RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!  ( 39509 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Mahdiyah  04 Sentyabr 2009, 08:52:09

Assalamu alaykum.

Yana shu mavzuda o'z fikrimni bildirgim keldi.

Qur'ondagi Allohning kalomini o'qiymiz, o'zimizga o'zimiz "HA" deymizu, dunyo ishlariga kelib hamma-hammasi unut bo'lib ketayabdi.

KImdur ishga kirmoqchi? O'zicha o'ylidi "Maosh qancha bo'larkin. Keyinchalik oshirib berisharmikin?..."

"Namoz o'qishga sharoit bo'larmikin?
Namozlarim ishim deb qazo bo'lmasmikin?"
deb o'ylaydiganlar QANI?

ULAR AFSUSKI SANOQLI...

Shuni o'ylagan taqdirda ham, namozlarga be'etibor bo'layotganlar qancha?

Qur'oni Karimning ko'p joyida Alloh taolo mo'minlarni namozni to'liq, to'kis ado etishga chaqiradi.

"Albatta iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan va namozni to‘kis ado qilib, zakotni bergan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ajr bor. Ular uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar." (Baqara surasi, 277-oyat)

"Ularni (ya’ni musulmonlarni) agar Biz yer yuziga g‘olib qilsak — ular namozni to‘kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning (izmidadir)." (Haj surasi, 41-oyat)

"Bas, namozni to‘kis ado etingiz, zakotni (haqdorlarga) ato etingiz va Allohga bog‘laningiz! U sizlarning hojangizdir. Bas, U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxshi madadkordir." (Haj surasi, 78-oyat)

"Darhaqiqat Men Allohdirman. (Hech qanday) iloh yo‘q, faqat Men bordirman. Bas, sen Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni to‘kis ado qil!" (Toha surasi, 14-oyat)

"(Ey Muhammad), siz o‘zingizga vahiy qilingan Kitob — Qur’ondan bo‘lgan (oyatlar)ni tilovat qiling va namozni to‘kis ado qiling! Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sur. Aniqki Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir. Alloh qilayotan ishlaringizni bilib turur." (Ankabut surasi, 45-oyat)

Yana Alloh taolo Qur'oni Karimda mo'minlar haqida: "Ular (barcha) namozlarini (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir." deb aytadi. (Mo'minun surasi, 9 oyat)

Endi o'ylab ko'raylik namozlarga qay darajada e'tibor beramiz.
Hush'u huzuniyu gapirmayman.
Ammo bu o'tkinchi, adashish oson bo'lgan dunyoda NAMOZLARIMIZNI O'Z VAQTIDA o'qishimiz shart!

Ayniqsa rizq masalasida qo'rqib namozlarni kechiktirayotganlar juda ko'p...
Mo'maygina daromad keladigan ish chiqib qolsa-yu, asrga azon aytsa masjid tomon emas, shartnoma tomon ketayotganlar qancha?
Yoki birovlardan qo'rqib, namozlarini qazo qilayotganlar qancha?
"Peshinni vaqti asrgacha, ungacha bemalol ulguraman" deb dunyo ishlarini birma-bir bitirib namozlarini kechiktirayotganlar qancha?
Bozorga borib 15 qator erinmasdan 4 soat aylanib uzog'i 15-20 minut ketadigan namozga erinchoqlik qilayotganlar qancha!

Yoki yuqorida Alloh taolo "MO'MINLAR" surasida mo'minlarni ta'riflaganidek MO'MIN emasmizmi?

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 10:01:55

Hazrat Ali (r.a): «Insonlarga hayronman, o‘lchab berilgan va o‘zgarmaydigan dunyoviy rizq haqida yelib yuguradilar-u, hali nasib qilmagan oxirat rizqi haqida qayg‘urmaydilar» deganlarida naqadar haq ekanliklari hozirgi kunimizda ham o‘z isbotini topmoqda. Biz bu dunyoda rizq ketidan yelib yuguramiz, ba’zida bu yo‘lda oxiratimizni ham esdan chiqarib qo‘yamiz. Go‘yoki, biror yolg‘onni gapirmasak, mana shu nojoiz harakatni qilmasak biror rizqdan quruq qolayotganga o‘xshaymiz. «Tirikchilik» deb atalgan niqob ostida har qanday ishlarni ham qilishga o‘rganib qolganmiz, ushbu niqob ostida bu ishlar ham u qadar qabih tuyulmaydi. Shuni esda tutaylikki, rizqimizni belgilashda bizda ixtiyor yo‘q, lekin uni halol yoki xarom yo‘ldan topishimiz o‘zimizga bog‘liq.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 10:02:54

Bir kuni hazrat Ali (r.a.) bozor eshigining oldida bir nochor odam tilanchilik qilayotganini ko‘ribdilar. Unga yordam berishni xohlabdilar va qo‘liga bir buyum berib, bozorga kirib chiqquncha poylab turishni so‘rabdilar va evaziga haq va’da qilibdilar, bozordan chiqqach besh tanga berishni ko‘ngillariga tugib, bozorga kirib ketibdilar. Biroz o‘tib, bozordan chiqsa, u odam yo‘q. Xizmatkorga xuddi o‘shandaqa buyum olib kelishni buyuribdilar, xizmatkor besh tangaga olib kelgan buyumni qarashsa, o‘zlari o‘g‘irlatgan buyum bo‘lib chiqibdi. Xulosa shuki, besh tanga o‘sha o‘g‘rining rizqi edi, lekin u bu rizqni xarom yo‘l bilan topishni afzal ko‘rdi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 10:03:29

Bir yaxudiy payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga keldi va qo‘lidagi bir xurmoni ko‘rsatib, «shu mening rizqimmi?» deb so‘radi. Albatta u, agar «yo‘q» degan javobni olsa, uni yeyishni, «ha» javobini olsa, otib yuborishni maqsad qilgandi. Shunda payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Yesang rizqingdir» deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 20:44:56

Assalamu alaykum.

Yana shu mavzuda o'z fikrimni bildirgim keldi.

Qur'ondagi Allohning kalomini o'qiymiz, o'zimizga o'zimiz "HA" deymizu, dunyo ishlariga kelib hamma-hammasi unut bo'lib ketayabdi.

KImdur ishga kirmoqchi? O'zicha o'ylidi "Maosh qancha bo'larkin. Keyinchalik oshirib berisharmikin?..."

"Namoz o'qishga sharoit bo'larmikin?
Namozlarim ishim deb qazo bo'lmasmikin?"
deb o'ylaydiganlar QANI?

ULAR AFSUSKI SANOQLI...

Shuni o'ylagan taqdirda ham, namozlarga be'etibor bo'layotganlar qancha?

Qur'oni Karimning ko'p joyida Alloh taolo mo'minlarni namozni to'liq, to'kis ado etishga chaqiradi.

"Albatta iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan va namozni to‘kis ado qilib, zakotni bergan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ajr bor. Ular uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar." (Baqara surasi, 277-oyat)

"Ularni (ya’ni musulmonlarni) agar Biz yer yuziga g‘olib qilsak — ular namozni to‘kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning (izmidadir)." (Haj surasi, 41-oyat)

"Bas, namozni to‘kis ado etingiz, zakotni (haqdorlarga) ato etingiz va Allohga bog‘laningiz! U sizlarning hojangizdir. Bas, U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxshi madadkordir." (Haj surasi, 78-oyat)

"Darhaqiqat Men Allohdirman. (Hech qanday) iloh yo‘q, faqat Men bordirman. Bas, sen Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni to‘kis ado qil!" (Toha surasi, 14-oyat)

"(Ey Muhammad), siz o‘zingizga vahiy qilingan Kitob — Qur’ondan bo‘lgan (oyatlar)ni tilovat qiling va namozni to‘kis ado qiling! Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sur. Aniqki Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir. Alloh qilayotan ishlaringizni bilib turur." (Ankabut surasi, 45-oyat)

Yana Alloh taolo Qur'oni Karimda mo'minlar haqida: "Ular (barcha) namozlarini (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir." deb aytadi. (Mo'minun surasi, 9 oyat)

Endi o'ylab ko'raylik namozlarga qay darajada e'tibor beramiz.
Hush'u huzuniyu gapirmayman.
Ammo bu o'tkinchi, adashish oson bo'lgan dunyoda NAMOZLARIMIZNI O'Z VAQTIDA o'qishimiz shart!

Ayniqsa rizq masalasida qo'rqib namozlarni kechiktirayotganlar juda ko'p...
Mo'maygina daromad keladigan ish chiqib qolsa-yu, asrga azon aytsa masjid tomon emas, shartnoma tomon ketayotganlar qancha?
Yoki birovlardan qo'rqib, namozlarini qazo qilayotganlar qancha?
"Peshinni vaqti asrgacha, ungacha bemalol ulguraman" deb dunyo ishlarini birma-bir bitirib namozlarini kechiktirayotganlar qancha?
Bozorga borib 15 qator erinmasdan 4 soat aylanib uzog'i 15-20 minut ketadigan namozga erinchoqlik qilayotganlar qancha!

Yoki yuqorida Alloh taolo "MO'MINLAR" surasida mo'minlarni ta'riflaganidek MO'MIN emasmizmi?


Mana shu yuqorida belgilab qo'yganim sizning fikringizga Hayrulla Hamidovni "fotiha" su'rasini qisqa tafsir qilganlaridagi bir kulgilik o'z hayotlarida bo'lib o'tgan voqea odimga tushdi. Hullas, mazmunan, Jum'a kunida bir puldor, yaxshi va yaqin tanishlari Jum'a namoziga bormaptilar. H.Hamidov so'rabdila nimaga Jum'ada ko'rinmadiz deganlarida, e Hayrulla, aparatga srochna chaqirib qolishishuvdi, o'zing bilasanku katta joy... deb bahonalar qilayotganida, H.Hamidov chiroyli tushuntirish qilibdilar, aka tasavvur qiling-da, siz yo'lda ketyapsiz, birdan yer silkinib, Qiyomat kuniga o'hshash bir holat bo'ldida, sizga bir dahshatli ovozdan nido keldi "to'hta" degan nido keldi, nima qilardingiz, -to'htardim, a barakalla, "bandam, nega bugun namozga bormading?" deyilsa, siz aparatdan chaqirib qolishuvdi deb bahona qilarmidingiz deganlarida, yo'g'e, Hayrulla shunaqa ham deb bo'larkanmi deb tursalar, Hayrulla Hamidov, a aka, namozni farzligini bilasiz, har vaqti kirganida alohida taklifnoma kerak-mi?! deb hazilomus javob qilgan ekanlaaar. :) Bu albatta mavzuga to'g'ri kelmasa-da, Noza siz yozganizga bir ilova-da :)

Qayd etilgan


Hadija  19 Sentyabr 2009, 18:33:21

Bir yaxshilikka o’n savob

Bir kuni Hazrati Fotima roziyallohu anho betob bo’lib, ko’ngillari anor yeyishni tusadi. Bu haqda sohiblari Hazrati Aliga aytgan edilar, u zot borib, bozordan bir dona anor xarid qildilar. Chunki pullari faqat bitta anorga yetdi. Qaytayotganlarida bir gado yo’liqib, o’sha anorni berishlarini so’radi. Hazrati Alining hayo va iymonlari "œyo’q" deyishga yo’l qo’ymay, anorni ikkiga bo’lib, yarmini gadoga tutqazdilar. Uyga kelganlaridan keyin ayollariga uzr aytib, voqeani so’zlab berdilar. Fotima roziyallohu anho: "œAlloh sizdan rozi bo’lsin, ajringizni bersin", deb xursand bo’ldilar. Shunda bir oz fursat o’tib, eshik taqqiladi. Ali roziyallohu anhu eshikni ochib qarasalar, Salmon Forsiy turibdilar. Qo’llaridagi idishda to’qqiz dona anor. Idishni uzatib: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam berib yubordilar", dedilar. Hazrati Ali shunda aytdilarki: "œYo’q, agar Rasululloh berib yuborgan bo’lsalar, o’nta bo’lishi kerak. Chunki Alloh taolo bir yaxshilikka o’nta savob va’da qilgan". Bu gapdan keyin Salmon Forsiy cho’ntaklaridan o’ninchi anorni ham chiqarib: "œBarokat uchun olib qolgan edim", dedilar.

Mana shu voqeni har gal o'qiganimda juda ta'sirlanaman va ayni mavzuga ta'luqli yeri bor deb o'ylab shu yerga kiritishni niyat qilgandim...

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2009, 10:17:32

Alloh — Razzoq

Imom Ahmad aytadilar: "œNabiy sollallohu alayhi vasallam uylandilar. Shunda ziyofat qilib, sahobalarni jamladilar. Taom oz, yig’ilganlar esa ko’p edi. Taomning ozligi ham suyuq bo’lgani sababli sahobalar bu xususda har narsa der edilar. Nabiy alayhissalom namozni tugatganlaridan keyin ulardan: "œNima haqida gaplashayabsizlar?" deb so’radilar. Ular "œRizq haqida", deb javob berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œMen sizlarga Jabroil alayhissalom aytib bergan bir hadisni aytib beraymi?" dedilar. Sahobalar: "œHa, Allohing Rasuli, ayting", deyishdi. U zot gap boshladilar: "œJabroilning aytishicha birodarim Sulaymon alayhissalom dengiz qirg’og’ida yurib ketayotgan chumolini ko’rib qolibdi, uning og’zida yashil yaproq bor ekan. Chumoli shu holatda dengiz oldiga kelib qichqiribdi. Bir payt baqa chiqib, chumolini orqasiga ortib dengizga sho’ng’ib ketibdi. So’ng bir oz muddat o’tib, chumoli suv yuziga qaytib chiqibdi. Sulaymon alayhissalom undan so’rabdi: "œMenga o’z qissangni aytib ber". Chumoli bunday debdi: "œBu dengizning tubidagi bir toshning o’rtasida bir qurt yashaydi, Alloh taolo o’sha qurtning rizqini mening zimmamga yuklagan, shuning uchun har kuni Alloh unga rizq qilib bergan narsasini ikki marta unga olib borib beraman. Alloh taolo bu dengizda men uchun baqa suratidagi bir farishtani yaratdi. U meni ko’tarib, dengizga sho’ng’iganicha meni o’sha xarsang toshga olib boradi. Tosh yorilib ichidan qurt chiqadi va men unga taomni yediraman. So’ngra baqa meni ko’tarib suv ustiga olib chiqadi, qurt o’z rizqini yeb bo’lgach, Allohga hamdu sano aytib deydi: "œMeni yaratgan va dengiz tubiga joylab, unutmagan Zot aybu nuqsonlardan pokdir".
So’ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’kid bilan aytdilar: "œDengiz tubidagi bir qurtni unutmagan Zot Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatini esdan chiqarib qo’yadimi?

Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil I chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2009, 11:04:33

YANA RIZQ HAQIDA AJOYID HIKOYA

Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O’zi unga yetarlidir" (Taloq, 3).

Bu oyatda Alloh taolo hamma mahluqlaridan va ularga tegishli xususiyatlardan xabardor ekanini zikr qildi.
Rivoyatga ko’ra, Imom Zohidiy rizq to’g’risida aniq ishonch hosil qilmoqchi bo’ldi va toqqa chiqib ketdi. Bir g’orning burchagida o’tirib oldi-da, o’ziga-o’zi: "œMenga Rabbim qanday qilib rizq berishini shu yerda kutib o’tiraman", dedi. Qattiq bo’ron bo’ldi va yomg’ir yog’di. Kechga yaqin bir karvon boshpana qidirib, u o’tirgan joyga kirdi.
U kishi shunday hikoya qiladi: "œEy Allohning bandasi", deya chaqirishdi. Men ularga javob bermadim. Shunda karvondagi kishilar, hoynahoy, bu odam sovuq qotgan bo’lsa kerak, shuning uchun ham gapirmayapti, deb o’ylahshdi va gulxan yoqishdi. Menga yana gapirishdi. Men baribir javob bermadim. Shunda karvondagilar, och qolgan ko’rinadi, deb oldimga dasturxon yozib, taomga taklif qilishdi. Men esa miq etmadim, dasturxondan hech narsa tanovul qilmadim. Ular, bu odam bu yerda uzoq muddatdan beri yemay-ichmay o’tiribdi, shekilli, deb, sut pishirishib uzatishdi, parvo qilmay o’tiraverdim. Ular battar ajablanib, buning tishlari bir-biriga kirishib ketgan chog’i, deyishdi-da, ikkitasi turib, og’zimni ochish uchun pichoqni oldi. Og’zimni ochib, haligi taomdan bir parchasini solishdi. Shunda men kulib yubordim. Haligilar ajablanib: "œSen jinnimasmisan mabodo?" deyishdi. Men: "œYo’q. Men Rabbimning rizq berishiga qat’iy ishonch qilay, deb bu yerga kelgan edim. Aniq bildimki, albatta, U menga ham, boshqalarga ham qayerda bo’lishlaridan qat’iy nazar, rizqni yetkazib berar ekan", dedim. Karvon ahli ko’p taajjubda qoldi".

Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil I chorak

Qayd etilgan


saltanat  24 Sentyabr 2009, 08:55:07

Abdulloh ibn Mas'ud (r.a) dardga chalingan bir kishining qulog'iga nimanidir o'qidilar.U sog'ayib ketdi.Shunda Rasululloh s.a.w. "uning qulog'iga nima deb aytding?" deganlarida "Mo'minun" surasining 115-oyatidan to oxirigacha o'qiganlarini aytdilar.Shunda Rasululloh s.a.w. "Agar biror kishi shu oyatlarni ishonch bilan o'qisa, tog'ni ham maydalab yuboradi." dedilar.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Sentyabr 2009, 09:00:23

Voqea surasi taklif qilaman hamma ishi yurishmagan odamlarga.

Bu surani faqat hotinlar o'qisa ko'proq ijobat bo'ladi. Har namozdan so'ng, kuniga 25 marotaba, har namozda keyin 5 marotaba, 25 kun o'qilishini bilaman.

Qayd etilgan