RAZZOQ
Sulaymon alayhissalom butun dunyoga insu jinlar, hayvonlaru qushlar va shamollarga ham hukmron bo’lganlari sababli o’zlaridan g’ururlanib: "œYo Parvardigoro, menga izn berginki, bir yil davomida rizqlanuvchilarning rizqini men berayin", deb izn so’radilar.
Alloh: "œSen bunga qodir emassan", dedi. Sulaymon alayhissalom: "œYo Parvardigoro, bir kunga ruxsat bergin", dedilar.
Bas, Alloh izn berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom butun insu jinlarni to’plab, qirq kun davomida ovqat pishirishga va oziqlar tayyorlashga buyuribdilar. Shamollarga ovqatlar ustida esmaslikni buyuribdilarki, toki taomlar buzilib, aynib qolmasin. So’ng oziq-ovqatlarni keng sahroga joylab chiqishni buyuribdilar.
Ovqatlar joylangan maydonning uzunligi ham, kengligi ham 1 oylik yo’l edi.
Alloh Sulaymon alayhissalomga: "œQaysi mahluqlardan boshlaysan?" deb vahiy qilibdi.
Sulaymon alayhissalom: "œDengizu quruqliklardan yashovchilardan", debdilar.
Shunda Alloh dengizu ummonlardagi baliqlarga Sulaymon alayhissalomning chaqiriqlariga borishni buyuribdi. Ulkan baliqlar kelib: "œEy Sulaymon, Alloh bizlarni bugungi rizqimizni senga topshirgan ekan", deyishganda, Sulaymon alayhissalom: "œOldilaringizda taom turibdi, xohlaganingizcha yenglar", debdilar.
Nahang baliqlar butun ozuqalarni yutib yuboribdilar-da, "œEy Sulaymon, bizlrni to’ydirgin, biz ochmiz", debdilar.
Sulaymon alayhissalom: "œTo’ymadinglarmi?" deb hayratlanibdilar. "œHali to’yganimiz yo’q", deb javob berishibdi.
Shunda Sulaymon alayhissalom sajdaga yoqilibdilar-da:
"œ MAHLUQOTLARNING BARCHASINI O’ZLARI SEZMAGAN JOYLARDAN "RIZQLARINI YETKAZIB TURGUVCHI ALLOH! SENI POKLAYMAN " debdilar
"œDurratun nosihiyn" kitobidan
Musulmonlar taqvim kitobi 2005 yil III chorak