O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida  ( 30805 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Zulfina  27 Avgust 2010, 11:13:33

 :as:

Ba'zi insonlar har hafta yangi gazeta xarid qilishadi. Mani esa har hafta o'qishga arzirli gazetam "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"im bor. Bu kitobni qancha o'qisamam hech zerikmiman.

Qayd etilgan


BilmasOY  27 Avgust 2010, 13:01:04

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"... Men bu kitobni 2-sinfda o'qigan paytlarim birinchi marta o'qigandim. O'shanda laylak haqidagi hikoya judayam yoqqandi. Keyinchalik bu kitobni yana ko'p marta o'qidim. Har o'qiganimda yangi ma'no topaman bu kitobdan. Tanqidiy fikrlar judayam tog'ri qo'llanilgan... Ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabat zo'r tasvirlab berilgan. Voqealar real hayotdan olingan... Shunaqa hikoyalar ham borki, uni ta'siridan 2-3kun chiqolmay yurasiz. Xullas, ajoyib kitob.
 Tanqid haqidagi fikrga kelsak, O'tkir Hoshimovni tanqid qiladigan darajaga hali yetganimiz yo'q deb o'ylayman...

Qayd etilgan


ZANGIOTA_DONIYOR  09 Noyabr 2010, 13:01:21

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"...elektro'n variantini olib o'qigandim. Kitobcha shaklida to'laroq chiqanini ko'rib xursand bo'ldim. Hammamiz uchun ibrat bo'la oladi. Siz ham o'qidingizmi...Manga juda yoqdi. :)

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  11 Noyabr 2010, 00:03:27

Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  11 Noyabr 2010, 17:24:26

Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?

Shu savolga javob bervoringlar, iltimos! Bu kitobni boshqachasi ham bormi?

So'raganimni sababi, bir vaqtlar darakchi gazetasida bu kitobdan kam-kam yozilar edi, pdf formatini o'qib chiqdim, darakchida yozilganlari yo'q ekan...

Qayd etilgan


birborekan  11 Noyabr 2010, 18:33:17

Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?

Shu savolga javob bervoringlar, iltimos! Bu kitobni boshqachasi ham bormi?

So'raganimni sababi, bir vaqtlar darakchi gazetasida bu kitobdan kam-kam yozilar edi, pdf formatini o'qib chiqdim, darakchida yozilganlari yo'q ekan...

Menda kitobning 1998-yil, "Sharq" nashriyotidan chiqqan bichimi 84X108 kitobi bor. Kitob 160 sahifadan iborat.
Kitob kichkinagina, shapaloqday.

Qayd etilgan


yoqutxon  11 Noyabr 2010, 23:52:32

Hamma rosa maqtabdi.
Tanqid qiladiganlar ham bormi?

Yoki tanqidga uchraydigan fikrlar yo'qmi u kitobda?

shu savol javobsiz qopti,O'zbekistonning yosh avlodlari?
:as: Asarni o'qib chiqqan bo'lsangiz kerak. Har holda bitta mavzuda yozilgan gapni shu asardan olinganligini darrov tanibsiz.Shunday ekan o'zingiz asarni qaysi tomonlarini tanqidga olgan bo'lar edingiz? Qaysi taraflari yoqmadi. Menga keladigan bo'lsak men bu asarni juda katta qiziqish bilan o'qib chiqqanman uni hech qanaqasiga tanqidga ololmayman....

Qayd etilgan


jasur.best  24 Noyabr 2010, 20:33:53

Kitobdagi ko'p gaplar hazilga o'xshaydi, lekin shu hazilga aralash juda kuchli falsafa singdirilgan. Kitobni har doim sumkamda olib yuraman. O'qigan sahifaarimni ham qayta-qayta o'qiyman. Har kimga har qachon tavsiya etishga arzigulik "bitik"lar jamlangan kitobcha!

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Dekabr 2010, 01:24:01

Kitob adibning ijodga kirib kelganidan buyon to'plab kelgan mulohazalari, mushohadalari, hikoyalari, xotiralari. Menga ko'proq yoqqani "Tarnov" va "Laylak" hikoyalari. Keyin Tabassumga moyil gaplardagi adibning xotiralari juda ma'qul bo'lgan. Yozuvchi bu kitobida hayot haqida, jamiyatimiz haqida, bugungi kunimizga, yaqin o'tmishimizga donishmand nighlar bilan qarab undagi har bir savolga donishmad javoblar beradi.

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Dekabr 2010, 01:26:09

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"da kichik "bitiklar"

Olim va shoir
Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi.
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan Shoir chiqadi!

Paxtakor
Ko’ngli- paxtasidek oppoq. Fe’li-paxtasidek yumshoq. Mehri- paxtasidek qaynoq"¦ faqat bitta aybi bor: "œpaxta qo’yish"ni bilmaydi.

Kapalak va toshbaqa
Toshbaqa guldan-gulga qo’nib yurgan kapalakni ko’rib g’ashi keldi. "œBir kunlik umriga uchishini qara!" Kapalak toshbaqani ko’rib kuldi. "œYuz yillik umriga sudralib yurishini qara!"

Qayd etilgan