Muallif Mavzu: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!  ( 35067 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #30 : 04 Noyabr 2009, 22:33:44 »
“O’zim ko’rgan o’shaning o’zi…”
Hikoyat


O’tgan zamonlarda odil bir podshoh juldir kiyinib, fuqarolari holidan xabar olish niyatida qishloq oralaydi. Yo’lda keta turib, bir uydan quloqqa yoqimli ovoz eshitiladi:
“O’zim ko’rgan o’shaning o’zi…”
Eshikni taqillatib kiradi. Qarasa bo’zchi, mokining harakatiga monand haligi satrni takrorlab o’tiribdi. Bo’zchi mehmonni to’rga o’tqazadi, oldiga dasturxon yozadi. Mehmon bo’zchidan haligi qo’shiqni so’raydi. Bo’zchi tarixini so’zlaydi…
“Bir kuni tush ko’ribman. Cheksiz tepalikka, osmonu falakka ko’tarilibman. Qarasam, turli kenglikdagi ariq, zovur, quvur, jo’mraklardan suv oqib turibdi. “Bu nadir?” deya so’radim. “Insonlar rizqi”, dedi bir ovoz. “Menga tegishlisi qaysidir?” desam, jo’mrakdan tomchilab, asta-asta oqayotgan “rizq”ni ko’rsatishdi… Uyg’onib ketdim. Shundan buyon “O’zim ko’rgan o’shaning o’zi”ni takrorlab, harakatdan to’xtamay bo’z to’qiman”.
Oddiy kiyimdagi odil podshoh erta-indin xizmatchilarini chaqirib, bir tovoq osh qildirib, butun holicha pishirilgan tovuq go’shti ichiga tillolarni jo’ylab bo’zchiga jo’natibdi. Bo’zchi oshni xursand qabul etibdi. Va ozgina tamaddi qilib, go’shtiga qo’l ham urmay, uzoq vaqtlardan beri niyat etib yurgani o’z ustasini rozi qilish uchun tovoqni oshu go’shti bilan uning uyiga jo’natibdi. Ustasi yana birovga ilinibdi…
Podshoh mulozimlari bo’zchidan xabar olishsa hali-hali o’sha qo’shiq: “O’zim ko’rgan o’shaning o’zi” ekan…

Musulmonlar taqvim kitobi 2001 yil II chorak

ossiyobinti

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 60
  • -oldi: 546
  • Xabarlar: 461
  • Jins: Ayol
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #31 : 05 Noyabr 2009, 11:34:09 »
(Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki,) Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham inkor etilgandirlar. (Barcha) ishlar, albatta, Allohga qaytarilur.

Fotir surasi 4oyat:

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #32 : 06 Noyabr 2009, 11:32:43 »
 :as:

       Allah taolo marhamat qiladi: “Ey, bandalarim, Men zulmni O’zimga harom qildim va sizlarni o’rtangizda ham zulmni harom qildim, bir-biringizga zulm qilmanglar. Ey bandalarim sizlarning hammalaring zalolatga botgansizlar, faqat Men hidoyat qilganlargina hidoyatdadir, bas Mendan hidoyatni so’ranglar, Men albatta hidoyat qilaman. Ey bandalarim sizlarning hammalaring och sizlar, Mendan qorninglarni to’yg’izishlikni so’ranglar, Men albatta qorninglarni to’yg’izaman. Ey bandalarim sizlarning hammalaring yalang’och sizlar, kiyimni Mendan so’ranglar, Men sizlarni kiyintiraman. Ey bandalarim sizlar kunu tun tinmasdan gunoh qilasizlar, Men ertayu kech gunohlarni barchasini kechirib turaman, gunohilarni kechirishiligimni so’ranglar, albatta Men ularni kechiraman. Agar yer yuzidagi hamma taqvodor va ibodatli bo’lsa, Mening mulkimga buning zarrachalik foydasi yo’q. Agar sizlarning hammangiz eng fojir inson kabi fojir bo’lsa, Mening mulkimga zarracha ziyoni yo’q. Agar dunyo yaralgandan buyon tug’ilgan va yaralgan  insonlarning va jinlarning hammasi bir maydonda to’plansa, har biri ko’ngliga siqqan narsani so’rasa, Men so’raganini bir lahzada berishga qodirman va bu Mening mulkimni zarracha kamaytirib qo’ymaydi.” Hadisi qudisiy.

      Allah cheksiz mulk sohibi bo’lgan Zot. Allah marhamati va rahmati ulug’ bo’lgan Zot. Biz doim Allahga muhtojmiz. Allah esa hech kimga muhtoj emas! SubhanAllah va Allahu Akbar!! Faqat Allahdan so’raylik, chunki Undan o’zgasi bizga biror narsa bermaydi va faqat U Zot subhanahu va taologina so’raganni yaxshi ko’radi, Undan o’zgasidan yordam kutib, Allahdan so’ramasak g’azab qiladi.....
« So'nggi tahrir: 06 Noyabr 2009, 11:35:09 muallifi Ðœuslimа »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #33 : 12 Noyabr 2009, 07:27:12 »
Abdug'ani domlani ma'ruzalaridan aynan rizq haqidagisini joyliman, juda foydali gaplar aytilgan barchamiz uchun, rizq haqida ikkilanib yurganlar uchun...

Xozirgi kunda Yer yuzida yashayotgan odamlarning aksariyati, balki hammasini o’ylantirayotgan narsa, bu rizq muammosi. Manashu rizqini topishlikda odamlar haloliga ham qaramay qo’ydi, haromiga ham. Rizq topish bahonasida odam ibodatni ham tashlab qo’yayabdi, qarindosh urug’niyam umuman odamgarchilikni ham tashlab qo’yyabdi. Ana shu rizq topish yo’lida ikkita og’ayni birga sherik bo’lib tijorat qilib, ozgina pul topganidan keyin xuddi shu Rizqni deb bir biri bilan Qiyomat diydor bo’b ketayabdi. Aka-ukalar ajrashib ketishayabdi.

Rizq o’zi nima?
Shariati islomiya shunday bir mukammal nizomki, xojatxonaga qaysi oyog’i bilan kirib, qaysi oyog’i bilan chiqishi kerkaligi bo’lgan mayda ishni o’rgatgan dinimiz, pul topishlikni o’rgatmagan disizlarmi? Qaysi tomoniz bilan yotib, nima deyishiz, turganda nima deyishiz kerakligini o’rgatgan dinimiz, anashu pulni qayerga sarflashni orgatmagan disizmi?
Lekin ming afsus bo’lsingi bizda din degani ba’zi bir rasm-rusumlar, ma’lum bir vaqtda ba’zi kalimalarni aytib qo’yishlik... shu bo’b qolgan!
Din aziz birodarlar! bozorda, din oilada, din hunarda, din o’qishda, hayotimiz din bo’lishi kerak!
Rizq haqida nima deyilgan? Odamlar Alloh taoloning ko’rsatgan kitobini so’kmasdan uzoqlashganidan kn rizqni faqat o’zi topib yeyishligi tushuncha bo’b qoldi. Biram odamlar ishlamay yuribdiyu, tishlayabdi, Alloh rizqiga yozib qo’yganligi uchun va biram odamlar eshshekdek ishlayabdiyu, lekin hech tishlolmayabdi. Buni otini nima deyishadi? Buni Rizq deyiladi birodarlar!
Alloh taolo Qur’onda marhamat qilib aytadiki: “O’rmalaganki jonzot bor, rizqi Allohning zimmasidadir”.
Rizq diganda biz pulni tushunamizda, tog’rimi?! Rizq o’zi nima? Rizq birodarlar, faqat pulmas! Bir musht yeyishingiz ham rizq, chanqab ko’chada qob ketishingiz ham rizq, moshinangiz buzilib ko’chada sovuqqotib qolib ketishingiz ham rizq, farzand ko’rishingiz rizq, pul topishingiz rizq. Xullas rizq Alloh taolo sizga onangizni qornida 121 kunga to’lgan kunizdan boshlab farishta orqali peshonangizga yozilib qo’yilgan jamiyki narsa rizq deyiladi.
Mana shu yerda uyqisirab o’tirishingiz ham rizq.
Shunday emasmi? Qoqilib tushishingiz ham rizq!
Demak rizq, biz uchun Alloh taolo nimaniki yozgan bo’lsa shu rizq.

davomi bor...

P.S. InshaAlloh ma'ruzani MP3 siniyam joyliman
« So'nggi tahrir: 16 Noyabr 2009, 07:42:04 muallifi Mahdiyah »

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #34 : 12 Noyabr 2009, 07:30:21 »
Pul ham rizq. Mana shu rizqni qayerdan istaymiz biz? Pul haqida gapiraylik, chunki biz rizq deganda pulni tushunamizda a? Mana “Kasbi korimga baraka ber” dimiz, “rizqimga baraka ber” dimiz. Avval rizq nimayu baraka nima bilvolaylik! Keyin uni ko’paytirishlik haqida gaplashamiz.
Mana aytdik, Alloh taolo tomonidan nimaiki berilsa rizq dedik.
Rizq ko’payib ozayadimi?
Shu savolni hal qivolaylik avval?
Mana shu erda o’tirganlarning hammasi erkak kishi.
Rizqmi shu? Bu o’zgaradigan narsami? O’zgarmaydigan narsa!

Pul ko’payadigan, ozayadigan narsami, yoki bir xilda keladigan narsami?
Ming afsus bo’lsinki aksariyatimiz bu masalalrni hal qilib olmaganmiz o’zimiz uchun.
Alloh taolo ana shu rizqni qayerdan istashlikni o’rgatayabdi.
Ana shu rizqni pulda istaganlarda ham hotirjamlik bo’lmayabdi.
Aksincha u ko’paygan sari g’alvalar ko’payayabdi.

Shariati islomiya rizq topishlikning shunday sabablarini, yo’llarni ko’rsatganki, agar shu sabablarni qoim qilib, ko’p ham o’zini o’tga cho’qavermasa rizqni kelaverishi aytib qo’ygan.

Yani bir qattiqroq qotirilgan gapka bo’lsa, uni bo’shatishning yo’li klyuch (kalit), agar klyuch qo’zida bo’lmasa boshqa turli yo’llari bor bo’shatishni: ombir bilan, otvyorkani qo’yib tosh bilan urish mumkin…
Lekin ayagano to’g’ri yo’l klyuch edi, shunday solib bitta burasa bo’sharidi.
Lekin shu klyuchni yo’qligidan ming xil qiyinchilikka kirib ketamiz.
Rizq digan gaykani bo’shatishlikni birodarlar, o’z klyuchi bor!

U faqat bozordamas. Bozor bitta sabab xolos.
Agar shu sabab Alloh taolo va Payg’ambar sav ko’rsatgan sabablarga muvofiq zo’r qib qo’ysak, rizq qiynalmasak ham kelaveradi birodarlar!
Biz topayotgan rizqni birodarlar, o’rmondagi bo’ri ham topayabdi.
Chumchuq ham topib bola chaqasini yedirayabdi.
“Ha endi biz odammiz, aqlimiz bor, hunarimiz bor?” diselar, “chumchuqni nimasi bor?”, “Bo’rini nimasi bor?” uni faqat harakati bor! Allohga tavakkuli bor!

davomi bor...

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #35 : 12 Noyabr 2009, 07:45:58 »
“Rizqni - Alloh taolo – bozordan, guzardan emas, Uni huzuridan istanglar! Unga ibodat qilinglar, shukr qilib” deydi.
Alloh aytganidek yashasanglar rizqinglarni yetkazaman. Ozgina mehnat bo’lsa ham yetkizaman deydi Alloh taolo.

Bu bilasizmi nimaga o’xshidi? Nasos bilan kamerani ishiramizu? Rosa ishirgandan kn shlankani sug’ursak, pis etib havoni qo’yvoradi.
Uni ichida zalatnigi bo’lishi kere.
O’sha zalatni bizda yo’q birodarlar!
Biz nasoslayverayabmiz, 25 soat ishlayabmiz sutkasiga…
Shlankasi sug’urishimiz bilan pis etib chiqib ketayabdiyu, biz yana nasoslayverayabmiz…
10 marta urib zalatnigi sob qo’yaylik, keyin yana 10 ta ursez 20 ta bo’ladi.
Lekin ming afsus bo’sinki, ana shu yo’lini, texnikasini bilmaganligimizdan nasoslayverayabmiz, hayotimiz nasoslashdan nariga o’tmay qoldi.
“Namoz o’qimisizmi?” disa, “Ishlarim ko’payib ketdi, dexqonchilikni yig’ishtirib olay…”.
“Hajga bormisizmi?” disa “Uyimni bitkazib olay…”…
Ibodatni surib qoyayabmizda birodarlar. Zalatnikni joyiga qo’ymay, nasoslayverayabmiz.
Rahmimiz kelsin o’zimizga!

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #36 : 20 Noyabr 2009, 19:08:35 »
O'sha bir kosa ovqatga boyning ham qorni to'yadi, kambag'alning ham...
Abdulloh qori (Rizq va tavakkul ma'ruzalaridan)
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #37 : 19 Dekabr 2009, 13:46:08 »
Bo’lsa - baham ko’ramiz, bo’lmasa - shukr qilamiz

Hazrati Shaqiqiy Balxiy Ibrohim Adhamdan so’radi:
- Kun kechirmoq uchun siz nima qildingiz? Qayerdan mablag’ topyapsiz, yashashingiz uchun nimalar qildingiz?
Ibrohim Adham bunday javob berdi:
- Bo’lsa – shukr qilamiz, bo’lmasa – sabr qilamiz.
Shaqiqiy Balxiy ushbu javobni – irshodni aytdi:
- Yo Ibrohim! Sening shu ishingni bizning Xuroson ko’ppaklari ham qila oladilar. Bo’lsa – yeydilar bo’lmasa – sabr qiladilar.
Ibrohim Adham:
- Hazrat, siz-chi? Siz nima qilasiz? – dedi.
Hazrat Shaqiqiy Balxiy:
- Bo’lsa - baham ko’ramiz, bo’lmasa - shukr qilamiz, - dedi.
Ibrohim Adham:
- Juda to’g’ri so’zladingiz, ustoz, - dedi.
Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #38 : 31 Dekabr 2009, 15:32:43 »
:as:

Не гўзалдир, ризкинг йўллари...

Фикри-ёдингни сенга олдиндан кафолатлаб, белгилаб кўйилган нарсаларга эмас, балки, Аллох тарафидан буюрилган ишларга машгул килгин. Албатта ризк ва ажал бир-бирига якин бўлган ва аввалдан тайин этилмиш нарсалардир. Токи ажал муддати хали бокий экан, ризк хам етиб тургувчидир. Агар сенга, Илохий хикмат ила ризк йўлларидан бири ёпилса, Илохий  рахмат туфайли, унданда манфаатлирок бўлган бошка бир йўл, сен учун албатта пайдо килингувчидир.

Мана, хомилани кандай ризкланаётганини бир тафаккур килиб кўр. Озука унга факат кон оркали, киндикдангина етиб туради. Качонки, хомила она корнидан ёруг оламга чикар экан, у емиш йўли тўхтайди ва энди, унинг учун бошка икки ризк йўли очилади. У иккисидан,  аввалги келиб турган ризкданда лаззатлирок ва хушбўйрок, тўйимлирок ва тозарок бўлган ризк-сут етиб туради. Эмизиш муддати тамомига етгач эса, кўкракдан ажратиш билан у ризк йўли хам интихосига етади. Буни карангки, энди ризк келишини олдингиларидан хам комилрок бўлган тўрт йўли очилади. Икки егулик ва икки ичимлик йўли. Икки егулик тури: хайвонот олами ва наботот оламидандир. Икки ичимлик йўли эса, сув хамда сут ва уни ширин ва фойдали киладиган бошка кўшимчалардир.  Нихоят, инсон бу оламдан кўз юмади ва бу ризк йўлларининг тўртталаси хам ёпилади....

Агар инсон саодат ахлидан бўлса, буёгига  Аллох субханаху ва таоло унга саккиз йўлни очади. Бу саккиз жаннат эшиги бўлиб, у бахтиёр инсон, уларни кайсинисидан хохласа, шунисидан киради.

Шунинг учун хам,  Аллох таоло мўмин бандасини бирон нарсадан махрум этган бўлса, унга албатта, ундан-да афзалрок ва манфаатлирок бошкасини келтиргай...
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #39 : 31 Dekabr 2009, 15:35:38 »
Мўминларнинг улуши

Лекин, бу нарса мўминдан ўзгалар учун хос эмасдир. У зот мўмин бандаси учун паст ва арзимас улуш-насибани беришга рози бўлмайди ва ундан у насибани маън этади, сабаби, ундан кўра олий бўлган, кимматли бўлган улушни ато этмок учун. Лекин, банда ўзига манфаатли нарсаларнинг фойдаларидан ва Роббисининг муруввати, лутфи ва хикматидан бехабарлиги сабабли, махрум килингани  билан, кейинга захира килиб, олиб кўйилган неъматлар ўртасидаги тафовутни билмайди. Балки у, гарчи, пастрок ва хакиррок бўлсада, накдига ва тезда келадиганига ўч ва интилувчан бўлади. Шу билан бирга, гарчи, у кейинрок ва кечрок келадигани олий ва сара бўлсада, унга  рагбатсиз ва эътиборсиз бўлади... Агар банда Роббисининг хикматига сабр килувчи ва инсофли бўлганида эди, бундай бўлиши жуда кийин-у, дунё ва унинг лаззатлари, неъматларидан махрум килишдаги фазли, ато этишидан кўра улканрок фазлу-мархамат эканини англаган бўларди. Нимаданки махрум этади, албатта ато этмок учундир, нимадаки балолайди, албатта, офият бермок учундир, нимадаки имтихон килади, факатгина у сабабли бандасини покламок учундир, нимагаки ўлдиради, токи, кайта хаёт бермок учундир. Нима учунки бу дунё ховлисидан чикаради, токи, Ўз учрашувига йўлламок  ва Ўзига элтувчи йўлга туширмок учундир. Ва “У эслатма-ибрат олмокчи бўлган, ёки шукр килмокчи бўлган кишилар учун кеча ва кундузни (бир-бирини) ўрнини босувчи килиб кўйган зотдир”. “Лекин кофир кимсалар факат куфргагина рози бўлурлар”... 

1.(Фуркон, 62), 2.(Исро, 99)

Абдул Вадуд  АХМАД  таржимаси.    2003 йил, 8-апрел
Manba: islamnuri.com
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #40 : 28 Fevral 2010, 23:55:37 »
İnternetdan maqola qidirayotib ushbu rasmga ko'zim tushdi...Mavzuga taalluqli deb o'yladim:




UzMuslim

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 2172
  • Xabarlar: 2130
  • Jins: Erkak
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #41 : 08 Aprel 2010, 00:23:54 »
Albatta Ey MO'min Brodarlarim Shuni Unutmanga Rizqni Kasbdan Deb BIlmanglar,Chunki Rizqni Faqatgina Alloh BEradi,Kasb esa Bunga sabab Xalos.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Hazrati Ali  :ra: dan:
"Alloh taolo qanday qilib shuncha odamni hisob-kitob qiladi?" deb so'rashdi.
U zot  :ra:: "Qanday rizq berayotgan bo'lsa, shunday", deb javob qildilar.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Rasululloh  :sw: aytadilar: "Kim istig'forni ko'paytirsa, Alloh taolo uni hamma g'amlardan xalos etadi, barcha qiyinchiliklardan chiqaradi va uni o'zi o'ylamagan tarafdan rizqlantiradi".

Imom Ahmad rivoyati

XALIF

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 13
  • -oldi: 20
  • Xabarlar: 42
Er ostidamisiz koinotdamisiz qay erda bulmang ajal baribir kelib olib ketadi, shu kabi risq xam qay erda bulmang baribir quvib etadi. risq quvib etarkandeb olma pish ogzimga tush deb yotish yaxshimas ;)

 

ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari

Muallif zaynulabidiynBo'lim Islom

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 68933
So'nggi javob 23 Sentyabr 2006, 07:13:05
muallifi Doniyor
Alloh-Haq,haq hamisha g'olib

Muallif Muslima_subhBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 8482
So'nggi javob 15 Sentyabr 2006, 12:12:06
muallifi Laylo
Alloh ichun ozbeklernı yaxshı korıyapman ozım turkıyadan ıltımos manga yazın

Muallif muzaffarhonBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 20
Ko'rilgan: 12983
So'nggi javob 23 Dekabr 2010, 02:00:40
muallifi Nurdinboy
Barcha Musulmonlar terorist emas.

Muallif gayrat17Bo'lim Islom

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 8077
So'nggi javob 15 Fevral 2007, 16:29:10
muallifi Laylo
Takriximiz 2700 yil emas , 5000 yillikdir .

Muallif kanishkaBo'lim Madaniyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 4894
So'nggi javob 14 Avgust 2010, 12:01:34
muallifi Akrombek