RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!  ( 39508 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Mahdiyah  11 Iyun 2012, 12:24:29

Ma'ruzada domla etganidek rizq faqat biz yeb ichganimiz emas, balki boshimizga 1 musht tushsa ham bu bizni rizqimiz, ko'chada qoqilib mayib bo'lsak ham bu bizni rizqimiz, uxlab orom olishimiz ham rizqimiz ...

Bir dugonam etib berdi.
Oila qurganimizga 1 yildan oshdi, har bir o'zbek oilasi bolajon bo'lganidek bizni oilada ham hamma tezroq farzandli bo'lishimizni kutardi.
Albatta Alloh o'zi bandasiga qay payt farzand berishni faqat O'zigina biladi.

Bir kuni kechki payt ho'jaynim bn mahallamizdagi do'konga ko'cha aylanib chiqqan edik. Bir kichkinagina bolakay ho'jaynimlani yoniga kelib "Amaki manabuni sotib olin" dedi-da bir parcha oddiy qog'ozni uzatdi. Ho'jaynim qog'ozni ochib ham qaramadilarda, kechki payt kichkina bola ko'chada narsa sotib yurganiga rahmilari kelibmi aytgan narxiga sotib oldilar.
Kechki payt bo'lgani uchun qog'ozni ochib o'qimadilar.
Ertalab ishga ketayotganlarida qog'ozni ochib o'qib ko'rsalar ikkita duo yozilgan ekan, shulardan biriga "Farzand so'rash duosi" deb yozib qo'yilgan ekan.
Shu duoni ikkimiz ham yodlab har doim etib yurardik.
Keyinchalik bir dugonam ham ancha farzand kutib, kimdur unga Oli Imron 38 oyat ni etganini etib qoldi. O'zi ham shu duoni har doim etib hozir farzandlik baxtiga erishdi. O'qib ko'rsam bizga bolakay sotgan qog'ozchadagi duo shu suradagi oyatlar ekan.  :)
Alhamdulillah xozir farzand kutayabmiz.

Shu voqeani eshitib haligi bolakayga tilanchilik qilib pul topishni emas, balki halollik bn rizq topishni o'rgatgan shunaqa ota-onalar borligiga hursand bo'lib ketdim. Alloh rozi bo'lsin.
Yana qizig'i bolakay ayni shu duotalab insonga uchragani ham Allohning marhamatidir.


Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Sentyabr 2012, 00:55:01

Alloh buyuk zot!

Hamisha bandalariga mehribon rahmdil va ibrat ko'zi ila boqishga yordam beruvchi Zot.

Yaqin dugonamdan:
"Turmushga chiqmagan vaqtimda ishlab ancha pul yig'ib qo'ygandim. Bir qo'shnim bundan habari bo'lib menga qarz berib turishimni, biror ish boshlab bizness qilishini aytdi. Unga qarz berdim, ishlarini o'nglab qarzini qaytardi.
Turmush qurganimdan kn yangi oila... yetishmovchiliklar bo'lib turardi, uni ustiga chaqalog'imiz ham bor...

Shu eski qo'shnim shu Ramazonda dugonamdan 100$ zakot puli deya berib yuboribdi. Dugonam menga telefonda "Dugonajon agar yo'q demasang shu puldan 10$ menga bergin, menga judayam zarl" dedi.
Uning ham yosh bolasi bor, sharoiti ham u qadar yaxshi emas, shuning uchun mayli dedim.
Bu gapdan faqat Alloh va ikkimiz habardor edik.
Ertasiga o'sha zakot bergan eski qo'shnim yana dugonamning oldiga kelib, 10$ bilan 5 kg un va 5 kg guruch tashlab ketibdi.
Dugonam xayron qolganicha bu habarni darrov menga yetkazdi.

Allohning naqadar buyuk zot va Razzoq ekaniga yana bir bor amin bo'ldim!"

Qayd etilgan


Secret  01 Oktyabr 2012, 08:37:02


 Shaqiq Balxiy rizqini ta'minlash uchun ishlamas, rizq topishga bahona izlamasdi. Bir payt Haj sabab bo'lib, Makkada Ibrohim ibn Adham bilan uchrashib qoldi. Ibrohim ibn Adham undan, rizq topish uchun bunday harakat qilmasligiga sabab nima deb so'radi.
Shaqiq Balxiy:
-Qachonlardir bir payt cho'l sari yo'lga chiqqandim. Cho'l o'rtasida qanoti siniq bir qushni ko'rdim. Harakat qilmas, ucholmas edi. O'zimga-o'zim:"Qani ko'ray-chi, bu qush qaerdan va qanday oziqlantirilarkin!"-dedim va bir oz nariroqda bekinib, kuta boshladim. Tuyqusdan og'zida chigirtkasi bilan bir qush uchub keldi va chigirtkasini qanoti siniq qushning og'ziga soldi. Shundan keyin men ham o'zimga dedim:
-Bu sog'lom qushga, bu qanoti siniq qushni ta'minlatgan Alloh meni ham ta'minlagay!
Keyin ishlashni tashladim, faqat ibodat bilan band bo'la boshladim.
Shunda Ibrohim ibn Adham:
-Nechun sen nogiron qushni ta'minlovchi sog'lom qush bo'lmaysan?
Harakat qiluvchi qush bo'lsang, yanada fazilatli va yanada sharafliroq bo'larding!
Eshitmaganmisan, Rasulalloh s.a.v:
-Beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan hayrliroqdir! deganlar. Hamda doimo har ishda har narsaning eng yuksak darajasiga tolib bo'lmoq mo'min uchun shon-sharaf hisoblanadi.
Ibrohim ibn Adhamning bu so'zlarini eshitgan Shaqiq Balxiy:
-Siz mening ustozimsiz dedi.                           Imom G'azzoliy

 (takror bo'lsa ...... hechqisi yo'q  :) )

Qayd etilgan


Хадича  16 Fevral 2013, 10:05:03



   



Alloh taolo aytadi :

" Yer yuzida o'rmalagan narsa borki,barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U zot ularning turar joylarini ham ,borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan kitobda bordir."
( " Hud " surasi, 6-oyat.)
Ba'zan odamlar noto'g'ri tushunadi. Sog' badani bo'lsada,yotaversa rizq kelaveradi,deb. Lekin ushbu oyatda " Yer yuzida o'rmalagan narsa " deyilmoqda. Demak, Allohga tavakkul va kelayotgan rizqiga shukr qilgan holda halol mehnat qilganga Alloh o'zi barokatli rizq beradi. Zero, rizqni barakasi- Halollikda.
"Hatto yerga tushgan qamchingni ham otdan tushib o'zing ol"deyilgan o'gitda "Odamlarga og'irliging tushmasin"degan ma'no bor.
Avvalo, Rizqni berguvchi faqatgina Alloh. O'sha yerda yurgan chumoli ham bir joyda qotib turmasdan,sog'lom tanasi ila harakatda va mehnatda bo'lgani sababli ham Alloh unga rizqni eshiklarini ochib qo'ygan.
Odamdan narsa so'rasangiz ularni joniga tegishingiz mumkin bir kun. Oxir sizga eshiklarini yopib qo'yadilar. Lekin Allohdan so'ragan bilan rizqimiz kamaymas. Odamlardan so'rasak jahl qilishadi, lekin Allohdan so'ramasak Allohni qahri kelishi haqda oyatlarda habar kelgan.
Halol mehnat, tavakkul , Shukr va faqat Allohdan so'rashlik bilan rizqimiz ziyoda va barakali bo'ladi.


Qayd etilgan


Muxsiya  12 Mart 2013, 14:25:10

Sharoitim og'ir, farzandlarim ko'p, shundoq ham ularni tashvishi yetarli endi bunisini qanday qilib boqaman degan tashvishda tug'ilmagan go'daklarni nobud qilayotgan ota-onalar  nahotki Allohning Razzoq ekanligidan bexabar bo'lishsa

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  27 Mart 2013, 09:28:59

Rizqimizni Bozordan emas Allohni dargohidan qidiraylik

Qayd etilgan


Lu`lu`  27 Mart 2013, 10:00:56

Rizqimizni Bozordan emas Allohni dargohidan qidiraylik

Изимда юрибди, демангу, лн форумдошларни фикрини бозордан ризк кидириш айб деганга йуймадим.
Чунки ахли суннах жамоатининг "Аллох таоло одамлар ва хайвонлардан иборат Уз махлукотларига берган ва улар манфаат олган дуневий ва ухровий Ò³ар бир нарса ризÒ›дир" деган та'рифларини кенг оламан.

Qayd etilgan


Lu`lu`  27 Mart 2013, 10:10:00

А изкни халол ва харом булиши, шунингдек, Аллох махлукини схшиликка, тоатга йуллаб куйиши еки бандасининг ризк хакида гумонга бориши хам ризкдир.

Qayd etilgan


Muxsiya  27 Mart 2013, 11:32:34

менимча  бунинг хеч бир ёмон жойи йук мухими топилган ризк халол булса булгани

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  27 Mart 2013, 14:51:50

Assalomu alaykum

Men bu tepadagi gapni bir maruza eshitgandim, shunga yozgandim u yerda ham sizni fikrlarizga ohshagan gaplar aytilgan.men qoshtirnoq ichida qilib yozishim kerak edi yani boshqa joydan kochirilganligini bildirish uchun

"Rizqingizni bozordan emas Allohni dargohidan qidiringlar" deyilgan edi

Qayd etilgan