Muallif Mavzu: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!  ( 35562 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muhibb

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 152
  • -oldi: 271
  • Xabarlar: 384
Tarixi Muhammadiyda bir nozik nuqta bor. Butun kitbda eng ta'sirlangan joyim o'sha yeri. Mavzuga taalluqli qismini o'z tlimdan bayon qlsam.
Payg'ambarimiz  :sw: Vido hajjidan keldilar, bir muddat so'ng, xastalandilar. Ma'lum vaqt jamoatga Abu Bakr Siddiq  :ra: imomlik qildilar. Qaysidir namozda Abu Bakr  :ra: imomlik qilayotganlarida, Payg'ambarimiz ikki sahoba ko'magida jamoatga qo'shildilar. Namozdan so'ng, musulmonlarga qarata eng so'nggi xutbalarini o'qidilar. Bu xutbani hammamiz ko'p o'qiganmiz. Xutbada chiroyli jumlani mavzuga aloqador deb hisobladim:

"Sizlar qilgan gunohlaringiz uchun tavba qilinglar. Agar tavba qilmasangiz hamda gunohlarni qilishda to'xtamasangiz, Alloh  :jl: sizlarga tanglikni yo'liqtirib qo'yadi va zolimlarni ustingizga podsho qilib qo'yadi."

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Ilgargi kuni Xufton namoziga " Eski gumbaz" jo`me masjidiga kirgandim, sal ertaroq borib, kitob o`qiyotganlarni safiga qo`shildim. Rizq to`g`risida bir hadis o`qidim.
Bir kuni Payg`ambarimiz rasululloh s.a oldilaridan bir  tilanchi o`tib qolgan ekan, Payg`ambarimiz unga 1 dona hurmo bersalar, noshukurlik bilan, hurmo menga kerak emasdeb yo`lida davom etibdi. Bir kun yana bir tilanchi o`tibdi unga ham bir hurmo beribdi, Hurmoni olargan Payg`ambarim bergan hurmo deb rahmat  aytibdi. Shunda payg`ambarimiz joriyaga ......   dan 40 dinor olib kelishliklarini aytibdi.

P.S: Uzr ....... qaysidir sahobani ismi edi.   esimdan chiqibdi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Margiloniy

  • Mehmon
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #47 : 24 Iyul 2010, 05:50:20 »
Alloh – Razzoq

Imom Ahmad aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylandilar. Shunda ziyofat qilib, sahobalarni jamladilar. Taom oz, yig’ilganlar esa ko’p edi. Taomning ozligi ham suyuq bo’lgani sababli sahobalar bu xususda har narsa der edilar. Nabiy alayhissalom namozni tugatganlaridan keyin ulardan: “Nima haqida gaplashayabsizlar?” deb so’radilar. Ular “Rizq haqida”, deb javob berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men sizlarga Jabroil alayhissalom aytib bergan bir hadisni aytib beraymi?” dedilar. Sahobalar: “Ha, Allohing Rasuli, ayting”, deyishdi. U zot gap boshladilar: “Jabroilning aytishicha birodarim Sulaymon alayhissalom dengiz qirg’og’ida yurib ketayotgan chumolini ko’rib qolibdi, uning og’zida yashil yaproq bor ekan. Chumoli shu holatda dengiz oldiga kelib qichqiribdi. Bir payt baqa chiqib, chumolini orqasiga ortib dengizga sho’ng’ib ketibdi. So’ng bir oz muddat o’tib, chumoli suv yuziga qaytib chiqibdi. Sulaymon alayhissalom undan so’rabdi: “Menga o’z qissangni aytib ber”. Chumoli bunday debdi: “Bu dengizning tubidagi bir toshning o’rtasida bir qurt yashaydi, Alloh taolo o’sha qurtning rizqini mening zimmamga yuklagan, shuning uchun har kuni Alloh unga rizq qilib bergan narsasini ikki marta unga olib borib beraman. Alloh taolo bu dengizda men uchun baqa suratidagi bir farishtani yaratdi. U meni ko’tarib, dengizga sho’ng’iganicha meni o’sha xarsang toshga olib boradi. Tosh yorilib ichidan qurt chiqadi va men unga taomni yediraman. So’ngra baqa meni ko’tarib suv ustiga olib chiqadi, qurt o’z rizqini yeb bo’lgach, Allohga hamdu sano aytib deydi: “Meni yaratgan va dengiz tubiga joylab, unutmagan Zot aybu nuqsonlardan pokdir”.
So’ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’kid bilan aytdilar: “Dengiz tubidagi bir qurtni unutmagan Zot Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatini esdan chiqarib qo’yadimi? ”

Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil I chorak

Margiloniy

  • Mehmon
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #48 : 24 Iyul 2010, 05:54:21 »
RAZZOQ

Sulaymon alayhissalom butun dunyoga insu jinlar, hayvonlaru qushlar va shamollarga ham hukmron bo’lganlari sababli o’zlaridan g’ururlanib: “Yo Parvardigoro, menga izn berginki, bir yil davomida rizqlanuvchilarning rizqini men berayin”, deb izn so’radilar.
Alloh: “Sen bunga qodir emassan”, dedi. Sulaymon alayhissalom: “Yo Parvardigoro, bir kunga ruxsat bergin”, dedilar.
Bas, Alloh izn berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom butun insu jinlarni to’plab, qirq kun davomida ovqat pishirishga va oziqlar tayyorlashga buyuribdilar. Shamollarga ovqatlar ustida esmaslikni buyuribdilarki, toki taomlar buzilib, aynib qolmasin. So’ng oziq-ovqatlarni keng sahroga joylab chiqishni buyuribdilar.
Ovqatlar joylangan maydonning uzunligi ham, kengligi ham 1 oylik yo’l edi.
Alloh Sulaymon alayhissalomga: “Qaysi mahluqlardan boshlaysan?” deb vahiy qilibdi.
Sulaymon alayhissalom: “Dengizu quruqliklardan yashovchilardan”, debdilar.
Shunda Alloh dengizu ummonlardagi baliqlarga Sulaymon alayhissalomning chaqiriqlariga borishni buyuribdi. Ulkan baliqlar kelib: “Ey Sulaymon, Alloh bizlarni bugungi rizqimizni senga topshirgan ekan”, deyishganda, Sulaymon alayhissalom: “Oldilaringizda taom turibdi, xohlaganingizcha yenglar”, debdilar.
Nahang baliqlar butun ozuqalarni yutib yuboribdilar-da, “Ey Sulaymon, bizlrni to’ydirgin, biz ochmiz”, debdilar.
Sulaymon alayhissalom: “To’ymadinglarmi?” deb hayratlanibdilar. “Hali to’yganimiz yo’q”, deb javob berishibdi.
Shunda Sulaymon alayhissalom sajdaga yoqilibdilar-da:
“ MAHLUQOTLARNING BARCHASINI O’ZLARI SEZMAGAN JOYLARDAN "RIZQLARINI YETKAZIB TURGUVCHI ALLOH! SENI POKLAYMAN ” debdilar

“Durratun nosihiyn” kitobidan
Musulmonlar taqvim kitobi 2005 yil III chorak

Shoxruh Mirzo

  • Mehmon
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #49 : 24 Iyul 2010, 08:56:30 »
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=xnhriFAyNXs" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=xnhriFAyNXs</a>

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #50 : 11 Iyun 2012, 12:24:29 »
Ma'ruzada domla etganidek rizq faqat biz yeb ichganimiz emas, balki boshimizga 1 musht tushsa ham bu bizni rizqimiz, ko'chada qoqilib mayib bo'lsak ham bu bizni rizqimiz, uxlab orom olishimiz ham rizqimiz ...

Bir dugonam etib berdi.
Oila qurganimizga 1 yildan oshdi, har bir o'zbek oilasi bolajon bo'lganidek bizni oilada ham hamma tezroq farzandli bo'lishimizni kutardi.
Albatta Alloh o'zi bandasiga qay payt farzand berishni faqat O'zigina biladi.

Bir kuni kechki payt ho'jaynim bn mahallamizdagi do'konga ko'cha aylanib chiqqan edik. Bir kichkinagina bolakay ho'jaynimlani yoniga kelib "Amaki manabuni sotib olin" dedi-da bir parcha oddiy qog'ozni uzatdi. Ho'jaynim qog'ozni ochib ham qaramadilarda, kechki payt kichkina bola ko'chada narsa sotib yurganiga rahmilari kelibmi aytgan narxiga sotib oldilar.
Kechki payt bo'lgani uchun qog'ozni ochib o'qimadilar.
Ertalab ishga ketayotganlarida qog'ozni ochib o'qib ko'rsalar ikkita duo yozilgan ekan, shulardan biriga "Farzand so'rash duosi" deb yozib qo'yilgan ekan.
Shu duoni ikkimiz ham yodlab har doim etib yurardik.
Keyinchalik bir dugonam ham ancha farzand kutib, kimdur unga Oli Imron 38 oyat ni etganini etib qoldi. O'zi ham shu duoni har doim etib hozir farzandlik baxtiga erishdi. O'qib ko'rsam bizga bolakay sotgan qog'ozchadagi duo shu suradagi oyatlar ekan.  :)
Alhamdulillah xozir farzand kutayabmiz.

Shu voqeani eshitib haligi bolakayga tilanchilik qilib pul topishni emas, balki halollik bn rizq topishni o'rgatgan shunaqa ota-onalar borligiga hursand bo'lib ketdim. Alloh rozi bo'lsin.
Yana qizig'i bolakay ayni shu duotalab insonga uchragani ham Allohning marhamatidir.


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #51 : 05 Sentyabr 2012, 00:55:01 »
Alloh buyuk zot!

Hamisha bandalariga mehribon rahmdil va ibrat ko'zi ila boqishga yordam beruvchi Zot.

Yaqin dugonamdan:
"Turmushga chiqmagan vaqtimda ishlab ancha pul yig'ib qo'ygandim. Bir qo'shnim bundan habari bo'lib menga qarz berib turishimni, biror ish boshlab bizness qilishini aytdi. Unga qarz berdim, ishlarini o'nglab qarzini qaytardi.
Turmush qurganimdan kn yangi oila... yetishmovchiliklar bo'lib turardi, uni ustiga chaqalog'imiz ham bor...

Shu eski qo'shnim shu Ramazonda dugonamdan 100$ zakot puli deya berib yuboribdi. Dugonam menga telefonda "Dugonajon agar yo'q demasang shu puldan 10$ menga bergin, menga judayam zarl" dedi.
Uning ham yosh bolasi bor, sharoiti ham u qadar yaxshi emas, shuning uchun mayli dedim.
Bu gapdan faqat Alloh va ikkimiz habardor edik.
Ertasiga o'sha zakot bergan eski qo'shnim yana dugonamning oldiga kelib, 10$ bilan 5 kg un va 5 kg guruch tashlab ketibdi.
Dugonam xayron qolganicha bu habarni darrov menga yetkazdi.

Allohning naqadar buyuk zot va Razzoq ekaniga yana bir bor amin bo'ldim!"

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 674
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #52 : 01 Oktyabr 2012, 08:37:02 »

 Shaqiq Balxiy rizqini ta'minlash uchun ishlamas, rizq topishga bahona izlamasdi. Bir payt Haj sabab bo'lib, Makkada Ibrohim ibn Adham bilan uchrashib qoldi. Ibrohim ibn Adham undan, rizq topish uchun bunday harakat qilmasligiga sabab nima deb so'radi.
Shaqiq Balxiy:
-Qachonlardir bir payt cho'l sari yo'lga chiqqandim. Cho'l o'rtasida qanoti siniq bir qushni ko'rdim. Harakat qilmas, ucholmas edi. O'zimga-o'zim:"Qani ko'ray-chi, bu qush qaerdan va qanday oziqlantirilarkin!"-dedim va bir oz nariroqda bekinib, kuta boshladim. Tuyqusdan og'zida chigirtkasi bilan bir qush uchub keldi va chigirtkasini qanoti siniq qushning og'ziga soldi. Shundan keyin men ham o'zimga dedim:
-Bu sog'lom qushga, bu qanoti siniq qushni ta'minlatgan Alloh meni ham ta'minlagay!
Keyin ishlashni tashladim, faqat ibodat bilan band bo'la boshladim.
Shunda Ibrohim ibn Adham:
-Nechun sen nogiron qushni ta'minlovchi sog'lom qush bo'lmaysan?
Harakat qiluvchi qush bo'lsang, yanada fazilatli va yanada sharafliroq bo'larding!
Eshitmaganmisan, Rasulalloh s.a.v:
-Beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan hayrliroqdir! deganlar. Hamda doimo har ishda har narsaning eng yuksak darajasiga tolib bo'lmoq mo'min uchun shon-sharaf hisoblanadi.
Ibrohim ibn Adhamning bu so'zlarini eshitgan Shaqiq Balxiy:
-Siz mening ustozimsiz dedi.                           Imom G'azzoliy

 (takror bo'lsa ...... hechqisi yo'q  :) )
Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

Хадича

  • Mehmon
Javob: RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!
« Javob #53 : 16 Fevral 2013, 10:05:03 »


   



Alloh taolo aytadi :

" Yer yuzida o'rmalagan narsa borki,barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U zot ularning turar joylarini ham ,borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan kitobda bordir."
( " Hud " surasi, 6-oyat.)
Ba'zan odamlar noto'g'ri tushunadi. Sog' badani bo'lsada,yotaversa rizq kelaveradi,deb. Lekin ushbu oyatda " Yer yuzida o'rmalagan narsa " deyilmoqda. Demak, Allohga tavakkul va kelayotgan rizqiga shukr qilgan holda halol mehnat qilganga Alloh o'zi barokatli rizq beradi. Zero, rizqni barakasi- Halollikda.
"Hatto yerga tushgan qamchingni ham otdan tushib o'zing ol"deyilgan o'gitda "Odamlarga og'irliging tushmasin"degan ma'no bor.
Avvalo, Rizqni berguvchi faqatgina Alloh. O'sha yerda yurgan chumoli ham bir joyda qotib turmasdan,sog'lom tanasi ila harakatda va mehnatda bo'lgani sababli ham Alloh unga rizqni eshiklarini ochib qo'ygan.
Odamdan narsa so'rasangiz ularni joniga tegishingiz mumkin bir kun. Oxir sizga eshiklarini yopib qo'yadilar. Lekin Allohdan so'ragan bilan rizqimiz kamaymas. Odamlardan so'rasak jahl qilishadi, lekin Allohdan so'ramasak Allohni qahri kelishi haqda oyatlarda habar kelgan.
Halol mehnat, tavakkul , Shukr va faqat Allohdan so'rashlik bilan rizqimiz ziyoda va barakali bo'ladi.


Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Sharoitim og'ir, farzandlarim ko'p, shundoq ham ularni tashvishi yetarli endi bunisini qanday qilib boqaman degan tashvishda tug'ilmagan go'daklarni nobud qilayotgan ota-onalar  nahotki Allohning Razzoq ekanligidan bexabar bo'lishsa

Bechora_Bandang_

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 40
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
  • Bizni o'zingga qul deb qabul et!
Rizqimizni Bozordan emas Allohni dargohidan qidiraylik
Bilmaganlarimni bilganim sari hali hech nimani bilmasligimni bildim...

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Rizqimizni Bozordan emas Allohni dargohidan qidiraylik

Изимда юрибди, демангу, лн форумдошларни фикрини бозордан ризк кидириш айб деганга йуймадим.
Чунки ахли суннах жамоатининг "Аллох таоло одамлар ва хайвонлардан иборат Уз махлукотларига берган ва улар манфаат олган дуневий ва ухровий ҳар бир нарса ризқдир" деган та'рифларини кенг оламан.
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Ризкни халол ва харом булиши, шунингдек, Аллох махлукини яхшиликка, тоатга йуллаб куйиши еки бандасининг ризк хакида гумонга бориши хам ризкдир.
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
менимча  бунинг хеч бир ёмон жойи йук мухими топилган ризк халол булса булгани

Bechora_Bandang_

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 40
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
  • Bizni o'zingga qul deb qabul et!
Assalomu alaykum

Men bu tepadagi gapni bir maruza eshitgandim, shunga yozgandim u yerda ham sizni fikrlarizga ohshagan gaplar aytilgan.men qoshtirnoq ichida qilib yozishim kerak edi yani boshqa joydan kochirilganligini bildirish uchun

"Rizqingizni bozordan emas Allohni dargohidan qidiringlar" deyilgan edi
Bilmaganlarimni bilganim sari hali hech nimani bilmasligimni bildim...

 

ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari

Muallif zaynulabidiynBo'lim Islom

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 69909
So'nggi javob 23 Sentyabr 2006, 07:13:05
muallifi Doniyor
Alloh-Haq,haq hamisha g'olib

Muallif Muslima_subhBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 8572
So'nggi javob 15 Sentyabr 2006, 12:12:06
muallifi Laylo
Alloh ichun ozbeklernı yaxshı korıyapman ozım turkıyadan ıltımos manga yazın

Muallif muzaffarhonBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 20
Ko'rilgan: 13161
So'nggi javob 23 Dekabr 2010, 02:00:40
muallifi Nurdinboy
Barcha Musulmonlar terorist emas.

Muallif gayrat17Bo'lim Islom

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 8117
So'nggi javob 15 Fevral 2007, 16:29:10
muallifi Laylo
Takriximiz 2700 yil emas , 5000 yillikdir .

Muallif kanishkaBo'lim Madaniyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 4954
So'nggi javob 14 Avgust 2010, 12:01:34
muallifi Akrombek