Umumiy bo'lim > Ro'za

Ramazonga oid, Ibratli hikoyatlar

(1/2) > >>

ЖАМШИДЖОН:
Mirolim bilan tanishuvim juda qiziq bo’lgan. Qanday tanishganimizni ikkimizdan boshqa hech kim bilmasdi. Lekin endi men hamma bilishini istayman. Garchi bu orqali o’zimning gunox ishlarim ochilsa — da, uyalmayman. Chunki xozir xammasi ortda qoldi usha do’stim bilan bir magazinda ishlimiz xozirda"¦

O"G"RILIK VA MO'JIZA

Navbatdagi mo’ljalim — Mirobod tumanidagi "œBankovskiy dom" lardan biri edi. Boshqalardan farqim — men "œov"ga kunduzi chiqaman. Qulay tomoni ko’p. Birinchidan, kunduz kuni odatda shaxarliklarning hammasi ishda bo’ladi. Ayni peshin paytlari "œdomlarning tagida odam tugul pashsha ham bo’lmaydi. Keyin aksariyat kasbdoshlarim kechasi "œishlagani" uchun kunduzi odamlar xushyorligini yuqotadi. SHuning uchun men xamkasblarimga zid ravishda kunduzi "œIshlayman". Xali biror marta ishkal qilganim yo’q. Balki mana shu voqea sabab qilib, Olloh meni omon saqlab kelgandir"¦.
               Xullas, usha kuni hamma xavas bilan boqadigan "œdom"ga keldim. Qaysi uyda kim yashashi, shart — sharoiti, foyda zarari"¦ xammasini o’rganganman. O’zim ko’zlagan uyga yaqinlashdim. Eshikni ochishim qiyin bo’lmadi. Tashqaridan o’rnatilgan temir eshikning faqat bitta "œzamogi" qulflangan ekan. Ichkarida naqshinkor taxta eshik ochiq. Ajablanmadim. Chunki ko’pchilik ishga shoshayotib eshigining xamma qulfini yopib o’tirmaydi. Bemalol ichkariladim. Keng, xashamatli yo’lakdan o’tib, to’g’ridagi xonaga kirdim-u"¦
               To’g’risi, o’g’rilikka kirgan odamni xamma narsa kutishi mumkin. Ammo bunaqasi"¦ ko’z oldimga besh yil oldingi, o’lim to’shagida yotgan dadam  keldi. Xona to’g’ridagi karavotda ranggi sap — sariq, ozg’in, ammo qorni do’mbiraday shishib ketgan yoshgina yigit yotardi. U yonidagi xontaxtaga chuzilar, qorni xalaqit berib, piyolani ololmasdi. Yuragim orqaga tortib ketdi"¦
               Dadam jigar sirrozi bilan og’rib, bir oyda o’lib qolgandi. Ushanda u kishining xam ko’rinishi shunday edi. Oilada to’ng’ich farzand bo’lganim uchun xamma yuk mening zimmamda, onam sho’rlik o’zini yo’qatib qo’ygandi. Shular yodimga tushib, xayolim qochdimi uta rasmdilligim sababmi, yugurib borib, piyolani yigitning qo’liga tutqazdim. U yuzimga ajablanib qaradi. Shundan so’ng o’zim xam taxtadek qotdim. Nima deyman, axir? Biror tashkilotdan keldim, desam, eshikni o’zimning kalitim bilan ochdim. Eshik ochiq ekan, desam, qo’limda rezina qo’lqop! Bir laxzada xamma ko’chaga kirib chiqdim: "œyigitni o’ldirib gunoxga botdim, qo’lga tushib, qamaldim, onam o’g’ri ekanligimi  bilib, xushini yuqotdi"¦."
             Yaxshisi, tan olaman, deb turgandim, yigit meni xayron qoldirdi:
          - Rahmat, o’tiring! Rosa chanqab ketdim"¦. — u shunday deya piyoladagi suvni og’ziga olib, yonidagi
             idishga qaytarib tufladi. 
          -   Suv ichish mumkinmasmi? — o’zim bilmagan xolda savol berdim.
          -   Ro’zadorman"¦. Chanqoqqa chidolmay, og’zimni chaydim. Qurib ketyabti"¦.
          -   Battar xayratga tushdim. Men gumrox Ramazon oyi kirib kelganini xam unutib yuborgan ekanman.
          -   Shu xolingda ro’za tutishga balo bormi? — tilimdan beixtiyor shu so’z uchdi.
          -   Shifo toparman, degan umidda tutayabman. Uydagilar qarshi"¦ Ammo men oyoq tirab turib oldim.
             Dori ukollarni xam kechqurun, iftordan keyin olyabman. Jigarni yuvadigan, tozalaydigan,
             baquvvat qiladigan o’t — o’lan — u, meva sabzovotlarni yivobman.
          -   Sen parxez qilib, tez xazm bo’ladigan ovqat eyishing kerak, - negadir uni "œsen"lab gapirardim.
             Menimcha, och o’tirish senga mumkin emas"¦.
          -   Do’xtirimiz, desam..
          -   Uning ovoz oxangida "œo’g’riligingiz ma’lum — u, buni qayerdan bilasiz", degan ma’no zoxir edi.
          -   Kurmayabsanmi? qo’llarimdagi rezina qo’l — qopga ishora qildim. — Xirurgman. Bir "œoperasiya" — ni
             amalga oshirgani kelgandim"¦.


ЖАМШИДЖОН:
 - Xa — a —a, men xalaqit berdim, to’g’rimi? "œOperasiya"ngizni davom ettiravering, indamayman. Sizni ko’rganim yo’q. Uxlayotganimda kirib — chiqqansiz "¦ - u endi jiddiy gapirayotgandi.
-   Qo’ysan — chi! Xammasini rasvo qilding-ku! — dedim kulib. Keyin piyolaga ishora kuldim. — Yaxshisi, suvdan ich! O’zingni qiynab nima qilasan? Joning shundoq ham azobda-ku!
-   Xech qayerim og’riyotgani yo’q"¦
-   Jigaringmi?
-   Xa, sirroz! Uch kun bo’ldi, uyga javob berib yuborishdi Menimcha, ota — onamga umid yo’q, deyishgan, - uning ko’zlariga yosh to’ldi. — Ammo men yengilmoqchi emasman! Yashagim kelyabti"¦ Usha kuni keliboq internet titkiladim. Qiziq ma’lumotlar topdim. Amerikalik Pol Bregg o’zining ellik yillik shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, "œMu’jizakor ochlik" degan kitob yozibdi. Unda yozilishicha, inson sog’ — salomat bo’lay desa, ro’za tutishi zarur ekan. Yana Payg’ambarimiz xam  "œRo’za tutinglar, salomat bo’lasizlar", degan ekanlar.
-   Uka, bularni kasal bo’lmasdan oldin qilish kerakdir-da! — dedim achinib. Mening dadam xam shu kasal bilan og’rigandi"¦
-   Davomini aytmay qo’ya qoling"¦. Yaxshisi, menga yordamlashing, vannaga kirishim kerak.
-   Uni suyab, zo’rg’a turg’azdim. Vannaga yetguncha toliqib, tik turguncha menga osilib qoldi. Og’irligidan yerga kirib ketsam kerak, deb o’yladim. Nazarimda, qornida qat — qat tosh yig’ilgandek.
-   Bu azobga chidagandan kura, o’lib qolgan yaxshi"¦ - dedi u xars — xars nafas olarkan. — Lekin odamzotning o’lgisi kelmas ekan-da! Mening ham o’lgim kelmayabti. Axir endigina yigirmaga kirdim. Xali birorta qizning qo’lini xam ushlaganim yo’q. Darding qiz bo’lmay o’l deng! Xazil — da"¦.  Unga raxmim keldi. Dast ko’tarib, vannaga olib kirdim. Peshanasidagi qatra — qatra ter qoshi bo’ylab ko’ziga tusha boshlagandi. Usha yerdagi sochiqni olib artdim.
-   Raxmat! Suvni "œnormalniy" qilib ochib bering. Ketib qolmang. SHu yerda turing"¦.
-   Shu xolingda cho’milmoqchimisan? Men seni cho’miltirishga kelganim yo’q! — O’zimcha ko’nglini ko’tarmoqchi bo’lib xazil qildim.
-   Alhamdilullox, sizni menga Xudo yuborgan. Peshin namozini o’qishni niyat qilib o’tirgandim. Biror kimning yordamisiz o’qiy olmayman. Shunday ekan, qolishga majbursiz"¦
-   Ja-a-a, qiziq ekansan-ku! Zo’rg’a yuribsan — u, namoz o’qiganingga o’laymi?
-   E — e — e, aka"¦ Mening o’rnimda bo’lganingizda, o’limingiz naqd bo’lganda qay xolga tushardingiz? Odamzotga umid degan bir tuyg’u berilganki, joningiz bo’g’zingizda tursa xam sizni tark etmaydi. Tuzalib ketarman, deb umid qilasiz. Ko’p emas, Olloh menga uch — to’rt yil umr bersin, uylanay, bola — chaqa kuray"¦ Umr bermasa xam mayli, u yoqqa dinsiz ketmasam bo’ldi"¦
-   Gaplaridan larzaga tushdim. Taxorat olishida yordamlashib, yana karavotiga olib keldim.

ЖАМШИДЖОН:
- Joynomozimiz xam yo’q. O’zi namozni xam shifoxonada bir chol o’rgatdi, savobga qoldi, lekin "¦Shu paytgacha qunt qilmadim. Bugun negadir o’qisammi, deb o’tirgandim. Mana bu uyga kiring, choyshablar bor. Birortasini olib chiqsangiz , joynamoz qilamiz"¦ Men so’zsiz unga itoat etayotgandim. Indamay u ko’rsatgan xonaga yo’naldim. U ortimdan baqirdi:
-   Atrofga yaxshilab qarang, balki siz "œoperasiya"qilishga arzigulik narsa chiqib qolar"¦ Men namoz o’qiyotganimda bekor o’tirmaysiz"¦
-   Bugungi "œoperasiyam" sen ekansan, - dedim men xam bo’sh kelmay.
-   Birinchi namoz o’qishim. Adashsam, kulmang yana"¦. dedi u choyshabni erga qo’yayotganimda. Xarakatlarini yaxshi bilaman. Siz yonimda turing, ruku, sajda qilayotganimda yordamlashasiz"¦ Uni tirsagidan ushlab endi turg’azayotgandim, eshik ochilib, o’rta yoshli chiroyli ayol kirib keldi. Shoshib qoldim. Yerga qarab salom berdim. Ayol alik olgach, o’g’liga yuzlandi.
-   Doring bu o’rtadagi "œapteka"larda yo’q ekan. Izlab — izlab ikki bekat nariga ketib qolibman, - ayol shunday deya qo’lidagi kalitga ishora qildi. — Eshik ochiq qolgan ekanmi? Yuragim "œshuv" etdi. Yaxshiyam boya qo’lqopimni yechib qo’ygan ekanman.
-   O’rtog’imning kelishini sezgan ekansiz — da, oyi . Siz ketdingiz, u keldi, - u bor o’g’irligini menga tashlab, onasiga qaradi. Kasalligimni eshitib kelibdi.
-   Voy, o’zim aylanay sizdan. Ilgari ko’rmagan ekanman — da, tanimadim. O’g’limni siylab kelibsiz, raxmat! Ismingiz nima o’g’lim? Nima deyishni bilmay qoldim. U o’rnimga javob berdi:
-   Ismi — o’g’ri!
-   Daxshatga tushdim. Yuragim dukillab ura boshladi. Ablax! Kasal bo’lsa xam pishiq ekan. Yaramas! Ana, endi qo’lga tushdim. Igna olmay turib, Qamalaman! Kallasining ishlaganini qarang! Mening raxmimni keltirib, onasi kelguncha ushlab turdi — ya, ayyor! Boya o’zi oladiganimni olib, ketishim kerak edi"¦ Shu uyda uni itara solib qochmoqchi bo’ldim. Ammo"¦
-   Xazillashdim, oyi"¦ Laqabi — O’g’ri! Ismingizni ayting, oyim siz bilan tanishmoqchi, - meni turtdi.
-   Usha kuni ularnikida kechgacha qolib ketdim. Mirolim oilada katta farzand ekan. Biznes bilan shug’ullanib, kasalini o’tkazib yuboribdi. Otasining yordami bilan beshta dukonni yurg’izayotgan ekan
-   Vaqtingiz bo’lsa ertaga xam keeling. Oyim to’yga ketadi. Ikkalamiz o’tiribmizda! — dedi u ketayotganimda. Qaytib qadamimni xam bosmoqchi emasdim. Lekin uning iltijoli nigoxi ko’z oldimdan ketmadi. Onasi menga ishonib to’yga ketgan bo’lsa, qiynalib yotgandir? Shuni o’ylab yana uyiga bordim. To’g’rirog’i, Ramazon oyi o’tguncha borib turdim. Chunki meni bu yerda hayrat va qiziqish boshlab kelardi. U ko’z o’ngimda sog’ayib borardi. Rost! Ro’za oxirida uning qornidagi shish ancha qaytdi. O’zi turib — o’tiradigan bo’ldi"¦ Xursandchiligidan o’zini qo’yarga joy topolmasdi"¦
-   Qara — ya, qizlarning qo’lini ushlaydigan bo’lding,
-   Dedim xazillashib.
-   Xudoga shukr! Alloh ikkimizni bir — birimizga sababchi qildi, - dedi u quvonchini yashirolmay. — Nega "œoperasiya" bilan shug’ullanishingizni, qanday qilib bu yo’lga kirib qolganingizni surishtirmayman. Buni ikkalamiz xam unitamiz. Yotib qolishimdan oldin bitta dukonimizni "œRemont" qilishga topshirgandim. Ushani sizga beraman. Birga ishlaymiz. Nima dedingiz?
-   Men jon — jon deb rozi bo’ldim"¦                                                      OISHA IYMON YOZDI....


Ha aziz birodarlar ajib bir hikoyat ollohning mo’jizasi bu, hozirgi kunimizdagi ko’pgina insonlar to’rt muchchasi sog’ — salomat  bo’la turib Ro’za tutishmaydi, namoz o’qishmidi azon aytilib turgan mahalda esa namozlarga kelmay choyhonalarda harom lo’qmani og’zilaridan o’tazib turgan bo’lishadi. bir kasal olloh uchun namoz uchun shoshilmoqdami, biz sog' omon bo'la turib namoz o'qimaymiz ollohni esmaymiz. Shunchalar zalolatga ketganmiz - ki, hatto sevgan qizlarimiz o'ylagandek ollohning o'ylamaymiz. Sevgan qizlarimiz, kayf - safoga berilgan do'stlarimiz, tv hazratlari, g'iybat - ig'vo, mansab, obru, e'tibor haqida o'ylaymiz. Lekin olloh uchun 5 minutlik ibodatga shoshilmaymiz, g'iybat so'zlar og'zimizdan otilib chiqadiyu, lekin ollohning ismi hech chiqmaydi, O'zimizni obruli mansobdor qilib ko'rsatamizu, lekin Ramazon oyida bozorlarda gaz suv ichaman deb turgan insonlarni ko'rib hayratda qolasan. So’zlamoq bizdan, Ibrat sizdan, Hidoyat esa faqat ollohdan. Olloh hammamizi to'g'ri yo'lga solib qo'ysin Insholloh. Hammalaringa Yana bir bor ramazon va istiqlol bayramlarin bilan tabriklayman

ЖАМШИДЖОН:
 
SIZ OMON BO'LING, DADA...
(yoxud dadamga maktub)

Dada! Sizni dugonalarimday "dadajon" deb atay olmayapman. Chunki siz ularning dadasiday emassiz... Jonimga jonday payvand bo'lolmaysiz. Sizning o'z olamingiz, o'z tashvishlaringiz va o'z oilangiz bor!

...O'shanda ham Ramazon oyi edi. Onajonim ulug' ayyom - Arafa kuni chiroyli qilib ovqat pishirdi. Keyin o'sha yerda ovqatlanarsizlar, bo'lmasa kechga qolib ketasizlar ekan, deb, onajonim bizni yo'lga kuzatib qo'ydi. Olti yashar singlim ikkalamiz qo'l ushlashib, yoningizga bordik. Uyda buvim... ayolingiz bilan birga o'tirishgan ekan. Siz esa ertaroq ovqatlanib bo'lib, yana "Damas"ingizda kira qilgani ko'chaga chiqib ketibsiz. Bizni ko'rib ayolingiz dast o'rnidan turdiyu, solingan dasturxonni yig'ishtirishga tushdi. Buvim ham biz bilan istamaygina, sovuqqina so'rashdi. Yosh bolaligimizga borib, hech narsaga ahamiyat bermasdik. Xayolimizda bugun bayram, hamma xursand bo'lishi kerakday edi. Biroq kutilmagan vaziyatlar sodir bo'la boshladi. Buvim qo'limizdagi tugunni qo'l uchida (!) ushlab, tashqariga yo'naldi. "Ertaga isitib yeymiz", deya palovni oshxonaga olib kirib qo'ydi.

- Buvi, biz uyda osh yeganimiz yo'q. Onajonim o'sha yerda ovqatlanarsizlar, degandi, -desam ham parvo qilmadilar. Balki bizning kelishimizni xohlamagan ayolingiz o'z xonasiga kirib olib, o'zini xushidan ketib qolgan qilib tomosha ko'rsatayotgandi, buvim uning yoniga borib, qo'l-oyoqlarini uqalagancha, "Sizga nima bo'lyapti, qizim? Kundoshingiz bolalaridan "ilmu-amal" qilib berib yuborgan chog'i... Sizga darrov ta'sir qilyapti..." dedi. To'g'risi, "ilmu-amal" degani nima ekanini hech tushunmadim. Keyinroq bu haqda onajonimga aytib so'rasam, rosa yig'ladilar. "Umuman "ilmu-amal" degan gapni yodingdan chiqar, qizalog'im", deb qattiq tayinladilar.

...Kayfiyatimiz tushib ketgan, qornimiz och... Biz bilan hech kimning ishi yo'q. Singlim ikkalamiz ham kelganlarimizga ming pushaymon bo'ldik. Bir payt hovli tomonda g'ingshiyotgan kuchukchaga ko'zimiz tushdi. Ne ko'z bilan ko'raylik-ki, onajonim pishirib bergan oshni buvim itga to'kib beribdi...

...Uni ko'rib, keng hovlingizga ushoqday jismimiz sig'may qoldi, dada! Qani endi vaqt kech bo'lmaganda edi, singlimni yetaklab o'sha paytdayoq o'z uyimizga, onajonimning yoniga qaytib ketgan bo'lardik. O'shanda buvimdan sovigan ko'nglim qayta ilimadi. Axir, Alloh bergan rizqda qanday illat bor edi-ki, buvim biz nabiralaridan ham a'lo ko'rib, ovqatni hayvonga to'kib bersa?!

O'sha kuni sizni uchrataolmadik. Uyga juda kech qaytibmiz. Biz och-nahor uxlab qolaverdik...

Ertasiga Hayit bayrami bo'ldi. Sizning sovuq muomalangiz bizni yanada tashvishga soldi. Otasiga erkalanadigan bolakaylarday sizni suyib, suykalolmadik, "hayitlik" so'rashga ham botinaolmadik. Lekin siz ikkalamizning qo'limizga uch-to'rt so'm tutqazdingiz harqalay... va "boshqa bu yerga kelmanglar. Men o'zim sizlarni ko'rgani boraman..." dedingiz.

Ey falak! Qaydanam kunimiz sizday toshbag'ir otaga qoldi-a? Oradan olti oy o'tdi, ammo siz bizni ko'rgani kelmadingiz, dada! Siz bizni ko'rgingiz kelmasligi, biroq biz sizni ko'rgimiz kelishi, sog'inishimiz sababini bilasizmi? Siz badgumon onadan, biz esa mehribon onadan tarbiya ko'rganmiz, dada! Onam nega bizni shunday tarbiyaladi, doim sizni yo'qlashga oshiqamiz! Nega?! Ehtimol, buvim onamni "yomon" deyishicha bordir, shu bois siz onajonimni, bizni tashlab ketgandirsiz? Lekin shuni biling, dada, onam hech ham "yomon" emas. Negaki...

...Ramazon oylarida tinmay televideniye orqali kishi ma'naviyatini oshiradigan, ruhini poklaydigan, nafs quliga aylanib, ko'zlarini yog' bosganlarga saboq bo'ladigan ko'rsatuvlar namoyish etildi. O'sha ko'rsatuvlarda farzandiga bemehr otalarni, onalarni, aksincha ota-onasiga e'tiborsiz bo'lgan bolalarni ko'rdim. Menga katta dars bo'ldi. Yaxshi-yomonni ajrata oldim. Ayniqsa, farzandlarini oro yo'lda sarson qilib, o'zga ayol bilan oila qurib, bemalol yashab yurgan, keyin vaqt o'tib xor bo'lgan otalarni ko'rganimda... ko'nglimdan nima o'tganini bilasizmi? Dadam ham ko'rayotgandir, o'ziga tegishli saboq olayotgandir, basir ko'zlari mana shularday xor bo'lmay turib ochilar, bizni yo'qlab kelar, deb o'yladim. Farzandlarini "Bolalar uyi"ga joylab, xabar olish u yoqda tursin, balki boshqa erkak bilan yashab ketgan ayollarni ko'rganimda... g'amxo'rim onajonimga nisbatan mehrim yana-da ko'proq oshdi. Chunki sizni ham, buvimning ta'biri bo'yicha "yomon" onajonimni ham qanday ekanliklaringizni bilib yuribmiz, axir...

...Bir kuni bog'chadan singlimni olib chiqayotsam, oq "Damas"ga ko'zi tushib mashina ortidan chopib ketdi. Bazo'r yetib olib, "Jon singlim, u dadamiz emas-ku. "Damas" -dan ko'pi bormi?" deb ovutdim uni. Oradan kunlar o'tib esa uyimizning deraza oynasidan singlim tashqariga qarab o'tirar, mungli ko'zlaridan yosh oqib unsiz yig'lardi. "Damas"ni qo'li bilan ko'rsatib "Opa, dadam emasmi?.." deb meni so'roqqa tutdi. "Yo'q, u dadam emas", dedim mening ham yuragim ezilib.

Tunlari yotog'iga kirib ketib, menga bir so'z aytmay, odamovi bo'lib olishi , ertalabda esa singlimga yordam tariqasida joyini to'g'rilab qo'yayotib, bolishini ko'targanimda ostidan sizning suratingiz turganini ko'rganimda...

Ehtimol, onajonim sizlar uchun yomondir, ammo bizdan qaysi paytda yomonlik ko'rgansiz, dada? Onajonim yomonligi uchun uyimizga kelolmayotgan bo'lishingiz mumkindir? Ammo biz norasidalaringizning har kuni qatnaydigan bog'chamiz, maktabimiz bor edi-ku. Hech yo'q ikki oyda (faqat olti oylab emas) bir bora kelsangiz, diydoringizga to'yib olmasmidik, dada! Nega bizni ko'rgani kelmagansiz?! Nega bizni mehringizga zor qilib mustar etgansiz?! Savollarimga javob bering!

Hali men to'liq voyaga yetmay turib, sovchilarning eshik qoqishi bizga tinchlik bermay qo'ydi, bugun. Bu ham bo'lsa, bizning qanday oilaning farzandi, qanday qizligimizni bilganlaridan bo'lsa kerak? Nomimiz xunuk bo'lganda, birov ostonamizni xatlab kelarmidi? Nima deb o'ylaysiz?

...Tunov kuni rahbarimiz: "Ota-onalar majlisiga hammangizning dadangiz kelsin," -dedi. Men ustozimga: "Onajonim kelsa maylimi? Chunki mening dadam o'lgan..." -dedim. Bu haqda onajonim eshitib, rosa yig'ladilar. "Nima uchun yolg'on so'zlading?..", deya ko'z yosh qildilar. Lekin men onajonimga yolg'on gap aytmaganimni tushuntirdim. Sababi, siz rostdan ham ma'nan o'lgansiz, dada! Siz tufayli murg'ak dilimiz qonga to'ldi. Bu esa hayotda bosh ko'tarib yurgan tirik otalarning ishi emas! Tirik bo'lganingizda edi, oylab qorangizni ko'rsatmay, ushoqqina ko'nglimizga sog'inch azobini yuklab bizga zulm o'tkazmagan bo'lardingiz!

Mazlumalarning duosi beshak qabul, dada! Singlim ikkalamizning o'ksik qalbimizni sog'inch o'rtaganda, ko'nglimizdan "oh"lar otilib chiqqanda necha bor avtohalokatga uchradingiz. Ammo onajonim tonglari uyqusidan turib joynamoz ustida Allohga qilgan nolalari sabab, sizni Tangrim o'zi asradi doim. O'shanda ham murg'ak bolalaringizning uvoli tutayotganini sira his qilmadingiz-a, dada?! Shunchalar ham qalbingizning ko'zi ko'r bo'ladimi? Biroq sizning va sizga shunday tarbiya bergan onangizning qalblaringizdan Alloh marhamatini sug'urib olgan bo'lsa... ayb sizlarda emas. Ammo shuni ham unutmaslik kerak, barcha ezgulikka xolis niyatga ko'ra erishiladi!

Meni bugun tashvishga solgan narsa shuki, hayotda bizday farzandlariga tirgak kerak paytda o'zga olamda "o'zgalar" bilan yosh umringizni kechirib, ko'zlaringizdan nur, bilagingizdan quvvat, oyog'ingizdan mador ketganda esa ko'cha eshigini nigohlaringiz bilan o'yib, to'shakka mixlanib qolganingizni ko'rishni istamayman. Qarigan chog'ingizda yog'och hassaga emas, balki bizday farzandlaringizga suyanishingizni xohlayman. Bizning dadamiz hamisha boshini baland, qaddini tik tutib yurishi kerak! Mayli, siz omon bo'ling, dada...

QIZINGIZDAN.

 

Rabella:
МЕА А ЎЗАДОА МАА
— Ойижон, мени ҳам саҳарликка уйғотинг, мен ҳам сизлар билан рсза тутаман, — деди Фазлиддин онасига.
— Ҳали кичкинасан, қийналиб қоласан, — деди онаси. — А­нди биринчи синфга бораспсан - ку?
— Қийналмайман, ойижон, — деди Фазлиддин, — ана, Мулла тоғамнинг сғли Акмалхон ҳам мен билан бирга сқийди - ку? У "œА­ртага рсза бошланади, тутасанми, мен тутаман, стган йили ҳам тутувдим", деди.
— Майли, уйғотамиз, — деди она - боланинг суҳбатига аралашган Собир ака. — Ойиси, Фазлиддин сзи хоҳласптими, индаманг. Кеча, жума намозида мулла Абдураҳмон айтдики, ҳали балоғатга етмаган болалар рсза тутсалар савоби ота - онасига ёзилар екан.
— Майли, уйғотамиз, — деб сғлини тинчлантириб срнига ётқизди Маърифат опа. — Биз билан бирга саҳарлик қилсин. Бир ухлаб туриб сна овқат еб кетаверади.
Аммо Фазлиддин саҳарликдан сснг ухламади. У рсзанинг нималигини билмаса ҳам, унинг шартлари, амаллари нималигини билмаса ҳам рсза тутганидан, ота - онаси билан бирга камтарона бслсада серфайз дастурхон атрофида стириб саҳарлик қилганидан шод ва масрур, кснгли ифтихорга тслган еди. Фазлиддин шу кстаринки кайфистда ертароқ мактабига йсл олди.
— Ухлаб қолмадингми, — савол билан кутиб олди Акмалхон. — Тутдингми?
— Ойим уйғотдилар, тутдим.
— Саҳарликка нима единглар?
— Ширчой ичдик. Асал, майиз, туршаклар ҳам бор еди, — деди Фазлиддин. — ¤зларинг - чи?
— Ойим ҳар йили А амазонда саҳарликка атала пиширадилар. Қуйруқ солинган аталадан срим коса ичсанг, кечгача очиқмайсан.
— Мен ҳам ойимга айтаман, атала пишириб берадилар.

Ҳар танаффусда икки дсст бир - биридан сз сирлари бслиб қолган рсзалари ҳақида "œбузиб қсймадингми", деб ссрашарди.
Фазлиддин бир кун ҳам рсзани бузмади. Қайтанга Акмал бир куни бузиб қсйишига сал қолди. Синфдошлари Жасурбек ҳовучига солган пистадан бир донасини Акмал енди оғзига солган едики, Фазлиддин унинг қулоғига шивирлади:
— Биз рсзадормиз - ку!
— Ҳа - с, менинг тишим оғриб турувди, — деб Акмалжон писталарни Жсрабекка қайтариб берди.
Икки дсст бузмасдан рсзаларини тслиқ тутишди.
Кейинги йил ҳам.
Кейинги йиллар ҳам.
— Ойи, дада, мен ҳам бугун кечқурун таробеҳ намозига, Абдураҳмон домланинг масжидига чиқаман, — деди мактабдан қайтган Фазлиддин.
— Ҳали ёшсан - ку, — деди отаси. — Ҳеч бслмаса намоз сқишни биласанми?
— Ашим сн иккига тслди. ¤ғил бола сн бир ёшидан сқиши керак екан. Бир йил кечикибман, — деди Фазлиддин. — Аамозни Абдураҳмон домла сргатар екан. Акмалхон ҳам бораспти.
Ифторликдан сснг Фазлиддин шоша— пиша дафтар— қалам кстариб масжидга кетди.
— Амон ксздан асрасин, — ксзи ёшланди Собир аканинг. — Шу сғлингдан умидим катта.
Фазлиддин намоз сқишни тез срганди, укаси Аслиддинга, синглиси Ойшабонуга ҳам сргатди. Собир аканинг хонадонида рсза тутмайдиган, намоз сқимайдиган одам қолмади.
Шаҳарга тушиб жума намозини сқиган Собир ака солиҳ ва солиҳа фарзандлар, уларнинг ота - онага охиратда асқотадиган савобли амаллари хусусида маъруза қилган қори домланинг ссзларидан қалби ҳалим бслиб, сзининг ҳам шундай фарзандлари борлигидан фахрланиб, шаҳар бозорига стди. Автобус чиптасига сраша пул олиб қолиб, қолган бор пулига хурмо, ҳолва, турли ширинликлар ва болаларига кийим - кечаклар харид қилди. Кечқурун тскин дастурхон атрофида, бутун оила аъзолари билан бирга рсзасини очар екан, ксзда ёш билан дуо қилди:
— Ларвардигорим, "œА сзасини очаётган бандамнинг дуосини тсхтовсиз қабул қиламан", дегансан. Ваъдасига енг вафодор ҳам сзингсан. Менинг ҳам фарзандларим ҳаққига қилаётган дуоларимни қабул ет. Фарзандларимнинг умрини узун, ризқини бутун қилгин! Иймон - еътиқодларини мустаҳкам қилу сзинг уларни тсғри йслдан адаштирма! Ҳаммамизга икки дунё саодатини бер! А аббона отина фи дус ҳасанатан ва фил охирати ҳасанатан ва қина азабан нар. Бираҳматика ё арҳамар роҳамин!
¤ша йили таробеҳ намозининг бошидан охиригача Фазлиддин билан Акмалжон жсровоз бслишиб, таробеҳ тасбиҳини айтишди. А амазон сснггида мулла Абдураҳмон бутун жамоадан шу икки ссмир ҳаққига дуо олиб берди.
— А­лнинг, юртнинг корига срайдиган, динимизга хизмат қиладиган йигитлар бслиб камол топишсин!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version