Hikmatli latifalar  ( 14513 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:15:02


Bir odam qo'y o'g'irlab go'shtini ehson qilar ekan . Undan nega bunday qilyapsan deb so'rashibdi. Shunda u o'g'irlaganim gunohi ehsonim savobi bilan yuviladi,dumba yog' bilan kalla pochcha yonga qoladi deb javob bergan ekan.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:15:42

Bir kishi mashhur turk shoiri Mahmad Akif Ersoyni mazax qilmoqchi bo‘libdi:
-Afandim, siz mol do‘xtirligini bitirgan edingiz-a?
-Ha, bir yering og‘riyaptimi?!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:16:30

Senikiga kelib qo‘shilmaydi-ku!
 
Bir olim g‘iybatchiga debdi:
-Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro‘si kamaydi, ammo bu to‘kilgan obro‘ senikiga kelib qo‘shilmaydi-ku!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:17:21

Nafsning qulisan!
 
 Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi:
-Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!
-Yo‘q, - debdi shayx. — Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman.
-Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? — darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi:
-Nafs mening qulim, sen esa nafsning qulisan!..
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:18:21

Бир зум кут
 
Бир одамни кузига фаришта куринди ва ундан суради:
- А­й Фаришта 100 йил сен учун канча вакт,
Фаришта деди:
- Бир зум.
Халиги киши сна суради:
- Бир миллион доллар сен учун канча пул?
Фаришта деди:
- Бир тийин.
Шунда халиги киши деди:
- Менга бир тийин бер.
Шунда Фаришта деди:
- Бир зум кутгин.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:20:05

Ko‘zim yumilganidan keyin
 
 Saljuq sultonlaridan biri, mavlono Jaloliddin Rumiyni ziyorat qilib, gap asnosida saltanatlari orasidagi farqni so‘rabdi.
-Sening saltanating, to ko‘zing ochiq turgan muddatgacha davom etadi. Meniki esa ko‘zim yumilganidan keyin boshlanadi, - debdi mavlono.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 07:40:43

Bir nodon, dononi ustidan kulmoqchi bсlibdi. Qсliga kapalak tutib, donishmand qсlimdagi kapalak tirik desa siqib сldiraman, сlik desa qсlimni ochib kapalakni uchirib yuboraman debdi сziga. Donishmanddan sсrabti. Qсlimda сlik kapalakmi yoki tirik? Shunda donishmand: hayot ham сlim ham seni qсlingda debti.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 07:41:13

Bir kuni domla namozdan keyin va'z aytgani minbarga chikdi, biroq, xarchand qilsa esiga hech narsa kelmadi; nihoyat, ikror bo'ldi: -Mo'minlar, men sizlarga va'z aytmoqchi edim, esimga hech narsa kelmayotibdi. Afandi so'z otdi: -Minbardan tezroq tushib ketish ham esingizga kelmayotibdimi?


Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 07:41:47

ISROFGAR XOTIN VA UNING ERI

Bir vaqtlar qishloqda yashaydigan er-xotin bсlgan ekan. Er juda xushfe'l, vazmin, sabr-qanoatli zot ekan. Ammo xotini yaxshi tarbiya olmagan, islomni hech сrganmagan va er qadrini bilmagan, uy-rсzg'or ishidan bexabar, isrofgar, xojasini qon qustirgan badbaxt ayol ekan. Bunday xotinlardan Alloh сzi saqlasin. Omin! Kсp vaqtlar сtgach ul odam xotinidan xafa bсla boshlabdi. Chunki u nasihat etsa, quloq solmas emish. Yaxshi gapirarmish tushunmas emish. Qсpol gapirishga odobi yсl qсymas emish. Er yana nasihat qilarmish:
- Xonim, tejamli, tutumli rсzg'or yuritgin. Men kсp charchadim, avvalgi kuch-quvvatim qolmadi.
Bir kun ul odam uyda qolibdi. Havo sovuq bсlganidan сsha kun ishga bormabdi. Ne kсz bilan kсrsinki, kecha olib kelgan сtinlarini xotini quchoq-quchoq сchoqqa solib yoqardi.
- Ey xonim! Sen nima qilayapsan сzi? Shuncha ham сtin yoqiladimi? Sal ayab yoqqin сtinlarni, - dedi u odam tutoqib.
- Nima qilay, bundan kam сtin yoqsam, uy isimaydi, - javob berdi xotini.
Oradan vaqtlar сtib ul odam xastalanib qoldi. Tog'dan сtin kesib keltirish xotinning сziga qoldi. Xotin borib сtin kesib orqalab keldi. Eri turib сchoqqa bir quchoq сtin soldi. Buni kсrgan xotini:
- Siz qanday odamsiz, nima qilyapsiz? Ўtinni kesib orqalab keldim, elkam yara bсldi. Ayab yoqing, meni holimga tushining, - dedi.
- Yaxshi, xonim, xсp bсladi. Sen xafa bсlma. Bir tutam сtinni bekorga yoqmayman, sen aytgancha bсlsin, - xotinini tinchlatdi u.
Ul odam oxiri tushundiki, ota-bobolarimiz:
«Ming nasihatdan bir mashaqqat, musibat yaxshi«, «Odamga ming сgit bergandan, qiyinchilik tezroq aql kirgizadi«, «Nasihat bilan tuzalmaganning haqqi azobdir«, deb juda tсg'ri aytgan ekanlar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 07:43:00

Jaloliddin Rumiy shunday baxsni keltiradilar. Nega shokol(shakal) sher va bсri kabi kuchli, lekin obrсsi ular kabi emas. Chunki shokol bir sherga bir bсriga сxshamokchi bсladi va shuning uchun uning obrсsi yсk.

Qayd etilgan