RIZQ - Allohning ne'matidir, uni Alloh beradi, bandasi emas!  ( 78989 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 22:33:44

"œO’zim ko’rgan o’shaning o’zi"¦"
Hikoyat


O’tgan zamonlarda odil bir podshoh juldir kiyinib, fuqarolari holidan xabar olish niyatida qishloq oralaydi. Yo’lda keta turib, bir uydan quloqqa yoqimli ovoz eshitiladi:
"œO’zim ko’rgan o’shaning o’zi"¦"
Eshikni taqillatib kiradi. Qarasa bo’zchi, mokining harakatiga monand haligi satrni takrorlab o’tiribdi. Bo’zchi mehmonni to’rga o’tqazadi, oldiga dasturxon yozadi. Mehmon bo’zchidan haligi qo’shiqni so’raydi. Bo’zchi tarixini so’zlaydi"¦
"œBir kuni tush ko’ribman. Cheksiz tepalikka, osmonu falakka ko’tarilibman. Qarasam, turli kenglikdagi ariq, zovur, quvur, jo’mraklardan suv oqib turibdi. "œBu nadir?" deya so’radim. "œInsonlar rizqi", dedi bir ovoz. "œMenga tegishlisi qaysidir?" desam, jo’mrakdan tomchilab, asta-asta oqayotgan "œrizq"ni ko’rsatishdi"¦ Uyg’onib ketdim. Shundan buyon "œO’zim ko’rgan o’shaning o’zi"ni takrorlab, harakatdan to’xtamay bo’z to’qiman".
Oddiy kiyimdagi odil podshoh erta-indin xizmatchilarini chaqirib, bir tovoq osh qildirib, butun holicha pishirilgan tovuq go’shti ichiga tillolarni jo’ylab bo’zchiga jo’natibdi. Bo’zchi oshni xursand qabul etibdi. Va ozgina tamaddi qilib, go’shtiga qo’l ham urmay, uzoq vaqtlardan beri niyat etib yurgani o’z ustasini rozi qilish uchun tovoqni oshu go’shti bilan uning uyiga jo’natibdi. Ustasi yana birovga ilinibdi"¦
Podshoh mulozimlari bo’zchidan xabar olishsa hali-hali o’sha qo’shiq: "œO’zim ko’rgan o’shaning o’zi" ekan"¦

Musulmonlar taqvim kitobi 2001 yil II chorak

Qayd etilgan


ossiyobinti  05 Noyabr 2009, 11:34:09

(Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki,) Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham inkor etilgandirlar. (Barcha) ishlar, albatta, Allohga qaytarilur.

Fotir surasi 4oyat:

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2009, 11:32:43

 :as:

       Allah taolo marhamat qiladi: "œEy, bandalarim, Men zulmni O’zimga harom qildim va sizlarni o’rtangizda ham zulmni harom qildim, bir-biringizga zulm qilmanglar. Ey bandalarim sizlarning hammalaring zalolatga botgansizlar, faqat Men hidoyat qilganlargina hidoyatdadir, bas Mendan hidoyatni so’ranglar, Men albatta hidoyat qilaman. Ey bandalarim sizlarning hammalaring och sizlar, Mendan qorninglarni to’yg’izishlikni so’ranglar, Men albatta qorninglarni to’yg’izaman. Ey bandalarim sizlarning hammalaring yalang’och sizlar, kiyimni Mendan so’ranglar, Men sizlarni kiyintiraman. Ey bandalarim sizlar kunu tun tinmasdan gunoh qilasizlar, Men ertayu kech gunohlarni barchasini kechirib turaman, gunohilarni kechirishiligimni so’ranglar, albatta Men ularni kechiraman. Agar yer yuzidagi hamma taqvodor va ibodatli bo’lsa, Mening mulkimga buning zarrachalik foydasi yo’q. Agar sizlarning hammangiz eng fojir inson kabi fojir bo’lsa, Mening mulkimga zarracha ziyoni yo’q. Agar dunyo yaralgandan buyon tug’ilgan va yaralgan  insonlarning va jinlarning hammasi bir maydonda to’plansa, har biri ko’ngliga siqqan narsani so’rasa, Men so’raganini bir lahzada berishga qodirman va bu Mening mulkimni zarracha kamaytirib qo’ymaydi." Hadisi qudisiy.

      Allah cheksiz mulk sohibi bo’lgan Zot. Allah marhamati va rahmati ulug’ bo’lgan Zot. Biz doim Allahga muhtojmiz. Allah esa hech kimga muhtoj emas! SubhanAllah va Allahu Akbar!! Faqat Allahdan so’raylik, chunki Undan o’zgasi bizga biror narsa bermaydi va faqat U Zot subhanahu va taologina so’raganni yaxshi ko’radi, Undan o’zgasidan yordam kutib, Allahdan so’ramasak g’azab qiladi.....

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 07:27:12

Abdug'ani domlani ma'ruzalaridan aynan rizq haqidagisini joyliman, juda foydali gaplar aytilgan barchamiz uchun, rizq haqida ikkilanib yurganlar uchun...

Xozirgi kunda Yer yuzida yashayotgan odamlarning aksariyati, balki hammasini o’ylantirayotgan narsa, bu rizq muammosi. Manashu rizqini topishlikda odamlar haloliga ham qaramay qo’ydi, haromiga ham. Rizq topish bahonasida odam ibodatni ham tashlab qo’yayabdi, qarindosh urug’niyam umuman odamgarchilikni ham tashlab qo’yyabdi. Ana shu rizq topish yo’lida ikkita og’ayni birga sherik bo’lib tijorat qilib, ozgina pul topganidan keyin xuddi shu Rizqni deb bir biri bilan Qiyomat diydor bo’b ketayabdi. Aka-ukalar ajrashib ketishayabdi.

Rizq o’zi nima?
Shariati islomiya shunday bir mukammal nizomki, xojatxonaga qaysi oyog’i bilan kirib, qaysi oyog’i bilan chiqishi kerkaligi bo’lgan mayda ishni o’rgatgan dinimiz, pul topishlikni o’rgatmagan disizlarmi? Qaysi tomoniz bilan yotib, nima deyishiz, turganda nima deyishiz kerakligini o’rgatgan dinimiz, anashu pulni qayerga sarflashni orgatmagan disizmi?
Lekin ming afsus bo’lsingi bizda din degani ba’zi bir rasm-rusumlar, ma’lum bir vaqtda ba’zi kalimalarni aytib qo’yishlik... shu bo’b qolgan!
Din aziz birodarlar! bozorda, din oilada, din hunarda, din o’qishda, hayotimiz din bo’lishi kerak!
Rizq haqida nima deyilgan? Odamlar Alloh taoloning ko’rsatgan kitobini so’kmasdan uzoqlashganidan kn rizqni faqat o’zi topib yeyishligi tushuncha bo’b qoldi. Biram odamlar ishlamay yuribdiyu, tishlayabdi, Alloh rizqiga yozib qo’yganligi uchun va biram odamlar eshshekdek ishlayabdiyu, lekin hech tishlolmayabdi. Buni otini nima deyishadi? Buni Rizq deyiladi birodarlar!
Alloh taolo Qur’onda marhamat qilib aytadiki: "œO’rmalaganki jonzot bor, rizqi Allohning zimmasidadir".
Rizq diganda biz pulni tushunamizda, tog’rimi?! Rizq o’zi nima? Rizq birodarlar, faqat pulmas! Bir musht yeyishingiz ham rizq, chanqab ko’chada qob ketishingiz ham rizq, moshinangiz buzilib ko’chada sovuqqotib qolib ketishingiz ham rizq, farzand ko’rishingiz rizq, pul topishingiz rizq. Xullas rizq Alloh taolo sizga onangizni qornida 121 kunga to’lgan kunizdan boshlab farishta orqali peshonangizga yozilib qo’yilgan jamiyki narsa rizq deyiladi.
Mana shu yerda uyqisirab o’tirishingiz ham rizq.
Shunday emasmi? Qoqilib tushishingiz ham rizq!
Demak rizq, biz uchun Alloh taolo nimaniki yozgan bo’lsa shu rizq.

davomi bor...

P.S. InshaAlloh ma'ruzani MP3 siniyam joyliman

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 07:30:21

Pul ham rizq. Mana shu rizqni qayerdan istaymiz biz? Pul haqida gapiraylik, chunki biz rizq deganda pulni tushunamizda a? Mana "œKasbi korimga baraka ber" dimiz, "œrizqimga baraka ber" dimiz. Avval rizq nimayu baraka nima bilvolaylik! Keyin uni ko’paytirishlik haqida gaplashamiz.
Mana aytdik, Alloh taolo tomonidan nimaiki berilsa rizq dedik.
Rizq ko’payib ozayadimi?
Shu savolni hal qivolaylik avval?
Mana shu erda o’tirganlarning hammasi erkak kishi.
Rizqmi shu? Bu o’zgaradigan narsami? O’zgarmaydigan narsa!

Pul ko’payadigan, ozayadigan narsami, yoki bir xilda keladigan narsami?
Ming afsus bo’lsinki aksariyatimiz bu masalalrni hal qilib olmaganmiz o’zimiz uchun.
Alloh taolo ana shu rizqni qayerdan istashlikni o’rgatayabdi.
Ana shu rizqni pulda istaganlarda ham hotirjamlik bo’lmayabdi.
Aksincha u ko’paygan sari g’alvalar ko’payayabdi.

Shariati islomiya rizq topishlikning shunday sabablarini, yo’llarni ko’rsatganki, agar shu sabablarni qoim qilib, ko’p ham o’zini o’tga cho’qavermasa rizqni kelaverishi aytib qo’ygan.

Yani bir qattiqroq qotirilgan gapka bo’lsa, uni bo’shatishning yo’li klyuch (kalit), agar klyuch qo’zida bo’lmasa boshqa turli yo’llari bor bo’shatishni: ombir bilan, otvyorkani qo’yib tosh bilan urish mumkin"¦
Lekin ayagano to’g’ri yo’l klyuch edi, shunday solib bitta burasa bo’sharidi.
Lekin shu klyuchni yo’qligidan ming xil qiyinchilikka kirib ketamiz.
Rizq digan gaykani bo’shatishlikni birodarlar, o’z klyuchi bor!

U faqat bozordamas. Bozor bitta sabab xolos.
Agar shu sabab Alloh taolo va Payg’ambar sav ko’rsatgan sabablarga muvofiq zo’r qib qo’ysak, rizq qiynalmasak ham kelaveradi birodarlar!
Biz topayotgan rizqni birodarlar, o’rmondagi bo’ri ham topayabdi.
Chumchuq ham topib bola chaqasini yedirayabdi.
"œHa endi biz odammiz, aqlimiz bor, hunarimiz bor?" diselar, "œchumchuqni nimasi bor?", "œBo’rini nimasi bor?" uni faqat harakati bor! Allohga tavakkuli bor!

davomi bor...

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 07:45:58

Rizqni - Alloh taolo — bozordan, guzardan emas, Uni huzuridan istanglar! Unga ibodat qilinglar, shukr qilib" deydi.
Alloh aytganidek yashasanglar rizqinglarni yetkazaman. Ozgina mehnat bo’lsa ham yetkizaman deydi Alloh taolo.

Bu bilasizmi nimaga o’xshidi? Nasos bilan kamerani ishiramizu? Rosa ishirgandan kn shlankani sug’ursak, pis etib havoni qo’yvoradi.
Uni ichida zalatnigi bo’lishi kere.
O’sha zalatni bizda yo’q birodarlar!
Biz nasoslayverayabmiz, 25 soat ishlayabmiz sutkasiga"¦
Shlankasi sug’urishimiz bilan pis etib chiqib ketayabdiyu, biz yana nasoslayverayabmiz"¦
10 marta urib zalatnigi sob qo’yaylik, keyin yana 10 ta ursez 20 ta bo’ladi.
Lekin ming afsus bo’sinki, ana shu yo’lini, texnikasini bilmaganligimizdan nasoslayverayabmiz, hayotimiz nasoslashdan nariga o’tmay qoldi.
"œNamoz o’qimisizmi?" disa, "œIshlarim ko’payib ketdi, dexqonchilikni yig’ishtirib olay"¦".
"œHajga bormisizmi?" disa "œUyimni bitkazib olay"¦"
Ibodatni surib qoyayabmizda birodarlar. Zalatnikni joyiga qo’ymay, nasoslayverayabmiz.
Rahmimiz kelsin o’zimizga!

Qayd etilgan


Hadija  20 Noyabr 2009, 19:08:35

O'sha bir kosa ovqatga boyning ham qorni to'yadi, kambag'alning ham...
Abdulloh qori (Rizq va tavakkul ma'ruzalaridan)

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Dekabr 2009, 13:46:08

Bo’lsa - baham ko’ramiz, bo’lmasa - shukr qilamiz

Hazrati Shaqiqiy Balxiy Ibrohim Adhamdan so’radi:
- Kun kechirmoq uchun siz nima qildingiz? Qayerdan mablag’ topyapsiz, yashashingiz uchun nimalar qildingiz?
Ibrohim Adham bunday javob berdi:
- Bo’lsa — shukr qilamiz, bo’lmasa — sabr qilamiz.
Shaqiqiy Balxiy ushbu javobni — irshodni aytdi:
- Yo Ibrohim! Sening shu ishingni bizning Xuroson ko’ppaklari ham qila oladilar. Bo’lsa — yeydilar bo’lmasa — sabr qiladilar.
Ibrohim Adham:
- Hazrat, siz-chi? Siz nima qilasiz? — dedi.
Hazrat Shaqiqiy Balxiy:
- Bo’lsa - baham ko’ramiz, bo’lmasa - shukr qilamiz, - dedi.
Ibrohim Adham:
- Juda to’g’ri so’zladingiz, ustoz, - dedi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Hadija  31 Dekabr 2009, 15:32:43

:as:

Ае гсзалдир, ризкинг йсллари...

Фикри-ёдингни сенга олдиндан кафолатлаб, белгилаб ксйилган нарсаларга смас, балки, Аллох тарафидан буюрилган ишларга машгул килгин. Албатта ризк ва ажал бир-бирига скин бслган ва аввалдан тайин стилмиш нарсалардир. Токи ажал муддати хали бокий скан, ризк хам етиб тургувчидир. Агар сенга, Илохий хикмат ила ризк йслларидан бири ёпилса, Илохий  рахмат туфайли, унданда манфаатлирок бслган бошка бир йсл, сен учун албатта пайдо килингувчидир.

Мана, хомилани кандай ризкланаётганини бир тафаккур килиб кср. Озука унга факат кон оркали, киндикдангина етиб туради. Качонки, хомила она корнидан ёруг оламга чикар скан, у емиш йсли тсхтайди ва снди, унинг учун бошка икки ризк йсли очилади. У иккисидан,  аввалги келиб турган ризкданда лаззатлирок ва хушбсйрок, тсйимлирок ва тозарок бслган ризк-сут етиб туради. А­мизиш муддати тамомига етгач сса, кскракдан ажратиш билан у ризк йсли хам интихосига етади. Буни карангки, снди ризк келишини олдингиларидан хам комилрок бслган тсрт йсли очилади. Икки егулик ва икки ичимлик йсли. Икки егулик тури: хайвонот олами ва наботот оламидандир. Икки ичимлик йсли сса, сув хамда сут ва уни ширин ва фойдали киладиган бошка ксшимчалардир.  Аихост, инсон бу оламдан ксз юмади ва бу ризк йслларининг тсртталаси хам ёпилади....

Агар инсон саодат ахлидан бслса, буёгига  Аллох субханаху ва таоло унга саккиз йслни очади. Бу саккиз жаннат сшиги бслиб, у бахтиёр инсон, уларни кайсинисидан хохласа, шунисидан киради.

Шунинг учун хам,  Аллох таоло мсмин бандасини бирон нарсадан махрум стган бслса, унга албатта, ундан-да афзалрок ва манфаатлирок бошкасини келтиргай...

Qayd etilgan


Hadija  31 Dekabr 2009, 15:35:38

Мсминларнинг улуши

Лекин, бу нарса мсминдан сзгалар учун хос смасдир. У зот мсмин бандаси учун паст ва арзимас улуш-насибани беришга рози бслмайди ва ундан у насибани маън стади, сабаби, ундан ксра олий бслган, кимматли бслган улушни ато стмок учун. Лекин, банда сзига манфаатли нарсаларнинг фойдаларидан ва А оббисининг муруввати, лутфи ва хикматидан бехабарлиги сабабли, махрум килингани  билан, кейинга захира килиб, олиб ксйилган неъматлар сртасидаги тафовутни билмайди. Балки у, гарчи, пастрок ва хакиррок бслсада, накдига ва тезда келадиганига сч ва интилувчан бслади. Шу билан бирга, гарчи, у кейинрок ва кечрок келадигани олий ва сара бслсада, унга  рагбатсиз ва сътиборсиз бслади... Агар банда А оббисининг хикматига сабр килувчи ва инсофли бслганида сди, бундай бслиши жуда кийин-у, дунё ва унинг лаззатлари, неъматларидан махрум килишдаги фазли, ато стишидан ксра улканрок фазлу-мархамат сканини англаган бсларди. Аимаданки махрум стади, албатта ато стмок учундир, нимадаки балолайди, албатта, офист бермок учундир, нимадаки имтихон килади, факатгина у сабабли бандасини покламок учундир, нимагаки слдиради, токи, кайта хаёт бермок учундир. Аима учунки бу дунё ховлисидан чикаради, токи, Ўз учрашувига йслламок  ва Ўзига слтувчи йслга туширмок учундир. Ва "œУ сслатма-ибрат олмокчи бслган, ёки шукр килмокчи бслган кишилар учун кеча ва кундузни (бир-бирини) срнини босувчи килиб ксйган зотдир". "œЛекин кофир кимсалар факат куфргагина рози бслурлар"... 

1.(Фуркон, 62), 2.(Исро, 99)

Абдул Вадуд  АХМАД  таржимаси.    2003 йил, 8-апрел
Manba: islamnuri.com

Qayd etilgan