.

- Bolam, ba’zida mening haqqimga ham duo qilib turgin.

- Gohida qilgan yaxshi amallaringning savobini menga ham bagishlab turgin.

- Meni yoddan chiqarmaginki, vafo ahli seni ko’rib bevafo hisoblamasinlar. Shuningdek haddan oshirib yubormaginki, oily himmat egalari seni notavon hisoblamasinlar. Yolg’izligingda va namozlaringdan keyin meni eslab tur.

- Mening bo’ynimdagi ahdlarimni ado etgin.

- Qodir bo’lganingcha, qabrimni ziyorat qilib tur va Qur’on o’qib tur.

- Yozyotgan kitoblarimni tugatmay turib dunyoni tark etadigan bo’lsam, oxiriga yetkazib qo’y, agar xato va kamchiliklari bo’lsa isloh qilib qo’y.

Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  16 Sentyabr 2009, 04:47:08

                                            Ният
Бир нарсани касд килишга, хохлашга ният килиш дейилади. Аллох таоло Исро сурасининг 84- оятида бундай дейди:

    (قُلْ كُلٌّ يَعْمَلُ عَلَى شَاكِلَتِهِ فَرَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَنْ هُوَ أَهْدَى سَبِيلاً) (الاسراء:84)

Маъноси: «Айтинг, хар бир киши ниятига, холатига караб амал килади. Яхши ва солих инсонлар факат Оламлар Роббиси розилигини излаб, яхши ният ила эзгули амаллар килиб ўтса, фосик ва хор бечоралар одамларнинг кўришлари учун гам чекиб, бузук нафсларининг  хохишига муносиб амаллар, маъсиятлар килиб ўтади”.  (Ас-Саъдий тафсири асосида оят баён килинди).

  عن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه و سلم يقول:" إنما الأعمال بالنيات، و إنما لكل امرئ ما نوى،  فمن كانت هجرته إلى دنيا يصيبها، أو إلى امرأة ينكحها، فهجرته إلى ما هاجر إليه"                   (رواه البخاري )
Маъноси: Умар ибн Ал-Хаттобдан (Аллох бу кишидан рози булсин) ривоят килинади, айтадиларки: Расулуллох  :sw:дан эшитдим, Ул зот айтдиларки: «Амаллар факат ниятлар билан эътиборга олинади. (Хар бир кишининг факат ниятига каралади, сўнг унга мукофот ё азоб берилади.) Кимки, молу-дунё топиш учун бир юрт (Макка) дан бошка юрт (Мадина)га кўчган бўлса, уни топади ёки уйланиш максадида хотин кидириб борган булса, турмуш куради. Демак инсон нима нарса учун хижрат килган бўлса, унинг амали максадига мувофик бўлади».           
   Мазкур хадисдан шу нарса маълум бўладики, муъмин киши бир амал килишидан олдин, унинг хукми тўгрисида билим хосил килиши лозим. Шундан кейин ният килиб уни амалга оширади. Билмасдан туриб амал килиши тўгри эмас. Шунинг учун хам мажнуннинг амали кабул бўлмайди. Сабаби, у билмасдан ва фахмламасдан амал килади. Шундай экан, инсон билмаган нарсасига хам ният килиши тугри эмас. (Фатхул-Борий асосида).

   Ибни Можа Жобир ибн Абдуллох  :ra:дан ривоят килади, Расулуллох  :sw:бундай дейдилар:

       " يحشر الناس على نياتهم "       (رواه ابن ماجه)

Маъноси: “ Одамлар Киёмат кунида ниятларига караб тирилади”.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  16 Sentyabr 2009, 04:55:15

  Юкоридаги маълумотлардан нистнинг качалик ахамити улуг сканлиги маълум бслди. Зеро, нист хакидаги Умар :ra:   нинг юкорида стган хадисини Ахмад ибн Ханбал  Ислом асосларининг учдан бири деб бахолаган.

 (فَمَنْ كَانَ يَرْجُوا لِقَاءَ رَبِّهِ فَلْيَعْمَلْ عَمَلاً صَالِحاً وَلا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِ أَحَداً) (الكهف:110)

Маъноси: "œКимда ким А оббиси билан учрашишни, Ул зотдан мукофот олишни умид килган бслса, Аллох :jl:нинг шариатига мувофик келадиган солих амал килсин ва А оббисига ибодат килишида бирор кимсани шерик килмасин, (съни ибодатини одамларга ксрсатишни нист килмасин).

   Мана шу остга ксра Аллох  :jl: хузурида ибодатнинг кабул булишида иккита шарт бор:       
 1. Факат Аллохнинг розилигини нист килиш.
 2. Шариатга буйин сгиб, Куръон ва суннатга мувофик амал килиш

Qayd etilgan


Best friend  30 May 2011, 22:27:59

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alloh bandani qalbini islomga burib qo’ymasa boshqalarni qo’lidan hech nima kelmaydi, xuddi shunday agar Alloh bandaning qalbini dinga moyil qilsa ham boshqalar nima desa ham (avval bu inson dunyodagi eng yomon inson bo’lgan bo’lsa ham) baribir DINga qaytadi, Allohni deydi, Rasulini deydi va ularni tanishga harakat qiladi.
Lekin mo’min mo’minning ko’zgusidir.
Bir birimizga amri-ma’ruf, nahiy-munkar qilmasak mo’minmiz deya da’vo qilishimiz notog’ri.
Kelin birodarlar bu mavzuda bir-birimizni Haq yo’lida yurishimizga sabab bo’lgan voqealarni joylaymiz. Shu bilan birga adashgan birodarlarimizni ham tog’ri yo’lga boshlaylik. Alloh Qodir Zot! Balki qaysidur bir birodarimiz biz sabab namoz boshlasa, biz sabab hijob o’rasa, biz sabab tazyiqlar bo’lsa ham hijobini yechmasa, biz sabab ilmga intilsa, biz sabab ko’p hayrli ishlarga urinsa.
BUNDAN KATTA MUKOFAT BORMI?

Assalomu alaykum.
Bu mavzu meni o'ziga tortdi. Ayniqsa Mahdiya opaning qanday namoz boshlagani va qanday qilib hijobga kirganlari ta'sirlantirdi.
 Menga Alloh va rasulini sevdirgan oyim bo'ladilar. Onam hattoki meni tug'ishidan avval tug'uruqxonaga chiqib ketayotganda ham namozini o'qib keyin chiqib ketgan ekanlar... Garchi yosh bolani qo'rqitib bo'lmaydi deyishsa ham, kichkina bo'lishimga qaramay onam menga qiyomat dahshatlari haqida gapirib berardilar. Har doimgidek quchog'iga boshimni qo'yib yotgandim (Shunaqa yotishni yahshi ko'rardim), onam qiyomat haqida gapirishni boshladilar: "Biz o'lib so'ng qiyomat kuni tirilganimizda, gunohlarimiz va savoblarimiz tarozuga qo'yiladi. Agar tarozuda savob ko'p chiqsa Jannatga, gunoh ko'p chiqsa Do'zaxga, ikkalasiyam teng chiqsa arosatda qolamiz", dedilar. Keyin birin ketin sharhlay boshladilar, Jannatni ta'riflagach: "Gunohlar ko'p chiqsa Do'zaxga maxkum qilinadi, otamiz Odamning a.s. oldilariga borsak ham ota onamiz aka ukamiz qaysi yaqinlarimizning oldlariga borsak ham bizga yordam bermaydi. keyin oxiri payg'ambarimiz s.a.v. oldilariga borganimizda bizni shafoat qiladilar, Allohdan kechirishini so'raydi. Keyin Do'zaxda gunohlarimizga yarasha jazo olib iymonimiz tufayli undan chiqib Jannatga kiramiz", deganlarida payg;ambarimizga s.a.v. nisbatan muhabbat paydo bo'lgan to'g'risi. keyin Allohga ishonmaganlar Do'zaxdan chiqa olmasliklari haqida gapirganlar. Do'zaxni o'ylab rosa qo'rqsamda, undan gunohlarga yarasha jazo olgandan so'ng qayta chiqishimizni o'ylab rosa quvonardim... Arosatdagilar haqida gapirganlarida Jannatga qarab ozgina yahshi amal qilganimizda mana shu yerga kirardik deb afsuslanishlarini va Do'zaxga qarab shu yoqqa kirmaganlari uchun Alloh shukr aytishlarini gapirardilar... Hullas ana shunaqa Islomni menga onam sevdirganlar.
 Aytgan gaplarini yodimda boricha yozdim... Onamdan Allohning o'zi rozi bo'lsin... Tez kunlarda onamni ham ko'raman deb umid qilaman, ularni juda sog'indim. Butun dunyodagi insonlar onamchalik mehr bera olishmaydi baribir... Faqat rasulullohnigina s.a.v. onamdan ko'proq yahshi ko'raman insoniyat ichida. men sevgan zot esa Albatta Allohdir. Ilohim ne'matlarning eng ulug'i bo'lgan iymonimizdan ayirib qo'ymasin Robbimiz.

Qayd etilgan