Kutubxona > O'zbek adabiyoti

Tohir Malikning "Jinoyatning uzun yo'li" qissasi haqida

(1/1)

AbdulAziz:
Jinoyatning uzun yo'li. Tohir Malik
Farzandlar haqqiga duo qilib so‘z boshlashimiz bejiz emas. Mazkur risolani qo‘lga olgan siz — azizlarning biringiz ehtimol kechagina to‘ng‘ich farzandingiz yoki nabirangizning tug‘ilishi munosabati bilan suyunchilar ulashgandirsiz. Biringiz o‘g‘lingiz yoki qizingizni unashtirib, ularga Ollohdan baxt tilayotgandirsiz. Fursatdan foydalanib, biz ham sizga qo‘shilib ularni duo qilamiz. Yaratgan Olloh ko‘p qatori ularga ham shirin-shirin farzandlar bersin.

Davomi >>>

forumnnb:
Assalomu alaykum!
Men bu asarni o`qib chiqdim, haqiqatdan juda yaxshi yozilgan!
Faqat nima deb o`ylaysiz, uni o`qigan o`smir ota-onasidan shu kabi fazilatlarni talab qilib qolmasmikin, shu haqda nima deya olasiz......

AbdulAziz:
Va alaykum assalom!
Bu asarni nafaqat o'smirlar, balki ota-onalar ham o'qib chiqshsa siz aytgan muammo o'z-o'zidan hal bo'ladi.

Nurdinboy:

--- Iqtibos: AbdulAziz  18 Iyul 2006, 02:23:37 ---Bu asarni nafaqat o'smirlar, balki ota-onalar ham o'qib chiqshsa siz aytgan muammo o'z-o'zidan hal bo'ladi.

--- End quote ---
Abdulaziz aka, bu barcha o'qishi lozm bo'lgan asar. Jinoyatchilik jamiyatning eng jiddiy illatlari va qora dog'laridan biri. Ayniqsa  bu yoshlar o'rtasida urchisa. Qora dog' emas. Balki fojea. Albatta bu asarni barcha ota-onalarning va bo'lajak-ota-onalarning o'qishlari lozimdir.

Navigation

[0] Message Index

Go to full version