Kutubxona > O'zbek adabiyoti

O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida

<< < (6/6)

Ansora:
Ham yashab ham fikr qilib, ham oquvchilariga bu asari bilan katta nasihat eta olgan yozuvchimiz, Alloh rahmat aylasin...


Bazilar jild jild kitob yozadi bir gapni uqtirish uchun lekin bu asardagi har bir misra bir umrga tatiydi...

Muxsiya:
Mawaqqatli va achchiq bolalik yillaridan olgan xulosalarini menimcha adib wu asarda jamlagan. Alloh rahmatiga olsin.

Sunbula:
Kitob haqiqatdan ham juda ta'sirli va tarbiyaviy hususiyatga ega. Manga bu kitob juda yoqdi. Bu kitobni o'qishni hammaga tavsiya qilgan bo'lardim.

munlu:
Shu so'zlar sizga ham tasir qildimi?

Tarix “xatosi”

     To’qqizinchi asr. Muhammad al- Xorazmiy algebra faniga asos soldi.
     O’ninchi asr. Abu Nasr Forobiy Aristotelning “Metafizika” asariga ehg mukammal sharh yozib, “ikkinchi ustoz” unvonini oldi.
     On birinchi asr. Abu Rayhon Beruniy Yer bilan Oy o’rtasidagi masofani o’lchadi. Ibn Sino medetsina Qomusi- “Tib qonunlari” ni yaratdi.
     O’n to’rtinchi asr. Sohibqiron Amir Temur Yevroosiyoning yarmini tasarrufga oldi. Ahli ilm boshini silab, o’lmas obidalar yaratdi.
     O’n beshinchi asr. Ulug’bek 1019 yulduzning harakat jadvalini tuzdi. Alisher Navoiy o’lmas “Xamsa” sini yozdi.
     O’n oltinchi asr. “Boburnoma” olamga tarqaldi.
     O’n yettinchi asr. Shoh- Jahon dunyodagi yeti mo’jizaning biri- “Tojmahal” ni bunyod etdi.
     Yigirmanchi asr. O’zbek-sovet olimlari misli ko’rilmagan “ixtiro” qildilar: tarix “xato” sini tuzatib, o’tmishda biz yoppasiga “savodsiz” bo’lganimizni isbotlab berdilar…

olim_83:

--- Iqtibos: AbdulAziz  15 Iyul 2006, 01:57:43 ---O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobi haqida fikr va mulohazalaringiz?

--- End quote ---
Iltimos elektron variantini yuklang. Sotib olishni iloji yo'q shahardan uzoqdan

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version