Umumiy bo'lim > Ro'za
Ramazon haqida ajoyib sherlar
Skato:
Assalamu alaykum vr.vb Forumdoshlar!!! Alloh qodir qilganicha Ramazon haqida she'rlarni yozishila mumkin.......
Bobur Sharipov:
Umr shoshqin daryo ekan, soy
ekan,
Bu oy "œQur’on" nozil bo‘lgan oy
ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy
ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin
uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Alloh olov kamzullarni yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada,
adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas
qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Ro‘zamizni Alloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan
ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak!
Muxsiya:
Bu ramazon haqidagi emasku lekin hammamiz bilgan ramazon qo'shig'i
Ramazon aytib keldik eshigizga
Xudoyim o'g'il bersin beshigizga
Taxmonda pul, katmonda pul
Chiqaraqoling 1000 so'm pul
1000 so'm pulga ot oldinh
Otni sotib qiz oldik
Qizni oti Nigora
Non yopadi bechora
كوثر:
O'RGANDIM RO'ZA ILA
Och va suvsiz qolmoqni,
Sabr-toqat qilmoqni,
Allohga yetishmoni,
O'rgandim ro'za ila.
Bandaga marhamatni,
Ro'zadagi hurmatni,
Minglab minglab hikmatni,
O'rgandim ro'za ila.
Yo'qsillikning ma'nosin,
Solihlarning taqvosin,
Sahovatning bahosin,
O'rgandim ro'za ila.
Shukr mohiyatini,
Zikr fazilatini,
Taqvodor hayotini,
O'rgandim ro'za ila.
Navigation
[0] Message Index
[*] Previous page
Go to full version