Tohir Malikning "Jinoyatning uzun yo'li" qissasi haqida  ( 8288 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 01:59:03


Farzandlar haqqiga duo qilib so‘z boshlashimiz bejiz emas. Mazkur risolani qo‘lga olgan siz — azizlarning biringiz ehtimol kechagina to‘ng‘ich farzandingiz yoki nabirangizning tug‘ilishi munosabati bilan suyunchilar ulashgandirsiz. Biringiz o‘g‘lingiz yoki qizingizni unashtirib, ularga Ollohdan baxt tilayotgandirsiz. Fursatdan foydalanib, biz ham sizga qo‘shilib ularni duo qilamiz. Yaratgan Olloh ko‘p qatori ularga ham shirin-shirin farzandlar bersin.

Davomi >>>

Qayd etilgan


forumnnb  17 Iyul 2006, 21:08:17

Assalomu alaykum!
Men bu asarni o`qib chiqdim, haqiqatdan juda yaxshi yozilgan!
Faqat nima deb o`ylaysiz, uni o`qigan o`smir ota-onasidan shu kabi fazilatlarni talab qilib qolmasmikin, shu haqda nima deya olasiz......

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2006, 02:23:37

Va alaykum assalom!
Bu asarni nafaqat o'smirlar, balki ota-onalar ham o'qib chiqshsa siz aytgan muammo o'z-o'zidan hal bo'ladi.

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Dekabr 2010, 01:33:35

Bu asarni nafaqat o'smirlar, balki ota-onalar ham o'qib chiqshsa siz aytgan muammo o'z-o'zidan hal bo'ladi.
Abdulaziz aka, bu barcha o'qishi lozm bo'lgan asar. Jinoyatchilik jamiyatning eng jiddiy illatlari va qora dog'laridan biri. Ayniqsa  bu yoshlar o'rtasida urchisa. Qora dog' emas. Balki fojea. Albatta bu asarni barcha ota-onalarning va bo'lajak-ota-onalarning o'qishlari lozimdir.

Qayd etilgan