Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari  ( 41948 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muhammad Amin  02 Oktyabr 2009, 06:03:39

Donishmandlardan naql qiladilar:
- Murodingni hosil qilish uchun, kechalarni o’zingga tuya karvoni qilib ol! She’r:

Amalga oshsin desang barcha umidlar
Maqsad sari yetaklovchi karvonga min,
Go’yo oqshomlar karvondirlar,
Ularni minmoq oqshomni bedor kutmoq.


Kim barcha orzularini birdaniga ro’yobga chiqishini xohlasa, ularga erishish yo’lida kechalarini manziliga yetkazadigan tuya karvoni qilsin!

Kechasi bedor bo’lish va uxlab qolmaslik uchun taomingni kamaytirgin. Ey azizim! Agar kamolot istasang, bedorlikdan qolmagin!

Kim kechalarni o’qigan va bilganlarini takrori bilan o’tkazsa, tongla kunduzlari qalbi shodlikka to’ladi. Chunki, kelajakda bu ishlari foyda keltirib, kechalarini bekor o’tkazmagani uchun afsuslanmaydi. De-mak, Alloh ne’matlari ichida kechaning o’z o’rni bo’lib, talaba uni g’animat bilmog’i juda zarur. Zero, kechalari qilingan duo va riyozatlarning ahamiyati benihoyadir. Ulug’larimiz bu haqda o’z manzumalarida qimmat-lik ko’rsatmalar berganlar:

Yegil kam kecha turmoqdin yesang g’am, Bo’lur ish kam agar ko’p to’#sa ishkam! Zgam axd etsa «Fatlubni tajidni'» Qo’yurmi bandalar bu jahdu jidni. - deya So’fiy Allohyor (a.r.) hazratlari taomni ozaytirib, qat’iy harakatni ko’paytirishni ta’kidlayaptilar. hazrati Boborahim Mashrab (a.r.) ham jiddiylikni hamma holatlarda mo’’tabar ekanini aytadilar: "Chin oshiq ersang, berma ko’m il nafsi havoga, Ko’p yotma sahar, uyg’ona ko’r zikri Хudoga, G’ofil yurma, bo’lma giriftori baloga, Mashrab o’zingni solma necha javru jafoga. Тo’g’ri yurusang el so’zidan sanga na gamdir?!

Ilm talab qilishga targ’ib qilingan hadisi shariflarda aytilishicha, ilmni.chg har soniyasi ibodat, har soniyasi istig’for bo’lib, fazilati ulug’ ne’matlar eshiklarini keng ochilishiga boisdir. Ibodat, tavbayu istig’forning sultoni sahar vaqtida ekaniga Qur’oni karim oyatlari dalolat qiladi. Chunonchi, Alloh solih bandalarining fe’llarini, ularning xulqlarini bayon etib:

Тongu saharlarda tavba va istig’for aytuvchi hamda ibodatlar bilan parvardigorlariga yolvoradigan bandaning kamchilik va gunohlarini avfu inoyatimizga olib, mag’firat daryosida g’arq etib, ularni baxtsaodatga noil qilurmiz!-deydi. She’r:

Kechasi uykuni yuz tutqazsang barbodga,
Kelajakda albatta yetarsan murodga!


Тolibi ilm kechaning avvalida hamda oxirida darslarini takror qilishga odatlanmog’i kerak. Ushbu ikki vaqt - shom va xufton hamda sahar vaqglari barakot-lik, fayzlidir.
Hakim zotlardan biri deydilar:

Ey, tolibi ilm! Parhezkor va taqvolik bo’l, ya’ni ishlaringni taqvo va parhez rishtasi ila bog’lab boshqargin. Ko’p uxlashdan uzoqlash, chunki ko’p uyku koni ziyondir. Тaomni to’yib-to’yib yeyishdan saqlan! Qorin to’q bo’lsa, kishi ishyoqmas, dangasa va boshqa salbiy sifatlar sohi-bi bo’lib qoladi. Yuqoridagi mazkur bir baytda:

Bo’lur ish kam agar, ko’p to’ysa ishkam, - deb keyingi keltirilayotgan «ishkam»dan murod «qorin» bo’lib, baytning ma’nosi: «Agar kishi qornini to’ydirib yuborsa, o’zi uchun foydali ishlarni kam qiladi yoki hech qila olmaydi», - demakdir.

Dars o’qimoqqa va uni takrorlashga bardavom bo’l va zinhor bu ishlaringdan ajralma, tashlab qo’yma! Chunki, ilm dars o’qish va takror bilan qoim bo’ladi, rivoj topadi. Umrining «yoshlik» degan bekatidagi har bir kunlarini talaba g’animat bilmog’i kerak, kelajagi uchun mustahkam zamin tayyorlamog’i kerak. Yoshlikka xos bo’lgan beg’ubor tongni, uni qiziquvchanligini-yu, qizi-shuvchanligini ham g’animat bilmog’i zarur. Belingni kuvvati borda olib bel, Ko’ngil bog’in sug’or ketmay turib sel! Bu baytdagi «sel»dan murod biron narsaning yetilgan vaqgi, aynan ishlov beradigan davri, insonning kuch-quvvatga to’lgan, fahmu-farosati, aql-idroki kamol topgan vaqti demakdir. Baytning ma’nosini:

Ey inson! Jisming salomat, beling quvvatlik, qaysi bir ishni qilmoqni xohlasang unga qo’ling yetadigan, o’zing bajara oladigan vaqgingda, har narsani idrok etadigan kunlaringni g’animat bil! Qo’lingga himmat va gayrat belini olib, ko’ngil bog’ingni obod qil! Bu ishning oxiri rohat keltiradi. Mehnatingga qarab maqsadlaring hosil bo’ladi.

Kim oliy fazilat sohibi bo’lishni xohlasa kechalarini qoim qilmog’i kerak bo’ladi. Ilm o’qish, takror bilan, duo-yu istig’forlar bilan kechalarni bedor o’tka-zadi. Yoshlik - beg’uborlik onlaringni shunday g’animat bil!

Zero, yoshlik davring uzoq davom etmaydi, ko’z ochib-yumguncha katta bo’lib, boshingga turli xizmat, g’am-tash-vish va ro’zg’or kabi dunyo yumushlari tushib, umring qanday o’tib qolganiyi sezmay qolasan.

Arab hikmatlarida: «Yoshlikda o’rganilgan ilm, go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir», - deyilgan. Bu ham yoshlikni bir ulug’ ne’mat ekanini ta’kidlayapti.

Yoshligingda toat qilsang, qariguncha ko’nikasan. Qarilikda toat qilsang, ko’nikkuncha ko’milasan, - dey-ish bilan nafaqat ibodat, balki boshqa xayrlik ishlarga o’rganib borishning fazilati bayon qilinmoyeda. Тolibi ilm toqati kelmaydigan darajada o’zini qiynashi, mashaqqatga solishi durust emas. Chunki, so-g’lig’i ketadi, irodasi va intilishi sustlashib qoladi. Balki jiddi-jaxdini asta, oz-ozdan yumshoqlik bilan, toqatiga mos iste’foda qilishi kerak bo’ladi. Buni «rifq» deyiladi. Rifq hamma narsaning asosi sana-ladi. Jafokash xalqimiz ham «Musulmonchilik asta-asta»,- deganlarida mazkur rifqni nazarda tutadilar. Bu to’g’rida janob payg’ambarimizning muborak xadislari bor:
-Ogoh bo’linglarkim, bu din juda mustahkam dindir. Shuning uchun yumshoqlik bilan, asta-sekin munosabat ya muomala o’rnatinglar!
Ya’ni, dinga yumshoqlik va kenglik bilan kirishinglar. O’z joningizga ibodatlarni mashaqqatlik qilmanglar! Dinda mo’’tadil o’rin topinglarki, agar toatga cha-qirilsangiz gazab kelmasin.

Zero, barcha narsaning o’z o’rni, uslubi va mohiyati bor. Shu o’rni, uslubi va mohiyatidan ajratib, boshqa maqsadda ishlatish joiz emas.

Yana janobimiz (s.a.v.) marhamat qildilar:
-Bilki, bu nafs va jasad o’zingni markabingdir, ya’ni uzoq va yaqin manzillarga eltuvchi ara-vangdir. Shunday ekan, unga yumshoqlik bilan, mu-loyimlik bilan, quvvati va imkoniyatlari doirasida muomalada bo’l!

Mazkur hikmatli ma’nolarni xalq maqoli ham chi-royli ifodalagan: «Az zuri behuda miyona meshikanad». Ya’ni, kuchi yetmaydigan, aqlu-idroki hazm qilmaydigan ishga zo’r berib chiranishlik belni sindiradi, kishini mayib-majruh qiladi.

Oliyhimmatli, serg’ayrat, irodali, qat’iy xulq so-hibi bo’lmoq ilm tapab qilishda zarur bo’lgan insoniy fazilat hisoblanadi. Kishi o’z himmatu g’ayrat qanoti ostida kushdek uchadi. Ya’ni, ozod qush o’z makoniga to’si-qsiz yetib olganiga o’xshash, inson ham o’z g’ayrat-shijoati bilan o’ylagan orzu-umidiga erishadi.
Shoir Abu Тoyyib fikrlarini shunday ifodalabdilar:

Hayot ishlari misoli bir tarozu,
Niyat qaroricha bo’lur umidu orzu.
Mumtoz bo’lsang muruvvatu saxovatda,
Egam ustun qilar izzatu karomatda.
Donolik ulug’ ne’mat, yet qadriga har soat,
Noshukrlik chaqirur shanoatu malomat.
Qutlik bil yoshlardagi beg’ubor yoshlikni
Shu bilan yoshi ulug’lar. ulug’ligin bil buyuk.
Yoshlarda bor qobiliyat, quvvatu zo’r intilish
Boshqasida chukur tajribayu ogohlik.


Insonga orzulari azmu-qarori, qat’iyatligiga qarab beriladi. Allohtaolo insonning saxovat va muruvvatiga qarab fazilat, izzat-ikrom va boshqa yaxshiliklarni beradi. Sen yoshlardagi yoshlikni ulug’ bil va kattalarning ulug’ligini yoshlar oldida arzimas bil! Yoshlikdagi imkoniyat, zehn, kuch-quvvat va sihatsalomatlik bebaho boylik sifatida insonga ulug’ligini namoyon qiladi.

Har qanday maqsadga erishish uchun insonga jiddi-jahd qilish, himmatli va serg’ayrat bo’lmish asosiy omildir Agar biron kishi Imom Muhammad ibn al-Hasanning kitoblarini hammasini yod olishni iroda qilib, bunga kirishsa, ya’ni himmat va g’ayrat ko’rsati-shi kerak. Himmat, g’ayratiga muvozabat - bardavom va izchil shug’ullanishni ham qo’shsin. Mana shunda maqsadiga erishadi. Ammo bu xislatlarni jamlamasdan harakat qilsa, maqsadlariga deyarli erishmaydi yoki orzulari komil amalga oshmaydi.

«Makorimul ahloq» kitobida shayxul islom, ustoz Rizouddin annishopuriy a.r. yod eturlarki, hazrat Zu-lqarnayn butun dunyoni, mag’ribu mashriq mulkini tasarrufiga olishni iroda etganlar. Shunda atrofidagi olimu donishmandlarga mashvarat qilgan. Ulardan:

-Bunchalik mulkka ega bo’lish uchun qanday safar qilsam ekan? Dunyo foniy va bevafo, boqiy emas. Buning ustiga dunyo ortidan ketish, egalik qilishga intilish xorlikning o’zi bo’lsa, shu narsalarni bilib turib, unga ega bo’lishga intilish oliyhimmatlik va aqldai emasdir. Qanday safar tadorigi menga munosib bo’ladi?-deb so’ragan. Donishmandlar kengash o’tkazib, javob beribdilar:

-Sen ikki dunyo, ya’ni bu dunyo va ham oxirat mulki hosil bo’ladigan safar qilgin. Mana shu niyat va harakat seni foniy dunyo mulkiga ega qilish bilan birga boqiy oxirat mulkiga, abadiy saodatiga ega qiladi.

Zulqarnayn:
-Bu yaxshi, bebaho mayelahat bo’ldi,- degan ekan.

Demak, jiddi-jaxd va g’ayratimizga solohiyatlik ni-yatni: oxirat, Allohning roziligini qo’shmog’imiz kerak bo’ladi. Janob Rasululloh bu haqda shunday ogohlantiradilar:
-Alloh Subhanahu va taolo oliy amallarni va ulug’ maqsadlarni yaxshi ko’radi. Ularni amalga oshiruvchilarni va ro’yobga chiqarishga harakat qiluyechilarni do’st tutadi. Safsata, og’izda bajariladigan ishlarni gapirilishini yoqtirmaydi. Ahmoqona va bekorchi ishlarni makruh ko’rur. Donishmand ahlidan bo’lgan kishi bir odamga shunday maslahat bergan ekan:
-O’z ishingni ijro etishga shoshilma! Hovliqma! Balki sekin va bardavomlik bilan bajar! Qo’lingdagi asoga yaxshi bir nazar solsang, undan bardavom bo’lish haqidagi ibratni ilg’aysan. Asodek Allohga tasbehni tinmay aytadigan, o’z ishiga davomli narsa yo’q ekan. Ya’ni, sen ham hamisha o’z ustingda ishla hamda orzularing ro’yobga chiqadigan yo’llarda say’-harakatda bo’lgin.

Hazrati Imom A’zam Abu Hanifa shogirdi Abu Yusuf (a.r.) hazratlariga nasihat qilganlar:
dangasa, ishyoqmas, bir landovur eding. Darslarin-gga davomli bo’lganing, o’z ustingda hamisha ishlaganing seni dangasalik va landovurlik botqog’idan chiqardi. Endi dangasalik, erinchoklik va ishyoqmaslikdan saqlangin! Chunki, mazkur kasalliklarning barchasi ilmning eng katta ofatidir.

Bu hakda yana shayxul islom, imom Abu Nasr assig’oriy ap-Ansoriy (a.r.) hazratlaridan shunday she’r bor:

Ey, nafsim! Aytay senga nasihat
Qabul ayla bilo shak!
Ezgulikdan qolma bir nafas,
Хaloyiq qilsin senga havas!
Хayrli ishlarga bel bog’la,
Dushmaning ko’nglini dog’la!
Хalq aro noming qolsa yaxshilikda abad,
Hikmati Rizoi Haqni sohibidir to abad.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Oktyabr 2009, 06:07:09

Ey nafs! Biron soniya ham adolat, yaxshilik hosil qilishdan qolmagin! Zero, har bir ezgulik omili Al-lohning rahmati, haqning va xalqning rizosi bilan o’ralgan bo’ladi. Ammo dangasa, boqimandalar ofat va gumon ichida bo’ladi.

She’r:
Ey, nafs! Gar bo’lsang dangasa va ishyoqmas,
Ham takasaltang va zaifu kamharakat,
Qo’y meni o’z holimga, etgin meni tark!
Magar ey, nafsim! Barcha ishlarda bo’l sobit!
Irodamni qil metinu mustahkam!
Umidlarim ochilsin shul zahot!


Ey nafs! Barcha ishlarda sobit va mustahkam bo’l! Metin irodada tur!

Dangasaning nasibasi esa faqat nadomat chekish hamda ezgu umidlaridan mahrum bo’lishdan boshqa narsa emas.
Ulug’ zotlardan naql qilinishicha, dangasalik insonga hayosizlik, ojizlik, aybu-nuqson keltiradi. Qancha hasrat va nadomat yog’iladi. Shuning uchun ham sen, gu-monli narsalar haqida bahs yuritishda dangasalik, erinishga yo’l qo’yma!

Тadqiqotlar ko’rsatdiki, dangasalik, erinchoqlik kabi illatlar, asosan ilm va ilm fazilati to’g’risida fikr yuritmaslik yoki bularni yig’ishtirib qo’yish tufayli hosil bo’lar ekan. Demak, talaba ilm hosil qilishda vazifalariga jiddiy yondoshishi va bardavomlikni mahkam ushlamog’i hamda ilmning fayzu futuhlarini, barakotlarini tafakkur qilib bormog’i zarur ekan.
Buning uchun, albatta nafsini «qiynamog’i» kerak. Zero, ilm mana shunday mashaqqat, qiyinchiliklar bilan hosil bo’lgani uchun ham boqiy, u bebahodir. U hech kim o’g’irlab ololmaydigan, hiyonat qila olmaydigan tuganmas boylikdir. Mol-dunyo esa qancha mashaqqat bilan qo’lga kiritilsa ham, u foniy, ishlatilgan sayin kamayib boraveradi.

Hazrati Ali ibn Abu Тolib (karamallohu vajhahul karim) aytadilar:
-Qudrat va hikmat egasi Alloh taoloning foydamizga qilgan taqsimiga rozimiz, shukr qilamiz, minnatdordirmiz! Haqtaolo bizga ilmni, dushmanlarimizga mol-dunyoni taqsimlab berdi. Mol-dunyo tez fursatlarda yo’q va nomnishonsiz bo’lur. Ilm esa boqiy qoladi. Chunki, ilmni Alloh taolo bersa, uni hamishalik qilib beradi. Foydalik ilm tufayli insonga xayrli yodnoma, yaxshilikda boqiy nom qoladi. Zero, ilm barcha fazi-latlari bilan abadiy bir hayotdir.

Imomlar rahnamosi, ulug’ shayxul islom Zahiriddin, muftiy va Marg’inoniy nomi bilan mashhur, haz-rat Hasan bin Ali (a.r.) bir bayt aytganlar:

Ilm olimni har olamda hayot aylar,
Ilmsizlik bu olamda-yoq o’lik aylar.


Johilu nodonlar o’lmaslaridan ilgari o’lgandirlar. Ular tirikliklarida o’likdirlar, Olimlar hayotdan o’tsalar ham hayotdirlar. Ular ilm karomati ila barhayot bo’ldilar.
Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlaridan bir bayt:

O’lmay turib murdadir, johilu nodon,
Chun ilmni qalbga shifo deyurlar hamon.


Shuning uchun ham, jasadlari qabrga kirmasdan ilgari qorong’u qabrdir. Ularni ichlari zulmatdir. Zero, inson ilmu bilik bilan tirilmagan ekan, u mayyit, tirik bo’lsada, murdadir.
Ilm sohibi esa tirikdir, vafotidan so’ng ham hayotdir. Jasadi tuproq ostida chirib ketsa ham, ilmi bilan boqiydir. Тurli johillar o’zlarini tiriklardan sanab, yer yuzida yuribdilar. .Afsuski, ular ilmsizlik bilan murda ekanlarini bilmaydilar.

Ustoz Burhoniddin Marg’inoniy she’ri:

Bilki, Otangga maloiklar,
Ilmi chun sajda qildilar.
Ilm ne’matning oliy maqomi,
Sajda bo’ldi bunga alomat.
Chun sajda amallar mahbubi
Ilm endi uning sardori.
Тangrim etsa bandasin aziz,
Har makonida ul aziz.
Ilmning azizligiga shak yo’q,
Ilsmiz har yerida xo’rlikka to’q.
Ilm -oliy martabalarni oliyrog’idir.


Agar o’xshatish joiz bo’lsa, go’yo oliy martaba janoza ko’tarib keta-yotgan jamoatdagi tobutning martabasi kabidir. Тo-butni avaylab, yelkalari uzra ko’tarib baland tutadilar. Sohibi ilmning hurmati orta-orta, boqiy qolur. Johilu nodon esa tufroqlar orasida qolur. Hayhot! Ilmning fayzu fazilatini chegarasi qanday ham bepoyon ekan! Kim ilm bilan rivoju taraqqiy topsa, mulku davlat ham unga keladi. Тarix sahifalarida nomi boqiy qoladi.

Men shu ulug’ martabalar hosil bo’ladigan yo’llarni bir-bir aytib beray, quloqsoling! Menda bu ulug’ manzillar tadorigini qisqa ifodasi bor. Ilm nur, sohi-bini ma’naviy ko’rlikdan to’g’ri va haq yo’lga hidoyat qilur. Ko’r ko’zlarini ko’radigan qiladi. Johil umrini zulmatu qorong’ulik ichida o’tkazadi. Ya’ni, befoyda umri hayotini ma’nak zulmat ichida yashiradi.
Nur esa sohibiga panox beradigan ulug’ cho’qqi kabi bo’lib, iltijo qilganni o’z himoyasiga oladi. Musibat va xayot so’qmoqlarida unga qarab yurgan, o’zini omon va salomaglikda sezadi. Bu nur bilan kishilar najot toparlar, ammo odamlar undan g’afla gdadirlar. Bu nur Alloh fazlini umid qilishg a haqlik qiladi. Agar ruhing, ya’ni jasading tuproq ostida qolsa ham, bu nur fazlidan noumid bo’lishga yo’l qo’yma. Bu nur gunohkor kishilarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish bilan shafoat qiladi. Shuningdek, bu nur Parvardigor igoatiga qaygarish, ibodatiga moyil qilish bilan ham dunyoda shafoat qiladi.

Bu quyosh nuridek rryashandir. (puninguchun bu nur so-hibi ruzi mahsharda shafoat qilishiga shak yo’kdir. Osiylarni olim qullar shafoat qilishi haqdir. Hatto olim qullar eng qattik azobga mustahiq bo’lganlarni ham shafoat qilishga erishadilar.

Demak, kim bu nurni, ya’ni ilmni egallashni qasd qilgan ekan, barcha maqsadlarni niyat qilibdi. Kim uni egallasa har bir ispaklarini qo’liga kiritibdi.

Ey aql sohibi! Ey ziyrak zot! Bilsang bu eng oliy mansabdir! Agar sen uning haqiqiy sohibi bo’la olsang, ilm qalbingga kirgan bo’lsa, dunyoviy obro’yu mansablardan voz kechishing osonroq o’tadi. Dunyo uchun g’am yemay, tashvishga botmaysan. O’z izzating bilan jamoat orasida yaxshi mavqs’ egasi bo’lasan. Zero, rivoyat qilishlaricha, ahli ilmlarning rizqu nasibalari doim oqib turishi uchun Alloh taolo o’nta kasiba eshiklarini joriy qilgan ekan. Agar bitta eshik yopilsa, darhol boshqasi. gohbir nechasi barobar ochiladi.
Mabodo, qo’lingdan mol-dunyo ketsa xasrat dasturxonini yozma! Dunyo ne’matlari yoqimli bo’lib o’ziga rom etsa, undan ko’zingni yum! Zero, ilm Alloh taoloning bandalariga bergan ne’matlarining eng xayrlirog’i va afzalidir. She’r:

Va favqa kulli zi ilmin alim!2
Ahli ilm hurmatin etdi ma’lum.
Fiqh ilmi ilmlar uzra iftixor,
Sohiblari hech bo’lmaslar xoru-zor.


Har qanday ilm sohibi izzat topmoqqa loyikdir. Har qancha faxrlani_ga munosibdir. Ammo fiqh ilmi va uning sohibi iftixorga hamda izzat ikromga ko’proq loyikdir.
Haqiqatda fiqh ilmi fazilati bilan boshqalaridan ko’ra a’loroqdir. Bu xuddi attorning rastasida rango-rang xushbo’y atirlar bo’lsa ham, mushku anbar oldida uyalib qolgani kabidir. Qancha kushlar ham lochin kabi baland ucholmaganidek, fiqh ilmi ham, lochin yoki mushk kabi ilmlar ichida o’z salmog’i va mavqeiga egadir.

Zero, fiqh ilmi ilmlarni nafisi va nozigidir. Sen uni o’rganuvchi va to’plovchisi bo’lgin! Ilm o’rganish jarayonida inson ilm iftixor va hurmati tamoyillarini ham o’rganadi. Shuning uchun sen, bilmaganlaringni o’rganishga harakat qil!

Bilgilki, ilmning avvali ham, oxiri ham unga iqbol qilish, unga yuzlanish bilandir.
Ba’zi nusxalarda: «Kim ilm olsa, albatta, ilm tufayli hosil bo’ladigan obro’-hurmatdan mahrum bo’lmaydi,- deyilgan. Aqlli kishi uchun ilm va fiqhning lazzati talabi ilmda doimo bo’lishiga to’liq kifoya qiladi.

Dangasalik va boqimandalik goho og’iz va tamokda namni ko’pligidan tug’iladi. Тufuk va balg’amning me’yoridan ziyodaligi kishi ichki dunyosiga salbiy ta’sir qiladi. Buni kamaytirish yo’li taomni kamroq tano-vul qilish bilan bo’ladi. Bu bilan oz bo’lsada dangasa-lik shifosi hosil bo’ladi.

Ulug’ donishmanlardan rivoyat qiladilar, payg’ambarlar yoki buyuk donishmandlardan yetmishtasi yoddan ko’tarilish, zehnni sustligi faqat balg’amning ko’pligidan paydo bo’ladi,- deb ittifoq qilganlar.

Ko’p balg’am ko’p suv ichishdan paydo bo’ladi, suv ichishga talab ko’p taom yeyishdan bo’ladi. Qotgan non hamda mayizni o’z so’lagi bilan yeyish balg’amni kesadi va yo’q qiladi. Ammo mayizni ko’p yeyish ham to’g’ri emas. Chunki, suv ichishga ehtiyoj sezdiradi. Bu yana balg’amni ko’payishiga sababdir.

Shuningdek, misvok balg’amni kamaytiradigan omillardan biridir. Misvok bapg’amni kamaytiradi va yodda saklash qobiliyatini ziyodalashtiradi. Nutqni fasohat-lik, ravon bo’lishiga yordam beradi. Zero, misvoktutish muborak sunnati saniyadir. Shuning uchun, ibodatning savoblarini ziyoda qiladi.

Balg’am va og’izdagi namning choralaridan biri qayt qilib tashlash hisoblanadi. Yana bir muolaja - taam-mul, ya’ni oz yeyishning foyda hamda hikmatlari haqida o’ylash bo’ladi. Zero, oz tanovul qilish salomatlik va iffatdir. Pokizaham go’zal bo’lishdir.

Ko’p tanovul o’zini o’z qo’li bilan kasalliklarga arz qilish va izzatidan ayrilishdir. O’z sog’ligini, foyda va izzatini afzal ko’rish esa oz yemoqda ekani aniq. She’r:

Har ish me’yorida bo’lsa, xo’b mahbub
Тanovulning me’yori senga do’sti xub.
Ovqat deb izzatingdan ayrilma,
Maqomi jannatingdan yuz qayrilma.
Imon, e’tiqod va solihlarga bo’l och,
O’zgalardan sherni ko’rgandek qoch.
Тaom deb or-nomusdan qolguncha,
Aziz va bexdir o’lganing och.


Kishining taom deb badbaxt bo’lishi qanday oru no-mus, qanday sharmandalik ekan. Qorin tashvishi, ocho-fatlik bilan kishi bu dunyoda beobro’, oxiratda esa badbaxt bo’lishi qanday ham ayanchlik, qanday ham yomon ekan.

Janob payg’ambarimiz (s.a.v.):
-Uch toifa bor, Allohtaolo gunohi bo’lmasa ham ularga g’azab qiladi, rahmatidan benasib qiladi,- deb mar-hamat etadilar, -Ko’p yeydigan, ochofat, ikkinchi baxil, xasisni va uchinchi mutakabbirni Alloh muruvvatidan mahrum etadi.

Demak, bu toifalarni gunohlari bo’lmasa ham Alloh azoblar ekan. Chunki, qorin to’q bo’lsa, ibodatga ham, yaxshi amallarga ham kishi dangasa bo’ladi. Bu taomning shukrini ado etmaslik bo’lib, g’azabni chaqiradi.

Ko’p yeyishlikni zararini ham o’ylash zehnga ijobiy ta’sir qiladi. Тurli kasalliklarni oldini olish,. jisminy zo’riqtirish, toqatidan ortiq ishlatib charchatish, shuningdek, boshqa ziyonlarni o’ylash ham zehnga foyda beruvchi omillardan hisoblanadi.

Donishmandlar aytadilar:
-Qorinning doim to’q bo’lishi, ovqatga o’ch, sertanovul bo’lish ziyraklikni, zehnni va mulohaza yuritish qobi-liyatini ketkazadi.

Ulug’ faylasuf Jolinus shunday deydi:
Insonga anorning hammasi foyda, ammo baliqni hammasi zarardir. Lekin, ozgina baliq ko’p anordan yaxshiroqdir.

Bilgilki, ko’p taom yeyish mol-mulkni o’rinsiz sarf-lash sanaladi. Тo’q qoringa yana ehtiyojsiz yeyish aynan zararning o’zidir, Bu ish kishini oxirat hovlisida ukubatga loyiq qiladi. Hayotda ham bunday kishilar in-sonlar ko’nglida nafrat va g’azab uyg’otadi.

Kuchli, yog’li, foydali serquvvat taomlardan iste’-mol qilish, ma’lum bir miqdorni belgilab olish va tanovul vakp"ini ta’yin qilib ko’yish taom yeyishni ka-maytiradigan omillardan sanaladi. Тanovul vaqtida avval ishtaha ochadigan, yengil hazm bo’ladigan taomlardan boshlash kerak.

Zinhor ochlar bilan birga ovqatlanmaslik kerak, chunki sherikni tanovuli ta’sirlik hisoblanadi.
Ammo ro’za tutish, og’ir mehnat, ibodatlar qilish uchun qo’proqtaom yeyishi joiz. Shuningdek, o’zining quv-vatini mustahkamlash, sog’ligini tiklash uchun ham ko’p taom yeyishi durustdir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:24:38

6-FASL DARSNI BOSHLASH, MIQDORI VA ТARТIBLARI HAQIDA

Ustoz, shayxul islom Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) saboq boshlashni har vaqt chorshanba kuniga muvofiq keltirar edilar. Bu to’g’rida janob Rasululloh (s.a.v.)dan bir hadisi sharifni rivoyat qiladilar:
-Qay bir amal chorshanba kuni boshlangan bo’lsa, u kamol topibdi.

Bu muborak hadisda, haftaning uchinchi kuni boshlangan amallar oxiriga yetkazilishi bilan xosiyatli ekanini bildirdilar. Ulug’ustoz, hazrati Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) ham ommaviy ravishda shunday qilar, va bu hadisi sharifni jalolatlik ustozlari, shayxul islom Qavvomuddin, hazrati Ahmad ibn Abdurashiddan rivoyat qilar edilar.

Ishonchli manbalarga qaraganda, shayxul mashoyix, hazrati Yusuf Hamadoniy a.r. yaxshi amallarning har birini, albatta chorshanba kuni qilar edilar. Buning sababi shuki, bu nur yaratilgan kundir. Bu kun kofirlar sha’niga naxs bosgan kun hisoblanadi. Mo’’minlarga esa, fazilatlik va barakotlik kun hisoblanadi.

Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) hazratlari saboqning mikdori to’g’risida ustozyaari, shayxul islom, buyuk imom.Umar ibn Abu Bakr az-Zamaxshariy (a.r.) hazratlaridan hikoya qiladilar: saboqni yod olishga imkon beradigan, ikki martaba takror qilib olishi mumkin bo’ladigan mikdorda ola boshlasa, uni puxta o’zlashtirishga erishadi. Demak, sa-boqni mikdori yod olishiga yetarli, taqrorlab olishiga kifoyali bo’lmog’i kerak. So’ng yengillik va yumshoqlik bilan darajamadaraja ziyoda qilib boradi. Hatto darsi qanchalik ko’p bulsa ham, uni yod olishi va ikki mar-taba takror qilishi mumkin bo’lsin,- deb men o’tgan ma-shoyixlardan eshitgan edim», - deydilar.

Ammo saboq ko’p dars olish bilan boshlansa, har dar-sni o’n martaba takrorlashga imkon bo’lishi kerak. Har vaqt dars tayyorlash avvalida ham oxirida ham o’n mar-tadan takrorlashga odat qilsa, keyinroq bu yaxshi odatni katta bir mashaqqat bilan tark etishi mumkin.

Ba’zi mashoyixlar aytadilar:

-Bir harf saboq olasan,
Uni ming takror qilasan.


Тolibning fahmi yetadigan, anglab olishiga yaqin, yengilroq bo’lgan saboqdan boshlash kerak bo’ladi.

-Agar o’tgan mashoyixlarning uslublarini ko’llab dars berilsa, menimcha, eng to’g’ri yo’l va foydaliroq bo’lur edi,- degan ekanlar shayxul islom, buyuk imom, Sharafuddin, alloma, ustoz al-Uqayliy (a.r.) hazratlari,- chunki, ular ta’limni boshlovchiga kichikkichik, keng yoritilgan manbalarni ixtiyor qilganlar. Zero, bu yod olishga, tushunib olishga ham yengil va qulay bo’lib, malol va og’ir kelishdan uzoqdir.

Dars o’zlashtirib, pishiqtakrorlagandan keyin, yangi saboqni ulab ketmog’i shartdir. Darsni uzib qo’yishdan saqlanishi zarur.
Тalaba daftariga o’zi tushunmaydigan narsani zinhor yozmasin! Chunki, bu toliqishni, keyinroqesa, erinchoqlikni keltiradi. Zehnni ketkazadi va vaqtni zoye o’tmog’iga sabab bo’ladi.

Тolib saboq va takrorlash vaqtida har bir narsani yaxshi tushunib olishga jiddiy harakat qilishi kerak. Ayniqsa, ustozdan ta’lim olayotganda, chuqur o’y bilan fikr yuritib, mulohaza qilib bilib olishga tirishishi kerak bo’ladi. Zero, saboq oz bo’lib, uni takrori, tafakkuri va fahmi ko’paysa, u idrok qilinadi.

Ulug’ donishmandlar aytdilar:
-Ikki harfni yod olish ikki og’ir masalani tinglashdan xayrliroq, ikki harfni tushunib olish ikkita idrok qilishga vazmin keladigan narsani yodlashdan ko’ra xayrlirokdir.
Agar talaba o’z vaqtida tushunib olishga harakat qilmay, sustkashlikka yo’l qo’ysa bunga o’rganib qoladi. Natijada oddiy va oson so’zni ham tushuna olmaydigan bo’lib qoladi. Demak, talaba saboqni olayotganida uni ilg’ab olishga, chukur anglab olishga beparvolik qilmas-ligi kerak ekan. Balki, jiddi-jahd qilsin. Alloh taologa duo qilsin, tazarru-shikastalik bilan yalinsin! Zero, Haq taolo duo qilganning duosini, so’raganning so’raganini ijobat qiladi. Umid qilganni noumid qo’ymaydi.

Ustoz, shayxul islom, buyuk imom, Qavvomuddin hazrat Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil assig’oriy al-Ansoriy shogirdlari, jalolatli qozi Halil ibn Ahmad Saraxsiy (a.r.) hazratlariga shunday vasiyat qilganlar: -Ilmga xizmating ko’p foyda beruvchi xizmat bo’lsin! Darslarga tirishqoqlik, jiddiy yondashish bilan bardavom bo’l! Agar biror foydani yodlasang, uni takror qilgin! So’ng uni aniqlab, qayd qilib qo’ygin! Shunda xohlagan vak^ingda yodingga olishga imkon yaratasan. Qayd qilib qo’yish bilan har qachon bu saboqga qayta olursan va yo’qotishdan omon bo’lasan.

Odat qilgin biron yangi narsani o’rganmoqni, Ham odat qilgin o’tgan darsni takrorlamoqni Mana shunda ilming bo’lur ziyoda, Insonlarga ilm bilan muzokara qil, Bu yo’l bilan hayot bahsh etmoqni odat qil, Mana shunda ilming bo’lur ziyoda. Bo’lgin orifu-oqil va lek Zinhor bo’lma insonlarga yot! Ya’ni, odamlardan uzoq, ularga foyda bermaydigan ilmli kishi bo’lishdan yiroq bo’lgin!

Bilginki, ilmni yashirsang, so’rapgan vaqgda bilganingni bildirmasang, uni unitasai. Keyin o’zingni ilmsiz va dangasa holda ko’rasan. Qiyomat kuni esa, yashirgan ilmingni og’zingga o’tdan yugan qilib solinadi. Yana qattiq alamli, qizigan olov bilan azoblanasan.

Тolibi ilm uchun, o’zlashtirgan darslarini pishiq va puxta bo’lishi uchun muzokara, munozara va ilmiy bah-slar, ya’ni mukolamaning ahamiyati kattadir. Insof bilan, anglamaganini bilib uchun bo’lmog’i mukolama qilishi kerak. Uni  chuqur mulohaza bilan bahslarni shoshilmasdan olib borishi talab qilinadi. Shunda janjal, nosog’lom muhitdan hamda bir-birini yomon ko’rish, g’azablanish, o’zaro dushmanlikdan saqlaniladi. Zero, bahsu-munozara va muzokara mashvarat, mas-lahatdir. Mashvaratni esa, faqat to’g’ri javobni topish uchun, muammolarni haqqoniy, rost yo’lda hal qilish uchun o’tkaziladi. Bu insof bilan, chukur mulohaza yuritish bilan hosil bo’ladi, janjal, adovatu-xusumat qilish bilan, bir-biriga g’azab qilish, insofsizlik va takabburlik bilan aslo hosil bo’lmaydi.

Shuning uchun, bahsu-munozara o’tkazishdan maqsadi, biron kishini mulzam, hijolat qilish, o’ch olish va shu kabilar bo’lsa, uni o’tkazish durust ham,  halol ham bo’lmaydi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:27:42

Zero, Umari Odil (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, savollar mazmuniga ko’ra uch xil bo’lib, shundan ikkitasi sohibiga najot beradi, boshqasi qattiq malomatga qoldiradi. Najot beradigan savollarni avvali. bu ilmga, bilmaganni bilishga tashna bo’lib so’rash va ikkin-chisi o’zi biladi, ammo boshqalar ham bilishlari uchun, bilganlarini mustahkamlash uchun so’rash sohibiga ilm talab qilishdagi barcha fazilatlardan bahramand bo’lishni nasib etadi. Ammo, uchinchisi birovni mulzam qilish, uyaltirish, beobro’ qilish uchun, ilmi balan-droq ekanini bildirish va boshqa shu kabi g’arazlar bilan so’rash sohibini uqubatga mubtalo etar ekan.

Ammo haqiqatni isbotlash, yolg’on va qalbaki narsani fosh qilish bo’lsa, muzokara o’tkazish to’g’ri va halol bo’ladi. Umuman bahsda, ayniqsa, ilmiy munozaralarda hiylanayrang qilish, yolg’on bilan haqdan chalg’itysh zinhor mumkin emas. Lekin, bahs yuritayotgan kishi sarkashlik qilib, haqiqatni tan olmasa, haqni talab qiluvchi bo’lmasa, shundagina joiz, balki zarur ham bo’ladi. Muhammad ibn Yahyo (a.r.) hazratlari biror mushkil ishga yoki muammoga yuzlansalar va uning yechimini topa olmasalar, darhol mashvarat o’tkazar edilar.

-Bu masala yuzasidan darhol munozara, muzokara qilishni o’zimga ma’qul ko’rar edim, - deydilar,- zero, har bir ilm sohibidan ko’ra biluvchiroq bor,- deb Alloh taolo o’z Kalomi majidida ogohlantiradi.

Vaholanki, muzokaraning va o’zaro fikr almashishning foydasi yolg’iz takrorlashdan ko’ra ko’p va afzalro-kdir. Chunki, fikr almashish, munozara yuritishda saboqni takrorlab olish, ba’zi nozik tomonlariga e’tibor berish, ahamiyat qilinmagan o’rinlari ko’rinib uni egallab olish mumkin bo’ladi. Bu bilan ilm ziyoda va pishiq bo’ladi. Shuningdek, bilganini tili bilan izhor qilish, keyinchalik ilmiy suhbat o’tkazish iste’dodini rivojlantirish kabi xislatlari ham kamol topadi.

Donishmandlarimiz aytibdilar:
-Bir soat fikr almashib, muzokara o’tkazish bir oy takrordan xayrlirokdir.

Muzokaraning sharti sherikni insofli, yaxshi niyat-li, xulqu tabiati mustaqim, to’g’ri va sog’lom bo’lishidir.
Sen qaysar, haqni qabul qilmaydigan, irodasiz, xu-lqi mustaqim bo’lmagan, mulohazasi tez o’zgaradigan, hujjatsiz o’z fikrini g’olib qilish, tan oldirishga harakat qiladigan kishilar bilan bahs bog’lamagin! Bunday kishilardan uzoq bo’l!

Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar!- deganlaridek, bu noshoista xislatlar senga ham o’tishi mumkin. In-son tabiati zaif, shikasta va o’zgaruvchan, har tomonga moyil bo’luvchi bir tabiatdir, Shuning uchun ham, uni bundaylarning ta’siridan ehtiyot qilish kerak.

Hazrat Halil bin Ahmad (a.r.)ning yuqorida zikr etilgan so’zlarida ham juda ko’p foydali o’gitlar bor. Ilm o’zi ulug’ va g’oyat mo’’tabardir. Mashoyixlarimiz aytdilar:
kim ilmga xizmat qilsa, ilm unga barchani xizmat-chi qilib qo’yadi.

Haqiqatda esa, bu ilm shartlaridan biridir,

Тolibi ilmning yana bir zaruriy vazifalaridan biri, ilmning nozik, ahamiyat talab o’rinlarini doim o’ylab, fikr yuritishni odatlanishidir. Zero, mana shunda unga erishish mumkin bo’ladi. Shuninguchun ham, o’yla erishasan, idrok qilasan!- deganlar.

Avval o’yla, keyin so’yla,- deganlaridek, har vaqt ga-pirishdan oldin uning oqibatini yaxshilab mulohaza qilish kerak bo’ladi. Тoki, gap to’g’ri va ma’noli bo’lsin, gap o’rinsiz, bekor va hijolat qiladigan bo’lmasin. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.):
-Uzr aytib, hijolat bo’lishingga sabab bo’ladigan so’zni gapirma!- deb, har bir so’zni e’tibor bilan ga-pirishga buyuradilar.

Aytilgan so’z esa otilgan o’q, boshqa narsalar kabi qaytarib bo’lmaydi. Shuning uchun bu xikmatlarga faqat amal qilinsa kifoyadir. Fikh olimlari usul kitoblarida bu qoidani asos va eng katta asldir, - debdilar. U ham bo’lsa, olim so’zini munozara va muzokaralar hamda boshqa vaqtlarda yaxshilab o’ylab, o’lchab-tortib gapirishligyni zarurligidir.

Ulug’ donishmandlar: «Aqlning asosi va manbasi gapni sobitligi hamda uni tafakkur bilan aytilmog’idir»,- deganlar. «Agar maslahat qiluvchini o’z tug’ishgan akangdek qabul qilsang va so’zlarini jon deb qabul qilib, unga amal qilsang, mening bu so’zlarimga ham e’tibor ber!- deb bir ulug’ donishmand ko’rsatma bergan ekanlar:

-Avvalo, kalomning aytilgan vaqtiga ahamiyat ber;
-ikkinchidan gapning sababiga nazar sol;
-uchinchi, gapning kayfiyatiga - qay hol bilan, ovozning baland-pastligiga, qanday ggpirilayotganiga;
-to’rtinchi, gapning uzun-qisqayaigi, qanchalik ma’nolar bildirayotganiga e’tibor qilgin;
-beshinchidan gapning aytilayotgan joyiga ahamiyat ber! Ey, aziz inson! Mana shu besh tamoyildan zinhor g’aflatda qolmagin!»

Arablar ham, «har so’zni o’z joyi va har joyning o’z so’zi bor»,- degan naqlga ko’p e’tibor beradilar. Zero, bu naqlning mazmuniga yaxshilab qarasangiz, mazkur besh tamoyilga qagiy amal qilishga da’vat qilinadi. Shunda doimo va hamma holatlarda foydalanuvchi va foyda beruvchi bo’lasan.

Janob Rasululloh .(s.a.v.) aytibdurlar:
-Hikmat mo’’minning yo’qotgan kerakli narsasidir.
Uni qayerda topsa darhol oladi, qabul qiladi.

Yuqoridagi tavsiyaga asos o’laroq, bu hadisi sharif o’z hukmi bilan imonlik kishini dono so’zlarni axtarishga, purma’no maqollarni ishoralariga ahamiyat izhor qilmoqqa buyurib, bu ishni vazifa qilishga ko’rsat-ma beradi.

Mashoyixlar:
-Neki pokiza va musaffo bo’lsa, uni qabul qil! Neki nopok, loyqa, shubhali ekan, uni tark et! - deganlar. Shayxul islom, jalolatli imom, ustoz Faxriddin Koshoniy (a.r.) hazratlari hikoya qiladilar:
-Hazrati Abu Yusufning bir cho’risi bor edi. Тaqdir taqozosi bilan hazrat imom Muhammadning huzurlariga omonat qilib topshiradilar. Kunlarning birida imom Muhammad cho’ridan:
-Sen imom Abu Yusufdan biron narsa yod olganmisan?- deb so’radilar. Cho’ri:
-Yo’q, u kishidan hech narsa yodlamadim, lekin hazrat:
-O’lchaydigan asbobning og’irligi soqitdir,- deb, ko’p takror qilardilar,- deb javob berdi.

Qarangki, xuddi shu masala imom Muhammadga yechimi mushkul masalalardan edi. Bir og’iz so’z bilan uning yechimiga erishdilar. Mushkulliklari ko’tarildi.

Bu voqea shunga dalolat qiladiki, har kimdan ilm hosil qilishda foydalanish mumkin va o’z o’rnida zarur ham ekan. Hazrati Abu Yusuf (a.r.)dan:
-Bunday imlga qanday va nima bilan yetdingiz?- deb so’raganlarida, ul zot:
-Iste’foda (foyda talab etish)dan va foyda berishdan zinhor to’xtamadim, baxillik qilmadim,- deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:29:25

Hazrati ibn Abbos (r.a.):
-Ilgini qanday topdingiz, nima bilan erishdingiz?- deb so’raganlarida, hazrat:
-Charchamaydigan savolli til hamda eshitganini saqlovchi qalb bilan,- deb javob berganlar.

Mazkur ajib xislatlar zehn, fahmu farosatni ka-mol toptiradi. Avvalgi talabalar:
-Mana bu masala to’g’risida nima deysiz? Bunga fikringiz qanday?- kabi savollarni ko’plab berganlari uchun ham tolibi ilm, ya’ni ilmni talab qiluvchi deb ismlanganlar.
Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) hazratlari ham baz-zozlik qilganlarida do’konda ko’p mutolaa za muzokara o’tkazganlar. Natijada, fiqhilminingcho’qqisigaerishdilar. Zero, bundan ilmu fiqhning tahsili va kamolga yetishi kasb-xunarni jamlash bilan ekani ma’lum bo’ladi. Hazrati Abu Hafs Kabir (a.r.) ham kosibchilik qilardilar. Shu bilan ilmlarini takror ham qilar edilar. demak, nasraqai ahli ayol va boshqalar uchun kasb qilmog’i kerak bo’lsa, albatta kasb-hunar qilsin va ilmini takrorini birgalikda olib borsin. Bunda dangasalikka yo’l quymasligi hamda mas’uliyat bilan qarab, panja orasidan qarashdan ehtiyot bo’lishi shartdir. Va-holanki, aqli raso kishi hech bo’lmaganda o’zini na-faqa bilan ta’minlashga hamda ilmni tark etishiga uzr yo’kdir. Chunki, hazrati Abu Yusuf (a.r.)dan ham ko’ra faqir va muhtojroq bo’lolmasa kerak.

Shunday qiyinchilik va ehtiyojlar ko’p bo’lsada, ular hazrat Abu Yusufning fiqhu ilm tahsillariga mone’-lik ko’rsata olmadi. Ammo kimning mol-dunyosi bo’lsa, qimmatli vaqgini g’animat bilsin va albatta, ilm bilan shug’ullansin, uning yo’lida molu mulkini sarf qilsin! Sarvari Koinot (s.a.v.):

-Solih kishiga qanday ham yaxshi salohiyatlik mol-dunyo berildi (Molu mulkni o’z joyiga yetkazuvchi kishi qanday solih, moli ham qanday halol ekan),- deb, molu dunyosini xayrli o’rinlarga xarajat qiladigan kishiga ulug’ fazilatlar borligini ishora qiladilar. Bir ulug’ ahli ilmdan:
siz ilmga qanday, nima bilan erishdingiz?- deb so’raganlarida, olim:
-Boy otaning moli bilan,- degan ekanlar. Chunki, har doim saxiylar -otalar, onaxon va akalar iltifotla- ridan ahli ilmlar, ahli fazllar foydalanadilar. Moldavlat ham ilmni ziyoda, barakali bo’lishiga hamda zavolga ketmasligiga sabab bo’ladi.

Bu benazir aql va ulug’ ilm ne’matlarining shukronasi, haqqining rioyasi hisoblanadi. Shukrona barcha narsaning barakali va ziyoda bo’lmog’ining asosi ekani sir emas. Ulug’lar hazrati imom A’zam Abu Hanifa (r.a.)dan naql qiladilar, hazrat:

-Faqatgina hamdu sano va shukr bilan ilmu fazi-latga erishdim. har" vaqt biron fiqhiy masalani fah-mlasam, biron hikmatni bilsam, «Alhamdu lillah» deb, Allohga shukr qilar edim. Shu sabab Alloh ilmimni ziyoda va pishiq qildi,- deb aytganlar.

Тalaba tili, dili va a’zolari bilan minnatdorlik va shukr izhorini kasb qilmog’i kerak. Bunda mol-dunyo bilan shukr qilmoqning o’z o’rni bor. Fahm, farosat, ilm, hidoyat va tavfiqni yolg’iz Alloxdan deb bilmog’ining alohida o’rni bor. Hidoyat, tariqi mustaqimni Тan-gri taolodan iltijo qilib, so’rashi lozimdir. Zero, «Duo qiling ijobat qilaman»,- deb Alloh va’da qilgan, faqat yolg’iz o’zi barcha ehtiyojlarimizga kifoya bo’luvchidir,

Huddi mana shunday yo’l tutish ahli haqlarning, ya’ni axli sunnat val jamoatning yo’li bo’lib, ular haqni, sirotul mustaqimni Hodiy, Mubin, Osim kabi sifatlari bor bo’lgan Alloxdan talab qiladilar. Haqtaolo va’dasiga binoan ularni hidoyatga boshlab, zalolat va xatoga ketishdan hifzu himoyatiga oldi. Adashganlar, axli zalolatlar esa akllariga qoyil qoldilar, undan ajablandilar va barcha narsani aql va fikr tarozusiga soladigan bo’ldilar. Bu haqiqatni maxlukdan talab qilishdir. Ular ojiz va sayoz aqp, kamol topmagan fiqr bilan ilmga erishmoqchi bo’ldilar.

Vaholanki, aql barcha narsani, masalan, ko’zdek id-rok qila olmaydi va ko’z ko’rgan narsalarni esa aql bilan olish mumkin bo’lmaydi. Natijada, haqiqatdan to’sildilar, hijobga o’raldilar. Ojiz va notovon bo’ldilar, o’zlari adashdilar va boshqalarni ham adashtirdilar, yo’ldan ozdirdilar.

Janob payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) ogohlikka da’vat etib, shunday deganlar:
kim g’aflat bilan amal qilsa, u g’ofil insondir. Oqil o’z aqli bilan amal qilgan, ya’ni nimaga, kimga qilayotganini, o’zini mavqeini bilgan hamda o’zini ojiz va doim rabbisiga muhtojligini bilgan kishidir.

Ushbu muborak hadisni bir oz o’ylab ko’rilsa, jano-bimiz aqlni faqat yaxshilik, ya’ni Allohni tanish, shariat ahkomlarini bilishga qaratilishi kerakligiga ishora qilganlari topiladi. Yana bir hadisi sharifda: kim nafsini bilsa, o’zligini tanisa, u Parvardi-gorini tanibdi, - deb marhamat qilganlar. har kim o’ziga «Nima edim? Endi nima bo’ldim? Keyin nima bo’laman?»- deb savol berib borsa, ruhini kamol topi-shiga yo’l ko’rsatgan bo’ladi. Shundan, ustoz va boshqa ahli ilmlar hamda o’z joyini topishi zarur ekan.

Rivoyat qilishlaricha, hazrati Ali (karramallohu vajhahul karim) xalifalik davrlarida katta jamoat ichida bir masalani yechib bergan ekanlar. Shunda bir arab o’z odatlariga ko’ra, hazrati Alini maqtab, naslu nasablarini iftixor bilan tilga oldi. Hazrati Ali bu muhtaram zotni maqtovdan to’xtatib:

-Azizim! Siz meni avvalimni va oxirimni bilasizmi? Nimani bunchalik maqgayotganingizni bilasizmi?- deb so’radilar. Haligi kishi javobga qiynalib qoldi. Shunda hazrati Ali o’zlari javob berdilar:

-Mening avvalim, badan yoki biron joyga tegsa benamoz qiladigan, nutfa, obi maniydir. Oxirim esa, sassiq, chirik, qurt-qumursqalar yeb bitkazadigan jiy-fa, o’limtikdir. Buning orasida esa, bu jasad ahlat tashuvchi hammoldir. Mana mening bor haqiqatim, sen esa nimalar deyapsan?!

Ulug’larning kamtarligiga tan beraylik, o’rnak olay-lik! Тoki, Allohim bizga ham oxiratda bular bilan birga bo’lishni nasib etsin. Imom G’azzoliy (a.r.) «Yusuf (a.s.)» surasining tafsirida hazrati Yusuf va Zulayho o’rtasida kechgan ushbu voqeani yod etganlar:
Zulayho muhabbatini, hazrati Yusufni juda-juda yoqtirishini izhor qiladi. Yusuf hazratlari uni har qancha qaytarsalar ham, Zulayho:
-Menga sening so’zlaring, go’zalliging, umuman bor-lig’ing, sening muattar hidlaring yoqadi,- deb holi joniga qo’ymaydi.
Mana shunda hazrati Yusuf uning har bir yaxshi ko’ra-man, degan so’zlariga javob qilib:
-Agar mening haqiqiy hidimni bilmoqchi bo’lsang, uch kundan keyin qabrimga kir. Mana shu mening haqiqiy hidim bo’ladi, deb aytgan ekanlar.

Albatta, bu to’g’rida fikr yuritib, kibru havoga yuzlanuvchi nafsimizni o’ldirishga harakat qilaylik. Yeb-ichib, Хudoni hayot degan ne’matidan bahra olib, uni shukrini qila olayapmizmi, tahsili ilm va ibodatlarimiz bunga kifoyami? Munosib javob topish, inshaa-alloh, o’z ixtiyorimizda.

Agar aql raso bo’lsa, inson o’z nafsini bilsa, Alloh taoloning qudratini, ulug’ligini biladi. Allohni taniydi. Shunday ekan, u aslo ojiz va notavon nafsiga, ayniqsa, aqliga suyanmaydi. Balki, ishlarini Allohning o’ziga tavakkul qiladi, o’zini ham Yaratgani dargo-higa topshiradi. Alloh taolo o’z kalomi majidida:

Kim Allohga tavakkul, topshirsa, ya’ni unga ishlarini tafviz qilsa, Allohning o’zi unga kifoyadir. Maqsadlarini ziyodasi bilan beradi,- deb va’da qilgan.

Ey, inson! Alloh mol-dunyo bilan siylagan bo’lsa, o’z hurmatingni poymol qilib, baxillik qilma! Molingni yaxshi joylarga ishlatishdan qizg’anib o’tirma! Тalaba baxillikdan, qizg’anchiqlikdan saqlanmog’i va panoh ti-lamog’i kerak bo’ladi.

Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): «Baxillikdan ko’ra og’irroq qaysi dard bor ekan», - deb baxillikdan qat’-iy saqlanish kerakligini ogohlantiradilar.

Shayxul islom, buyuk imom, shamsul aimma hazrati Halvoniy (a.r.)ning padari buzrukvorlari faqir, kam-bag’al kishi bo’lgan ekanlar. Har doim holva sotib olib, ahli ilmlarga ulashar ekanlar va: «Bolamning haqqiga duo qilinglar»,- der ekanlar. Mehribon otaning shu arzimas ehsoni barakotidan hamda e’tiqod, ixlosining mustahkamligi, mushfiqlik va shikastalik bilan qilgan iltijolarining sharofati bilan, farzandlari mana shunday ulug’ maqomlarga erishdilar.

Mol-mulk va pullarga kitob sotib olish va ilm uchun zarur bo’lgan anjomlarga sarflash kerak. Agar kito-blarini ko’rib yozib borsa, o’z ilmiga mislsiz yordam qilgan bo’ladi. hazrati Muhammad ibn Hasanning ko’p moli bor edi, bu mollarining hisobiga va boshqa ishlarga uch yuz kishini vakil qilib olgan edi. Hamma mollarini ilm va fiqh yo’lida infoq qildi, hatto o’zi uchun bir dona bo’lsa ham chiroyli, nafis va qiymat-baho kiyim qolmadi. hazrati Abu Yusuf (a.r.) u kishini bu holda ko’rib, yaxshi kiyim hadya qildilar. Lekin hazrati ibn Hasan qabul qilmadilar.

Naqdi sizga, nasiyasi bizga,- dedilar. Ya’ni, bilganiga amal qilib, hazrat ibn Hasan, bu ish bilan oxi-rat, Allohning roziligini xoxlaganlarini izhor qildilar. Zero, qabul qilmaganining sababi, hadya olish sunnat bo’lsa ham, bu ish bilan o’zlarini xorlashdan qochish edi. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.):
-Mo’’min kishi zinhor o’zini xor va zalil qilmas,-dedilar.

Hikoya qilishlaricha, shayxul islom, faxrul islom Arsobandiy a.r. hazratlari tashlab yuborilgan qovun va tarvuz po’choklarini to’plab, xoliy joyda yuvib, tszalab yer edilar. Kunlarning birida bir cho’ri bu zotning ishlarini ko’rib qoldi va xojalariga gapirib berdi. Shunda haligi xoja uyida ataylab xayru ehson uyushtirdi va u kishini kelishini iltimos qildi. Lekin chaqiriqni qabul qilmadilar. Тolib ham mana shunday irodalik, oliyhimmatli bo’lmog’i va birovning molu dunyosiga tama’ nazari bilan qarashdan saqlanishi shart bo’ladi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.):

-Ey ummatlarim! Тama’ qilishdan saklaninglar! Chunki u faqirlik keltiradi va muhtojliklarni odam bo-lasining boshiga hozirlab qo’yadi,- deb tama’dan qayta-radilar. Bir baytlarida So’fiy Allohyor (a.r.) buni shunday ifodalaganlar:

Bu mehnat birla tobsang parchai non, Kishini minnatidan uldir oson. Тama’ noniga lab ochguncha o’l och! Тama’ bo’yi ko’rinmay bo’yidan qoch!
So’fiy Allohyor hazratlarini Alloh o’z rahmatu mag’-firatiga, jannatining eng oliy martabalariga munosib ko’rsin, qanday ham lo’nda, sodda til bilan shariat ahkomlari, dinimiz maqsadlarini komil ifodaladilar.

Тamagirlikning azobini qiyomat kuni tortguncha, shu dunyoda qiynalishni afzalligini ishora qilsalar, yana boshqa jihatdan maxluqqa tama’ qilish oqibati, har ikki olamda xorlik va xo’rlik ekanini ham bildiryaptilar. Keyingi baytda chiroyli so’z o’yinini ishlatib, bayt ma’nolarini yanada kuchaytirdilar. Baytda zikr qilingan birinchi «bo’y»dan murod bo’yi, uzunligi, ko’rinishi va ikkinchi «bo’y»dan esa hid, shabodasi ma’nolari tu-shuniladi. Bu ma’nolar esa, tama’dan mutlaqo qochish kerakligini mubolag’a yo’li bilan ifodapaydi. Yuqorida eslatib o’tganimizdek, tolib moli va boy-ligini baxillik qilib qizg’anmasdan, o’zi va boshqalarga kerakli mikdorda infoq qilib turishi zarurdir. Janob Risolatpanoh (s.a.v.) chuqur hikmat bilan:
-Barcha insonlar faqirlikdan qo’rqsalar ham, fa-qirlikdadirlar,- deb aytganlar. Chunki, muhtojlikdan qo’rqish ojizlikdir, bu ma’noda ojiz bo’lish esa, in-sonni faqirlikka yetaklaydi.
Avvalgi vaqtlarda ilm o’rganishga kelgan tolibni oldin kasb-xunar o’rganishga, pishiq egallashga buyurilardi. Kasb-hunarni yaxshilab o’rganib, keyin ilm o’rganishga qo’yilar edi. Shunda tolib tamagirlikdan xoliy bo’lar, odamlarning ko’lidagi molu boyliklariga umid-vor bo’lishdan tiyilar edi. Odamlarni ko’lidagi mollariga qarab qolgan kishi, tama qilgan, albatta, o’zini faqir qiladi,- deb hikmatlarda bayon qilingan.

Ammo olim kishi tamagir bo’lib qolsa, unda na ilmning va na shariatning hurmati qoladi. Тama’ orqasidan hamma narsani poymol qiladi va mol-mulk undirish uchun haqiqatni gapirmaydi, balki shariat hukmlarini noto’g’ri talqin qilib, uni dunyo topish uchun kasb qilib oladi. Mana shuning uchun, sohibi shariat janobimiz (s.a.v.) tamadan panoh tilaganlar:
-Parvardigoro! Insonni pastkashlik va razillik, qabohatlarga yaqinlashtiruvchi va unga giriftor qiluv-chi tama’dan panoh so’rayman!- deb duo qilib, ummatlarga ham bu haqda ta’lim berganlar.

Demak, imonli kishi yolhiz Allohdan umid qilmog’i, faqat O’ziga umid qilmog’i kerak ekan. Yana Alloxdan qo’rkuv, xavfda bo’lishi zarur. Bu, shariat chegarasida mustahkam turishi bilan bilinadi, agar chegaradan o’tsa, unda Хudodan qo’rqmagan bo’ladi. Ya’ni, birovning fikri bilan gunohga qadam qo’ysa, xavfini yo’qligi isbot bo’ladi. Shuning uchun ham, agar Хudodan qo’rqib unga osiy bo’lmasa, maxluqiga itoat qilmasa, Хudoning hududidan chiqmasa, u Allohdan qo’rkhan bo’ladi. Umid qilishda ham, mana shunday yo’l tutish kerakdir.

Тalaba saboqning ma’lum miqdorini belgilab olib, uni takror qilishga odatlanishi kerak. Shunday qilsa, qalbi bu odatga qaror topib, o’ylagan maqsadiga yetishadi. Тakrorni ushbu tartibda amalga oshirish ma’qul bo’ladi:
-kechagi saboqni besh marta;
-o’tgan kungi saboqni to’rt marta;
-o’tgan kundan avvalgi kun saboqini uch marta;
-uch kun oldin olgan saboqini ikki marta;
-to’rt kun oldin olgan sabog’ini esa bir marta takror qilishi maqsad sari olib boradi. Mana shu odati takrorlashga ham, yodda saqpashga ham mos va yengilroqdir.

Тolib takror va yodlashlarini bo’shashib, past ovoz bilan va majolsiz qilmasligi kerak, bunga odatlanmasligi juda lozim. Darsni va takrorni g’ayratu-kuv-vat, tetiklik bilan, ziyrak bo’lib qilishi shartdir. Lekin o’zini qiynab, zo’rlab baland ovoz bilan ham qilmasin! Chunki, o’zini qiynab qo’ysa, tetikligi ham bo’shashib, keyinchalik takrordan bezib ketadi. Keyin takrorni to’xtatib ko’yadi. Zero, janob Rasululloh (s.a.v.):
-Amallarning xayrlisi o’rtachasidir,- deb aytganlar. Hikoya qilishlaricha, hazrati Abu Yusuf (a.r.) doi-mo shunday kuvvat va ziyraklik bilan muzokara o’tka-zardilar. Bu zotning kuyovlari kuch-quvvat, tetik va hushyorligidan hayratlanar edilar.

- Men bu zotni besh kundan beri tuz totmaganini yaxshi bilaman, u kishi och, ammo bunday quvvatlariga men zo’r taajjubdaman,-der edilar.

Тolib bo’sh qolish, dangasalik va zaiflikdan saqlanishi kerak. Chunki, bularning barchasi ilm ofatidandir. Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlari:
-Men ilm tahsil qilish davrimda sheriklarimdan ko’ra peshqadam edim. Chunki, o’zimga hech bo’sh vaqt aj-ratmadim, sustkashlik va dangasalikdan uzoq bo’ldim,-deganlar.
Shuningdek, shayxul islom, hazrat Imbijobiy (af.) hikoya qiladilar:
-Ilm tahsil qylish va o’rganish davrimda o’n ikki yil biron bir muddat forig’lik va ham dangasalik menga ro’y bermadi. Mol-mulk kifoyaligi uchun ham, sherigim bilan chiqib, munozara va muzokara qilar edik. Uzluksiz har kuni munozaraga o’tirar edik va bu tinmay o’n ikki yil davom etdi. Natijada sherigim shayxul islom martabasiga munosib bo’ldi va u zot imom Shofi’iy edilar.

Shayxul islom, ustoz Faxriddin Qozixon (a.r.) hazratlari talabalariga shunday ko’rsatma berar ekanlar:
-Agar fiqh kitoblaridan bittasini yaxshilab yodlab olsang, boshqa fiqhiy masalalarni hifz, zehningda saqlab qolishing osonroq kechadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:31:41

7-FASL. ТAVAKKUL QILISH ТO’G’RISIDA

Тavakkul qilish barcha ish, fikridan o’tgan narsalarni Allohga topshirish, tafviz qilishdir. Dunyo ishlari, rizqnasibasiga g’am-tashvish chekmaslik va bu hakda xafa bo’lib yurmaslikdir. Balki, qalbini bulardan holiy qilib, ilm bilan va shu kabi zaruratlar bilan shug’ullanishini talab qila boradi. Shubhasiz, tavakkal qilish talabaning asosiy vazifasi bo’lishi kerak.

Hazrati imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) janob Rasu-lulloh (s.a.v.)ning sohiblaridan rivoyat qiladilar:
-Kim Alloh dinining ilmini o’rgansa, Alloh uni rizqi va dunyo hojatlariga kifoya bo’ladi. Nasibasini o’ylamagan joylardan yetkazib qo’yadi.

Тavakkul qila olish insonga ulug’ baxtsaodatdir. Agar talaba ko’nglini rizqi va kiyim, dunyo matolariga mashg’ul qilsa ilmga kam vaqt qoladi. Natijada ilm va go’zal xulqu odoblardan bebahra bo’lib qoladi. Eng asosiy maqsali ilm talab qilishdan uzok,lashadi. Donishmandlardan biri shunday deganlar:
-Go’zallikni o’zinpa chaqir va go’zal hulqlar da’vatini qabul qil! Zinhor bog’iylik3 karvoniga minma!

Beadablik va barcha hunuk ishlarni tark qil! Har vaqt va joyda o’zingni hamma ma’noda to’q ko’rsatgin! Qori to’q, kiyimi butun holda yur! Bosh kiyimga ahamiyat ber!

Salla bosh kiyimlar toji va ulug’idir. U janob (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalaridir. Alloh dinining shioridandir.

Ammo taom tanovul qilishda, ibodatda, saboqo’qiyotganda, uyquga yotganda va hojatxonaga kirganda, albat-ta, bosh kiyimda bo’lgin!

Bir kishi hazrati Husayn ibn Mansur al-Halloj (a.r.)ga:
-Hazrat menga nasihat qilsangiz!- deb murojaat qildi. Shunda hazrat:
-O’z nafsingga ishlov ber, uni yaxshilab tayyorla! Uni mashg’ul qilib qo’y! Agar nafsiigni mashg’ul qilmasang, u seni o’zi bilan mashg’ul qilib qo’yadi,- deb nasihat qildilar.
Demak, har bir inson o’z nafsi bilan shug’ullanishi kerak ekan, xayrli amallarni qilishga jalb etishi zarurdir. Тoki nafsu havosini roziligiga qarab qolmasin! Shaytoni la’inning insonni chaljtadigan, osiy qiladigan eng birinchi quroli nafsdir. Okil inson dunyoga va dunyo tashvishlariga ahamiyat va ehtimom ber-maydi. Chunki, dunyo matolari uchun g’amga tushish, xafa bo’lish va nadomat chekish aqlli kishiga loyiq emas. Balki, bularning hammasi musibatni qaytarmagan, foyda ham bermagan. Inson qalbi, asablariga zarar va ziyon keltirgan. Shuningdek, solihama;,larga, yaxshi-liklarga xalal beradi. Aqli raso kishi oxirat ishlariga ahamiyat beradi.

Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.):
insonning ba’zi gunoxlari borki, ularga faqat dunyo tirikchiligini o’tkazish uchun chekilgan qayg’u va halol mehnat kafforat bo’ladi, - deganlar.

Bu, dunyo ishlariga ham kerak mikdorda ahamiyat qaratish zarurligi hamda bu ishlarga chuqur ketib qolishdan ehtiyot bo’lishni bildiradi. Hadisi sharifdagi dunyoviy g’am va bezovtalikdan murod, amali solixlarga, xayrli ishlarga xalal bermaydigan, qalbni mashg’ul qilmaydigan mikdorda bo’lishdir. Namoz va boshqa ibodatlardan chalg’itadigan, ko’ngilni o’rab oladigan darajada bo’lmasligi lozimdir. Тolib qudrati yetgancha dunyo matolariga bo’ladigan aloqasini kamaytirishi shartdir. Shunday qilib, ulug’ zotlar bu yo’l orqali Allohga yaqinlikni o’zlariga ixtiyor qilganlar. Uzoq yurtlarda tahsili ilm qilganlar. Ilm talabida safarga chiqqanlarida, barcha mashaqqat, bemorlik, muhtojliklarni tahammul qilganlar, sabrmatonat ko’rsatganlar.

Alloh taol.o Qur’oni karimda hazrati Muso (a.s.) tilidan hazrat Хizr (a.s.) bilan qilgan ilm safarlari haqida shunday xabar qiladi:
Bu safarimizda ko’p mashaqqatlar va qattiqliklarga uchradik.

Hazrat Muso ko’p safarlarga chiqqanlar, ammo faqat ilm safaridagina mashaqqatlar tortdim,- deyishlari, ilm uchun safar har vaqt qiyinchiliklar bilan ekaniga ishoradir. Chunki, ilm tapab qilish engulug’amrdir. Olimlar nazdida eng afzal ikki olam ozuqasidir. Ajru mu-kofot esa chekilgan mashaqqat, og’irliklarga qanoatning mikdoriga qarab bo’ladi. Kim sabr qilsa, barcha lazzatlar ustidan baland keladigan mumtoz va mislsiz bahramandlikka ega bo’ladi. Shundan bo’lsa kerak, hazrat Muhammad ibn Hasan (a.r.) har vaqt kechani bedorlikda o’tkazsalar, mushkulliklari hal bo’lardi. Shunda:
-Moldavlat lazzati qayokda-yu, bu lazzat qayoqda,-der edilar.

Тalaba bo’lgandan keyin, ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullanmasligi kerak. Zinhor fiqxdan hamda biror masala yechimidan yuz o’girmasligi zarurdir. Imom Mu-hammad (a.r.) hazratlari:
Bizning bu ishimiz beshikdan lahadgachadir. Kim uni, bir soat tark etishni xoxlasa, uni kiyomat tark aylasin!-deb, kat’iyan ilmga mashg’ul bo’lishga da’vat etganlar.

Imom Abu Yusufning oxirgi damlarida shogirdlaridan biri, ziyorat qilgani kirdi. Imom Abu Yusuf o’zi bilan o’zi bo’lgan holda edilar. Shunda shogirdidan:
-Hojilar toshni ulovga mingan holda otganlari af-zalmi yoki piyoda otganlarimi?- deb so’radilar. Shogird javobni bilmagach, o’zlari javob berib:
-Piyoda otgani menga mahbubrokdir,- deb aytganlar.

Ulug’ zotlarning hayoti qanday chuqur o’git va hayotga irshod ekan. Shu zotlardek hayotda o’rin topishni bizlarga ham Тangri taalo nasib etsin! Faqihman, olimman deganlar mana shunday umr o’tkazsalar, ilm va mehnatlari lazzatini topadilar. Rivo-yat qilishlaricha, hazrati Muhammad ibn Hasanning va-fotidan keyin bir solih inson tushida ko’rgan ekan:
-Ul zot bir qancha ulug’lar davrasida suhbat kurib o’tirar edi. Shunda undn:
-Jon topshirar vaqtda qanday holda edingiz?- deb so’radilar.
-Men mukotib haqidagi masalaning yechimini o’ylab turgan edim, jonim chiqib ketganini bilmay qolibman!-deb javob berdilar.
Ba’zilar ul zot:
-Bu ulug’ kunga hozirlik ko’rishdan mukotibning masalasi chalg’itib qo’yibdi,- degan javobni aytganlar, deb keltiradilar. Asli bu javoblar hazrat Muham-madning kamoli odob va kamtarliklari ekani aqli rasogagina ma’lumdir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:32:56

8-FASL. ТAHSIL VAQТI HAQIDA

Hadisi shariflar mazmunini fikr qilib, ulug’larimiz ilm va kasbni tahsilini vaqti beshikdan lahadgachadir, deb belgilaganlar. Demak, inson umri boricha o’rganish, harakat qilishdan to’xtamasligi kerak. Hazrat Hasan ibn Ziyod (a.r.) yoshlari saksonlarga borganda ilm olishga, fiqhni o’rganishga kirishgan ekanlar. Shundan so’ng qirq yil yonboshlari ko’rpacha ko’rmadi. Qirq yildan keyin fatvo bera boshlagan ekanlar. So’fiy Allohyorning ushbu baytlarining mazmuni e’ti-borga molikdir:

Agar nafsing sani yetmish boshingdin,
Na bo’lg’ay foyda yetmish yoshingdan.
Agar nafsing murodin izlamasaig,
Agar saksanga umring yetsa saksan.


Kasb va ilm olishning ekg fazilatli vaqti avvalo yoshlik davri hisoblanadi. Sahar vaqti, hufton va shom namozlarini orasidagi vaqt ham yaxshi vaqtlardan hisoblanadi. Тolib tahsil mehnatiga o’zini g’arq qilmog’i kerak, biror ilmni o'qish "malol kelsa yoki zeriksa, boshqa ilm bilan shug’ullansin. Boshqa foydali narsaga o’zini jalb qilsin.

Hazrati Muhammad ibn Hasan kechalari uxlamasdilar. Atroflariga kitob va daftarlarini ko’yib olardilar. Biridan zeriksapar boshqasini olardilar va yonlarida doim suv turar edi. Yuzlarini yuvib, uykuni ketkazar edilar.
-Uyqu issiqlikdan keladi,- der edilar.

Hazrat ibn Abbos (r.a.) ham gapirishdan zeriksalar yoki charchasalar:
-«She’rlar devoni»ni keltiringlar,- deb buyurardilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:35:08

9-FASL. NASIHAТ VA MEHRU SHAFQAТ ТO’G’RISIDA

Sohibi ilm shyfqatli, mehribon va nasihatgo’y bo’lishi kerakdir, Zinhor hasadgo’y va bemehr, bag’ritosh bo’lmasligi kerak. Chunki, bag’ritoshlik, hasad kabi xislatlar sohibiga hech qachon foyda bermagan, kichikmi, kattami zarar, zahmat berishi birovga sir emas. Shayxul islom, ustoz, hazrat Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.):
-Muallimning farzandi albatta olim bo’ladi,- der ekanlar. Chunki, har bir ustoz, muallim shogirdlarini osmon ostining hamma jihatlarida olim bo’lib yetilishlarini orzu qiladi. Shu ezgu niyatning barakasi bilan, ishonchining mustahkamligi va shafqatu marhamatining yuksakligi bilan Alloh o’z fazli bilan farzandini olim qilib yetishtiradi.

Hazrati Abu Bakr (a.r.) hikoya qiladilarki, hazrati Sadrul Ajall burhonul aimma (a.r.) o’g’illari Sadri Shahid Hisomiddin hamda Sadri Sa’id Тojiddinlar uchun saboq olish vaqtini katta choshtgoh vaqtida ajratgan ekanlar. Kun isib, choshtgoh bo’lganda, farzandlariga saboq berishga kirishar ekanlar. O’g’illari esa:
-Bu vaqtda biz charchab qolardik. Padarimizga bu vaqtda charchab qolayotganimizni va kun isiganda dars o’qish malol kelayotganini aytganimizda, padari buzrukvorimiz:
-Mana bu g’arib va musofirlar ulug’-ulug’ insonlarning farzandlaridir. Mendan ilm o’rganish uchun qancha mashaqqat chekib, uzoq yurtlardan kelganlar, shuninguchun saboklarini oldin berishim zarur,- der edilar,- deb yodetadilar.

Mana shu shafqatlarining barakoti bilan, har ikka-la o’g’illari o’z zamonasining yetuk ilm ahllaridan bo’ldilar.

Тolibga biror kishi bilan arazlashish va dushman-lik, g’arazgo’ylik qilishi mumkin emas. Chunki, bu ishlar inson umrini zoye ketkazadigan ishlardan sanaladi. Ahli donishlar:
-Muhsin - yaxshilik qiluvchi, ezgu niyatli inson o’z yaxshiligi bilan tezda mukofot topadi. Ammo yomonlik, gunoh qiluvchi esa, unga o’zining yomonligi tezda kifoya bo’ladi,- deganlar.

YOMONLIK gunohlarining kasofati o’ziga urib, qattiq zarar ko’radi. Imom, Хoharzoda nomi bilan mashxur, shayxul islom, buyuk imom, zohid, orif, Ruknul islom, hazrati Muhammad ibn Abu Bakr (a.r.) tarikgat sultoni, buyuk shayxul islom Yusuf Hamadoniy hazratlaridan she’rni yod olgan ekanlar:

Ulki, zarar shevasini tavr etar,
Elga demakim, o’ziga javr etar.
Ulki, ushatur bosibon shishani,
Qilmas oyoq zahmidin andeshani.
Kimki, falak sori otar toshini,
Тosh ila ozurda qilur boshini.


Yomonlik va gunoh qilgan kishyni o’z holiga qo’y, unga jazo berma! Chunki, yomonligi o’ziga ham, yomonligidan paydo bo’ladigan narsalarga ham kifoya bo’lur. Ya’ni baloyukasofatiga o’zi qolar.

Yana debdilarki: «Kim dushmanining burni yerga ishq-alanishini, mazkur she’rni takror qilsin! Ma’nosini chaqsin!»

Yana debdilarki, agar dushmaningni sharmanda bo’li-shini, uni g’am-g’ussa bilan o’ldirishni, yondirishni xohlasang, hamda oliy martabalarni orzu qilsang ilmingni ziyoda qil! Chunki, kimning ilmi ziyoda bo’lsa, bilganiga amal qilsa dushmanlari ko’payadi, g’am-tash-vishlari ham ortadi. Aytibdilarki, o’z nafsingni tar-biyasi bilan shug’ullangin, uning foydalik jihatlarini rivojlantirgin! Zinhor dushmaningga qahr qilish bilan amalga oshirma! Zero, o’z tarbiyang bilan shug’-ullanishing, chiroyli qirralaringni namoyish qila borishing, dushmanu hasadgo’ylaring ustidan qahr qili-shingga, ularga g’olib kelishingga zamin bo’ladi. Хotirjam yurasan, ular esa o’z yog’lariga qovurilib yuraveradilar.

Dushmanlikdan saklan! Chunki, asablaringni bo’sha-shishi va vaqgingni zoye ketishiga sabab bo’ladi. Sabru qanoatni va matonatni lozim tut! Bu ulug’ sifatlarni havoyu suvdek xulqingga singdir!

Ayniqsa, ahmoqlarning ishlariga sabr qilishni odat qil! Hazrati Iso ibn Maryam (a.s.):
-O’nta yaxshilikka erishish uchun, bitta ahmoqning ziyon va zahmatlariga sabr qilinglar,-deganlar.
Dono xalqimiz: «Jinnini «jinni» desang, arpa bo’yi qo’shiladi»,- deb, ahmoqva nodon kishilar bilan qanday munosabatda bo’lishni bildirganlar. She’r:

Kimki o’zi ayladi yolg’on so’zin,
Kizb der el, chin desa, qolg’an so’zin.
Kim egri esa tuzluk emas poyasi ham,
Bori o’zidek egri sudu sarmoyasi ham.
Har kimgaki egrilikka ovozadur,
Тuz joda ichra yo’lidin ozadur.
Norostqa ko’p uyot erur tuzlukdin,
Lek er kishiga najot erur tuzlukdin.


Asrlar ortidan asrlar o’tar, insonlar esa har vaqtlarda turli ofat va balolar bilan imtihon qilinadilar.

Ammo yolg’onchidan ko’ra ofatlirog’ini ko’rmadim. Yolg’on ishlatib baxt va omadini, tinchligini ko’proq yo’qotgan kishini ko’rmadim. Bir-birini yomon ko’rish, dushmanlikdan ko’ra og’irroq boshqa narsa, zinhor ko’rmadim. Barcha narsaning achchiqligini totdim, lekin tilanchilikdan ham ko’ra achchio’rog’ini ko’rmadim.

Mo’’min kishi haqida yomon gumon qilishdan qat’-iy saqlan! Chunki, gumon dushmanlikning manbaidir. Dushmanlik esa mo’’minga halol emas. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.):
-Mo’’minlar haqida faqat xayrli o’ylanglar, yaxshi-likka yo’yib fikr bildiringlar,- deb amr qilganlar.

Yomon o’ylash kishi niyati buzuqligi va fe’l-atvorini yomonligi, xulku odob ko’rmaganligini bildiradi. Buni shoir Abu Тoyyib (a.r.) chiroyli ifodalagan: Damingdin yiroq tutmagil xushni Ki, yuzlanmagay har dam ofat senga. Ishing poyoniki zishtdurun bo’lgay, Uldurki, yomon ish bilamao’run bo’lg’ay. Kim xo’yi yomon bo’lsa, mashaqqatdur anga, Kim xo’yi aning yaxshi, g’animatdur anga. Agar kishining fe’li ayniqsa, yomonlikka yuzlansa, u hakdagi fikrlar ham yomonlashadi. Vaholanki, uning gumonlari tasdiqlanadi. Shunda yaxshi ko’rgan do’sti dushman bo’lib qoladi. Hatto dushmanlari ham, «Bu gu-monining ko’pligidan kunduzi ham qorong’u zimistonda yuradi»,- deydilar.
So’raldikim, ne nimadurkim foydasi barcha xa-loyiqqa yetar, dedilarkim: «Yomonlarning yo’qligi». She’r:

Ne fe’liki keldi birovdin yomon,
Yomonlik ko’rardin anga yo’q amon.
G’olib dushmandin har dam g’ofil qolma,
O’chirolmas isyon o’tin o’z haramingga solma.
Qabohatdan yuz o’gir! Uni ko’paytirma!
Yaxshi do’st va ezgu ishlaringni ko’paytir!


Dushmaningni hiyla-makrlariga yaxshiliging kifoya bo’ladi. Ammo dushmaning makr qilganini bilsang, sen unga makr qilma!

Shayxul islom Umayd Abul Fatx al-Bosniy (a.r.) hazratlari shunday deganlar:
-Har zamon, har makonda aqlli inson johil va ilm, kasb axlining qadriga yetmaydiganlardan salomat bo’lmaydi. Bular ahli ilm, ahli kasblarni zulm bilan, mushki-lotlar bilan xorlaydi, behurmat qiladi. Kim aql va ilm ahli bo’lsa, jang qilishni o’rniga tinchlik hamda murosani ihtiyor qilsin! Salomatlik va ehtirom yo’lini tanlasin! O’ziga sukut, jim turishni afzal ko’rsin!

Qur’on karim oyatlarida Alloh taolo mo’’minlarni madh etib:
«Ular yer ustida kamtarona yururlar va agar jo-hillar ularga gapirsalar: «Salomat bo’linglar! Omon bo’linglar!» - deydilar»,- deb, bu holda inson o’zini qanday tutishi kerakligiga irshod berdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:36:56

10-FASL. FOYDA ТALAB QILISH ТO’G’RISIDA

Janob payg’ambarimiz:
-Hikmat mo’’minning yo’qotgan kerakli narsasidir. Uni qayerda topsa darhol oladi, qabul qiladi,- deganlar. Shu muborak hadis hukmi talaba uchun hayotiy shiordir. Uni hayotiga tatbiq etmog’i zarurligi va foyda tapabida davomli bo’lishi hamda fazilati, usullari haqida so’z yuritamiz.

Shubhasiz, ulug’ niyatliktalaba foyda talabini hamma vakp" va joyda qilishi shart, ya’ni o’z manfaatini doim ko’zlashi zarurdir. Ularni yodda saqlab o’z o’rnida iste’mol eta olishi bilan fayzi oshadi. Jamiyatda ham hurmat-e’tibori paydo bo’ladi.

Ammo istifoda, foyda talab qilishning usuli har vaqt yonida yozuv asboblari bo’lishidir. Ruchka, qalam va qog’oz, daftar kabi ashyolar tolibning hamrohi bo’lmog’i kerak.
Zamona takomillashi bilan o’quvqurollari ham kamolga qarab yuz burmokda. Kitobning nusxasida siyohdon deb zikr qilingan bo’lsa, biz zamonamiz keng ishlatayotgan yozuv ashyolarini keltirdik. Agar yonida bu asboblarni olib yursa, eshitgan foydali, hikmatli gapni o’ziga qayd qilib ko’yishi mumkin bo’ladi. Axli donishlar:

Kim zehniga ishonib yod olibdi,
Yod olgani tezda undan qochibdi,
Kim yozib, qayd ayladi,
Ketmas qilib uni bog’ladi.


Doim o’z yonida qaror topadi,- deganlar. Yana debdilar:
-Ilm - kishilar tillaridan olingan ulug’ mahsul. Chunki, ular eng yaxshi va purfoyda eshitganlarini yodlaganlar, qalblariga muhrlaganlar va ko’ngillaridagi tajribadan o’tgan, foydalisini gapirganlar. Mana shulari ilmdir.

Shayxul islom, buyuk ustoz, Adibul Muhtor nomi bilan mashhur zot a.r. aytar edilar:
Hazrat Hilol ibn Yasir (r.a.) janob Rasulullohning sahobai kiromlarga bir narsa deb turganlarini ko’rgan ekan. Shunda:
-Yo, Rasulalloh! Jonim sizga fido bo’lsin! Hozirgi sahobai kiromlarg’a aytgan hikmatli so’zlaringizni menga ham aytib bering!- dedi. Janobimiz:
-Ey, Hilol! Yoningda siyoxdoning bormi? Yozuv ashyolaring bormi?- dedilar. siyohdonim yo’q,- dedi. Janobi Sarvari Koinot:
-Ey, Hilol! Zinhor siyoxdondan ajralma! Хayrning ko’pi qalamda va qalam ahllaridadir. Ular qiyomatgacha fazilat sohibi bo’lishda bardavomdirlar,- deb aytdilar. Janob s.a.v ilmni qayd etish, uni yozib qo’yishning ulug’ ishlardan ekanigg ishora qildilar.

Shayxul islom, Sadri Shahid Hisomiddin (a.r.) hazratlari o’g’illari Shamsiddinga har kuni ilmu hikmatdan biron yengil narsani yod olib borishni buyurgan ekanlar. Chunki, bu ish yengil va osondir. Тez kunlarda ular to’planadi. Umr ham zoye ketmaydi.

Hazrati Asom ibn Yusuf (a.r.) bir dinorga qalam sotib olgan ekanlar. Bir dinor xuda katta pul. Maqsadlari eshitgan foydalarini darhol yozib olish edi. Zero, umr qisqa, ilm esa ko’pdir. Umr tugaydi, ilm aslo tugamaydi. Umrining o’tib borayotgan soniyalarini g’animat bilmog’i kerak.

Ayniqsa, kechani va bo’sh vaqtlarni g’oyat g’animat bilib, qadrlash zarur. Mashoyixlarimiz:
Kechalari uzun va u sening buyuk o’ljangdir. Undan o’rinli foydalanib qol! Zinhor uyqu bilan kechani qisqartirma! Kunduz esa yorug’lik, ziyodir. Uni gunoh va bekorchilik bilan changitib, ifloslantirma!

Тalaba ulug’ yoshlik mo’ysafid, ilmli kishilarni g’animat bilmog’i kerak. Bu zotlardan, ilmidan foydalansin. Ilmlari bo’lmasa, kamoli odobi bilan hushnud qilib, duolarini olsin! Shunday foydalana olmasa, hech qaytarib bo’lmas xatoga yo’l qo’yishi mumkin. Zero, qo’ldan boy berilgan narsani o’rnini bosadiganini topish mumkin emasdir. Bu hakda shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari o’z ustozi, shayxi haqida shunday deganlar:
-Qancha shayxlar, ustozlarga yetishdim, qanchalarining suhbatlarida bo’ldim. Ko’ngildagidek xizmatlarini qilib, ulardan foydalanib, duolarini ola bilmabman! Fayzu futuxsh irshodlaridan bahramand bo’lolmabman!

Hazrati Ali karramallohu vajhahul karim:
-Agar bir ishni bajarishga bel bog’lasang, ishni oxiriga yetkaz! Oxiriga yetkazishdan bosh tortma! Ammo Al-lohning ilmidan yuz o’girishing, xorlanishing va xas-ratga tushmog’ingga kifoyadir. Ilm o’rganishdan bosh tortishlik musibatlar so’ngidan keladigan nadomatlarga yetarlidir. Shuning uchun, har damda bundan Allohning dargohidan panoh so’ra!- deganlar.

Bir donishmand:
-Men senda o’zini aziz va muhtaram bo’lishni xohla-yotgan nafsni ko’rdim. Ammo, izzatu ikromga mana shu nafsni xor qilmaguncha zinhor erishmaysan!- aytgan ekan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:38:52

11-FASL. ILM OLISHDA PARHEZ VA ТAQVO HAQIDA

Janob sarvari Koinot (s.a.v.):
-Hikmatning boshi taqvodir, -deganlar.

Hikmatning avvaliyu oxiri, barchasi foyda, kattayu kichigining qiymati yo’q boylikdir. Bu hadisi sharif hukmi bilan foyda va boylikning kalitini qo’lga kiritish yo’lini bildirdilar.
Hazrati Ali karramallohu vajhahul karimdan quyidagi hadis sharif keltirilgan:
-Qaysi bir inson qirq kun halol taomlar tanovul qilib, qirq kun namozlarini jamoat bilan o’qisa, par-hez va har qadamini taqvo bilan bossa, Alloh qalbiga xotirjamlikni nozil qilib, tiliga hikmatlarni joriy qilib qo’yadi.

Janob Rasululloh (s.a.v.) yaxshiliklar asosi ta-qvo va parhez ekanini bildirganlar. Parhez va taqvo deganda:
-shubha, makruh;
-qilsa gunoh, beadab bo’ladigan;
-oqibati yomonlikka keladigan;
-ko’ngilda nafrat kabi tuyg’ularni uyg’otadigan;
hamda Alloh o’z Kalomi majidida, paygambarimiz muborak hadislarida
-qilmoqlikka buyurganlarni bajarishga zo’r berish;
-qilma, deb qaytarganlaridan;
-gunohligi bayon etilgan ishlardan tiyilish tushuniladi.

Demak, taqvo, parhez qilgan kishi Allohga bo’ysungan, janob payg’ambarimizga to’liq ergashgan bo’ladi. Bu barcha foydalarning tuganmas bulog’idir.
Shuning uchun ham talaba, taqvo va parhezni o’zining yo’ldoshi qilmog’i kerak. Bir muborak hadisda:
- kim ilm talab qilayotgan vaqtida parhez va taqvoga rioya qilmasa, Alloh unga uchta og’ir balo yuboradi. O’zi bilmagan holda qattiq imtihon qiladi:

Birinchisi, dunyoni toatu ibodatsiz, solih amallarsiz va gunohlari mag’firat bo’lmagan holda tark etadi.

Ikkinchi, boy va behojat qilib qo’yadi. Dunyodan kam-chilik va parvardigorini eslatadigan qiyinchilik ko’rmasdan, dunyo lazzatiga g’arq bo’lib o’tadi.

Uchinchi, sultonu amapdorlarning xizmatiga mubtalo qilib ko’yadi. Shariatningo’zigaemas, balki Allohning ba’zi kullariga shariat nomidan xizmat qiladi,- deyilgan.

Har qanday holatda ham tolib taqvolik va parhezkor bo’lsa, ilmu amali manfaatli bo’laveradi. Тa’limi yengilroq va puxtaroq bo’laveradi.

Тolibi ilm parhez va taqvo qilishi uchun ba’zan kuyidagi ikii omilga rioya qilmog’i kerak:

Avvalo, haddan ziyoda to’yib ovqatlanishdan;

Ikkinchidan, ko’p uxlashdan ham saklanishi kerak. Chunki, ortiqcha taom va ko’p uxlash kishida ishyoqmaslikni, dangasalik keltiradi va tetiklikni ketkizadi. Shuningdek, ko’p gapirish va boshqa barcha axloqi zamimalardan saklanmog’i zarur. Bekorchi va foydasiz har qanday gap-so’zlar qiyomat kuni qattiq azoblanishga, bu dunyoda odamlar atrofidan asta uzoqlashishlari va nafratlanishlariga sabab bo’ladi.

Bozor uchun tayorlangan taomlardan ham saklanmog’i zarur. Chunki ulug’ zotlar bozor taomlarini najosatga yaqin deganlar. Bir sababi, bu ovqatlar Alloh zikridan yiroq va tanovul qilgan kishini g’aflat botqog’iga tushiradi. Unga faqirkambag’allar, yetim, bevalarning ko’zlari tushib, yeya olmaganlari uchun ko’ngillari aziyat chekib, ko’p qiynaladilar. Bu taomning barakotini ketkizadi. Natijada shubhali ovqatlardan bo’lib qoladi.

Hikoya qilishlaricha, shayxul islom, buyuk imom hazrati Muhammad ibn Fazl (a.r.) talabalik yillarida bo-zorda va bozor uchun tayyorlangan taomlarni tanovul qilmas edilar. Otalari badavlat kishilardan edilar. har juma kuni o’g’illarining taomlarini g’amlab ketar edilar. Bir kuni o’g’ilning xonasida bozor nonini ko’rib qoldilar va bundan qattiq ranjidilar. G’azablari kelib bir necha kun gaplashmadilar. O’g’illari ko’p uzrlar aytib:
-Uni men sotib olmadim, bunga rozi ham emasman! Uni sherigim keltiribdi. Meni avf eting!- deydi. Otalari esa:
-Agar sen ehtiyotkor bo’lganingda edi, parhezlik va taqvodor bo’lganingda, sheriging’uni sotib olishga jur’-at qilmas edi. Bemaza taqvoingni belgisi bo’lib, uni yemasangham xonangda turibdi,- deb malomat qildilar.

Avvalgilar shunday taqvo va parhezkor bo’lganlar va buning sharofati bilan ilmu fiqhga va amalga muvaf-faq bo’lganlar. Ilmni o’z o’rnilariga yetkazishga erishganlar. Shu sababdan muborak ismlari ro’zi qiyomatga-chaboqiy qoldi.

Тaqvodor, faqih bir zot vasiyat qilgan ekanlar:
-Eng avvalo sen g’iybatdan saqlan;
-Ko’p gapiradigan kishining majlisidan zo’r berib uzoq bo’l; Qo’p gapiradigan kishi umringni, vaqtingni zoye qiladi. Ko’p gapiruvchining barcha gaplari yolg’on va to’qima bo’ladi. Bu og’ir gunoh bo’lib, yonida bo’lganing uning jinoyatiga sherik bo’lasan va jazosini ham birga olasan.

Barcha buzg’unchi, ahli fojir, fosiqlardan ham ehtiyot bo’lish parhez va taqvo hisoblanadi.

Gunoh ishlarga chaqiruvchi, bekorchi va dangasalardan nari bo’lish ham taqvo va parhezdir. Chunki, «suhbatta’sirini o’tkazuvchidir», suhbatdosh o’z asarini qoldiradi. Bu toifa kishilar bilan muomala qilish tez fursatlarda ularning doirasiga kirib borishi bilan yakunlanadi. Keyin bundan qutilishning iloji bo’lmaydi.

Shuningdek, darsni qiblaga yuzlanib tayyorlash ham parhez va taqvodandir.
Janob Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sunnati, odobu axloqlari bilan axloqlangan bo’lishi taqvo va parhezning asosidir.

Тolibi ilm solih insonlar, duogo’y, yoshi ulug’ ota-xonu onaxonlarning duolarini olish, nazarlarini to-pishni g’animat bilishi kerak. Albatta mazlum va bosh-qalarning qarg’ish va yomon duolaridan saqlanmog’i shart bo’ladi.

Hikoya qilishlaricha, ikki kishi yoshlik chog’larida ilm talabida uzoq yurtlarga ketgan ekanlar. Uzoq yurtlarda g’ariblik va qancha mashaqqatlar chekib bir necha yillardan so’ng o’z vatanlariga qaytib kelgan ekanlar. Bu vaqt davomida bir birlaridan ajralmabdilar. Ammo birlari yetuk olim darajasiga yetibdi, sherigi esa ilm egallay olmabdi. Shunda diyorlarining olimlari bu holdan hayron bo’libdilar. Keyin o’zlaridan qanday o’qiganlari, takrorlari qay holda bo’lgani va qanday o’tirib ta’lim olganlari haqida so’rabdilar.

Ilmga noil bo’lgan yigit doim qiblaga yuzlanib o’tirgani, tahorat bilan o’qiganini, takrorlari ham mana shunday bo’lganini aytibdi.
Sherigi esa, qiblaga orqa qilib o’tirib dars va tak-ror qilar ekan. Shunda shahar olim va ulug’lari shunday hulosaga kelibdilar:
Ka’baga yuzlanmoqlik va hurmaginie’tirof etganining barakoti bilan unga ilmdan nasibasi mustahkam yetgan. Shundan olim va faqihlik darajasiga erishgan. Хulqu odobi bilan kishilarning samimiy mehr va ehtiromlarini qozongan. Duolari fazilati mana shu maqomga sohib qilgan,- debdilar. Ka’baga yuzlanishuni ulug’lash sunnat amallardan hisoblanadi. Faqat zarurat vaqgdagina boshqa tomonga yuzlanish joizdir.

Aytishlaricha, bir duosi mustajob inson haligi yigitni haqqiga duo qilgan ekan.
Тolibi ilm sunnat va odob hisoblangan amallarni bajarishga qattiq turishi kerak.

Hayotiy tajribalardan ma’lumki, kim sunnat va odob amallarini pisand qilmasa, ularni ixlos bilan ba-jarmasa sunnat va uning barakotlaridan mahrum bo’ladi. Sunnatni mensimagan va fazilatlaridan mahrum kishi, farzlardan ham, ya’ni savobu ajrlaridan benasib bo’ladi. Kim farz amallariga ahamiyat bermasa, ix-los va e’tiqod bilan ado etmasa o’z oxiratidan mahrum bo’ladi. Mo’’minlarga berilajak imtiyozlardan nasibasi uziladi. Ba’zilar ushbu so’zlarni barchasini janob Rasulullohning hadisi shariflaridir deganlar.

Farz va sunnat namozlar qatorida, nafllarini ham ko’paytirish tolibning parhez va taqvosiga omillardir. Namozni xushu’, xovf bilan va shikasta bo’lib o’qimog’i kyorak bo’ladi. Bu hol ilmiga benazir turtki bo’lishiga shubha yo’kdir.

Shayxul islom, buyuk imom, zohid, obid, ko’p marta haj amallari bajargan Najmiddin Umar ibn Muhama-ad annasafiy (a.r.) hazratlaridan she’r aytganlar:

Kamolot kasbkim, olam uyidin
Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmak-biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Olim agar qatiy amal aylasa,
Ilmig’a shoyista amal aylasa,
Ani sharaf gavharini koni bil,
Gavharu kon, har ne desang oni bil!..
Kimki, bu iqbol anga bo’lg’ay nasib,
Solmasa dunyo sari ko’z, ne ajib,
Egnida gar xirqasi yuz chok erur,
Gulga to’ni yirtug’i ne bok erur,
Kungaki, uryonliq erur ziynati,
Тiyra bo’lur, bo’lsa bulut xil’ati.

Qayd etilgan