O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida  ( 53226 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 01:57:43

O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobi haqida fikr va mulohazalaringiz?

Qayd etilgan


forumnnb  17 Iyul 2006, 21:14:18

Juda yaxshi yozilgan fikr va mulohazalar...
Ayniqsa menga quyidagi mulohazasi yoqadi:
Xullas, o`zbek to`y qilibdi. osh damlanibdi, to`y yaxshi o`tibdi. Ertalab O`tkir Hoshimov uyqudan turib qarasa, qo`shni tomonda janjal bo`layotgan emish, O`tkir Hoshimov choponini elkasi tashlab kirib boribdi o`sha yerga. Qarasa bir burchakda qizaloq yi`g`lab turgan emish, otasi esa uni urishayotgan ekan. Nima bo`ldi? - deb so`rabdi O`tkir Hoshimov. Anavini qaramaysizmi, o`zi hali to`yning harajatlarini qutulganimiz yo`q bu esa  kitob sotib olibdi..... debdi.
Shunda O`tkir Hoshimov ushbu mulohazaning oxiriga quyidagi so`zlarni yozgan edi:
"Men birinchi marta o`zbek bo`lganimga uyalib ketdim"......


Bu gap menga juda ham qattiq ta`zir qildi

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2006, 02:26:31

Judayam ta'sirli mulohazalar.
O'zbek xalqining mentaliteti haqida bu asarda birqancha fikrlar mavjud.

O'zbek to'y qiladi, yillab yig'ganini bir kunda to'kib sochadi. Keyin esa... yana yillab qiyinchilik bilan mehnat qiladi... So'ng esa yana to'y... Tashqaridan kuzatib tugan odamning bu holatni ko'rib ensasis qotsa kerak.

Qayd etilgan


MaxCmd  18 Iyul 2006, 16:07:56

Menga eng yoqqani "Laylak" bo`ldi. Shu gaplarni topib yozganiga jilmayib qo`yasan va ... Va ichingni NIMADIR kemirishni boshlaydi. Jilmaygan yuzing o`rnini tundlik va o`z-o`zidan pushaymonlik qoplaydi. Alam qiladi. O`zingni o`sha o`gildan nima farqing borligini o`ylab o`zingdan jirkanib ketasan. Afsuslangan holda hech narsa bilmaganday yana o`z ishlaringda davom etaverasan!
Chunki, sening ham g`o`r, go`dak bolalaring bor!

"Men birinchi marta o`zbek bo`lganimga uyalib ketdim"......

Hamma biladigan latifa ham borku, gruzinlar bilan o`zbeklar haqida. Shu ham menga juda yomon ta'sir qilgan.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  16 Aprel 2010, 12:32:02

Negadir shu kitobni skachat qila olmayapman?

Qayd etilgan


HMF  16 Aprel 2010, 12:49:52

Utirasizmi skachat qilib Chorsuga tushing 3000-3500 so'mga beradi.... ana maza qilib o'qizsiz lekin rostan ham zo'r yozgan, qayta qayta o'qishni maslahat beraman .......

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Aprel 2010, 08:06:40

Judayam zor kitob...hammaga tavsiya etaman ayniqsa Yoshlaga

Qayd etilgan


Ansora  18 Aprel 2010, 16:17:29

Bu kitob har birimizni yostiq'imizni yonida turadigan kitob!

Har bir satri bir dunyo nasihatning "qaymog'i"day gap!

Asar yozuvchini o'zlari ham aytganlariday umr bo'yi kuzatgan voqealaridan kelib chiqqan holda yozilganligi uchun biz uchun juda yaxshi hayotiy qo'llanma...

Qayd etilgan


AbdulAzim  27 Avgust 2010, 03:47:52

 :as:
Bugun shu kitobning yarmiga yaqinini o'qidim (elektron variantini). Haqiqatda juda sermazmun, foydali kitob ekan. O'tkir Hoshimovga nisbatan qarashim o'zgardi. Bu kitobni dunyoning past - balandini ko'rgan bir dono kishining hikmatlari jamlanmasi deyish mumkin.

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Avgust 2010, 04:24:06

Assalomu alaykum.
Bu kichkina kitobcha shaklidagi asar 7 yoshdan 70 yoshgacha bölgan barcha öquvchilar uchun birdek yoqadi. Bolajonlar tilida aytilgan latifanamo satrlaru, yozuvchi öz hayotidan olgan qiziqarli, ostida olam-olam ma'no yashiringan hikoyalar. Ikki qator sözga ikki bet yozsa ham tushuntirish mushkul ma'noni jamlay olgan. Ötkir Hoshimovdan Allohim rozi bölsin.

Qayd etilgan