Assalomu-alaykum azizlar. O'zbek tilidagi so'zlarning ko'pi (60%yaqini) Arabchadir. İslomiyatga oid so'zlarning hammasi zotan Arabcha.
Arab tilida yangi so'z yasalar ekan, doimo o'rtada negizi qolaveradi. Asosan uch harfdan iborat. Kundalik hayotda ko'p ishlatganimiz, lekin ayni negizdan kelgan so'zlarni bir oraga jamlash menimcha barchamiz uchun foydali bo'ladi. Buning uchun til sohasida juda yaxshi bilimga ega bo'lishingiz shart emas, faqatgina biroz e'tibor bersangiz bas. Birinchi so'zni o'zim aytay.
Masalan, Payg'ambarimizni ismlari, Muhammad, Ahmad. Bu so'zlarning negizi "Hamd" yani Yaratgan Allohga shukr etish, ma'nosida.
Ahmad-
1. Hammadan ko'p hamd etgan.
2. Ko'p maqtov va madh etishga loyiq.
3. Hamma tarafidan sevilgan.
Muhammad
Juda ko'p maqtalgan, sevilgan ma'nosida ilk marotaba Payg'ambarimizga berilgan ism.
Agar bilmagan, lekin qiziqqan so'zingiz bo'lsa ham so'rang agar bilsak javob beramiz, agar bilmasak izlanib qidiramiz bahonada hammamiz o'rganib olamiz. Alloh hayirlarga vasila qilsin insholloh....