Hikmatli latifalar  ( 14511 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdulhafiz  31 Oktyabr 2010, 16:20:38

Ibrohim bin Adhamga boy bir kosa oltin keltirdi.
- Buni bizdan qabul qilsangiz.
- Men faqirdan mol olmayman.
- Men faqir emishmanmi?!
Ibrohim bin Adham so'radilar:
- Hozirgi davlatingdan o'n baravar ko'proq davlatga ega bo'lging keladimi?
- Albatta! - dedi boy ko'zlari chaqnab.
- Bu holing faqirlik bo'lmay nima?! Berayotgan narsangga mendan ko'ra o'zing muhtojroqsan!..

Qayd etilgan


yoqutxon  13 Noyabr 2010, 19:45:45

 :as:
Aslida bu latifa emas buni yaqinda menga bir inson aytib bergandi. Ham kulgili ham hikmatli bo'lgani uchun shu mavzuga joylashga qaror qildim. Voqeani ba'zi joylarini noto'g'ri bayon qilsam Ollohning o'zi kechirsin.
Bu voqea benamozlik haqida:
Bir yig'inda hurmati katta, o'zi ham katta lavozimda ishlaydigan , lekin ishchilari bilan juda muloyimlik bilan hech kimga qattiq gapirmay muomila qiladigan odam o'zini shu fe'li haqida boshqalarga maqtangan sifat qilib gapirib berayotgan ekan.Shu yig'inda  iymonli , 5 vaqt namozni kanda qilmaydigan oddiy bir ishchi ham o'tirgan ekan. U o'zini qanchalar bag'rikengligini aytib berayotgan o'sha odamga "Siz namoz o'qiysizmi?" deb savol beribdi . O'sha odam esa "yo'q" deb javob beribdi. Shunda u "Unda siz muloyim cho'chqa ekansiz"deb javob bergan ekan.............


Qayd etilgan


UzMuslim  22 Dekabr 2010, 01:24:56

- Духтир, юрагим колиб нега чунтагимни текширспсиз?

- Халакит берманг, ташхис куйспман, чунки чунтаги бакувват бемор тезрок тузалади.
(Hozirgi Kun...)

Qayd etilgan


Lu`lu`  27 Dekabr 2010, 07:07:57

ЯШАШ УЧУАГ ЕАГ, ЛЕКИА ЕЙИШ УЧУА ЯШАМААГ (СУКА ОТ).

Qayd etilgan


Lu`lu`  10 Fevral 2011, 07:18:24

-Виждонимни нимадир тимдалавотти? :'(
-Манимча,зангини кеткизмокчидирде... :D

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Mart 2013, 10:39:28

Afandi shahzodani befarosat ahmoq deb aytbdi. Bu gap shohning qulog'iga yetib boribdi va g'azablangan shox tezda afandini chaqirishni buyuribdi. Shoh uni bu gaping uchun o'limga loyiqsan degan ekan afandi bu so'zlarni isbotlashga izn so'rabdi shahzodani chaqirib kelibdilar
Afandi qo'lida bir nimani berkitib, bu nima yumaloq o'rtasi teshik debdi. Shahzodayam o'ylanib o'tirmasdan Tegirmon toshi deb javob beribdi shunda afandi Tog'ri topdingiz shahzodam, lekin tegirmon toshi qo'limga sig'masligini hisobga olib uzuk desangiz yanada to'g'riroq bo'lardi debdi. Shoh buni ko'rib afandini jazodan ozod qilibdi

Qayd etilgan