Kutubxona > O'zbek adabiyoti

O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida

(1/6) > >>

AbdulAziz:
O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobi haqida fikr va mulohazalaringiz?

forumnnb:
Juda yaxshi yozilgan fikr va mulohazalar...
Ayniqsa menga quyidagi mulohazasi yoqadi:
Xullas, o`zbek to`y qilibdi. osh damlanibdi, to`y yaxshi o`tibdi. Ertalab O`tkir Hoshimov uyqudan turib qarasa, qo`shni tomonda janjal bo`layotgan emish, O`tkir Hoshimov choponini elkasi tashlab kirib boribdi o`sha yerga. Qarasa bir burchakda qizaloq yi`g`lab turgan emish, otasi esa uni urishayotgan ekan. Nima bo`ldi? - deb so`rabdi O`tkir Hoshimov. Anavini qaramaysizmi, o`zi hali to`yning harajatlarini qutulganimiz yo`q bu esa  kitob sotib olibdi..... debdi.
Shunda O`tkir Hoshimov ushbu mulohazaning oxiriga quyidagi so`zlarni yozgan edi:
"Men birinchi marta o`zbek bo`lganimga uyalib ketdim"......


Bu gap menga juda ham qattiq ta`zir qildi

AbdulAziz:
Judayam ta'sirli mulohazalar.
O'zbek xalqining mentaliteti haqida bu asarda birqancha fikrlar mavjud.

O'zbek to'y qiladi, yillab yig'ganini bir kunda to'kib sochadi. Keyin esa... yana yillab qiyinchilik bilan mehnat qiladi... So'ng esa yana to'y... Tashqaridan kuzatib tugan odamning bu holatni ko'rib ensasis qotsa kerak.

MaxCmd:
Menga eng yoqqani "Laylak" bo`ldi. Shu gaplarni topib yozganiga jilmayib qo`yasan va ... Va ichingni NIMADIR kemirishni boshlaydi. Jilmaygan yuzing o`rnini tundlik va o`z-o`zidan pushaymonlik qoplaydi. Alam qiladi. O`zingni o`sha o`gildan nima farqing borligini o`ylab o`zingdan jirkanib ketasan. Afsuslangan holda hech narsa bilmaganday yana o`z ishlaringda davom etaverasan!
Chunki, sening ham g`o`r, go`dak bolalaring bor!


--- Iqtibos: forumnnb  17 Iyul 2006, 21:14:18 ---"Men birinchi marta o`zbek bo`lganimga uyalib ketdim"......

--- End quote ---

Hamma biladigan latifa ham borku, gruzinlar bilan o`zbeklar haqida. Shu ham menga juda yomon ta'sir qilgan.

Ziyovuddin:
Negadir shu kitobni skachat qila olmayapman?

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version