RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!  ( 79026 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  28 Fevral 2010, 23:55:37

İnternetdan maqola qidirayotib ushbu rasmga ko'zim tushdi...Mavzuga taalluqli deb o'yladim:




Qayd etilgan


UzMuslim  08 Aprel 2010, 00:23:54

Albatta Ey MO'min Brodarlarim Shuni Unutmanga Rizqni Kasbdan Deb BIlmanglar,Chunki Rizqni Faqatgina Alloh BEradi,Kasb esa Bunga sabab Xalos.

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2010, 07:30:15

Hazrati Ali  :ra: dan:
"Alloh taolo qanday qilib shuncha odamni hisob-kitob qiladi?" deb so'rashdi.
U zot  :ra:: "Qanday rizq berayotgan bo'lsa, shunday", deb javob qildilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2010, 07:33:59

Rasululloh  :sw: aytadilar: "Kim istig'forni ko'paytirsa, Alloh taolo uni hamma g'amlardan xalos etadi, barcha qiyinchiliklardan chiqaradi va uni o'zi o'ylamagan tarafdan rizqlantiradi".

Imom Ahmad rivoyati

Qayd etilgan


XALIF  06 May 2010, 14:17:26

Er ostidamisiz koinotdamisiz qay erda bulmang ajal baribir kelib olib ketadi, shu kabi risq xam qay erda bulmang baribir quvib etadi. risq quvib etarkandeb olma pish ogzimga tush deb yotish yaxshimas ;)

Qayd etilgan


muhibb  06 May 2010, 15:25:34

Tarixi Muhammadiyda bir nozik nuqta bor. Butun kitbda eng ta'sirlangan joyim o'sha yeri. Mavzuga taalluqli qismini o'z tlimdan bayon qlsam.
Payg'ambarimiz  :sw: Vido hajjidan keldilar, bir muddat so'ng, xastalandilar. Ma'lum vaqt jamoatga Abu Bakr Siddiq  :ra: imomlik qildilar. Qaysidir namozda Abu Bakr  :ra: imomlik qilayotganlarida, Payg'ambarimiz ikki sahoba ko'magida jamoatga qo'shildilar. Namozdan so'ng, musulmonlarga qarata eng so'nggi xutbalarini o'qidilar. Bu xutbani hammamiz ko'p o'qiganmiz. Xutbada chiroyli jumlani mavzuga aloqador deb hisobladim:

"Sizlar qilgan gunohlaringiz uchun tavba qilinglar. Agar tavba qilmasangiz hamda gunohlarni qilishda to'xtamasangiz, Alloh  :jl: sizlarga tanglikni yo'liqtirib qo'yadi va zolimlarni ustingizga podsho qilib qo'yadi."

Qayd etilgan


JaviK  09 May 2010, 11:08:16

Ilgargi kuni Xufton namoziga " Eski gumbaz" jo`me masjidiga kirgandim, sal ertaroq borib, kitob o`qiyotganlarni safiga qo`shildim. Rizq to`g`risida bir hadis o`qidim.
Bir kuni Payg`ambarimiz rasululloh s.a oldilaridan bir  tilanchi o`tib qolgan ekan, Payg`ambarimiz unga 1 dona hurmo bersalar, noshukurlik bilan, hurmo menga kerak emasdeb yo`lida davom etibdi. Bir kun yana bir tilanchi o`tibdi unga ham bir hurmo beribdi, Hurmoni olargan Payg`ambarim bergan hurmo deb rahmat  aytibdi. Shunda payg`ambarimiz joriyaga ......   dan 40 dinor olib kelishliklarini aytibdi.

P.S: Uzr ....... qaysidir sahobani ismi edi.   esimdan chiqibdi.

Qayd etilgan


Margiloniy  24 Iyul 2010, 05:50:20

Alloh — Razzoq

Imom Ahmad aytadilar: "œNabiy sollallohu alayhi vasallam uylandilar. Shunda ziyofat qilib, sahobalarni jamladilar. Taom oz, yig’ilganlar esa ko’p edi. Taomning ozligi ham suyuq bo’lgani sababli sahobalar bu xususda har narsa der edilar. Nabiy alayhissalom namozni tugatganlaridan keyin ulardan: "œNima haqida gaplashayabsizlar?" deb so’radilar. Ular "œRizq haqida", deb javob berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œMen sizlarga Jabroil alayhissalom aytib bergan bir hadisni aytib beraymi?" dedilar. Sahobalar: "œHa, Allohing Rasuli, ayting", deyishdi. U zot gap boshladilar: "œJabroilning aytishicha birodarim Sulaymon alayhissalom dengiz qirg’og’ida yurib ketayotgan chumolini ko’rib qolibdi, uning og’zida yashil yaproq bor ekan. Chumoli shu holatda dengiz oldiga kelib qichqiribdi. Bir payt baqa chiqib, chumolini orqasiga ortib dengizga sho’ng’ib ketibdi. So’ng bir oz muddat o’tib, chumoli suv yuziga qaytib chiqibdi. Sulaymon alayhissalom undan so’rabdi: "œMenga o’z qissangni aytib ber". Chumoli bunday debdi: "œBu dengizning tubidagi bir toshning o’rtasida bir qurt yashaydi, Alloh taolo o’sha qurtning rizqini mening zimmamga yuklagan, shuning uchun har kuni Alloh unga rizq qilib bergan narsasini ikki marta unga olib borib beraman. Alloh taolo bu dengizda men uchun baqa suratidagi bir farishtani yaratdi. U meni ko’tarib, dengizga sho’ng’iganicha meni o’sha xarsang toshga olib boradi. Tosh yorilib ichidan qurt chiqadi va men unga taomni yediraman. So’ngra baqa meni ko’tarib suv ustiga olib chiqadi, qurt o’z rizqini yeb bo’lgach, Allohga hamdu sano aytib deydi: "œMeni yaratgan va dengiz tubiga joylab, unutmagan Zot aybu nuqsonlardan pokdir".
So’ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’kid bilan aytdilar: "œDengiz tubidagi bir qurtni unutmagan Zot Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatini esdan chiqarib qo’yadimi? "

Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil I chorak

Qayd etilgan


Margiloniy  24 Iyul 2010, 05:54:21

RAZZOQ

Sulaymon alayhissalom butun dunyoga insu jinlar, hayvonlaru qushlar va shamollarga ham hukmron bo’lganlari sababli o’zlaridan g’ururlanib: "œYo Parvardigoro, menga izn berginki, bir yil davomida rizqlanuvchilarning rizqini men berayin", deb izn so’radilar.
Alloh: "œSen bunga qodir emassan", dedi. Sulaymon alayhissalom: "œYo Parvardigoro, bir kunga ruxsat bergin", dedilar.
Bas, Alloh izn berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom butun insu jinlarni to’plab, qirq kun davomida ovqat pishirishga va oziqlar tayyorlashga buyuribdilar. Shamollarga ovqatlar ustida esmaslikni buyuribdilarki, toki taomlar buzilib, aynib qolmasin. So’ng oziq-ovqatlarni keng sahroga joylab chiqishni buyuribdilar.
Ovqatlar joylangan maydonning uzunligi ham, kengligi ham 1 oylik yo’l edi.
Alloh Sulaymon alayhissalomga: "œQaysi mahluqlardan boshlaysan?" deb vahiy qilibdi.
Sulaymon alayhissalom: "œDengizu quruqliklardan yashovchilardan", debdilar.
Shunda Alloh dengizu ummonlardagi baliqlarga Sulaymon alayhissalomning chaqiriqlariga borishni buyuribdi. Ulkan baliqlar kelib: "œEy Sulaymon, Alloh bizlarni bugungi rizqimizni senga topshirgan ekan", deyishganda, Sulaymon alayhissalom: "œOldilaringizda taom turibdi, xohlaganingizcha yenglar", debdilar.
Nahang baliqlar butun ozuqalarni yutib yuboribdilar-da, "œEy Sulaymon, bizlrni to’ydirgin, biz ochmiz", debdilar.
Sulaymon alayhissalom: "œTo’ymadinglarmi?" deb hayratlanibdilar. "œHali to’yganimiz yo’q", deb javob berishibdi.
Shunda Sulaymon alayhissalom sajdaga yoqilibdilar-da:
"œ MAHLUQOTLARNING BARCHASINI O’ZLARI SEZMAGAN JOYLARDAN "RIZQLARINI YETKAZIB TURGUVCHI ALLOH! SENI POKLAYMAN " debdilar

"œDurratun nosihiyn" kitobidan
Musulmonlar taqvim kitobi 2005 yil III chorak

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  24 Iyul 2010, 08:56:30

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=xnhriFAyNXs" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=xnhriFAyNXs</a>

Qayd etilgan