IELTS/TOEFL/GRE/GMAT...  ( 16556 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


jasonnur  25 Avgust 2009, 17:46:57

Xullas, qishda IELTS topshirmoqchiman...kimda qanday tajriba bor bular haqida?Muhammadiy, sizda ancha muncha "xazina" bo'lsa keraga?:) bir o'rtoqlashing endi bu ilmlarni...
hamma bemalol yozishi mumkin bular haqda

Qayd etilgan


Muhammadiy  26 Avgust 2009, 01:49:18

Men IELTS o'qimaganman. TOEFLdan bo'lsa, marhamat, tajribamni o'rtoqlashishim mumkin. GRE bo'yicha ham tajribamiz bor, ammo aql o'rgata oladigan darajada yaxshi natija ko'rsatmaganman. :)

Qayd etilgan


Bayern M  26 Avgust 2009, 10:50:39

IELTS TOEFLga qaraganda oson. British Councilni kutubxonasidan chiqmay tayyorlaning. Agar hozir ishlayotgan bo'lsa Galima Nafikova degan language expert bo'lardi, o'sha qizga uchrashsangiz sizga ancha proffesional maslahatlar bera oladi. Aniq bir maslahat olish uchun qaysi yo'nalishda kamchiliklaringiz borligini aniqlash kerak, keyin shunga mos adabiyot o'qish kerak bo'ladi. Agar compdan kitob o'qish sizga yoqsa mana bu yerda ko'plab tekin IELTS kitoblarni topishingiz mumkin www.englishtips.org
Listening section uchun ko'proq BBCni eshitishni maslahat beraman.
Reading section siz juda ko'p so'z bilishingiz shart emas, shunchaki yaxshi mantiqiy fikrlay olishingiz kerak. Tekst texnicheskiy bo'ladi siz undagi so'zlarni hayotda yodlab ulgurmaysiz. Shuningdek scanningni bilsangiz kerak tekstni o'qib chiqish kerak emas vaqt yo'qotasiz. Tekstlar structurasini o'rganib oling, kiruvchi gap, uni tasdiqlovchi gap va hokazo. Tekstni o'qishdan oldin birrov savollarga ko'z yugurtirib oling tekstdan nimani izlash kerakligini bilasiz. Vaqtni taqsimlab oling masalan 1 minut tekstni o'qishga 1 minut savolga 1 minut tekshirishga. Javoblarni 2-3 xil moslari chiqib qolsa belgilab  oling heading tanlayotganda boshqalariga javob berishingiz bilan variantlar soni kamayib to'g'ri javob qoladi. True or False savollarda ehtiyot bo'ling gapni and va or bog'lovchilari bor joyiga e'tibor bering xato bo'lishi mumkin. Esingizda tuting sizni maqsadingiz tekstni o'qish emas, balki savollarga javob berishdir.
Writing. Bilmadim, man uchun qiyin tarafi proccessni ifodalash edi, imtihonda ham process tushgan )) kuchsiz tarafingiz ustida ko"p ishlang
Speaking. Biz native speaker emasmiz xato qilishimiz tabiiy, shuni esda tuting )). Savolga juda batafsil javob bermang kerakli ravishda yetarli miqdorda javob bering. Savolni diqqat bilan tinglang, nimani so'raganini aniq tushunganingizdan so'ng javob bering, siz boshqa javobni bersangiz u sizni to'xtatmaydi, xato gapni aylantiraverasiz )). Enthusiastic bo'ling.

Ko'p test yechishni unutmang. Practice makes better! Xatolaringizni analiz qilib boring. Omads  : )

P.S. Bilganlaringizni yozgan bo'lsam uzrlarim ))

Qayd etilgan


Muhammadiy  27 Avgust 2009, 00:44:22

Aha, o'qishda hikmat ko'p. Ingliz tilida foydali bo'lgan istalgan kitob, gazeta-jurnallarni olib muntazam o'qishga odatlaning. Avvalo, ma'lumot olasiz, ikkinchidan tilingiz rivojlanadi. Siz bilmaydigan so'zlar ko'p uchrasa ham, kontekstdan mazmunni bila olsangiz, lug'at titishingiz shart emas. Chunki lug'at ko'raverish odamni zeriktiradi. Men lug'at ishlatmay qo'yganimga bir necha yil bo'ldi. :)
Ko'p o'qish yozishga ham foyda beradi. Chunki birikmalar, gap-so'z qurilishlarini ko'zingiz ko'rib o'rgansa, yozayotganda o'z-o'zidan shular miyangizga quyilib kelaveradi.

Qayd etilgan


Bayern M  27 Avgust 2009, 09:27:10

maslhatlariz uchun judayam minnatdorman.afsus,hozir O'zbekistonda emasman.manda eng asosiy kamchilik Reading va Writing (eng muhim section lar ekan?) chunki kam o'qiganman va juda ham kam yozganman...shu hafta kitoblarini olaman va keyingi haftadan boshlayman inshallah.manda IELTS bo'yicha ma'lumotlar 0 ,o'shanga qanaqa kitoblarni olishni maslahat berasiz/ va qancha muddat davomida tayyorlanishni? manimcha,avvaldan imtihon topshiradigan kunni bron qip qoyish keraga?
Demak Uzb-da bo'lmasangiz internet tezligingiz yaxshi, BBC-eshita olasiz, youtube (www.youtube.com) ko'ra olasiz va hokazo. Youtube da juda ham ko'p ta'lim bo'yicha materiallar bor o'zingiz kerakli ravishda qidirsangiz bas masalan "ielts speaking" "advanced english language" va hokazo. U yerda ko'plab foydali materiallar bor eshitish, ko'rish uchun. Masalan ESL o'qituvchilaridan Jennifer degani ko'plab common mistakelarni tushuntirgan  videolari bor. www.englishtips.com da chap tarafidagi IELTS bog'lamiga bossangiz barcha IELTS kitoblarni chiqarib beradi. Ko'plab komment olingan kitoblar bu mashhur va foydali kitoblar degani )) har bir section uchun alohida kitoblar, dasturlar, testlar mavjud. Darajangizga qarab tanlab olaverasiz. Chet elda bo'lsangiz o'sha yerdagi BC idorasiga borib ko'ring professional maslahati baribir bu professional maslahatidir. Umuman, olganda boshqa til o'rgatish markaziga borib ham maslahat so'rasangiz bo'ladi. Lekin TOEFL bilan aralashtirmang, chunki ular boshqa bosha olam ))

Tayyorlanish bu sizni bir kunda qancha vaqt ajratishingiz, qanday reja asosida tayyorlanishingiz va hokazo faktorlarga bog'liq. Masalan, bir kun faqat reading bilan bog'liq yo'nalish, ertasiga faqat listening shunga o'xshash.

IELTS topshirish uchun bir oy oldin pulini to'lab qo'yishingiz
kerak.

BC probniy test bo'lar edi, ma'lum miqdordagi to'lov evaziga qancha bal olishinigiz mumkin ekanligini chamalab olishingiz, xatolaringizni bilib olardingiz.
Ha, aytgancha IELTS 2 xil bo'ladi GENERAL va ACADEMIC universitetlarga ACADEMIC topshirishingiz kerak. Mana bu yerda IELTS bo'yicha maslahatlar bor
http://www.aippg.net/forum/viewforum.php?f=6
http://www.4englishexams.com/english-test/ielts/ielts-forum.htm
http://www.ieltsmaster.com/



Qayd etilgan