QALB XASTALIGINING MANBAI SHAHVATLARGA ERGASHISH VA UNING MUOLAJA YO’LI SHAHVATLARNI TARK ETISH EKANIGA SHARIAT VA AHLI BASIRAT DALILLARI
Agar yuqorida tilga olingan narsalar xususida chuqurroq o‘ylab, ularga jiddiy e’tibor bilan yondashsang, botin ko‘zing ochiladi.
Qalb illatlari, xastaliklari, ularning muolaja yo‘li ilm va yaqiyn (haqiqiy ishonch) nuri bilan namoyon bo‘ladi...
Ilmda daraja bo‘lgani kabi iymonda ham daraja bor. Ilm iymondan so‘ng hosil bo‘ladi. Olloh taolo deydi:
«Olloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland)
daraja-martabalarga ko‘tarur» (Mujodala, 11).
Kimki shahvatlarga qarshi bo‘lish Olloh taologa eltuvchi yo‘l ekanini tasdiqlasa, garchi bu tasdiqning sababi va sirridan. bexabar bo‘lsa-da, u mo‘minlar jumlasidandir. Agar shahvatni ziyoda qiluvchi va bu hisning kuchayishiga yordam beruvchi jihatlardan ogoh bo‘lsa, demak bu kishi ilm ato etilganlar toifasidandir. Olloh taolo ikkala holatda ham chiroyli oqibatni va’da qilgan. Olloh taolo aytadi:
«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida Qiyomat Kuni mahshargohda)
Parvardigorining (huzurida)
turishi (va u Zotga hisob-kitob berishi)
dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda, faqat jannatgina (uning uchun)
joy bo‘lur» (Van-Noziat, 40-41). Olloh taolo deydi:
«Ana o‘shalar Olloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (ya’ni, taqvo imtihonidan o‘tgan) zotlardir» (Hujurot, 3).
Aytiladiki, shahvat muhabbati taqvoni dildan sug‘urib oladi. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Mo‘min beshta balo ichidadir (ya’ni, mo‘min doimo beshta balo — ofatning qurshovida bo‘ladi. Tarj.): mo‘min unga hasad qiladi; munofiq uni yomon ko‘radi; kofir unga qarshi kurashadi; shayton uni adashtiradi; nafs u bilan nizoga boradi» (Abu Bakr ibn Lol rivoyati).
Rivoyat qilinadi, Olloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qildi: «Ey Dovud, ashobingni shahvatga qul bo‘lib qolishdan ogoh et. Chunki, shahvatga bog‘langan qalb men-dan to‘silgandir».
Iyso alayhissalom aytdi: «Ko‘z ko‘rmagan, g‘oyibda va’da qilingan narsa uchun shunday yonidagi shahvatni tark qilgan kishi qanday go‘zal!»
«Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom jihoddan qaytayotgan qavmga qarata dedilar:
— Marhabo, kichik jihoddan ulug‘ jihodga keldingiz!
— Yo Rasulalloh, ulug‘ jihod qaysi? so‘rashdi ashoblar.
— Nafs bilan jihod, dedilar Rasuli akram» (Ibn Moja rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Ulug‘ va qudratli Olloh taologa itoat yo‘lida nafsiga qarshi kurashgan kishi mujohiddir» (Termizrga rivoyati).
Sufyon Savriy dedi: «O’zimga nafsimdan ko‘ra ashaddiyroq dushmanni ko‘rmadim», Abu Abbos Musiliy nafsiga qarata derdi: «Ey nafs, ne’matlarga burkangan boyvachchalar bilan bo‘lib, dunyodan nima topding? Oxirat g‘amida obidlar bilan ibodatlar qilding, yana nega norozisan? Men sen bilan go‘yo jannat va do‘zax orasida tutqundayman. Ey nafs, qachon fursatni g‘animat bilasan?».
Yahyo ibn Muoz Roziy aytadi: «Riyozat qilichlari bilan nafsingga qarshi kurash. To‘rtta ishda riyozat chekiladi. Bular: taom, uyqu, so‘z va ozorlarga toqat. Taomni kam yeyish dunyoga mehrni so‘ndiradi. Kam uyqu iroda-istaklarni tiniqlashtiradi. Kam gapirish ofatlardan saqlaydi. Ozorlarni ko‘tarish maqsadlarga eltadi. Banda uchun ozorlar yetganda sabr qilish, jafo ko‘rganda halim bo‘lishdan afzalroq holat yo‘q.
Qachonki nafsingda dunyo istaklariga mayl, gunohga rag‘bat uyg‘onib, ko‘p gapirishdan shirin ta’m tuysang, ichingda nimadir jo‘sh urib, hayajonlar og‘ushida o‘zingdan ketsang, bas, u holda kam taomlik qilichini tahajjud va kam uyqulik qinidan sug‘urib, yalang‘ochla. Keyin vazminlik va kam gaplik qo‘llaridagi bu qilichni dunyoga mayl va gunohga rag‘bat uyg‘otuvchi shahvatning boshiga sol, toki zulm va intiqomning bo‘yni uzilsin. Shunda naf-sing dunyoga mehr tufayli tug‘iladigan kulfatlardan va o‘zga balolardan omonda bo‘ladi. Nafsing shahvat zulmatlaridan poklanadi, ofatlar kishanidan qutiladi. Ana shunda u pokiza, yorug‘, yengil, ruhoniy nafsga aylanadi, uchqur otdek yaxshilik maydonlarida, itoat yo‘llarida chopadi, pok farishtadek bog‘u bo‘stonlarda kezadi.