Kutubxona > O'zbek adabiyoti

O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida

<< < (3/6) > >>

Zulfina:
 :as:

Ba'zi insonlar har hafta yangi gazeta xarid qilishadi. Mani esa har hafta o'qishga arzirli gazetam "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"im bor. Bu kitobni qancha o'qisamam hech zerikmiman.

BilmasOY:
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"... Men bu kitobni 2-sinfda o'qigan paytlarim birinchi marta o'qigandim. O'shanda laylak haqidagi hikoya judayam yoqqandi. Keyinchalik bu kitobni yana ko'p marta o'qidim. Har o'qiganimda yangi ma'no topaman bu kitobdan. Tanqidiy fikrlar judayam tog'ri qo'llanilgan... Ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabat zo'r tasvirlab berilgan. Voqealar real hayotdan olingan... Shunaqa hikoyalar ham borki, uni ta'siridan 2-3kun chiqolmay yurasiz. Xullas, ajoyib kitob.
 Tanqid haqidagi fikrga kelsak, O'tkir Hoshimovni tanqid qiladigan darajaga hali yetganimiz yo'q deb o'ylayman...

ZANGIOTA_DONIYOR:
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"...elektro'n variantini olib o'qigandim. Kitobcha shaklida to'laroq chiqanini ko'rib xursand bo'ldim. Hammamiz uchun ibrat bo'la oladi. Siz ham o'qidingizmi...Manga juda yoqdi. :)

Shoxruh Mirzo:
Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?

Shoxruh Mirzo:

--- Iqtibos: Shoxruh Mirzo  11 Noyabr 2010, 00:03:27 ---Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?

--- End quote ---

Shu savolga javob bervoringlar, iltimos! Bu kitobni boshqachasi ham bormi?

So'raganimni sababi, bir vaqtlar darakchi gazetasida bu kitobdan kam-kam yozilar edi, pdf formatini o'qib chiqdim, darakchida yozilganlari yo'q ekan...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version