Umumiy bo'lim > Islom

RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!

(1/13) > >>

Mahdiyah:
:bsm:

 :as:

"RIZQni faqat Alloh beradi, Rizq Allohdan" deyishni hammamiz bilamiz.
Ammo, vaqti kelsa rizq masalasida ikkilanib qolamiz"¦
Aniq ishonch bilan Allohga tavakkul qila olmaymiz: maosh vaqtida berilmasa, huddi shu maoshsiz och qoladigandekmiz, qandaydir mablag'ni ko'zlab biror narsa xarid qilmoqchi bo'lsag-u, shu mablag' qo'limizga kelmasa, o'zimizni qo'yishga joy topa olmaymiz, "yog'liqqina" joyda ishlasak, xatto ibodatimizga halaqit bersa ham baribir bu ishdan bo'shamaymiz, chunki bunaqa ishni yana qayerdan ham topamiz?!...

Qur'oni Karimning "Toha" surasi 132-oyatida quyidagilarni byon qilgan Alloh naqadar rostgo'y: "Ahli ummatlaringizni namoz o'qishga buyuring va o'zingiz ham namoz o'qishda chidamli bo'ling. BIZ SIZDAN RIZQ TALAB QILMAYMIZ, BIL'AKS O'ZIMIZ SIZGA RIZQ BERURMIZ. Chiroyli oqibat, jannat ahli taqvonikidir".

Birodarlar! Alloh unga itoat qilmaydigan butparastga rizq beradiyu, sizni unitadimi?
Allohdan sherik qilgan bandasiga rizq berib, sizni unutadimi?
Allohga shuncha isyon qilsa ham qanchadan qancha isyonkorlarga baribir rizq beradiyu, sizni unutadimi?
Yer ostida yuradigan chuvalchangga rizq beradiyu, sizni unitadimi?
Xatto eng mayday hashorotga rizqini but qilib bergan ALLOH sizni unutadimi?

Alloh uni yo’lida bo’lmagan bandaga rizq berib, xatto million, milliardlargacha behisob mulk berib, uning yo’lida bo’lgan mo’minni hech qachon UNUTMAYDI, hech qachon TASHLAB QO’YMAYDI!

Mahdiyah:
Rizq Allohdandir

Alloh bandaga rizq kelayotgan bir eshikni berkitsa, o’rniga ikkitasini ochadi.
Bunga olimlar quyidagicha misol keltiradilar:
Bola onaning qornida ekanida bitta yo’ldan — kindikdan ozuqa oladi.
Bu yo’l kesilgach, Alloh ikkita rizq eshigini ochadi — bola ikki ko’krakdan oziqlanadi.
Bu ikki rizq eshigi ham yopilgach, Alloh uni rizqning to’rt irmog’iga solib qo’yadi.
Ular: suv, sut, hayvonot va nabotot.
Bu eshiklar ham yopilgach, ya’ni, vafot etgach, unga jannatning sakkiz eshigini ochiladi.
Albatta, shunga loyiq tarzda yashab o’tsa.

Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak

Mahdiyah:
Mana shu mavzuga doir yana bir juda go'zal hikoya...

Abdulloh ibn Muborak sahroda yo’ldan adashdi. Yurib-yurib uzoqdan bir quduqni ko’rdi. Quduqni ko’rgach, "œEndi chelak bilan bir arqon ham bo’lsaydi", deb ko’nglidan kechirdi. Quduqqa yaqin borgach, ko’rdiki, chelak ham, arqon ham yo’q, suv esa ancha pastda edi. Ibn Muborak hayron bo’lib, bir chetga borib o’tiri. Shu payt sahro qo’ynidan bir kiyik bitta-bitta qadam bosib, quduq tomon kela boshladi. Yetib kelgach, tumshug’ini quduqqa suqqan edi, suv yuqori ko’tarildi, hatto quduqdan toshib chiqdi. Kiyik suv ichib, yana sahroga kirib g’oyib bo’ldi. Hayronu lol bo’lgan Abdulloh yugurib quduq boshiga bordi. Suv esa Abdulloh yetib borguncha yana pastlab ketdi. Shunda uning qalbida bir nido otilib chiqdi va dedi:
"œYo Rab, berursan ohug’a ob,
Menga bermassan, ey sultoni Vahhob?!"
Shu payt Abdulloh ibn Muborakning qalbiga bir nido keldi: "œO’sha sen ko’rgan ohu sahroga rizq istab chiqqan paytda Mendan o’zgaga tavakkul qilmadi. Sen esa quduqni ko’rgan vaqtda qalbingni chelak va arqonga yubording!"
Ibn Muborak bu nidoni eshitib behold bo’ldi, bu tanbehdan qalbida zavq daryosi jo’shq urdi va shundan keyin to tirik ekan, chanqamadi:
Muhabbat jomi ho’l qildi tomog’in,
Tiriklikda unutdi suvsamog’in.
So’fi Olloyor "œSabotul ojizin"

Mahdiyah:
Islom olamining eng buyuk zakiylaridan biri Ali ibn Abu Tolib masjidga kirib ketayotganida otini bir xizmatkordan ushlab turishni iltimos qiladi. O'sha payti hazrati alining ko'nglidan masjiddan chiqqach shu xizmatkorga 5 dinor hadya qilaman degan niyat o'tadi. Islom amiri masjiddan qaytib chiqsa, xizmatkor otni tashlab, yuganni o'g'irlab ketgan bo'ladi. Ali hazratlari indamay uyga yo'l oladi. Qaytib kelgach o'g'illaridan biriga bir necha dinor berib, bozordan yugan sotib olib kelishni aytadi. O'g'il  bozorga borib o'sha yo'qolgan yuganni 5 dinorga sotib oladi. Ali o'z yuganini tanigach, shunday degan ekan: "Eh bechora o'sha 5 dinor unga halol edi, yugurib, terlab rosa harakat qilib, halol rizqini harom qilib qo'ydi-ya!!!"

Mahdiyah:
Mana shu so'zlar barchamizga O'RNAK bo'lsin!

Hasan Basriy shunday deganlar: "Men nima uchun rizqimni quvayki, u mendan boshqasiga nasib etmasa, men nima uchun uning kelmaganiga afsuslanayki, u meniki bo'lmasa."

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version