ISROFGAR XOTIN VA UNING ERI
Bir vaqtlar qishloqda yashaydigan er-xotin bсlgan ekan. Er juda xushfe'l, vazmin, sabr-qanoatli zot ekan. Ammo xotini yaxshi tarbiya olmagan, islomni hech сrganmagan va er qadrini bilmagan, uy-rсzg'or ishidan bexabar, isrofgar, xojasini qon qustirgan badbaxt ayol ekan. Bunday xotinlardan Alloh сzi saqlasin. Omin! Kсp vaqtlar сtgach ul odam xotinidan xafa bсla boshlabdi. Chunki u nasihat etsa, quloq solmas emish. Yaxshi gapirarmish tushunmas emish. Qсpol gapirishga odobi yсl qсymas emish. Er yana nasihat qilarmish:
- Xonim, tejamli, tutumli rсzg'or yuritgin. Men kсp charchadim, avvalgi kuch-quvvatim qolmadi.
Bir kun ul odam uyda qolibdi. Havo sovuq bсlganidan сsha kun ishga bormabdi. Ne kсz bilan kсrsinki, kecha olib kelgan сtinlarini xotini quchoq-quchoq сchoqqa solib yoqardi.
- Ey xonim! Sen nima qilayapsan сzi? Shuncha ham сtin yoqiladimi? Sal ayab yoqqin сtinlarni, - dedi u odam tutoqib.
- Nima qilay, bundan kam сtin yoqsam, uy isimaydi, - javob berdi xotini.
Oradan vaqtlar сtib ul odam xastalanib qoldi. Tog'dan сtin kesib keltirish xotinning сziga qoldi. Xotin borib сtin kesib orqalab keldi. Eri turib сchoqqa bir quchoq сtin soldi. Buni kсrgan xotini:
- Siz qanday odamsiz, nima qilyapsiz? Ўtinni kesib orqalab keldim, elkam yara bсldi. Ayab yoqing, meni holimga tushining, - dedi.
- Yaxshi, xonim, xсp bсladi. Sen xafa bсlma. Bir tutam сtinni bekorga yoqmayman, sen aytgancha bсlsin, - xotinini tinchlatdi u.
Ul odam oxiri tushundiki, ota-bobolarimiz:
«Ming nasihatdan bir mashaqqat, musibat yaxshi«, «Odamga ming сgit bergandan, qiyinchilik tezroq aql kirgizadi«, «Nasihat bilan tuzalmaganning haqqi azobdir«, deb juda tсg'ri aytgan ekanlar.