Abdug'ani domlani ma'ruzalaridan aynan rizq haqidagisini joyliman, juda foydali gaplar aytilgan barchamiz uchun, rizq haqida ikkilanib yurganlar uchun...
Xozirgi kunda Yer yuzida yashayotgan odamlarning aksariyati, balki hammasini o’ylantirayotgan narsa, bu rizq muammosi. Manashu rizqini topishlikda odamlar haloliga ham qaramay qo’ydi, haromiga ham. Rizq topish bahonasida odam ibodatni ham tashlab qo’yayabdi, qarindosh urug’niyam umuman odamgarchilikni ham tashlab qo’yyabdi. Ana shu rizq topish yo’lida ikkita og’ayni birga sherik bo’lib tijorat qilib, ozgina pul topganidan keyin xuddi shu Rizqni deb bir biri bilan Qiyomat diydor bo’b ketayabdi. Aka-ukalar ajrashib ketishayabdi.
Rizq o’zi nima?
Shariati islomiya shunday bir mukammal nizomki, xojatxonaga qaysi oyog’i bilan kirib, qaysi oyog’i bilan chiqishi kerkaligi bo’lgan mayda ishni o’rgatgan dinimiz, pul topishlikni o’rgatmagan disizlarmi? Qaysi tomoniz bilan yotib, nima deyishiz, turganda nima deyishiz kerakligini o’rgatgan dinimiz, anashu pulni qayerga sarflashni orgatmagan disizmi?
Lekin ming afsus bo’lsingi bizda din degani ba’zi bir rasm-rusumlar, ma’lum bir vaqtda ba’zi kalimalarni aytib qo’yishlik... shu bo’b qolgan!
Din aziz birodarlar! bozorda, din oilada, din hunarda, din o’qishda, hayotimiz din bo’lishi kerak!
Rizq haqida nima deyilgan? Odamlar Alloh taoloning ko’rsatgan kitobini so’kmasdan uzoqlashganidan kn rizqni faqat o’zi topib yeyishligi tushuncha bo’b qoldi. Biram odamlar ishlamay yuribdiyu, tishlayabdi, Alloh rizqiga yozib qo’yganligi uchun va biram odamlar eshshekdek ishlayabdiyu, lekin hech tishlolmayabdi. Buni otini nima deyishadi? Buni Rizq deyiladi birodarlar!
Alloh taolo Qur’onda marhamat qilib aytadiki: "œO’rmalaganki jonzot bor, rizqi Allohning zimmasidadir".
Rizq diganda biz pulni tushunamizda, tog’rimi?! Rizq o’zi nima? Rizq birodarlar, faqat pulmas! Bir musht yeyishingiz ham rizq, chanqab ko’chada qob ketishingiz ham rizq, moshinangiz buzilib ko’chada sovuqqotib qolib ketishingiz ham rizq, farzand ko’rishingiz rizq, pul topishingiz rizq. Xullas rizq Alloh taolo sizga onangizni qornida 121 kunga to’lgan kunizdan boshlab farishta orqali peshonangizga yozilib qo’yilgan jamiyki narsa rizq deyiladi.
Mana shu yerda uyqisirab o’tirishingiz ham rizq.
Shunday emasmi? Qoqilib tushishingiz ham rizq!
Demak rizq, biz uchun Alloh taolo nimaniki yozgan bo’lsa shu rizq.
davomi bor...
P.S. InshaAlloh ma'ruzani MP3 siniyam joyliman