RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!  ( 79007 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


saltanat  24 Sentyabr 2009, 09:04:43

Xorija (r.a) amakilaridan rivoyat qiladilar:"Rasululloh huzurlaridan kelaturib, arab mahallalaridan biriga etganimizda :"Sizlarda davo bo'ladigan biror narsa bormi?" deyishdi.Ular mahkam bog'langan, esi ketib qolgan kishini olib kelishdi.Man unga uch kun ertalab va kechqurun Fotiha surasini o'qib suflab qo'ydim.Uning kasali tuzaldi.Buning evaziga menga narsa berishdi.Men olmay turib oldim."Undoq bo'lsa Rasulullohdan so'ra", deyishdi.Rasululloh s.a.w.dan so'ragan edim, u zot: "Umrim haqqi, kimdir botil bilan yeydi.Sen esa, haq bilan dam solib, uning orqasidan rizqlanding" dedilar.

Abu Dovud rivoyatlaridan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Sentyabr 2009, 09:07:02

RAZZOQ

Sulaymon alayhissalom butun dunyoga insu jinlar, hayvonlaru qushlar va shamollarga ham hukmron bo’lganlari sababli o’zlaridan g’ururlanib: "œYo Parvardigoro, menga izn berginki, bir yil davomida rizqlanuvchilarning rizqini men berayin", deb izn so’radilar.
Alloh: "œSen bunga qodir emassan", dedi. Sulaymon alayhissalom: "œYo Parvardigoro, bir kunga ruxsat bergin", dedilar.
Bas, Alloh izn berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom butun insu jinlarni to’plab, qirq kun davomida ovqat pishirishga va oziqlar tayyorlashga buyuribdilar. Shamollarga ovqatlar ustida esmaslikni buyuribdilarki, toki taomlar buzilib, aynib qolmasin. So’ng oziq-ovqatlarni keng sahroga joylab chiqishni buyuribdilar.
Ovqatlar joylangan maydonning uzunligi ham, kengligi ham 1 oylik yo’l edi.
Alloh Sulaymon alayhissalomga: "œQaysi mahluqlardan boshlaysan?" deb vahiy qilibdi.
Sulaymon alayhissalom: "œDengizu quruqliklardan yashovchilardan", debdilar.
Shunda Alloh dengizu ummonlardagi baliqlarga Sulaymon alayhissalomning chaqiriqlariga borishni buyuribdi. Ulkan baliqlar kelib: "œEy Sulaymon, Alloh bizlarni bugungi rizqimizni senga topshirgan ekan", deyishganda, Sulaymon alayhissalom: "œOldilaringizda taom turibdi, xohlaganingizcha yenglar", debdilar.
Nahang baliqlar butun ozuqalarni yutib yuboribdilar-da, "œEy Sulaymon, bizlrni to’ydirgin, biz ochmiz", debdilar.
Sulaymon alayhissalom: "œTo’ymadinglarmi?" deb hayratlanibdilar. "œHali to’yganimiz yo’q", deb javob berishibdi.
Shunda Sulaymon alayhissalom sajdaga yoqilibdilar-da:
MAHLUQOTLARNING BARCHASINI O’ZLARI SEZMAGAN JOYLARDAN RIZQLARINI YETKAZIB TURGUVCHI ALLOH! SENI POKLAYMAN ", debdilar

"œDurratun nosihiyn" kitobidan
Musulmonlar taqvim kitobi 2005 yil III chorak

Qayd etilgan


Abdurasul  24 Sentyabr 2009, 14:29:54

Albatta biz bandalar Alloh onalar qornida yaratar ekan bizning taqdirimiz belgilanganidek rizqimiz ham belgilanadi.Banda dunyoga kelmasdan Alloh uni rizq bilan taminlaydi.Tug'ilgandan so'ng ham chaqaloq ona ko'kragini emishni Alloh qalbiga soladi. Bandalarning rizqlari Alloh buyurganidan ortiq ham kam bo'lmaydi.

Ey odam sen uchun birov ko'rmas tushingni,
Avvalo hudo deb bilib qilgin ishingni.
Zolim bo'lib qolma yig'ib olgin hushingni.
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.
Bu dunyo ohirat uchun paykaring bo'lar.
Yaxshi yo yomoning umr sayqaling bo'lar.
Poyingda yotgan tosh balki haykaling bo'lar,
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.
Hasading bor bo'lsa, nazardan qolding demak,
Qalbingga do'zaxdan laxja cho'g' solding demak.
Tavakkulni bilsang Haqni tan olding  demak.
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.
Oy ming ozib to'lib quyosh joyin tutolmas,
Yulduzlar ming tovlanib oy o'rniga o'tolmas.
Har odam suvni ham rizqdan ortiq yutolmas.
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.


Qayd etilgan


Hadija  24 Sentyabr 2009, 19:01:58

Albatta biz bandalar Alloh onalar qornida yaratar ekan bizning taqdirimiz belgilanganidek rizqimiz ham belgilanadi.Banda dunyoga kelmasdan Alloh uni rizq bilan taminlaydi.Tug'ilgandan so'ng ham chaqaloq ona ko'kragini emishni Alloh qalbiga soladi. Bandalarning rizqlari Alloh buyurganidan ortiq ham kam bo'lmaydi.

Ey odam sen uchun birov ko'rmas tushingni,
Avvalo hudo deb bilib qilgin ishingni.
Zolim bo'lib qolma yig'ib olgin hushingni.
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.
Bu dunyo ohirat uchun paykaring bo'lar.
Yaxshi yo yomoning umr sayqaling bo'lar.
Poyingda yotgan tosh balki haykaling bo'lar,
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.
Hasading bor bo'lsa, nazardan qolding demak,
Qalbingga do'zaxdan laxja cho'g' solding demak.
Tavakkulni bilsang Haqni tan olding  demak.
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.
Oy ming ozib to'lib quyosh joyin tutolmas,
Yulduzlar ming tovlanib oy o'rniga o'tolmas.
Har odam suvni ham rizqdan ortiq yutolmas.
Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.
Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.



She'rning muallifi o'zingiz-mi?

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  25 Sentyabr 2009, 06:06:36

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi va sallam:

«Allohning to'qson to'qqizta ismi bor. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yaxshi ko'radi», dedilar».

Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.

Alloh toq bo'lgani va toqni yaxshi ko'rgani uchun ham Uning go'zal ismlari to'qson to'qqizta bo'lgan. Kim o'sha to'qson to'qqiz ismni yod olsa jannatga kiradi. Chunki bu go'zal ismlarni yod olgan kishi Alloh taoloning go'zal ismlarini doimo zikr qilib yuradigan banda bo'ladi.

Ammo bu Alloh taoloning to'qson to'qqizdan boshqa ismi yo'q degani emas. Albatta, Alloh taoloning ismlari ko'p.

Qo'yidagi hadisi sharifda Alloh taoloning go'zal ismlari sifatida mashhur bo'lgan to'qson to'qqiz ismni zikri keladi.

Yana o'sha kishidan rivoyat qilinadi:

«Allohning to'qson to'qqizta ismi bor. Kim ularni to'liq bilib olsa, jannatga kiradi. U Undan o'zga ilohu ma'bud yo'q Allohdir. Rahmon, Rohiym, Malik, Quddus, Salom, Mo'min, Muhaymin, Aziz, Jabbor, Mutakabbir, Xoliq, Bari', Musavvir, G’affor, Qahhor, Vahhob, Razzoq, Fattoh, Aliym, Qobiz, Bosit, Xofiz, Rofe', Mu'izz, Muzill, Samiy', Basiyr, Hakam, Adl, Latiyf, Xabiyr, Haliym, Aziym, G’afur, Shakur, Aliy, Kabiyr, Hafiyz, Muqiyt, Hasiyb, Jaliyl, Kariym, Raqiyb, Mujiyb, Vose', Hakiym, Vadud, Majiyd, Bo'is, Shahiyd, Haq, Vakiyl, Qaviy, Matiyn, Valiy, Hamiyd, Muhsiy, Mubdi', Mu'iyd, Muh'yi, Mumiyt, Hayy, Qayyum, Vojid, Vohid, Somad, Qodir, Muqtadir, Muqaddim, Muaxxir, Avval, Oxir, Zohir, Botin, Voliy, Mutaoliy, Barr, Tavvob, Muntaqim, Afvvu, Ra'uf, Molikul Mulk, Zul Jalol val Ikrom, Muqsit, Jome', G’aniy, Mug'niy, Mone', Zorr, Nofe', Nur, Hodiy, Badiy', Boqiy, Voris, Rashiyd va Sabur», dedilar».


Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Sentyabr 2009, 08:38:24

Alloh hafiz Zot

Bir keksa otaxondan eshitgan edim.
Andijon zilzilasida ko’p imoratlar qatori diyonatli bir choyxonachining choyxonasi ham vayron bo’libdi, choyxonachi esa bedarak yo’qolibdi.
Zilziladan o’n sakkiz kun o’tib, mahalladagilar, choyxona vayrona bo’lib yotmasin, hech bo’lmasa, yog’ochini yog’ochga, guvalasini guvalaga ajratib qo’yaylik, deb ishga kirishibdi. Mo’jizani qarangki, choyxonachi xarobaning ostidan topilibdi. Yana tirik, deng!
Hamma hayratdan yoqasini ushlagan. O’n sakkiz kun suvsiz, ozuqasiz, tag’in xarobaning tagida qimir etmay yotishning o’zi bo’ladimi?! Qirq yil qirg’in bo’lsa ham, ajali yetgan o’ladi.
Choyxonachining gapi esa, hammasidan oshib tushdi. "œQanday tirik qolding?" deb so’rashganda, "œHar kuni bir mushuk kelib, ivigan bir burda nonni og’zimga solib ketar edi", deb javob qilibdi.

Alloh bandasini qanday asrashni o’zi biladi, faqat bandasi Unga o’zini ishonib topshirsa, bo’ldi.

Hamidjon Abdurahmon o’g’li, Andijon viloyati, Izboskan tumani.
Musulmonlar taqvim kitobi 2001 yil II chorakdan olindi

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  28 Sentyabr 2009, 03:48:45

Bir sahifada uqib qolgan edim darhol kuchirdim chunki Alloh :jl:di bergan risqiga shukur qilgan banda haqida ekan yani mavzuga monan ekan rozi bulaslar

 QAYSIDIR ZAMONDA BIR BOLA BO'LGAN EKAN. BECHORA TER TO'KIB MEHNAT QILAR EKAN. LEKIN U FAQAT KECHQURUN ISHLASA HAM 1 TILLA TANGA, KUN BOYI TER TO'KIB ISHLASA HAM 1 TILLA TANGA TOPAR EKAN. UNDAN ORTIQ TOPMAS EKAN. BIR KUNI U ERTA SAHARDAN TURIB, BOMDOD NOMOZINI O'QIB BO'LIB CHOR ATROFGA QARASA BIR NURONIY QARIYA KETAYOTGAN EKAN. KEL SHU CHOLDAN SO'RAB KO'RAY, HAR QALAY U MANDAN KO'PROQ BILADI-KU DEB CHOLGA:
- ASSALOMU ALEYKUM BOBO! QAERGA KETAYOPSIZ DEB?, - MUROJAAT QILIBDI.
- VAALEKUM ASSALOM BO'TAM! BARAKALLA! MAN HUDONI OLDIGA KETVOTMAN, DEB JAVOB QAYTARIBDI QARIYA.
SHUNDA BOLA:
- BOBO, HUDONI OLDIGA KETAYOTGAN EKANSIZ BIR NARSANI UNDAN SO'RANG. NEGA MEN ERTALABDAN KECHGACHA ISHLASAM HAM 1 TILLO TANGA, OZGINA ISHLASAM HAM 1 TILLO TANGA TOPAMAN, DEBDI.
BOBO HAM ROZI BO'LIB YOLIDA KETIBDI. ERTASI KUNI HALIGI BOLA YANA O'SHA QARIYANI KO'RIBDI VA
- BOBO ASSALOMU ALEYKUM! KECHAGI SORAGAN NARSAMNI HUDODAN SORADIZMI DEBDI.
BOBO:
- HA BO'TAM! HUDO SANI PESHONANGA FAQAT BIR TILLO TANGA YOZGAN EKAN. SHUNING UCHUN HAM SHUNAQA TOPASAN DEBDI.
BOLA HAM HA SHU PESHONAMGA YOZILGAN EKAN HUDOGA SHUKUR. BERGAN TILLOSIGA SHUKUR DEB O'Z ISHIDA DAVOM ETTIRGAN EKAN.
BIR KUNI HALIGI BOLA BOZORDA YURSA BIR QARIYA MOMO YUKINI KOTARIB UYIGA OLIB BORISHNI ILTIMOS QILIBDI. BOLA HAM HA DEB YORDAM BERA QOLAY DEB YUKNI KOTARIB MOMONI UYIGA YOL OLIBDI. YOLDA MOMOGA O'ZI HAQIDA GAPIRIB BERIBDI. DUCH KELGAN ISHNI QILIB TIRICHILIK QILAMAN, UY JOYIM YOQ DEB AYTIBDI.
MOMONI UYIGA KELGANIDA MOMO: - BOLAM RAHMAT UMRINGDAN BARAKA TOP HOZIR CHOLIMDAN PUL OLIB CHIQIB BERAMAN DEB KIRIB KETIBDI. MA'LUM VAQTDAN KEYIN CHIQIB QO'LIGA 5 TILLO TANGA BERIBDI. SHUNDA HALIGI BOLA:
- MOMO MANI PESHONAMGA HUDO KUNIGA BIR TILLO TOPASAN DEB YOZGAN, DEB 4 TILLONI QAYTARIB BERIBDI. SHUNDA MOMO KIRIB CHOLIGA BO'LGAN VOQEANI ETGAN EKAN CHAQAIR HALIGI BOLANI, TURAR JOYI BO'LMASA BIZNIKIDA YASHAYDI. YAXSHI BOLA BO'LSA NEVARAMNI SHU BOLAGA BERAMAN DEBDI. HALIGI BOLA HAM ROZI BOLIB, BIR OY ISHLAB O'ZINI ODOBINI, TARBIYASINI ISBOTLABDI. BIR OYDAN KEYIN CHOL HAM BOLANI O'ZINI NEVARASIGA UYLANTIRIB QO'YIBDI. ORADAN BIR NECHA KUN O'TGANDAN KEYIN HALIGI BOLA JUDA BOYIB KETIBDI VA BAHTLI HAYOT KECHIRA BOSHLABDI. BIR KUNI BOMDOD NOMIZIDAN KEYIN UYIGA QAYTAYOTIB HALIGI NURONIY QARIYANI KO'RIB QOLIBDI. DARROV BORIB SALOMLASHIB, QARIYANI DUOSINI OLIBDI.
- BOBO ESINGIZDA BO'LSA SIZ HUDODAN MANI PESHONAMGA BIR TILLO TANGA TOPISH YOZILGANINI AYTGAN EDINGIZ. HOZIR MAN BOYIB KETDIM. AGAR HUDONI OLDIGA BORSANGIZ BIR SHUNI SO'RAB BERING. NEGA MAN BOYIB KETDIM DEBDI. QARIYA HAM MAYLI BOLAM DEB KETIBDI.
ERTASI KUNI YANA O'SHA ERDA ULAR UCHRASHISHIBDI.
- ASSALOMU ALEYKUM BOBO! HUDODAN MAN TO'G'RIMDA SORADIZMI?
- VAALEKUM ASSALOM! HA SO'RADIM. BU BOYLIK SANI HOTININGNI PESHONASIGA YOZILGAN EKAN BOLAM. SHUNING UCHUN SAN BOYIB KETIBSAN - DEB JAVOB QAYTARGAN EKAN.
SHUNDA BOLA YO OLLOH BERGAN PULINGA, KO'RSATGAN MEHRINGA, BERGAN NASIBANGAN SHUKUR DEB SHUKUR KELTIRGAN EKAN.

QISSADAN HISSA: HAR BIRIMIZ HAM KO'RSATGAN KUNINGA, BERGAN NASIBANGA SHUKUR DEB YASHASH KERAK. UYLANMAGAN YIGITLARIMIZGA QADAMI QUTLUG KELINLAR NASIB ETSIN. UYLANGAN AKALARGA HAM SHUNI TILAYMIZ. HAR DOIM NOLISH, NOROZI BO'LGANDAN KO'RA, MAYLI BUGUN SHUNI HUDO MANGA RAVO KO'RIBDI, ERTAGA BUNDAN KO'PROQ BERAR DEB YASHASH KERAK EKAN. HUDOGA SHUKUR.

Qayd etilgan


Wild Flower  01 Oktyabr 2009, 20:05:48

Faqir bir odam uylandi. bir o'gil ko'rdi uni juda sevardi. bola tish chiqarganda hotiniga u: "men bu chaqaloqqa qanday ovqat topib beraman? mana tishlari chiqa boshladi, ovqat yeyishni hohlaydi, ota sifatida men uni ta'minlashim kerak." Erining aqlini, didini bilgan hotini bunday javob berdi:" Ey mening sodda tushunchasi nuqsonli erginam, sen ko'p vasvasa qilma. Farzandimizga tishni Olloh bergan, unga ovqatni ham beradi. Butun olamga Risq bergan Janobi Haq Qodirdur, go'daklar-chaqaloqlarning risqini ham beradi. sen tashvish qilma. chaqaloqlarga ona qornida surat va shakl bergan Olloh ularning risqlarini, umrlarini ham beradi."

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2009, 12:29:04

Faqir bir odam uylandi. bir o'gil ko'rdi uni juda sevardi. bola tish chiqarganda hotiniga u: "men bu chaqaloqqa qanday ovqat topib beraman? mana tishlari chiqa boshladi, ovqat yeyishni hohlaydi, ota sifatida men uni ta'minlashim kerak." Erining aqlini, didini bilgan hotini bunday javob berdi:" Ey mening sodda tushunchasi nuqsonli erginam, sen ko'p vasvasa qilma. Farzandimizga tishni Olloh bergan, unga ovqatni ham beradi. Butun olamga Risq bergan Janobi Haq Qodirdur, go'daklar-chaqaloqlarning risqini ham beradi. sen tashvish qilma. chaqaloqlarga ona qornida surat va shakl bergan Olloh ularning risqlarini, umrlarini ham beradi."

Assalamu alaykum.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Alloh taolo har bir ayolni shunday oiqla, farosatli, shukru sabr qilguvchi bandalaridan qilsin. Amiyn!!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 08:31:07

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "œZikrning yaxshisi xufiyasi, rizqning yaxshisi — kifoya qiladigani".
Ibn Hibbon rivoyati

Qayd etilgan