İslomiy So'zlarning negizi  ( 5692 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  23 Avgust 2009, 13:40:46

Assalomu-alaykum azizlar. O'zbek tilidagi so'zlarning ko'pi (60%yaqini) Arabchadir. İslomiyatga oid so'zlarning hammasi zotan Arabcha.
Arab tilida yangi so'z yasalar ekan, doimo o'rtada negizi qolaveradi. Asosan uch harfdan iborat. Kundalik hayotda ko'p ishlatganimiz, lekin ayni negizdan kelgan so'zlarni bir oraga jamlash menimcha barchamiz uchun foydali bo'ladi. Buning uchun til sohasida juda yaxshi bilimga ega bo'lishingiz shart emas, faqatgina biroz e'tibor bersangiz bas. Birinchi so'zni o'zim aytay.
Masalan, Payg'ambarimizni ismlari, Muhammad, Ahmad. Bu so'zlarning negizi "Hamd" yani Yaratgan Allohga shukr etish, ma'nosida.
Ahmad-
1. Hammadan ko'p hamd etgan.
2. Ko'p maqtov va madh etishga loyiq.
3. Hamma tarafidan sevilgan.
Muhammad
 
Juda ko'p maqtalgan, sevilgan ma'nosida ilk marotaba Payg'ambarimizga berilgan ism.

Agar bilmagan, lekin qiziqqan so'zingiz bo'lsa ham so'rang agar bilsak javob beramiz, agar bilmasak izlanib qidiramiz bahonada hammamiz o'rganib olamiz. Alloh hayirlarga vasila qilsin insholloh....

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2009, 18:02:53

Hamd, so'zidan "Hamid" ham bor, Arab tilida uzun harflar mashhur, masalan "i" uzun aytiladi va hokazo. Bu uzatmalarga qarab, Hamid so'zining uch hil ma'nosi bor.
Hâmid Allohga hamdu sano etgan. Alloha shukr etgan.
Haz. Pay'ambar (S.A.V.)isimlaridandir.
 
Hamîd Madh etilishga loyiq bo'lgan. Dunyo va ohiratda ham faqatgina o'zigagina hos bo'lgan Alloh Jalli Jaloluhu

Hamid hech qanday uzun harfsiz ishlatilganda esa, tamoman boshqa ma'noga aylanar ekan.
Otashi so'ngan olov.
O'lik. İdroksiz. O'likday sokin bo'lgan.

 


Qayd etilgan