Umumiy bo'lim > Forumchilar blogi

Mehr ko'chasi,19!

(1/4) > >>

ikbaljohn:
Toshkentdaligimda Shuhratdan ( Chilonzor 11dan ) Metro M.Ulug'bekdagi ishxonamga piyoda ketardim.Yo'limda bankovskiy uylardegi adreslarga qarab ketardim.Bir uyni (domni) biqiniga "Mehr ko'chasi,19-uy" deb yozib qo'yilgan.Bir tarafdan o'sha paytlarni sog'inaman,qaytish biletimga qarab qo'yaman,qaysi kuni qaytsam ekan deb o'zimcha kunlarni mo'l qo'yaman.Ikkinchi tarafdan,vatanga qaytib borsamu,Istambulni so'ginarmikinman,dengiz sohilida kechki payt semichka chaqib o'tirganlarimni  ;D sog'insam kerak deb o'ylab qolaman.Hayot yomon emas,o'zim yoqtirgan ishim bor,uyim-joyim tayin,hamkasblar yaxshi odamlar,lekin sog'inch yurak-bag'irni o'rtab yuborarkan.Ko'cha-ko'yda birorta oz'bekni uchratib qolsam,sal ko'ngil ko'tarilarmikin deb gap boshlashga harakat qilaman,lekin ular o'zlarini olib qochishga harakat qilishadi.Ba'zan o'zimdan o'zbeklarimiz chala turkchada mana bu joyga qanaqqilib borsam bo'ladi deb so'rab qolishadi ;D Manam turkcha javob beraman,ular tushunishmaydi.Shunda kulib,o'zbekcha tushuntiraman.Darrov nima ish qilishimni,qancha oylik olishimni,o'zlariga ish bor yo'qligini so'rashadi ::) Ehh devoraman ichimda.Va o'zbeklar nega mandan,yoki bir birlaridan qochishini tushinib yetganday bo'laman ;D
Neyse deyilarmidi  : )

mutaallimah:
 :as:

Bloglar muborak bo'lsin!
Ajoyib mavzu tanlabsiz lekin. Yana ozgina shunaqa hayotga sabr qilib tursez o'rganib ketasiz. Garantiya :D
Hatto O'zbekistonga qaytib ketgiz kelmay ham qoladi  ::)

Ansora:
İnson, nimaga ehtiyoji bo'lsa shu haqda gapiradi..

ikbaljohn:

--- Iqtibos: mutaallimah  30 Avgust 2009, 06:49:19 --- :as:

Bloglar muborak bo'lsin!
Ajoyib mavzu tanlabsiz lekin. Yana ozgina shunaqa hayotga sabr qilib tursez o'rganib ketasiz. Garantiya :D
Hatto O'zbekistonga qaytib ketgiz kelmay ham qoladi  ::)

--- End quote ---
Qulluq!
Chet elda yashab ishlashiz uchun yonida yaqin insoniz bo'lsihi kerak ekan,dardlashadigan,fikr almashadigan.Bu yerga kelishdan oldin uzoq muddatga kelyapman deb o'ylagan edim,endi esa ko'zim yetmayapti.Xuddi ma'lum bir muddatga kegandekman.Inshaolloh,1 oydan keyin vatanga qaytaman,Turkiyaga qaytib kelishni o'ylasam yuragim siqilyapti.Bugun 15 kundan oshdi,ofisda faqat o'zimman,bitta o'zim ishlayapman.Ofis yutvoraman deydi.Ko'chaga chiqsam yo Batmanlik arablar,yo kurdlar,yo negrlar.Dardini ochib-sochadigan,dardlashadigan odam yo'q.Uylanib,xotinni opkemasam bo'lmaydi shekilli.
Bir hafta forumda bo'lmasam,jaa ostin-ustun qivoribsizlar.Moderatorlik tayoqcham qaniydi?

mutaallimah:

--- Iqtibos: ikbaljohn  15 Sentyabr 2009, 02:39:06 ---Qulluq!
Chet elda yashab ishlashiz uchun yonida yaqin insoniz bo'lsihi kerak ekan,dardlashadigan,fikr almashadigan.Bu yerga kelishdan oldin uzoq muddatga kelyapman deb o'ylagan edim,endi esa ko'zim yetmayapti.Xuddi ma'lum bir muddatga kegandekman.Inshaolloh,1 oydan keyin vatanga qaytaman,Turkiyaga qaytib kelishni o'ylasam yuragim siqilyapti.Bugun 15 kundan oshdi,ofisda faqat o'zimman,bitta o'zim ishlayapman.Ofis yutvoraman deydi.Ko'chaga chiqsam yo Batmanlik arablar,yo kurdlar,yo negrlar.Dardini ochib-sochadigan,dardlashadigan odam yo'q.Uylanib,xotinni opkemasam bo'lmaydi shekilli.
Bir hafta forumda bo'lmasam,jaa ostin-ustun qivoribsizlar.Moderatorlik tayoqcham qaniydi?

--- End quote ---
Misrga borishimizdan oldin 4 yil o'sha yerda o'qiymiz-u qaytib kelamiz deb rosa hursand edik... Borib 2 hafta yashagach yig'laganmiz..... 5 oydan keyin o'qishga kirdim qosh ko'zi qoraroq kimni ko'rsam "qayerdansiz?" derdim.. Lekin bittasiyam "O'zbekman" demasdi...... 2.5 oycha shunday o'qidim.. keyinchalik markazda mendan boshqa o'zbek yo'qligini bilganimdan keyin umidimni uzib o'beklarni qidirmaydigan bo'lganman.. Boshqa millat vakillari bilan tanishib, do'stlashib, shunaqa yaqin bo'lib ketganimdan hozir O'zbekistonga qachondir boraman deymanu lekin qancha yashashga sabrim yetarkin deb o'ylab qolaman..... Vaqt hamma narsaga da'vo deb shunga aytishsa kerak-da..

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version