Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari  ( 66578 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B



Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 21:27:59

MUQADDIMA

:bs1:

Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin!
Bashariyatning komilrog’i, payg’ambarimiz Muhammad alayhis sapom va ahli ayollariga, ashobi kiromlariga hamda ularga ergashgan insonlarga Allohning salomlari, rahmatu barakotlari yor bo’lsin!

Ammo ba’d:
Janob payg’ambarimiz va ashobi kiromlar ilmu hikmat va odob axloqi hamidalarning sarchashmasi, tuganmas buloqlaridirlar.

Zamonamizning ko’plab yoshlarida ilm o’rganish borasida jiddi-jaxdlari, yaxshigina harakatlari bo’lsada, ilm hosil qila olmayotganlarini shohidi bo’lib, ko’p mulohazaga bordik. Ushbu ulug’ maqsadlarni hosil bo’lishida ularga odob-axloq ko’rsatmalari zarurligini bildik. Mo’’tabar ustozlarimiz odobu axloq buloqlari hisoblanadilar. Ushbu kitobni o’quvchilarga ilm sa-rhadlaridan bahramand bo’lishni tilab, mehribon ustozlarimiz va kaminani duoyu xayr bilan yod etib, qiyomat kuni Maxshargohda najot topuvchilar qatorida bo’lishimizni zikr etishlarini umid etamiz. Kamina ko’p istixoralar qilgan holda, yolg’iz Allohning, qolaversa, aziz ustozlar irshodu barokatlaridan, fayzu futuhotlaridan imkon qadar nasiba olib, ushbu kitob tasnifiga baqadri hol kirishdik. Kitobni «Тa’limul mutaallimu tariqat taallumi», ya’ni «Shogirdning ilm egallash yo’l-yo’riqlarini o’rganishi» deb nomladim.

Kitobni bir necha fasllarga bo’ldim:
1.Ilm va fiqhning mohiyati va fazilati to’g’risida;
2.Ilm olish vaqtida niyatning xosligi to’g’risida;
3.Ilm, ustoz va sherik tanlash va bu ishda mustahkam bo’lish to’g’risida; Ilm va ilm ahlini ulug’lash haqida;
4.Ilm olishdagi jiddu jahd, bardavomlik va himmatu g’ayrat to’g’risida;
5.Saboqni boshlash, uni miqdori va tartibi to’g’risida;
6.Tavakkul qilish to’g’risida;
7.Тahsil olish vaqti to’g’risida;
8.Nasihat va mehru shafqat to’g’risida;
9-fasl. Nasihat va mehru shafqat to’g’risida;
10.Foyda talab qilish to’g’risida;
11.Ilm hosil qilish holatidagi parhezkorlik va taqvo to’g’risida;
12.Ilm talab qilishda zehnni mustahkamlaydigan va yoddan ko’tarilishini ketkazadigan illatlar to’g’risida;
13.Rizq va umrni ziyoda qiladigan va kamaytiradiganlar haqida fasl.

Alloh taoloning O’zi barcha yaxshiliklarga muvaffaq etguvchidir. Yolg’iz o’ziga tavakkul qilish ne’matlar um-moniga yo’ldir! Nuqsonu kamchiliklar avf etilib, husni qabul ila dargohiga yuzlanmoq benazir baxtdir!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 21:32:19

1-FASL ILM VA FIQHNING MOHIYAТI VA FAZILAТI HAQIDA

Janob payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: «Har bir musulmonning ilm talab qilishi farzdir».

Ma’lumki, har bir ishning ilmini bilish, uni oxiriga yetkazish va mukammal ado etishga asosiy omil bo’ladi. Mo’’tabar manbalarda mashoyixlarimiz: «Ilmning afzali hol ilmini bilmokdir»,- deb ta’kidlaganlar. Bundan hamma ilmlarni o’rganish farz bo’lmasligini tushunish mumkin. Balki, hozir bajarilishi lozim bo’lgan amalning ilmini bilmog’i insonga buyuriladi. Shunda qiladigan ishi nuqson va kamchiliklardan holiy va ilm bilan bo’lgani sababidan mukammap bo’ladi.

Amalning afzali esa, xato va nuqsonlardan muho-fazalanganidir. Bu muhofazani ilm bilan hosil bo’li-shi aqli raso kishiga sir emas. Demak, bir kishi na-moz o’qimoqni ixtiyor qilsa, unga namozga oid bo’lgan barcha ilmlarni (namozning ado etilish tartiblarini) bilmog’i zarur bo’ladi. Shundagina uning namozi xatoyu kamchiliklardan holiy va mukammal bo’ladi.
Boshqa amallar ham xuddi shunday farzi, vojibi, sunnati va makruh-u mufsid, ya’ni uni buzadigan omillarini bilishni bajaruvchiga bevosita shart qilib ko’yi-ladi. Farz yoki vojib amallardan biri bajariladigan bo’lsa, uni qilishlik uchun kerak bo’lgan ba’zi amallar o’rtada vosita bo’lganlari ham farz yoki vojib hisoblanadi. Bu ilmlarni barchasiga amal qilish shart emas, balki ish to’liq va nuqsonsiz qoim bo’lishiga imkon beradigan mikdorda ilm egallamog’i farz bo’ladi. Bundan ortig’i shart emas, lekin uni o’rgansa zarar qilmaydi. Zero, Alloh taolo ilmni zararli qilmagandir.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, ro’za, haj va zakot, hattoki tijorat ishlarida ham farzu vojiblri, makruhlarini bilmog’imiz, ular o’rtasida vosita bo’lib turgan amallarni qay darajada ekanligini bilishligimiz shartqilinadi.

Hazrati Imom Muhammad ibn Hasandan zamondoshlari:
-Zohidlik, taqvo va parhezkorlik to’g’risida bir kitob yozib bersangiz, ko’p foydalik bo’lar edi,- deb so’raganlar. Ul zot: savdo-sotiq, tijorat ishlari to’g’risida kitob yozdim, - deb javob berdilar.

Demak, zohidlik, tvqvoyu parhezkorlik jami ishlarda - xohdunyoviy, xohu oxirat ishi bo’lsin harom, makruh va shubhalardan saqlanmoq bilan bo’ladi.

Mazkur ilmlar qatorida musulmon kishiga yana qalb holatining ilmlarini ham bilmoqligi kerak. Qalb holining nlmi juda nozik va murakkab, o’z navbatida juda muhim ilmdir.

Тavakkul qilish - butun ishlari, ichki dunyosi kechin-malarini va qnpayotgan ishini oxiri xayrli bo’lishini umid qilib, uni xrlis Alloh taologa topshirishi, tafviz etishidir.

Inobat esa, qila olmagan ishlariga nisbatan qayg’urish, afsuslanish, xato-nuqsonlarini e’tirof etib tavba qilish, Allohning amrlariga bo’ysunish va o’zini kamtarona, shikasta xrlda tutishdir.

Хoshya - qo’rquv,, xushu’ va tazarru’da bo’lish, qalban doimo Yaratganning’ g’zzabidan, qiyomatda qattiq azobidan qo’rqish, rahmatu fazlidan umidvor bo’lib, xavfu rijoda turmoqlikdir.

Qalb ilmlaridan biri rizodir. Rizo esa barcha ishlarga rozi bo’lishlikdir. Aklmo bunda ogoh va ziyrak bo’lish kerak. Gunoxu ma’siyatga, kufr va shirkka zinhor rozi bo’lmaslikka buyuriladi. Darxaqiqat, ma’nan yetuklikka intilgan kishi kjrrida sanab o’tilgan qalbiy holatlarni har vaqg va har joyda amal qilishi kerakdir.

Ilmning sharafi, ulug’liligiga shubha yo’q. Chunki u insoniylikka xss xususiyatdir. Inson ko’p jihatlarda boshqa mavjudotlar bxtzt sherikdir, lekin ilmda sherik emas. Shijoat, jur’atlik, kuch-quvvat, saxiylik, mehr, shafqatda o’xshash tamonlari bor, ammo ilmda emas. Vaholanki, Allohtaolo Odam alayhissalomning fazlini ilm bilan ko’rsatdi. Shuning uchun ham, farishtalarga hazrati Odamga sajda qilishni buyurdi.

Chindan ham ilmning sharafi, oliymaqom ekani, u abadiy saodatga - Alloh taoloning dargohida izzatu hurmatga hakdor etadigan taqvoga vosita ekanidir. Bu hakda Muhammad ibn Hasan ibn Abdulloh shunday deganlar, bayt:

Ilm o’rgan har on,
Ilm ahliga ziynatu fazilat
Ham oliy unvon.
har on talabgori foyda bo’l,
Foyda dengizlarida g’avvos bo’l.
Ilm, ilmdan ilm unar,
Sohibini ziykatlar.
Manfaatlik dengizlarda
G’avvos bo’lmoqqa chog’lar.


Fiqh ilmi - yaxshilikkachetaklovchi, taqvoga boshlovchi mukammal omildir. U maQbadlarning eng oliysi va odilrog’i bo’lib, hidoyat yo’liga boshlaydi. Fikh mashaqqatu qiyinchiliklardan najot beruvchi bir qo’rg’ondir.

Bitta parhezkor, taqvoli olim mingta ibodat qiladigan bandadan afzaldir. Yana shuni qayd etish mumkinki, olimning bir o’zi mingta shaytonning dushmanlarini ashaddiyrog’i va dahshatlirog’idir. Bir kuni Janob Rasululloh (s.a.v.) masjidga borsalar, masjidning eshigi oldida tashvishli va noumid holdagi Shay-ton alayhilla’nani ko’rdilar. Rasululloh (s.a.v.) kelishining sababini so’raganlarida, u:
-Yo, Rasululloh! Masjidning ichida bir omyy (uquvsiz, ilmsiz) kishi zo’r berib namoz o’qimoqda. Men ukg chalg’itishni-xohladim, lekin uning yonida «Ilm shahri ning darvozasi» hazrat Ali (karramallohu vajhah) uxlab yotibdi. Agar men shu omiyni adashtirsam, u Alini uyg’otib, undan so’rab, bu to’g’rida ilm hosil qiladi. Bu menga ko’proqzarar va yoqimsizdir. Chunki bir zararim o’zimga bir necha barobar qaytadi. Shundan bu yerda noumid bo’libturibman,-debaytdi. Rasululloh (s.a.v.) shundan so’ng: «Bir olim ming obiddan afzalroqdir!» - dedilar.

Ilm va fikh insonlarga dunyo va oxiratda eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchidir. Uning sohibi esa barcha axloqi hamidalarga erishadi. U saxiy, juvonmard, kamtarin, jur’atli, shikastadil, iffatli har ma’noda pokiza va boshqa xislatlarning fayzu-barakotlaridan bahramand bo’lish baxtiga erishadi. Baxillik - qizg’anchiq, qo’rqoq va jur’atsizlik, manmanlik, isrofgarlik va o’ta iqtisodchi ziqna bo’lish kabi axloqi zamimalardan o’zini saqlab, kishilar ko’rganlarida suhbatiga oshiqadigan go’zal xulqegasi bo’lib kamol topadi. Ilm insonga nima foyda-yu, nima zarar ekanini bildiradi. Inson orzu-maqsadlariga ilm orqali yetishadi.

Insonning kibr-havoga berilishi, manmanlik qili-shi, baxillik va mol-dunyoga hirs qo’yishi, qanoatsiz yoki isrofgar bo’lishi Islomda harom qilingani ma’lumdir. Bulardan saqlanish esa, ilm cho’qqilarini zabt etish orqali bo’ladi. Aksincha, bunga zid bo’lsa, ineon asta-sekin tubanlashib boradi. Shuning uchun ham in-sonning ilm o’rganishi farzdir.

Odob-axloq to’g’risida sayyid, jalolatlik imom, shahidi a’lo, muhtaram ustoz Nosiruddin Abul Qosim hazratlari ajoyib bir kitob yozganlar. Ba’zi ulamolarimiz ushbu kitobni juda dolzarbligi uchun yodlashni tavsiya qilibdilar. Hech bo’lmasa farzi kifoyalikka ko’ra yodlasinlar deb buyurganlar." Farzi kifoya - shahar va biror o’rinda bu amalni bir kishi bajarsa, boshqalardan soqit qiladi. Agar hech kim ijro etmasa, hamma gunoxda sherik bo’ladilar.

Ahli kishilar o’z manfaatlarini ko’zlamoqlari uchun bir-birlarini zaruriy ilm va hunarni qoim ettirishga buyurishlik yuklatilgan. Lozim topilsa, bunga xarakat qilmoqlari, sarf-xarajatlarini ko’tarmoqlari kerakdir.

Hayotimizda har bir sohada insonlar ehtiyoji tushadigan ilm-hunarlarni o’rganishimiz shartdir. Masalan, insonning taom sohasidagi ehtiyoji, nima xalol, nima harom va zararli ekanini bilmoqqa yoki kasal bo’lib qolsa, doridarmonning qaysi biri uning dardiga malham bo’lmog’ini bilmoqqa ehtiyoji tushadi. Shu bilan bu ilmni ham bilishga zaruriyat chiqadi.
Ilmi nujum (yulduzlar haqidagi ilm) - yulduzlarga qarab fol ochish va g’ayb ilmini bilishni taqozo etadi, bu Islrm shariatida harom (noshar’iy) amaldir. In-sonning e’tiqodiga zarar beradi.

Alloh taoloning qazoi qadaridan qutulib bo’lmaydi. Bu aslo mumkin emas. Demak, har bir musulmon hamma ishlarini yolg’iz Allohga topshirishi, O’zigagina tavakkap qilmog’i kerak. Bu doimo Yaratganni zikr qilish bilan, Unga duoyu iltijolar qilib, o’zi va xalqi uchun tazarru’, shikastalik izhor qilmog’i bilan amalga oshadi. Kamtarin bo’lish axloqi hamidadir. Qur’oni karim o’qish, uni taammul etish hamda ezgu amallar qilish, xayru saxovat bilan mashg’ul bo’lish bu maqsadga yordam beradi. Shuningdek, Alloxdan qilgan xatolari uchun afv so’rash, nuqsonlari uchun gunohlaridan mag’firat talab qilish, salomatlik vaqtinchlik xotirjamlik so’rashi ham kerakdir. Zero, duolarning samarasi o’laroq, kishi turli baloyu ofat, musibatlardan xalos bo’lish baxtiga muyassar bo’ladi. (Inshaalloh).

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 21:33:34

Alloh taalo bandasiga duodan nasiba bergan bo’lsa, albatta bu duoning ijobatini O’zi ato etadi. Duosining natijasidan bandasini zinhor mahrum etmaydi.

Daryoning ostida bo’lsa joying,
Bahona birla yetkuzur Хudoying.


Mabodo, bu balo yoki imtihon takdiri azaliyda bo’lsa ham, ya’ni ilojsiz ro’y beradigan bo’lsada, Alloh uni yengilroq, unga quvvati kifoya bo’ladigan qilib yuboradi va sabr bilan rizqlantiradi. Bu faqat duoyu iltijolar mevasidir. Iloho Parvardigoro, bizlarga ham mana shunday bo’lishni nasib etsin!

Agar ilmi nujumdan qiblani aniqlash, namoz vaqtlarini bilish yoki boshqa shar’iy zaruratlar uchun ta’-lim olsa, me’yorida o’rganishi joizdir. Chunki bu, sa-bablardan bir sababdir.
Тib ilmini ham o’rganmog’i joizdir, balki kerak hamdir. Bemorning tuzalishiga, shifo topishiga bois bo’lish ham sabablardan bir sababdir. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning davolanganlari tarixdan ma’lum.

Hazrat Imom Shofi’iy (rahmatullohi alayh):
-Ilm ikki xildir. Birinchisi ilmi fiqh -bu diniy muomalotlarga rioya qilish uchundir. Bunda avvalo Alloh taoloning haqqi, bandalarningAlloh va bandalardagi haq va majburiyatlari, dunyoviy va uxroviy muomalalarni nizomga solish kabi ilmlar ta’lim beriladi. Ikkinchisi esa ilmi tibdir. U inson jasadi tuzi-lishiga oid ilm bo’lib, unda turli kasallik va tibga aloqador holatlarning illatini tahlil qilib, uni bartaraf etish usullariii o’rganishdir. Bu ikki ilmdan boshqa ilmlar esa «Bulhatul majlis», yani «Majlisning yetukligi»ga xizmat qiladigan, uni sermahsul va sermazmun bo’lishiga omil hisoblanadi.  ' Ilm amal qilgan kishiga nur baxsh etadi. Fiqh - ilmning nozik nuktalarini bilish, o’rganishdir. Demak fiqh, ilmga nisbatan chuqurroq ma’noga ega ekan. Fiqh keng qamrovli, ko’p tarmoqli, serqirra ekan. Imom A’zam Abu Hanifa (r.h.) fiqhga ta’rif berib shunday deganlar:

Fiqh - kishi nima foydali va nima zararli ekaniny bilmog’i va o’rganmog’idir. Ilm unga amal qilishi uchundir. Aslida, ilmga amal qilish nakdni nasiyaga qoldirishdir. Ya’ni, amalining mukofotini darhol talab qilmaydi, balki uni oxiratga olib qo’yadi.

Inson dunyo va oxiratiga nima zarar va nima foyda ekanini bilishdan g’aflatda qolmasligi lozimdir. Bu bilan foydalarini o’ziga jalb etadi va Alloh taoloning rahmati va barakotlariga noil bo’ladi. Zarar va ziyon amallardan o’zini saqlab, ulardan uzoqlashadi. Aqli va ilmi o’zining zarariga hujjat bo’lmasligi uchun harakat qiladi. Zero, mana shular qiyomat kunida azobu uqubatni ziyoda bo’lishiga olib keladi. Alloh barchalarimizni beamal bo’lishdan va O’zining g’azabidan panohiga olsin!

Bu haqda «Ilm va uning fazilati manoqiblari» nom-li kitobda ko’p oyat va xabarlar keltirilgani sababli kitobimiz uzayib ketmasligi uchun, ularni biz zikr etmadik.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 21:39:42

2-FASL ILM OLISHDA NIYAТ QILISH ТO’G’RISIDA

Har bir amalning ro’yobga chiqmog’ida niyatning ahamiyati katta. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning: «Innamal a’molu binniyati», ya’ni, amallarning ajru savobi ni-yatga qarab bo’ladi,- degan muborak xadislarida, niyat jami holatlarimizga asos ekaniga ishora bordir. Mazkur hadis sahih (ishonchli) hadislardan bo’lib, uni Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. Yana Janob payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda:

-Qancha dunyo amali suratida bo’lgan amallar bor, ular niyatning yaxshiligi, to’g’riligidan oxirat amaliga aylanadi. Ya’ni, inson niyatining yaxshiligidan dunyo amali uchun ham savob va mukofot oladi. Qancha oxirat amallari bor, niyatning yomon va noto’g’riligidan dunyo ama-liga aylanadi. Yani, nodurust niyat insonni ibodatlari savbidan mahrum hamda benasib etadi» - deb, niyatga qat’iy ahamiyat berish kerakligini bildirdilar. Demak, amalimiz qanday bo’lsa ham, u dunyoviy yoki uxoviy bo’lsin, niyatimizga bog’liq ekan.
Istagan kishi ham birinchi navbatda niyatini yaxshi qilmog’i kerak. Avvalo, ilm hosil qilish bilan inson Alloh taoloning roziligi, oxirat saodatini maqsad qilishi lozim. Shu bilan o’zining va boshqalarning johilligini va ilmsizligini ketkazishni, dinga hayot baxsh etishni, shariat ahkomlarini qoim maqom etib, Islomni boqiy qolishiga xizmat etishni niyat qilmog’i lozimdir. Chunki, Islomning boqiy qolishi - ilm bilandir.

Ma’lumki, zohidlik, ibodat va taqvo ilmsiz du-rust bo’lmaydi. Bunga misol etib, «Hidoya» kitobining muallifi shayxul islom jalolatlik imom Bu-rhoniddin Marg’inoniy hazratlarining talabalarga ushbu she’rlarini nasihat tariqasida aytganlarini keltirish mumkin:

Ilmni kim vositai joh etar,
O’ziniyu xalqni gumroh etar.
Olim agar joh uchun o’lsa zalil,
Ilmi aning jahlig’a bo’lg’ay dalil.
Gar bilsang  bolam, olimi beamal
Erur zarar olam uchun, jonu-joh
Тalabida qilur dinu-dunyoni fasod.
Budir og’ir halokat, ko’r ushlaganin
Maxkam tutar deb, beilmni borligi.
Ilmsiz obid-u, beamal olim ikkov
Boamal-u, diyonatlik insonga egov.


-Buzg’unchi, beamal olim va bilganiga beamal kishi katta fasod, buzuqlik esa halokatdir. Ammo johil, il-msiz obid - namozxonu-ro’zador, zohidu parhezkor undan katta fasod, baloyu ofatdir. Har ikkovi ikki du-nyoda o’z dinu imonini mustahkam tutgan kishiga ulug’ fitnadirlar.

Bulardan saqlanish insonni ilm cho’qqilarini zabt etishi orqali bo’ladi. Agar ishni bunga zid olib borsa, asta tubanlashib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ilm o’rganmoq farz va shart qilingan.

Odob axloqhaqida ustoz, buyuk imom va shahidi a’lo Sayyid Nosiruddin Abul Qosim hazratlari mukammal kitob yozganlar. Bu kitobni talabalar va din ishiga xizmat qilguvchilar o’qib o’rgansalar, katta foydani ihtiyor qilgan bo’lardilar. Ba’zi ustozlar yod olsinlar deb ham tavsiya qilgan ekanlar.

Hayotimizda ehtiyoj tushadigan har bir ilm va kasbni o’rganish, uni tatbiq etish shart bo’lgani kabi bu kitobdagilarni ham bilmoq juda zarur. Buni kunlik muhtoj bo’lganimiz taomga o’xshatish mumkin. Тaom hayotimizni tiklab beruvchi asosiy omildir. Bemor kishining dori darmonlarga ehtiyoji tushadi. Bu boshqa il-mlarga bo’lgan hojatga o’xshaydi.
Ilm olish bilan inson Alloh taoloning ne’matlariga shukr etishni niyat qiladi. Chunki, shokir bandalariga ne’matlarini ziyoda va barakotlik qilishga Haq taoloning va’dasi bor.
Ilmga jonfidolik qilish haqida Imom Muhammad ibn Hasan (r.a.) shunday deganlar:

-Agar odamlar menga qul bo’lganda edi, ularni har birini qullikdan ozod etardim va ularni xo’jayinlari, quldor egalaridan xalos etardim. Bundan yolg’iz maqsadim, ular faqat ilm o’rgansinlar va bilimlarini kamolga yetkazsinlar.

Ulug’ donishmandlardan biri:
kim ilm lazzatini, uning halovatini izlasa va amap qilish mazasiyu rohatini topsa, insonlardagi narsalarga kam rag’bat qiladi, qiziqmaydi. Тa’ma qilishga o’zini yo’latmaydi.
Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) ustozlari shayxul islom, Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil assig’oriy al-Ansoriy hazratlaridai quyidagi baytni keltiradilar:

Oxiratni dedim, fayzu-zafar topdim,
Dunyoni dedim, xavfu-xatar topdim.
Oxiratni dedim, topdim fazlu kamolot,
Dunyoni dedim, topdim xorlik va malomat.
Oxiratni dedim, keldi rizvonu jannat,
Dunyoni dedim, keldi xasratu nadomat.


kim oxirat kuni va’da qilingan kun uchun ilm talab qilsa, darhaqiqat bu banda Alloxdan, haq yo’lga irshod etuvchi Zotdan fayzu fazilat topib, ko’p jihatlarda g’olib bo’lib, zafar quchibdi. Ammo, odamlar xurmat, e’tiborini topish uchun ilm talab etuvchiga xasratu nadomatlar bo’lsin!

- Sen albatta bunday yomon niyatdan saqlan va qalbingni kechinmalariga ehtiyot bo’l! Parvardigoro! Har qanday yomon niyatlardan o’zing panoh va najot bergin!

Ammo, amri ma’ruf va nahiy munkar qilish uchun, haqni, shariati islomiyya ahkomlarini tanfizi, ya’ni joriy qilish, amalga oshirish uchun, dinni kuvvatlash, ulug’lash va e’zozu ikrom qildirish uchun boylik, obro’, nufuzni ham ilm olish bilan birga talab qilish joizdir. Shunda ham haddan ziyoda emas, balki amri ma’ruf va nahiy munkar qoim bo’ladigan miqdorda hurmat-e’tibor, davlat talab qilishi kerak bo’ladi. Bu masalani har bir talaba yaxshilab o’ylab olishi zarur. Chunki, ilm hosil qilishda inson ko’p mashaqqat chekadi. Shunga muvofiq, uni kerak o’rinda obro’ va mol-dunyosi bilan himoya qila olishi shart.

Mashoyixlarimiz bu haqda:
-Ilm hosil qilish go’yo igna bilan quduq qazib, suv chiqarganchalik mehnatga o’xshasa, hol ilmiga yetishish go’yo kiprik bilan quduq qazib, suv chiqarganchalik chekilgan mashaqqatga o’xshaydi,- deganlar.

Ma’lumki, igna ham, kiprik ham qazish qurollari emas. Bu hikmatlik so’zlar ilm egallash juda qiyin, mashaqqatli ish ekaniga ishoradir. Shuning uchun, uni xor va xaqir, arzimas va foniy - yo’qlikka yuz tutuvchi dunyoga, davlatga sarflamaydi, uni almashtirmaydi. She’r:   

Dunyo noqisning noqisrog’i erur,
Oshig’u-shaydosi xorning xorrog’i erur.
Sehru-jodusi ila karu-ko’r aylar,
Qilmishiga o’zini hayronu-lrl aylar.


Bu dunyo — noqisrokdanda, kamdankamroq, juda noqisdir. Dunyoga oshiqu-shaydo esa undan xorroq, be-choradan bechoraroqdir. Dunyo o’z sehri bilan kishini kar va ko’zini ko’r qilur. Shuning uchun ham ular o’z ilmlaridan dalilu isbotsiz hayron qoluvchi, xasrat chekuvchidir.

Demak, ahli ilmlar o’zlarini ta’magirlik, ya’ni umidvorlik illatidan saqlashlari kerak ekan. Aks holda, ilmining samarasiga nisbatan dunyo matolarini umid qilish bilan, ilmni va o’zlarini xor va hurmatsiz etgan bo’ladilar. Shuningdek, ilm va ilm ahlini xor va beobro’ qiladigan o’rinlardan o’zlarini ehtiyot qilmoqliklari kerak bo’ladi.

Ahli ilmlar xususan, tolibi ilmlar kamtarin, kamsuqum bo’lishlari kerak. Тavozulikni o’zlariga kasb qilsinlar, u esa mutakabbirlik bilan xorlikni o’rtasidir.

Iffatli bo’lmoq yuksak insoniy fazilatlardan sanaladi. Iffat - poklik, gunoh va ma’siyatdan forig’-lik, har jihatdan pokizalik demakdir. Kengroq qilib bularni odob-axloq kitoblaridan bilib olinadi. Adi-bul Muxtor nomi bilan mashhur, shayxul islom, ruknul islom, hazrati ustoz bir she’r aytganlar:

Husni xulqda taqvo bor,
Тaqvodorga shikastlik yor.
Kamtarinlik, shirinso’zlik
Komillik karvonin tortar.
Sultoni komilning shayxlar


Maktubiga javobin o’qi: «Siz yaxshisiz, biz yomon, Siz bug’doysiz, biz samon!»

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 21:41:09

Shubhasiz, tavozulik muttaqiylarning xislatidir. U bilan inson o’z maqsadlariga hamda ulug’liklariga noil bo’ladi. O’z ilmi va xunarini qolaversa, obro’ e’tiborini yuksaltiradi. Johil, ilmsiz kishini o’z holini ko’rib ajablanishi, o’ziga o’zi bino ko’yishi aslida juda xunuk ishdir. O’zini sa’id, baxtlik insonlardan hisoblaydi. Vaholanki, oqibatda kim bo’ladi, umri qanday xotima topadi, shaqiy-badbaxtlardan bo’ladimi? — buni o’ylab ko’rmaydi.

Kamtarga kamol, man-manga zavol, deganlaridek, kamtar, xoksor inson o’zining go’zal xulqu-odobi bilan doim ishi rivoj va martaba topadi. Chunki, o’zining haddini saqlay olishi bilan, o’zini mumtoz tutmasligi bilan kishilar ko’nglida hurmat va e’tibor qozonadi. Man-man, kekkaygan kishi esa, ko’zi ko’r, qulog’i kar, qalbi kulf bo’ladi, Ishlariga ajablanib, o’zidan uzoqlashib, o’z-o’ziga ishonib asta halokatga yaqinlashadi. Mansabiga suyanib, boshqalarni mensimay qo’yadi. Nati-jada, o’ziga havasi kelib, mag’rurlanib qoladi. O’zini ulug’lardan hisoblaydi. Kibriyo - ulug’lik, kattalik -yaratgan Parvardigorimiz Alloh Zul Jalolga xos si-fatdir.

Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) shogird va ashoblariga shunday der ekanlar:sallalaringizni ulug’lang! Yenglaringizni keng bo’lsin va salobatlik kiyininglar!

Ushbu so’zlar faqat ilm va ilm ahlini ulug’lash va boshqalar xor va past nazar bilan ko’rmasliklari uchun aytilgan.

Salla - Islom shiori va ulug’ligining belgisi. Uni haq ma’noda taslim bo’lganlar baxtlik boshlariga kiyadilar. Salla kishini oxiratga imoni borligini, umri tugashini va bunga ishonishini - o’limni tan olishining alomatidir. Komil imonlik kishi Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalarini amalga oshiruvchiroq bo’lib qoladi.

Тalaba kiyimlarini pok va saranjom tutishi, sallasini oppoq qilib kiyib yurishi kerak. Bunday kiyimlik kishi boshqalar ko’nglida dinga nisbatan xayrli tasavvur tug’dirishi kerak. Тolibning odobi, kamtarligi va boshqa fazilatlari ko’ngildagi fikrni quvvatlashi zarurdir.

Imom A’zam hazratlarining shogirdlari imom Abu Yusufga bergan keng qamrovli vasiyatlari bor bo’lib, uni o’qish, o’rganish ham juda foydalidir. Uni hazrat shogirdlari yurtlariga kaytib ketayotganlarida berganlar.

Imom Abu Yusufning shogirdlari shayxul islom, imom, hujjati aimma Ali ibn Abu Bakr hazratlari:
-Men shahrimga qaytayotganimda ustozim bu vasiyatni yozib olishimni buyurdilar,- deb eslaydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 05:32:34

3-FASL ILM, USТOZ VA SHERIK ТANLASH VA BU ISHDA MUSТAHKAM BO’LISH HAQIDA

Тalaba ilm va kasbni dunyo va oxiratga foydasi ko’prog’ini tanlashi kerak. Ilmda tavhid ilmi va aqidani birinchi navbatda o’rganadi.

Тavhid ilmi imon va e’tiqod masalalarini ilmiy, asosli dalillar bilan talaba o’rganishi shart. Zero, muqallid, ya’ni ota-ajdodlariga ergashuvchining imoni durust bo’lsa ham, dalil va hujjatni tark etgani uchun qattiq gunohkor bo’ladi.

Allohning vahdoniyatini Qur’oni karim va ahodisi nabaviyaga asoslanib bilib olmoqligi hamda uni zarur o’rinda keltira olishga tirishishi kerak.

Aqida masalarini qadimgilarini, ya’ni janob payg’ambarimiz va sahobai kiromlar davri saodatidagilarini tanlashi lozim. Yangi paydo bo’lganlarini tanlamaydi, chunki keyin chiqqan narsalar Qur’onu-hadisga xilof bo’ladi. So’fiy Allohyor (r.h.): Mahkam tutgin jamoat e’tiqodin, Narisolgin muxolif ijtihodin! - deb keyingi paydo bo’lgan aqidaviy masalalar, suluklar zalolatga boshlaydigan yo’l ekanini bildiradilar. Sapaf ulamolar ham:

-O’zingizga atiq, eski ya’ni, aslga yaqin vaqtda mav-jud bo’lgan ilmlarni oling. Ayniqsa, aqida ilmini sofini tanlab oling. Yangi paydo bo’lganlaridan saqlaninglar,- deganlar.
Sen ham keyin paydo bo’lgan ixtilof va janjalga sabab bo’ladigan aqida masalalaridan uzoq bo’l va bu ish bilan shug’ullanishdan tiyilgin!

Chunki, bu nizolarninghammasi buyuk zotlarning in-qiroz va halokatlaridan so’ng zohir bo’lgan. Bu talabani ilm hosil qilish, fiqh asoslarini o’zlashtirishdan chalg’itadi, umrini zoye o’tishiga sabab bo’ladi. Qal-bda dushmanlik tug’diradi. Vaholanki, bu kabi ishlar qiyomat kuni yaqin qolganining alomatlaridan bo’lib, ilm ko’tarilgani, fiqhning qadrsizlanganini bildiradi. Ushbu ma’nolarning hammasi hadisi sharifda vorid bo’lgan.

Ammo ustoz tanlashda asosan kuyidagilarga ahamiyat qilish kerak:
-Olimroqbo’lgan;
-Parhezkor va taqvodorroq bo’lgan;
-Yoshi ulug’roq va ko’p tajribali ahli ilmni ustoz-likka ixtiyor qilmog’i kerak.

Shu shartlar asosida imom Abu Hanifa (r.h.) hazratlari o’z ustozlari Hammod ibn Sulaymon janoblarini ko’p fikr va taammul yuritganlaridan keyin tanlagan ekanlar. Bu havda Imom A’zamning o’zlari:

-Men u kishini ulug’, mo’ysafid, salobatu viqorlik, yumshoq ko’ngil, hushmuomala, sabru matonatli ko’rdim,-deb eslaydilar,- shuning uchun ul zotning huzurlarida qoldim, mustahkam vasobitturdim. Natijada ustozimning fayzu barokotlari bilan o’sdim, yetuklik pilla-poyalarida ildam qadam tashladim.

Haqiqatan ham, bu zot yetuk, komil va ulug’ inson edilar.

Samarqandlik donishmand:
-Menga bir yigit ilm olish haqida mashvarat soldi. Buxoroi sharifda ilm olishni azim qilganini, boshqalarning ham fikrlarini bilish niyati borligini izhor qildi.

Хuddi shunday har bir ishda maslahat solish, fikr almashish shartdir. Alloh taalo Kalomi majidida janob payg’ambarimiz (s.a.v.)ni mashvarat va maslahat bilan o’zaro kengashib ish yuritishga buyuradi. «Sho’ro» surasining oyatlarida mo’minlarning axloqi hamidalarini vasf etib: «Ularning ishlari o’zaro kengashdir»,- degan.

Shuninguchun, janob Rasululloh (s.a.v.) xattouy yumushlarini ham ashobi kiromlar bilan maslahatlashib hal qilar edilar. hazrat Ali (r.a.):
kishi maslahat"so’rab halok bo’lgan emas,- deganlar. Dono xalqimiz: «Kengashli to’y tarqamas»,- deb bejiz aytmagan.

Kengash, o’zaro maslahat bilan qilingan ish puxta va pishiq bo’ladi. Oqibati nazardan o’tkazilib, ziyon va zarardan saqlanish hamda imkon qadar foydali va sermahsul bo’lib ro’yobga chiqishi ta’minlanadi.

Donishmandlar kishilarni uch toifaga taqsimlaganlar: biri butun va to’liq kishi, yana biri yarim kishi va oxirgisi esa hech narsa bo’lmagan kishi.

Birinchisi, qadri butun kishining to’g’ri fikri, o’z mulohazasi bor. Shunday bo’lsa ham, albatta maslahatlashib ish qiladi.

Ammo, ikkinchi toifalar yuqoridagi foydali sifatlarning biridan mahrum kishilardir. Fikri bo’lsa, maslahatlashmaydi yoki aksincha, boshqalarning mulo-hazalari bilan qiziqmaydi. Fikri ham tez va yeson o’zgaradigan bo’ladi. Har kimning maslahati ma’qul kelaveradi. Ya’ni qay ishda unga foyda borligini o’zi yaxshi bilmaydi. Yoki foydasini zararga aylantirib qo’yadi, o’zboshimchalik qiladi va hakozo.

Ammo uchinchi toifa, qadrsiz kishilarda o’z fikri, mulohazasi bo’lmaydi. Shu bilan birga maslahatlash-maydi, boshqalarning fikrlariga qo’shilmaydi, ray’ini hurmat ham qilmaydi.
Demak, inson komil, izzat-ikromli, jamiyat va oilasida o’z mavqeini topishi uchun fikru mulohazasiga har jabhada ega bo’lish kerak. Shu bilan barobar, uni to’g’ri va foydali bo’lishi alohida ahamiyatlidir.

Hazrati Ja’fari Sodiq hazrati Sufyon Savriy (a.r.)ga:
-Ey, Sufyon! Dunyo va oxirat ishlaringda, albatta, imonli va taqvoli kishilarga maslahat sol. Ular bi-lan kengashib yur!- deganlar.

Bu hikmatda ushbu nozik nuktapar ahamiyatlidir:

birinchidan, kishi o’z fikriga ega bo’lishi kerak;

ikkinchidan, fikrining to’g’ri bo’lishiga harakat qilishi kerak;

uchinchidan, har bir ishda katta yoki kichik, dunyo yoki oxirat ishlariga aloqador bo’lsin maslahatlashmog’i kerak. Boshqalarning ham fikr va mulohazalarini o’rganishi, e’tibor qilishi faqat o’zining foydasidir;

to’rtinchidan, maslahatgo’ylar taqvoli, aytganiga o’zi ham amal qiladigan insonlar bo’lishi maqsadga to’g’ri yo’naltiradi.

Ilm o’rganish eng oliy martabadagi ishlardan hisoblanadi. Naql qilinadiki, ilm talabida bo’lmoq nafl ibodatlar qilishdan ko’p marta afzaldir. Shuning uchun, ilm talab qilishda maslahat, kengashga solish zarur va vojibroqdir. Ulug’ donishmand:

-Agar Buxoroi sharifga ilm hosil qilish va haqiqiy ustozni topish maqsadida borsang, ixtilofli masalalar va turli savollar topib, u joydagi ahli ilm va ulug’ ustozlar bilan bahs, munozara qilishga shoshilma! Ulug’ imomlar o’rtassdagi ixtilofli masalalarda muzokaraga oshiqma! Balki ikki oy sabr qil, to bir ustozni o’zingga tanlab, u xakda yaxshilab o’ylab fikr yuritgaysan. Ustoz to’fisida darhol xulosa chikarishga shoshilma!

Agar Buxoroi sharifga kelib, sinamay biron ustozdan saboq olishni boshlasang, uni bilmaganing uchun keyinroq dars o’tish uslubi seni qiziqgirmay ko’yishi mumkin. Natijada o’sha darsga ham, ilmga ham qiziqi-shing qolmaydi, xatto uygonmaydi ham. Bu darsni tark etish va ustrzdan uzilish bilan tugaydi. Maqsading hosil bo’lishi uchun yana boshqa ustozni izlaysan, unda ham dars boshlab, avvalgi ishlaringni takrorlaysan.

Shuning uchun Alloh ilmingga baraka bermaydi. Ilmda darajaga ega bo’lsang ham na o’zing, na boshqaga naf bera olasan.

Buning zamirida yana bir ko’z ilhamas sir bor. Тark etgan ustozlarning ko’nglini ranjitganingdir. Zero, bir harf o’rgatgan ustozning roziligini olish, qanday ustoz bo’lsada, uni hurmat qilish va bu to’g’rida va’da qilingan lutfu inoyatni topish shogirdning hayotiy mazmuniga aylangan vazifasi bo’lmog’i shart. Shuning uchun ham bu ishda yaxshilab tafakkur qil! Ilm olish muhim va nozik masala bo’lishi bilan birga, unga ustoz tanlash ham o’ta muhim va zarur masaladir. Ko’p maslahat va kattalarning ko’rsatmalarini olib, mazkur shart-sharoitlarning ko’pini o’zida mujassamlagan bir ustozni top! Тo uni tark etish va darslaridan qolishga ehtiyoj sezmagin! Mana shunda ta’liming ba-rakotli va xayrli bo’ladi. Ilming foyda beruvchi va o’zing manfaatli ilm sohibi bo’lish uchun ustoz huzurida sobit va mustahkam turasan.

Bilgilki, har bir ishda sabru chidamlik, qanoatli hamda sabotli kabi yuksak fazilat egasi bo’lish, o’sha ishni komil egallashda asl va asos hisoblanadi. Afsuski ushbu fazilat insonlarda topilmaydi, kam uch-raydigan noyobxislatdir. She’r:

Oliylikka intilganga darkor harakot, ammo
Kishilarda kam uchraydur sibotumatonat.


Bir donishmand: «Bir soat sabr qilmoq shijoatdur», deganlar. Shuning uchun ham, talaba ustoz oldida sabot, sabr va yuksak qanoat bilan qoim bo’lishi kerak. Uni mehru shafqatini va xayrli duosini qozonsin.

Bir kitobni oxirigacha o’qib tugatmasdan, boshqa ki-tobga o’tmasin. Shuningdek, bir fanni kamolga yetkazmasdan, boshqasimi ixtiyor qilish yoki zarurat bo’lmasa, boshqa shaharga ko’chishga jazm etmasligi kerak. Aslida bu ilm ofatlaridandir. Chunki, imldan chalg’itadi va boshqa narsaga majbur qiladi. Qalbni befoyda narsa bilan o’raydi. Vaqtini zoye ketkizadi. Eng zararlisi, muallim ko’ngliga aziyat keltiradi. Muhabbatini so’ndirib, o’zi ham ko’p ozor chekmog’iga sabab bo’ladi.

Тalaba nafsu havosi chaqirayotgan narsalarga qar-shilik qilishi va shafqatsiz bo’lishi hamda og’ir, sabr-li bo’lishdek yuksak axloqiy fazilatlar bilan sifatlanishi kerak. She’r:

Nafsu havoyim meni yo’ldan urdi
Sharmandalar anhoriga tuban surdi.
Yuzim qaro qildi, ilgimda shay yo’q,
Hay huzurida dilimda hayo, sa’y yo’q.
Do’stim aytdi, buning davosi bordir,
Nafsu havo kushandai g’avg’osi dordir.
Osib bergin orom dardmandalarga,
Ibrat bo’lsin uchun sharmandalarga.
Havoi nafsga qarshi kurash emas oson,
Matonatu bardoshni mahkam tutsin inson.


Haqiqat shuki, nafsu havo yo’li xorlik va sharmanda-lik yo’lidir. Agar bilsang, nafsu havoni dorga osadigan amal, uni xor va sharmanda yana ham sharmanda qiladigan joyi amaldir. Bu oson emas, kim nafsiga qarshi kurashar ekan, unga ko’p musibat va imtihonlar yog’ila boshlaydi.
Albatta sabr va qanoatni kasb qilsin.

Donishmandlar: Orzu umidlarga erishish qop-qop mehnat va imtihonlar ustidadir.

Quyidagi hikmatni hazrat Ali (r.a) aytganlar:
Ogoh bo’lkim, ilm va uning fayzu ravnaqi olti narsaga rioya qilinganda hosil bo’ladi. Ularning barchasini bayon etay:
Zakovat - ziyraklik, ilmga chanqoqlik, sabru-qanoatla yetuklik - kifoyatlik, ustoz irshodi  yo’llanmasi, hamda uzoq vaqt darkor.

Sherik, hamxona tanlashda tirishqoq, jiddiy, parhezlik, taqvodor hamda mustahkam irodali, xulqi mustaqim o’zgarmaydigang va fahm-farosatli, tushunadigan va tushuntira oladigan kishini ixtiyor qilish lozim. Тa-biiyki, dangasa, e’tiqodi sust, sergap, buzg’unchi va fitnachilik xislati bor kishidan uzoklashishi kerak.

Hikmatlarda: Kishining kim va qanday ekanini o’zidan so’rama! Balki uning yaqinlariga, do’stlariga qara! Aql bilan nazar qil! Chunki inson do’stlariga ergashadi. - Kimki, tilasang bilay, maqolin angla, Aslin desang anglayin, fiolin angla. Kirdikorig’a boqib asl holin angla, Aslig’a dalil aning hisolin angla.

Ular yomon va noshoista fe’lu xulqlik bo’lsalar, zud-lik bilan ulardan uzoqlash. Agar yaxshi va ijobiy fe’-llik bo’lsalar, ular bilan do’stlash. Samimiy munosa-batlar o’rnat. Shunda to’g’ri yo’l topasan, hidoyatga erishasan. She’r:

Yaxshi libos tanga oroyish,
Yaxshi ko’ldosh jonga oroyish.
Kishi aybing desa, dam urmag’ilkim, ul erur ko’zgu,
Chu ko’zgu tiyra bo’ldi, o’zga aybing zohir aylarmu?!


Har qanday holda bo’lsangda, dangasa bilan do’stlash-ma, hamsuhbat bo’lma! Qancha solih, yaxshi insonlar bor ediki, ular sheriklarining buzg’unchiligi, yomonligi bilan buzildilar, yomon otliqqa aylandilar. O’zini qattiqqo’l qilib ko’rsatadigan va bezbet kishi dushmanimdir. U kul ichiga qo’yilgan cho’g’ kabidir, kul esa cho’g’ning o’chib qolishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, sen ham bir cho’g’ misoli bo’lsang, cho’g’ni alangalatmay, maqsadga yetkazmay uni o’chiradi.

Хulosa shuki, qozonga yaqin yursang qarosi yuqar deb, tanlangan sherik qanchalik izlanuvchan, tirishqoq va odo-bu axloqi hush bo’lsa hamda taqvoyu parhezda yo’lboshchi bo’lishi ayni muddaodir. Shubhasiz, bu kabi fazilat-li sifatlarni sherik va yaqinida yurganlarga ham yuqtirishi, xulqlantirishi mumkin. Shunday qilib, o’ziga ham, o’zgaga ham naf beradigan ilm hosil qilishiga asosiy omil bo’ladi.

Kimniki aylay der esang mahraming,
Ko’p sinamay aylamagil hamdaming.


Janob paygambarimiz (s.a.v.):
-Har bir go’dak islom fitratida tavallud topadi. Biroq uni yahudiy qiladigan ham, nasroniy qiladigan ham, majusiy qiladigan ham ota-onasidir,- deb tarbiyaning nozik tamonlariga ishora qilyaptilar.

Ushbu purhikmat so’zlarni zohiriy ma’nosiga qarab, yaxudiy farzandlarini yaxudiy qilib, nasroniy nasroniy xristian qilib, majusotashparast bolalarini o’tga talpinuvchi qilib tarbiya qilar ekanlar, deyish mumkin.

Ammo uni boshqa tomondan tahlil qilsak, musulmonga Тangri taalo fazli bilan ne’mat va omonat qilib farzand beradi. Noshukrlik va beparvolik ko’chasiga kirib, bolaning tarbiyasiga qaramasa, uni ilmli, xunarli qilmasa, dinini, shariatini o’rgatmasa, axloq-odob bermasa, kelajakda bu farzatsd yaxshilik, yomonlik, to’fiegrining, haq va nohaqning farqiga bormaslikda yaxudiy va nasroniy xatto majusiydan ham farq qilmay qoladi, deb janob Rasululloh (s.a.v.) tanbeh beradilar.

Muallif r.h.ning ta’biri bilan aytganda, ota-ona bolaga qanchalik yaqin bo’lib, ijobiy ta’sirlarini o’tkazganlari kabi, sheriklar ham, bir-birlariga ta’sirlarini o’tkaza biladilar. Fors tilidagi quyidagi hikmat ham bu fikrlarni tasdiqlaydi:

Yori bad badtar buvad az mori bad,
Bahaqqi zoti pok Allohus somad.
Yori bad orad tu ro sivoye jahim!
Yori neku gir, toyobi na’im!
Hayovu adab birla tuzgil maosh,
Yana ayla ta’zimu hurmatni fosh!
Ne el yori bo’lsang, alar rangi bo’l,
Nechuk bor esang, tutqil ul sari yo’l!


Yomon do’st, xulqu maqsadlari g’arazlik hamroh zahri qattol ilondan ham yomonroqdir.

Beniyoz, behojatlik Allohning pok zotiga qasam ichamanki, Yomon do’st seni jahannamdan boshqa joyga olib bormas. Haqiqiy yaxshi do’st ihtiyor qilgilki, Тo u birla ne’matlarga, jannati na’imga yetgaysan!

Yerda qaicha bordur karomat,
Bilmog’ingga kerak farosat.
Yakto ulug’lig’in ayla nazorat,
Kamtar kamoliga topgil ibrat.


Ilm va ilm ahllariga ham, shunday nazar qil. Ular bilan do’stlashganlarning holini ko’r. Oqibatlari qanday go’zal va har jihatdan muvaffaqiyatlik ekanini o’yla. Sen ham do’stingdan ibrat ol, uni mumtoz et. Chunki, do’st do’stning ko’zgusidir.

Kim bu chaman ichra xiromon erur,
Barchasi bir-biriga mehmon erur.
Har  kishikim, or esa yore anga,
Har kishikim, yor esa bore anga.
Yor uldurki, har nekim o’ziga
Istamas, yorig’a ham istamag’ay.
O’zi istarki, yor uchun o’lgay,
Ani mundoq sharik aylamagay.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 05:39:57

4-FASL ILMNI VA ILM AHLINI ULUG’LASH HAQIDA

Bilgilki, tolibi ilm ham, tolibi kasb-hunar ham faqatgina ilm va ilm ahlini.hurmatini o’z o’rniga keltira olishi uni hurmatlab, ta’zimini ado eta olishi bilangina ilmga, kasbga erishib, ulardan muvaf-faqiyat ila manfaaat topadi. Ustozni hurmatiga e’ti-bor va uni qat’iyan ulug’lash, salobatli tutish esa alohida ahamiyat kasb etadi. Donishmandlarimiz:

Hurmat saqlash toat-ibodatdan ko’ra afzalroqdir,-deganlar. Yana bir ulug’ zotdan:
-Ilm afzalmi yoki odob?- deb so’raganlarida, ul zot:
-Odob afzal,- deb javob berganlar.

Haqiqatda ham, go’zal xulq, odob har qanday olimu-xunar egasining benazir ziynatidir. Yana shunday mo’’ta-bar insonlardan:
kim nimaga erishgan, fazilat va daraja topgan bo’lsa faqat hurmat, odob saqlash bilan erishibdi. Kimki o’z obro’-e’tiboridan, erishgan fazilatidan ayrilgan bo’lsa, bilsinki, u faqatgina bu ayriliqni odob saqlashni loyiq ko’rmagani, hurmat va e’zozni tark qilgani sababidandir,- deb ogoh qiladilar. Yana:
-Ogohlik, ziyrak fahm bilan bir oz fikr qilgin, inson gunohu ma’siyat bilan imondan ajrapmaydi. Balki izzat-ikromni va odobni tark etgani uchun kofir bo’ladi.

Farishtalarga dars o’tagan Iblisni yodingga ol! U beodoblik va tarki ehtirom-la Alloh taoloning rahmat dargohidan quvildi, Unga osiy bo’ldi.

Vahhobiylarni ko’r! Kattalarga hurmatlari, kichikka izzatlari yuzakilikka, yohud yo’qlikka yuz tutgani sabab ustozning ulug’ligini e’tirof etmadilar. Barcha us-tozlarining norizolik dastorlarini boshlariga qo’yib, ustlariga duoibaddan iboratliboslar kiydilar. «Ilmu taqvolari» bilan muborak, pok dinimizga qancha zarar keltirdilar. Ushbu harakatlari natijasida to’g’ri yo’ldan chiqdilar, Allohning roziligiga muyassar bo’ladigan yo’ldan adashib, dunyoga, shayton rizoligi tomoniga o’tdilar.

Musannif (a.r.) hazratlari, muallim va ta’lim-tarbiya beruvchi insonni hurmatini qoim qilish, ular huzurida odobu ahloq sulukotlariga rioya qilish bevosita ilmni hurmati, ta’zimidan sanaladi, - deb qayd etadilar. Hazrati Ali (r.a.)ning ushbu so’zlarini gapimizning tasdig’i desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Hazrati Ali aytdilar:
- Menga bir dona harf o’rgatgan kishining quliman. Хohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin, xohlasa kul qilib ishlatsin.

Aqli raso insonga bundan ehtirom qilinishga eng haqdor va loyiq zot muallim, ustoz ekani ma’lum bo’ladi. Kishi iymonining belgisi shubhasiz, ustozning hurmatiga va duoi xayriga sazovor bo’lishidir.

Ustozni izzat-ikromini o’z o’rniga qo’yish maqsadida hadya va xayru ehsonlar qilish afzal ishlardan hisoblanadi. Masalan, bir harf o’rgatsa, ustozga ming dirham hadya qilmoq nihoyatda xayrli amaldir. Bordi-yu, diningda, imon-e’tiqodingda muhtoj bo’lgan masalada bir harf ta’lim bersa, u inson sening dindagi otang, padari buzrukvoringdir.
Shayxul Islom buyuk imom, muhtaram ustozimiz Sadiduddin Sheroziy hazratlari:

-Bir kishi o’g’lini olim, fozil bo’lishini orzu qilsa, olimu faqihlarning, ilm yo’lida yurganlarning haqlarini, ya’ni hurmatlarini rioya qilmog’i lozimdir. Bu ta’zimlarini o’rniga keltirish va hadyalar berish ila bo’ladi. Agar o’g’li olim bo’lib yetishmasa, unda albatta nevarasi olim bo’ladi,- deganlar.

Ustozning mehru muhabbatiga, e’tiboriga loyiq bo’lishni istagan shogird avvalo quyidagilarga amal qilmog’i lozim:
- Ustozning oldiga tushib yurmaslik;
- Ustozning o’rniga o’tirmaslik;
- Huzurlarida ruxsatsiz gapirmaslik;
- Malol keladigan bo’lsa, dars vaqgida ko’p savol bermaslik;
- Darsdan tashqari savolni vaqgida so’rash qoidalariga rioya qilish;
- Darsga kech yoki barvaqg kelish;
- Ustozni bezovta qilmaslik;
- Ustozning eshiklarini taqillatmaslik, balki o’zlari kelishlarini yoki chiqishlarini sabr qilib kutish.

Mazkur amallarning samarasi - ustozning roziligini topish, ko’nglida muhabbat paydo qilishdan iborat. Shuningdek, norozi qilib qo’yishdan, g’azabidan saqlanish ham hosil bo’ladi.
Ustoz gunoh va ma’siyatga buyurmasa, barcha farmonlariga itoat qilmoq, so’zsiz bajarmoq shartdir. Shogird ustoziga o’zini doim bo’ysungan holda ko’rishi ilm hosil etishiningomilidir. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.):

-Хoliqqa, ya’ni Allohtaologa osiy va gunohkor bo’ladigan ishda mahluqqa, ya’ni biror kimsaga itoat yo’q, -deb ogohlantiradilar. Demak, bundan boshqa barcha buyruq va ko’rsatmalarini sidqidil bilan ado etish bilan ustozining rizoligini topadi.

Zero, ilm Allohning mulki va ulug’ ne’mati bo’lib, o’zi saralab olgan bandalariga in’om qiladi. Shunday ekan, Janob payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak hadislari ma’nosiga ko’ra, tolibga uch turli kishilarning duolari bilan ilm hosil bo’ladi: ustozi, ota-onasi va o’zining kechalari shikastalik bilan qilgan ibodatlari, duolari natijarida unga ilm hosil bo’ladi.

Kitob o’qish, dars tayyorlash, saboq olish, mukolama qilish kabilar bilan ham, ilm hosil qilish mumkin, lekin u yodda qolmaydigan, yoki zarur vaqtda foyda bermaydigan ilm bo’ladi.
Ogoh bo’l! Ustozning roziligi, duosi senga suv va havodek zarur, shuningdek, kelajagingda asosiy saodat poydevoridir. Ustozni hurmatini o’zida kasb etgan amallardan yana biri ustozning farzandlarini, yaqin bo’lganlarini hurmat qilish, odob saqlash hisoblanadi. Shayxul islom «Hidoya» kitobiningsohiblari, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari hikoya qiladilar:

-Buxoroi sharifning katta allomai kiromlaridan biri dars halqasida edilar. Dars asnosida goho o’rinlaridan turib ko’yardilar. Ziyrak toliblari buning sa-babini so’radilar. U zot kamoli ehtirom bilan:

- Mehribon ustozimning farzandlari ko’chada bo-lalar bilan o’ynab yuribdilar. Goh o’ynab eshik oldiga kelsalar, darhol ustozimni hurmatlari uchun o’rnimdan turyapman, - deb javob berdilar.

Yana hikoya qiladilarki, Imom Buxoriy hazratlari (r.h.) bir mudsat Makkai Mukarramada dars o’taganlar. Bir ziyoratchi Buxoroi sharifdagi ustozlaridan salom va maktub olib keladilar. Shunda, ustozlarining yurtidan kelganlarini bilib, kuchoq ochib ko’rishib, hurmat izhor qilganlar. So’ng, salom xabarini eshitganlarida, Buxoroi sharif tomoniga yuzlanib, salomga alik olib hurmat bajo keltirganlar. Keyin maq-tubni ikki ko’llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o’qiganlari aytiladi.

Qarang, qanday ibratli voqea bo’lgan ekan, ustoz hazratlari uzoqda, g’oyib bo’lsalarda, huzurlarida turgandek hurmat bajo keltirdilar. Balki ulug’ al-lomai zamonlarning o’z davrida yetishgan baland ilmiy darajalarining omillardan biri shu bo’lgan bo’lsa, ajab emas.

Hozirgi tolibi ilmlarimiz ham shunday omillardan bahra olib, yana diyorimiz shuhratini ilmu taraqqiyot sohasida ko’klarga sarafroz etadigan ulamoi za-monlar bo’lib yetishsalar edi, Janobimiz (s.a.v.)ning:
«Dunyoga ta’lim beruvchilar bu tomondan chiqadi», -degan bashoratlari yana isbotini topgan bo’lur edi.

Hazrat qozi Imom Faxriddin al-Arsobandiy Marv viloyatida barcha imomlarning raisi edilar. Marvning sultoni bu zotni g’oyatda hurmatlar edilar va:
-Faqatgina ustozimning duolari sharofati bilan bu mansabga erishdim. Hurmatlarini o’rinlatishga harakat qildim. Hazrat uyetozim qozi Imom Abu Yazid addabbusiy (a.r.)ning xizmatlarida qush misoli uchar edim. Kiyimlarini yuvib, poyabzallarini tozalab, taomlarini hozirlar, ustozim ovqatlanib bo’lgunlari-cha, o’zim tanovul qilmas edim,- deb yod etadilar.
Yana bir ulug’ zot ushbu voqeani aytib berganlar. Shayxul Islom buyuk imom, shamsul aimma hazrati Хalvoniy ma’lum bir sabab tufayli, Buxoroi sharif atrofidagi qishloqlarning birida bir necha kun yashaganlar. Shogirdlaridan Shayxul Islom, Qozi Abu Bakr az-Zaranjiy hazratlaridan boshqa barchalari kelib, us-tozlarini ziyorat etdilar. Kunlarning birida ustoz bu shogirdni uchratib qolib:
-Nega meni ziyoratimga kelmading?- deb, malomat bilan ko’ngillaridagi muhabbatning darz ketganiga ishora qildilar.
-Men munis onajonimning xizmatlari bilan mashg’ul bo’lib, ziyoratingizga kela olmadim, - deb uzr so’radilar.
-Umringizning uzoq bo’lishiga nasiba olibsiz, ammo ilmingiz ravnaqi, darsingiz rivojini rizqlantira olmabsiz, bu nasibadan bebahra qolibsiz,- degan ekanlar. Хuddi mana shu so’zlarning isboti yuz berib, bu zot ko’p vaqtlarini qishloqlarni kezish, shu yerlarda yashab, dars berish va dars olish imkoniyatlaridan mah-rum bo’lgan ekanlar.

Qissadan hissa, kim ustozini norozi qilsa, unga ozor bersa, ilm barakotlaridan mahrum bo’ladi va il-mdan foyda topmaydi. Agar topsa ham, yo’q hisobida foydalanishi mumkin.

Izzattalab bo’lmas muallim, tabib,
Shu ishdan elda bo’ldilar habib.
Izzatu xurmating qaytar bo’lib saodat,
Andishasiz qadaming o’zingga qaboxat.
Ogoh bo’lki, muallim va tabib,
Hech qilmaslar talabi izzat,
Qilmaslar buni pandu nasihat,
Qadring bilgil, ehtiromlar ko’rsatib,
Ustozdan noil bo’l ikki olam saodatin,
Тabibdan ol darding davosin.
Gar johillik va kibr ila jafolar bersang, ey, azizim
Baxting qaroligiga va darding alamiga sabr kosasin ol.


-Ey, shogird! Ey, bemor! Meni hurmat qil, odob-ahlo-qingni tuzat,- deb nasihat qilmaydilar.
-Ey inson, axir hayoting, dunyo ishlaring, oxirating, kelajaging mening qo’limda, unga men tufayli erishasan, ishlaringni oqibatini o’ylab qilgin,- deb va shu kabi ko’rsatmalarni bermaydilar. Beodoblik qilib, ularni ranjitdingmi, qo’polliging bilan ularga aziyat yetkazdingmi, o’z dardingga, kasalingga sabr qil, og’riqlariga chida! Yoki, o’zingni johilligingga qanoat qil!

Hikoya qilibdurlarki, hazrati Horun ar-Rashid o’g’illarini imom Asmo’iy (a.r.) huzurlariga ilm va odob o’rganmog’i uchun yubordilar. Bir kuni ustoz hazratlarining tahorat olayotganlarini ko’rib qoladilar. O’g’illari esa oyoqlariga suv quyar edi. Shunda xalifa hazratlari imom Asmo’iyni itob (urishib) va malomat qildilar.

- Men sizning huzuringizga o’g’limni ilm va odob o’rgansin deb jo’natgan edim, shunday ekan nima uchun bir qo’li bilan suv kuyib, boshqasi bilan oyog’ingizni yuvishni buyurmaysiz?! - dedilar.

Demak, ustoz hurmatiga rioya qilmoq, xizmatlariga qoim bo’lmoq, uning ko’nglida muhabbat va rizoligini topish har bir talabaning hayotiy vazifasiga aylanmog’i kerak ekan. Bu esa, ilmidan o’zi ham, boshqalar ham manfaat topishiga asosiy omillardan biridir. Тolib bu yuksak burchni ixlos va samimiyat bilan yondoshgandagina, samarasidan bahra olishga erishadi.

Endi ilmni e’zozlash, uni ulug’lash haqida fikr yuritsak. Ilmning bulog’i hisoblangan ustoz, muallim hazratlarini va ularning maqomlarida bo’lgan har bir kishini hurmat qilish ham ilmning ta’zimi bo’ladi. Albatta, ilm bulog’i va manbai kitobdir. Demak, kitobga ahamiyat berish, uni ozoda va ko’rkam tutish, faxr bilan ko’tarib yurish, pokiza va baland joylarga qo’yish nafaqat uning hurmati, balki ilmni ulug’lash hisoblanadi.

Shuningdek, kitobni asta varaqlash, imkon qadar bir ochishda kerakli sahifani ochish va zarur bo’lganda kitobni varaqlash ham ilmni ulug’lash jumlasiga kiradi.
Kitobni varaqlashda kitob varaqlarini g’ijimlab, buklab, barmog’iga tuflab varaqlash noshoista ishdir. Kitob va daftar ustiga jild va g’ilof tutish mo’’tabar amaldir. Zero, kitobni ulug’lash ilmni ulug’lash ekan, talaba kitobni har vakt tahorat bilan ushlamog’i kerak bo’ladi. Bu ishga odatlanishi o’ziga foydadir.

Shayxul Islom, imom Хalvoniy hazratlaridan hikoya qiladilarki, ul zot:
-Men bu ilmga faqat uni hurmat qilib eryshganman! Qog’ozni doim tahorat bilan olar, betahorat kitobga yaqin kelmas edim», - deganlar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 05:40:54

Shayxul Islom, Shamsul aimma, imom Saraxsiy hazratlari kunlarning birida qorin og’rig’i kasalligi bilan og’ridilar. O’sha kechasi tahoratlarini takrortakror yangilaganlar. Хullas, o’n yetti bora tahorat olgan ekanlar. Chunki, bu zot ilmlarini faqat tahoratda qaytarar edilar. Zero, ilm nurdir, tahorat esa poklik va nurdir. Ikki nur bir-biriga qo’shilib, nurlar yanada ziyoda bo’ladi. Тahoratning nuri ilm nurining ziyosini ko’paytiradi.

Rioya etilmog’i nihoyat zarur bo’lgan amallardan:
-uzrsiz qiblaga va kitoblarga oyoq uzatmaslik;
-tafsirga oid kitoblarni barcha kitoblarning ustiga ko’yish va ularning ustiga boshqa kitob va biron narsa ko’ymaslik hisoblanadi.

Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari hikoya qiladilar:
-Bir faqih, olim kishi siyoxdonini kitob ustiga qo’yar edilar. Shunda ul zotga fors tilida «Bar na yobiy, ya’ni o’smaysan, kamol topmaysan»,- degan ekanlar.

Mazkur masalada Faxri islom, Qozixon nomi bilan mashhur, ustoz Aliyyul qori hazratlari shunday deganlar:
-Agar bu ish bilan kitobni xorlashni, mensimaslikni iroda qilmagan bo’lsa, unda zarari yo’q. Lekin bu ishdan ham saqlanmoq yaxshirokdir. Ilmning ulug’lanishiga yuz tutadigan amallardan yana biri - yozuvini ozoda, ko’rkam va husni xat bilan yozishi sanaladi. Bundan maqsad, yozgan yozuvlaridan kelajakda o’zi ham, boshqalar ham o’qib foydalanishlarini ta’minlaydi.

Shuningdek, mayda yozmaslik, qisqartmaslik, faqat o’ziga ma’lum bo’lgan belgi va ishoralar qo’llamasligi ham ilmni hurmatlash hisoblanadi. Yozganda esa, ba’zi ishora va aniqliklarni kiritish uchun va mayda yozuvlar qilish uchun hoshiya qoldiradi.

Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) hazratlari mayda harf bilan yozayotgan bir kotibni ko’rib, nasihat qilgan ekanlar:
- Ey kotib! Mayda xat bilan yozma! O’zinggina biladigan qisqartmalarni kiritma! Agar uzoq yashab, o’z xatingni qo’lingga olsang, nadomat chekasan! Agar vafot etsang, sendan norozi bo’ladilar, qarg’aydilar.

Bu so’zning ma’nosi, agar ulug’ yoshga yetishni Alloh nasib etsa, qarilik ne’mati o’z hikmati bilan ko’zingning nurini zaiflashtiradi va o’zing bilgan qisqart-malaringni ham yodingdan ko’taradi. Shunda yozganlaringni o’qiy olmay, o’zingni malomat va mazammat qilasan. Bu ishingga nadomat chekasan. Vafotingdan keyin, xatingni o’qiy olmagan kishilar seni so’kadilar va mazammat qiladilar.

Shayxul islom, Majididdin, imom Saraxsiy (a.r.) hazratlari:
nimani mayda va qisqartirib yozgan bo’lsak, kelajakda unga nadomat va xasrat chekdik. Nimani o’zimizga tanlab olgan bo’lsak, unga ham xasrat va nadomat chekdik. Nimaning qadriga yetmagan bo’lsak, shuningdek, nimani yaxshi-yomonligini fikrlamagan bo’lsak, shularga ham ko’p nadomat chekdik,- degan ekanlar.

Demak, ilm tolibi o’z husni xati ustida ishlamog’i, xatiga hamma vaqg boshqalar ham tushuna oladigan bo’li-shiga erishishi kerak. Nihoyat yozishda turli qisqartmalardan saqlanmog’i, ilm va axli ilmni hurmatlashi va ulug’lashi hisoblanadi.

Kitobning kesimi to’rtburchak bo’lmog’i kerak, chunki to’rtburchak kesim hazrat Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) ning kesimlaridir. Тo’rtburchak kesimli kitob ko’tarishga, qo’yishga, mutolaa qilishga yengil va kulaydir.

Ilm tolib sheriklarini va boshqa talabalarni ham hurmat qilmog’i, ularga rahm-shafqat, izzat-ikrom va yordamini ko’rsatishi kerak bo’ladi. Zero, mazkur ishlar ham aslida ilmni va ilm ahlini hurmatlashga kiradi.

Sheriklarining qat’iyliklari bilan qilingai dars va mukolamalarning samarasi o’laroq, ilm pishiydi, uni puxta egallaydi.
Kitobni bekordan-bekorga varaqlash mazmum (yomon ko’rilgan) va makruh amaldir. Ammo kitobini ustoziga yoki sheriklariga ochib bermog’i, foydalanish uchun bo’lsa kerak va lozim bo’ladi.

Тalaba olayotgan ilmini va hikmatlarini chukur ehti-rom bilan eshitmog’i lozim. Agar bir masalani ming marotaba eshitishga to’g’ri kelsa, har vaqt butun vujudini kuloq qilib, joni bilan eshitmog’i kerak bo’ladi. Bu hakda donishmandlar naql qiladilar:
-Agar tolib bir masalani ming marta eshitganda ham uni birinchi eshitgandek, ta’zim bilan eshitmasa, u ahli ilm bo’la olmaydi.

Chunki, ilm takror bilan pishiq va puxta bo’ladi. Arab maqollarida: «Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda bo’ladi»,- deyiladi.
Тolibi ilmni biror ilm turini o’zi ixtiyor qilmog’i durust emas. Masalan, ustoz huzurlariga kelib: «Menga mana bu kitobdan ta’lim bering»,- deyishi to’g’ri emas. Balki, qaysi ilmni ta’lim olishini ustozning o’zlariga topshirmog’i eng afzal yo’l bo’ladi. Chunki, ustoz bu sohada ancha tajribali bo’lib, talabaga qanday ilm, qanday qitobni o’qish loyikligini yaxshi biladi. Shuning uchun ham tolibning mahsadlari ro’yobga chiqishida foydasi aniqroq ta’limni amalga oshira biladi.

Shayxul islom, haq taoloning va dinning hujjati, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari (a.r.):
-Avvalgi zamon tolibi ilmlari mazkur ishlarni ustozga topshirar edilar. Shul sabab o’z maqsadu murodlariga erishar, ustozlarining ilmu urfonlaridan o’zlari ham, o’zgalar ham bahramand bo’lar edilar. Hozir esa, talabalar qaysi ilmni o’qishni o’zlari ixtiyor qiladilar. Хuddi tanlagan ilmu kitoblari ularga ko’proq foyda va naf berishini o’zlari yaxshiroq biladigandek, bu sohani o’rgating, deb ilm navini tanlaydilar. Shuning uchun ham ilm va fikh sohasidagi maqsudlari hosil bo’lmaydi. Ilmlari foyda beruvchi, manfaatli bo’lmaydi.
Hikoya qilishlaricha, barcha muhaddis olimlar peshvosi, buyuk vatandoshimiz imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hazratlari mashxur fiqh olimi imom Mu-hammad ibn al-Hasan hazratlarida fiqh ilmidan ta’lim olganlar. Namoz ahkomlari bayon qilingan kitobga kelganlarida, ustozlari: siz hadis ilmini o’qing, hadisga oid ilmlarni o’rganing!- degan ekanlar.
Тajribali, shogirdning kelajagiga yorqin nazar sola oladigan ustoz sifatida uning tabiatiga mos va iqtidoriga loyiq keladigan ilm hosil qilishni tavsiya qildilar. Hazrat imom Buxoriy (a.r.) shundan so’ng hadis ilmini talab qildilar va kelajakda hadis ilmi olimlarining peshvosi va amiri darajasiga yetdilar.

Dars olish, saboq vaqtida shogirdning ustoziga juda yaqin o’tirishi yaxshi emas. Balki, ustoz va shogird o’rtasidagi masofa bir kamonning uzunligi miqdoricha bo’lishi kerak. Bu ulug’lashga loyiqroqsir.

Barcha ahloqi zamimalardan, yomon xulqu harakatlardan tolibi ilm saqlanmog’i kerak, Bezbetlik, badfe’llik, farosatsizlik, dangasalik, kibr, manmanlik, qo’pol muomapa, nopoklik va boshqa barcha noshois-taliklar, kishi ko’nglida nafrat, yomon taassurot qoldiradigan xislatlardir. Chunki, bunday kishilarda farishta, yuzida nuri bo’lmaydi. Vaholanki, janob Rasululloh (s.a.v.) hazratlari:

-Allohning rahmat fariigRalari surat va iti bor xonadonga kirmaslar,- deb ogohlantiradilar. It va surat tufayli uyga farishta kirmasa, axloqsiz ki-shilarni ma’naviy qashshoq, ichki dunyosi tubanlashgan, o’zligini bilmagan itlarga o’xshatishlari bejiz emas ekan.

Aytishlaricha, ilm ham, kasbu hunar ham tolibiga farishtaning vositasida hosil bo’lar ekan. Bu nuroniy zotlar esa, inson har jihatdan - moddiy va ma’naviy pokiza bo’lsagina, unga qo’nadilar. Insonning murodiga yetkazishda o’z fayzu futuhlari bilan rivoj beradilar.

Axloqi zamimalarni axloq-odobga rid kitoblaridan bilib olish mumkin. Ulardan so’z ochsak, kitobimiz cho’zilib ketadi. Ammo, kibru havoga, manmanlik, gerdayishu-kekkayish to’g’risida to’xtalamiz.

Ma’lum bo’lsinki, kibr bilan ilm zinhor hosil bo’lmaydi. Donishmandlar bu hikmatni shunday bayon qilganlar:
-Ilm oliylikka intiluvchi uchun go’yo jang kurolidir. Janggoxda esa, kurolni mohirona ishlata olmasang, halok bo’lasan. Ya’ni maqsading ham hosil bo’lmaydi.

Sel baland joylarni xarob qilib, tekislab yuborganiga o’xshaydi. Ilm ham insondagi kibrni sel balandlikni bo’ysundirib, tekislab yuborgani kabi yo’qotib yuborishi kerak.
Har shonu-sharaf, shavkatga jiddu-jaxd, mehnat bi-lan erishiladi. Unga ota-bobolarning xizmati bilan hech qachon erishib bo’lmaydi. Shon-sharafga, ulug’likka jiddiylikla e’tibor bermasa baxt bo’lurmi?! Qancha baxtsaodat topgan qullar borki, ular hur insonlar darajasida, yana qancha baxtini topmagan, omadi chop-magan ozod kishilar borki, o’zlarini quldek tutadilar va ular qulning darajasidadirlar

Тalaba ilmu hunarga noil bo’lishida turli kishilarning munosabatini ahamiyati bor. Avvalo ota, so’ng onaning rizoligi, duolari va albatta, farzandini qo’llab, qiziqtirib borishlari bilan, uchinchidan ustozning mehri-muhabbati, samimiy ta’limi va o’zining shogirddan ham, bergan bilimidan ham rozi bo’lishida kelajak uchun zarur asos bor. Qolaversa, shogird haqqiga qilgan xayrli duosi sharofati bilan maqsad-murodlari hosil bo’ladi. Тo’rtinchi, tolibning o’zidan bo’ladigan jiddi-jahd, astoydil harakati, yuksak saviyadagi odobi bilan niyat qilgan manziliga bardam qadam tashlaydi. Hayot tajribalari ko’rsatadiki, har bir ilmu hunar izlovchi mana shu foydali ko’rsatmalarga amal qilib, orzu va umidlariga yetishi shubhaga qolmaydi. Shuning uchun ularni o’z ahamiyati, maqomi bor va bularga jiddiylik izhor qilish qiymati benazirdir. Keyingi faslda bu haqda kengroq so’z yuritamiz, inshaalloh!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Oktyabr 2009, 06:01:40

5-FASL. JIDDU-JAHD EТISH, ТA’LIMU-RIYOZAТGA BARDAVOM BO’LMOQ VA HIMMAТU G’AYRAТ HAQIDA

Bir mashaqqatga ikki yengillik beraman,- degan ma’noda Qur’oni karimda Allohning va’dasi bor.

Shubhasiz, talaba ilmga jiddiylik bilan yondoshi-shi va ta’lim olish hamda riyozatga berilishi, unda bardavom bo’lishi, himmat-g’ayratlik, chaqqon va harakatchan bo’lishi kerak. Ushbu sifatlarni egallash ke-rakligiga mana bu oyati karima ishora qiladi:
«-Bizning ko’rsatmalarni amalga oshirishda biz uchun (Alloh roziligi yo’lida) jiddi-jahd qilganlarni, samimiy harakat qilganlarni haq yo’llarimizga hidoyat qilib ko’yamiz». Ya’ni, Alloh bu oyatida o’zining roziligini niyat qilgan holda sa’y-harakat qilganlarni ma-qsadlariga erishtiraman, - deb va’da qildi.

Faqat shayton noumid, inson esa say’-harakatlarining natijasiga albatta erishadi. Mashoyixlarimiz bu hakda shunday deganlar:
kim biron narsani talab qilsa, unga erishish yo’l-yo’riqlarini izlasa va bu ishida jiddiy kirishsa, talab qilgan niyatiga erishadi. Kim eshikni taqillatsa va qat’iyatlik ko’rsatsa, shu eshikdan kiradi. Ya’ni, oxiri javob oladi. Chunki, har ishga jiddiy kirishilsa, uning samarasiga erishiladi.

Yana debdilarki, orzu-umidlarga chekkan mashaqqatlarning mikdoricha yetasan. Dono xalqimizning:
«Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Тoqqa chiqmasang, do’lona qayda?!» - degan purhikmat so’zlari ham bu fikrni qo’llab quvvatlaydi. Inson orzulari sari intilmog’i, yo’lidagi to’g’anoq, aziyat va qiyinchiliklarni yengish uchun yeng shimarib, sa’y-harakatga kirishmog’i kerak bo’lar ekan.

Ba’zi manbalarda, har qanday maqsad sari qadam bosishda va komil sifat egasi bo’lib yetishishda uch toifa kishilarni sa’yu harakati, sabru matonati va qiziqishi, intilishi zarur bo’ladi,- deyilgan. Birinchisi mutaap-lim o’rganuvchi, ya’ni shogirdga va ikkinchi ustozga hamda uchinchisi ota-onasiga bog’likdir. Modomiki, ular hayot bo’lsalar, hammalarining ehtimomlari bilan kishi o’zining maqsadlariga erishishi mumkin. Zero, ilmu-hunar o’rganmoqqa zavq, intilish borligi, munosib ustozni topa bilishi, ota-onaning hayot bo’lishlari Allohning bandaga bergan juda ulug’ ne’matlaridandir.

Shayxul Islom, buyuk imom, ustoz Sadiduddin Sheroziy ash-Shofeiy hazratlari:

Qimirlagan qir oshar, derlar
Ham tinmagan tinar, derlar.
Mushkilotni jiddiylik ketkizar,
Har uzoqlarni uzog’in ketkizar.
Haq,- dedilar: intilganga tole’ yor,
Har makonda ochiq eshik bor.


Jiddiylik, qat’iyyatlik har qanday va har bir uzoq, mushkil ishni amalgaoshiradi, uni yaqinlashtiradi, yopiq eshiklarni ochadi.

Darvoqe’, hayoti torlik, qiyinchiliklar bilan sinalayotgan kishi, Allohtaoloning bandapari ichida himmat va hayrat sohibi bo’lishga haqlirokdir. Akdpi, olimu fozil insonlar nochor, kambag’al bo’lib, kamtarona hayotlari va shu bilan nodon kishilarning maishatlarining bekamu ko’stligi, Alloh taoloning hikmat bilan xohlagan ishini bajarishiga dalil hisoblanadi. Kim ilmu fahm ne’mati bilan rizqlangan bo’lsa, bahosi yo’q ne’mat egasi bo’libdi. Хikmati ilohiyga ko’ra, bunday bebaho ne’matsohibi ko’pincha, moddiy boylik, mol-dunyo kengchiliklaridan mahrum bo’ladi. Demak, aql bilan nodonlik, boylik bilan kambag’allik hech jamlanmaydilar. Biri boshqasini albatta surib chiqaradi. She’r:

Mehnat ila mashakhat jonga huzur,
Adnoyu oliy maqsadlarga yetkuzur.
Mehnat qilmay maqsadga intilmoq,
Yo’l avvalida orqada ko’p qolmoq.
Umidsizlik dashtida o’zin topar
Har o’tkinchi it ham uni qopar.


Bemashaqqat, mehnat qilmay, qiyinchilik ko’rmay chuqur bilim egasi, munozara o’tkaza oladigan yetuk olim bo’lishni istaysanmi?! Bilgilki, jinnilikni turlari ham juda ko’p. Ya’ni, bunday yo’l bilan ilm talab qilish aqlsizlik va jinnilikdan dalolatdir. Hatto dunyo ma-tosiga ega bo’lish uchun ham qancha qiyinchilikni, g’amtashvishlarni boshdan o’tkazish kerak. Ilm qiymatsiz boylik bo’lsa, qanday bemashakhat bo’lar ekan?! Zero, mashoyixlarimiz:

Bemashaqqat topilsa har nimarsa,
Aning qadrin bilmas hech kimarsa
, - deb, moldunyo va ayniqsa, ilmning qadriga yetmoq uchun, albatta ma-shaqqatini, qiyinchiligini boshdan o’tkazish zarurligini bildiryaptilar. Aks holda, noshukrlik libosiga o’ranib, xorlik ko’chalarida izg’ib yuradi.
Abu Тoyyibning she’ri:

Munkar ishdan qaytar, deb iymon aytadi,
O’z ishingdan nari ketma, deb shayton aytadi.
Bilgil, bu ishlar misli olov,
Bepoyon tor yo’l,  yurarsan vale yayov.
Ig’vogar, chaqimchi va ahli g’iybat
Digar yo’l topolmay, qolur abad.
 Shashtidan bur, ikkilanmay, bilo shak,
Qaytarmasang yo’lu gunohga sen sherik.


G’iybatchi, chaqimchi, ig’vogar kishini bosib qo’yishga, uning buzuq, fosiqona harakatlardan qaytarib qo’yishga qodir bo’la turib beparvo, hamiyatsizlik ila qarashlaridek kishining o’zidagi aybni ko’rmadim.

Shoir baytlari bilan insonning ulug’ aybi o’z kam-chiligini ko’rmasligidir,- deydilar. Kishi doim o’ziga ogoh bo’lib, g’iybat, chaqimchilik kabi yomon illatlardan saqlanishi kerak. Bu uni go’zal axloq sohibi va ilm egasi bo’lishiga erishtiradi.

Kechalarini bedor o’tqazish - tolibning maqsadlarini ro’yobga chiqarishda o’z ahamiyatiga molik bir omil-, dir. She’r:

Qancha mashaqqat tortsang
Shunchalik martaba toparsan.
Bir biriga chambarchas bog’liq,
Beparvoning tongla yuzi dog’lik.
Kechalari bedorlikni odat qil,
Хulus niyat ila toat-ibodat qil.
Kechalarda takror qil ilmingni,
Kunlari oshir kishiga hilmingni.
Zehn qayrog’i tilovatdir ham mukolama
Vaqtii berma boy, ertaga oh-voylama.
Ey, g’ofil! Bu orzularing ko’p durust,
Lek qay xolingga uyquni aylading do’st.
Ko’p uyquni zo’r dushman bil,
Uxlamay kechalar bag’rin til.
Durru gavhar koii dengiz erur,
G’avvos unga yetishishda tengsiz erur.
Uning amalidan sen ham o’riak ol,
Humo qushing makoniga qadam sol.


Shubhasiz, oliy martabalarga qilgan mehnating miq-doriga qarab egallaysan. Bas, kim oliylikni talab qilsa, kechalarni bedor o’tkazsin. Bedorligi ilm o’qish, takror bilan, ibodatlar bilan, tilovatu mukolama qilish bilan bo’lsin.

Ey g’ofil! Ey, hayolparast! Izzatu obro’lik bo’lishni orzu qilib, kechasi uyquga ketasanmi? Ogohbo’lkim, dur-ru gavhar izlagan dengizga sho’ng’iydi, g’avvoslik qiladi. Ya’ni, kecha-kunduz mehnat va riyozatni o’ziga yor qilmoq kerak.

Kishining shuhrati, martaba topishi qobiliyati, oliy himmatligi, g’ayrati bilan bo’ladi. Vaholanki, kishi Alloh huzurida haqiqiy hurmatga kechalarni bedor o’tkazish bilan erishadi.
Kim mashaqqat chekmasdan oliy martabani talab qilgan bo’lsa hayotini, amri muhol ish talabida bekorga o’tkazibdi. Parvardigbro! Ilm, kasbu hunar olmog’imga o’zing tavfiq ber! Oliy martabalarningulug’ nuqtasiga meni yetkaz!

Qayd etilgan