Muallif Mavzu: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!  ( 51637 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« : 14 Sentyabr 2009, 18:35:12 »
Assalomu-alaykum aziz forum a'zolari, mehmonlar. Anchadan beri Turkiyadagi O'zbek qardoshlarimiz haqida yozishni o'ylab yurgan edim. Kecha Jalolbek bilan Qo'qonliklar haqida suhbat etar ekanmiz, bu mavzuda yozishga qaror berdim. Bu insonlar o'zim ko'rgan, suhbat etgan kishilardan iborat bo'lib, bazilari O'zbekistonni ko'rishga sazovor bo'ldilar, bazilari esa haliyam Vatanim, Vatanim deb ichlarida hasrat bilan yashamoqdalar. Afsus bazilari esa Ona-Vatanni ko'ra olmasdan Ollohning rahmatiga qovushdilar. Bazilari uchun balki "Vatan" shunchaki bir bezatib aytilayotgan so'zdan, hasrat esa shunchaki hissiyot to'la fikrlardan iborat bo'lishi mumkin. Bizda gap bor: "Tanasi o'zga dart bilmas". Hullas shunday ekan, Vatan hasratini o'z tanalarida yashagan insonlardan eshitaylik.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #1 : 14 Sentyabr 2009, 18:37:37 »
O'zbekiston endigina mustaqil bo'lgan yillar Horijdan kelayotgan O'zbek asilli Vatandoshlarni televizorda tez tez ko'rsatib turishardi. Hayron bo'lgandim. Hali aqlim yetmasdi bu narsalarga. Turkiyaga kelib O'zbeklarni ko'rganimda esa, hayajondan ko'zlarimdan yosh chiqib ketgan edi. Hammasining bi tarixi, bir kechmishi bor edi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #2 : 15 Sentyabr 2009, 01:59:09 »
İstambulda o'qiganim uchun avvalambor İstambuldagi O'zbeklar bilan 3 yil oldin tanishish nasib bo'ldi. Bu yerda Chustlik yangi turmush qurgan oila bor edi. Ular bilan bordi-keldi qilib turardik. Bir kun bu oilaning farzandi tug'ildi. Qizaloqni qulluq bo'lsinga ularnikiga borgan edik, uyda mehmon bor ekan. Mehmonlar O'zbek asilli Turkiyalik er-xotin edilar. Shunday qilib horijda yashaydigan ilk O'zbek insonlar bilan tanishdim. Shavkat akamiz Qo'qondan, Munavvar kelinoyi esa Marg'ilondan ekanlar. Kelinaya o'zimizni ayollardan hech farqlari yo'q, hatto O'zbekchani ham bizga yaqin gapirar edilar. Erlari ham biz bilan juda hushmuomala gaplashdilar. Men ham o'qishga kelganligimni aytdim, ular juda hursand bo'lishdi. Hozir O'zbekiston Turkiyaga talaba jo'natmayotgan bir paytda sizga o'hshagan talabalarni ko'rish bizni ham juda hayajonlatirdi, dedilar Shavkat aka.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #3 : 15 Sentyabr 2009, 02:06:28 »
Shu kundan keyin tez tez O'zbeklar bilan ko'risha boshladik. Oradan hech qancha vaqt o'tmay Ramazon keldi. Munavvar opa İstambulda o'qiydigan O'zbeklarni olib iftorga uyga kelinglar , deb taklif qildilar. Biz ham uy ovqatlarini sog'inganimiz  uchun og'zimiz qulog'imizda ularnikiga qarab chopdik. Rostanam inson o'z millatini yonida juda bemalol bo'ladi. Buni o'sha kuni tushunib yetdim. Shavkat akani dadalari Qo'qondan qochganlarida ular 2-3 yoshlarida, Munavvar opa esa, ota-onalari Arabistonga qochganlaridan keyin Makkada tug'ilgan ekanlar.
O'sha kungi iftor hayotimdagi eng shirin, eng hayajonli, eng mazmunli iftorlardan biri edi. Dasturxonda yo'q yo'q edi. Ovqatlar asosan o'zimizni ovqatlar bo'lib, hammasi "sevgi qoshilib" pishirilgani uchun juda lazzatli edi.


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #4 : 15 Sentyabr 2009, 02:13:13 »
O'zbek talabalar 6-7, bir Qozoq, bir Chuvash dugonamiz ham bor edi. Ular ham oradan shuncha vaqt o'tishiga qaramay haliyam o'sha kungi iftorni tez tez eslab, uy egalariga duo qilib turishadi. Uy egalarining sevinchlari cheksiz, bizga to'htamay hizmat qilishar, huddi ota-onamizday boshimizda girgitton bo'lar edilar. O'sha kuni "bular rostdan ham bo'lyabdimi", deb ishonib ishonmay o'tdi. Chunki o'ylab qarang, men faqatgina yangiliklarda horijdagi O'zbeklar haqida eshitib, ko'rganman, endi bo'lsa ular bilan yuzma yuz suhbat qurayotgan edim.
Hozirgi kunda bu voqealar biz uchun unchalik tasodif emas, lekin endi Mustaqil bo'lgan paytlarimiz juda qiziqish bilan qarshilanardi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #5 : 15 Sentyabr 2009, 02:25:37 »
Shavkat akaning otalari Qo'qonda paxta yigirish bo'yicha fabrika egasi ekanlar. Sovetlar paytida "quloq qilishgan" degan narsalarni ko'p eshitganmiz. Rostdan ham ozgin o'ziga to'q bo'lgan hammani Sbiriyaga surgun qilishgan, qochganlar esa oldin Afg'oniston u yerdan Pokiston, Arabiston, Hindistonlarga o'tib ketishgan ekan. Munavvar opaning otalarini esa Chor Rossiyasining odamlari 7 qavat zindonga tashlashgan ekan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #6 : 15 Sentyabr 2009, 02:33:13 »
Ramazon tugab, Hayit kunlari keldi, bizni İstambulda Turkistonliklarga oid bo'lgan vaqifning programmasiga taklif qilishdi. Ohirida osh bo'ladi, deyishdi. Yana talabalar bilan birga jumbur jamoat bordik. Shu kuni 300-400ga yaqin O'zbek ko'rdim. Bir qanchasi bilan tanishdim. Asosan yoshlari 50-60 orasi bo'lgan insonlar huddi biznikilarday, undan kichiklar va bolalar esa ancha o'zgarishgan edi. Ko'zlari ancha kattalashgan, ranglari ham ochilgan edi. İsmlari ham asosan Turkcha ismlar edi. Asosan yoshi ulug' insonlar O'zbekcha gaplashishar, yoshlar esa tushunishar, gaplasha olmas edilar. Men ham bu manzara qarshisida ancha kuyundim. O'zebk tilini koshki unutmasalar edi, lekin vaqti bilan ularni tushindim chunki men ham endigina Turkiyaga kelishimga qaramay, O'zbek tilida uncha gaplashmaganim uchun oldin Turkcha o'ylab, keyin O'zbekchaga tarjima qilib gapira boshladim. Buning sababi, Turkcha va O'zbekchaning juda yaqin bo'lishi edi. Masalan Ruschada hech qanaqangi qiynalmas, aksentim ham yo'q edi. Buning sababi yana tillar orasidagi "til oilasi" farqi edi.

Jalol Ahmad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 277
  • -oldi: 162
  • Xabarlar: 156
  • Jins: Erkak
  • Alloh Taolo huzurudagi maqbul Din Islom Dinidir!
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #7 : 15 Sentyabr 2009, 05:39:28 »
Kapalak sizga Alohida rahmat aytaman chunki mavzuni taslim  etganizdan. Siz anchagina Özbeklarni kuribsiz albatda asosan surgun bo2lganlar Qo'qondan ekan shili? Chunki  man ham 4 oy oldin bir bir do'stimizni kutagani Aeroportga borgan edim kutib ham oldim kegin bir bola kelishi kere deb qoldi nega deb suradim ajablanib chunki siz kutib olin man hechkimi tanimiman deb atagan edi gaplashgan paytimda hullas bir Akani kutdik u ham keldi amo ajablan gan joyim Özbekcha gaplasha boshladi man surdim abi yurtin qatdan desam Özbekdan man Asil Qo'qonlikmiz dedi man ajablandim chunki hali bunaqangi holatga tushmagan edim kegin biroz suvbat ham qurdik aytishicha otalari surgun bo2layotgan payt turkiyaga qochgan ekan hozirda Gaze Antebda yashayotgan ekanlar  Gilam chiqaradigon fabrikalari bor ekan, farzadlri esa hammasi Özbekcha bilar ekan hamda  2,3 yoda bir Özbekka ham borib gilamlardan sotib tijorat qilar ekan amo Özbekka qaytaolmaymiz deydi homish holda enga deb surasam özbeda hechkimimiz qolmagan hammasi har yoda hamda biz bora olmasak kerak chunki biz Turkiyada tugildik deb aytadi Otami o'zlarini esa yubora olmaymiz faqtgina sayohat qiladilar holos deydilar ana shunaqa deb tugatadi Halil Özbek.
« So'nggi tahrir: 15 Sentyabr 2009, 07:02:17 muallifi jalolbek »
Rasululloh  :sw:  Abdulloh Ibn Umarga dedilar: Saharda uyg'onar ekansan, Oqshom orzusini qilma! Oqshomga etganingda, Sahar orzusini qilma! Hayotingdan o'lim uchun, sog'ligindan hastaligin uchun ulush ajrat. Chunki Ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan..(Imom Buhoriy)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #8 : 15 Sentyabr 2009, 13:24:51 »
Turkiyada men tanishgan O'zbeklar asosan Vodiydan insonlar edi. Yuqorida İftordan bahsetdim. Shu o'rinda bir voqeani aytib beray. Bir o'qituvchimiz bilan Turkiyalik oilalardan birinikiga mehmonga davat etildik. Boradigan kunimiz o'qituvchimning Londondan İngiliz o'rtog'i keladigan bo'lib qoldik. Mehmonga u kishini ham olib bordik. Bordik, ovqatlar yedik, choylar ichdik. Oilaning 3 farzandi, 1 o'g'li, bir qizi bor edi. Sekin sekin turaylik, dedilar o'qituvchim. Men anchadan beri oila davrasida bo'lmaganim uchun yana ozgina qolay, oilaning qizlari bilan biroz suhbatlashay, o'yin o'ynay, dedim. Mayli, dedilar men ham qoldim. Londondan kelgan mehmon esa, nim debdi bilasizmi, bu qiz bu oilani qanchalik taniydi, bolalarni ilgari ko'rganmidi, balki yetarlicha vaqtlari yo'qdir. Bularni eshitib juda hafa bo'ldim, hatto yig'ladim. İngliz mehmonga, biz sizlarda sovuqqonli insonlar emasmiz, bir tavoq ovqat yoki bir piyola choy biz Musulmonlar uchun hech qachon og'irlik qilmagan. Sizlar ota-onangizni uyiga borar ekansiz, oldin telefon qilib ruhsat olasiz, keyin borasiz.
Mehmondorchilik manosida bizni O'zbeklarga teng keladigan hech kim yo'q bo'lsa kerak. O'ylab qarang, hech birimizni yaxshi tanimasdan, eshiklarini bizga ochdilar. Aylollari Xudo biladi birkun oldindan tayyorgarlikka boshlagandirlar. Talabaga iftor berish Olloh qatida eng hayirli ishlardan biri ekan. Rabbim bizlarga ham bu savoblardan qozonishni nasib etsin insholloh.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #9 : 15 Sentyabr 2009, 13:32:17 »
Shu oila bizni Surxondaryodan kelib Turkiyada o'qiydigan bir birodarimizga ham katta yordam berdilar. Birodarimiz yaqin qarindoshlari bilan uylanganlari uchun 2chi qizlari kasalmand bo'lib tug'ilgan ekan. Talaba bo'lganliklari uchun Universitetning tibbiy yordamlaridan tekin foydalanardilar. Qizlariga ko'rsatilayotgan Fizioterapiya bizda juda qimmat ekan. Bu yuzdan o'qishlarini ataylab kechiktirayotgan edilar. Hullas shu ukamizdan Shavkat akaga bahsettik. U kishi Arabistondagi O'zbeklarga aytibdilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay ancha miqdorda pul to'planibdi, Shavkat aka va Munavvar opa ham birodarimizni uylariga bir mashina oziq-ovqat olib borib beribdilar. Olloh O'zining rizosi uchun yordam bergan insonlardan rozi bo'lsin, bizlarga ham bu hayirli ishlarni qilishni nasib etsin insholloh.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #10 : 15 Sentyabr 2009, 13:44:14 »
Turkiyadagi O'zbeklar asosan O'zbeklarga turmushga chiqishar, O'zbeklar bilan uylanishar ekan. Sababi "naslimiz yo'q bo'lib ketmasin". Turkiyada juda ko'p "O'ZBEK" familiyasidagi kishi bor. Ularnning asosiysi rostdan ham O'zbek.
Yana bir oila bor. Familiyalari Toshkent. Toshkentning Beshyog'ochidan ekanlar katta otalari. Oilaning onasi bilan gaplashar ekanman, har safarida ko'zlari yoshga to'lardi. Meni quchog'lab Ona-Vatanimni hidini olib keldiniz, qizim, derdilar.
İstambuldagi "Turkistanlılar Sosyal Dayanıshma ve Yardımlashma Derneg'i"yani Vaqif  eng boshda butun Turkistondan kelgan insonlar tarafidan qurilgan bo'lib, keyinchalik O'zbeklar ega chiqqan ekan. O'tgan yili bu vaqifda O’zbek tili kursi tashkil qilindi va meni taklif qilishdi. Qo'limdan kelguncha 2,5 oy mobaynida O'zbek tilimizni, urf-odatlarimizni o'rgatishga harakat qildim. Kursga boshqa millatlardan ham insonlar keldilar. Hatto eng qizig'i Madinada yashaydigan asli Namangalik bir talaba ham keldi. İsmi Ahmad. Juda hurmatli, odobli bola edi. Darslar tugab, diplomlar berilgan kuni Ahmad yig'ladi...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #11 : 15 Sentyabr 2009, 14:16:33 »
Yana bir kuni O'zbek oilalardan biriga mehmonga chaqirilgan edik. Suhbat asnosida ayollardan biri, o'zlarini tanitar ekanlar, "Madaminbek Qo'rboshi mening tog'am bo'ladilar", dedilar. Mening rangim o'chib ketdi. Chunki Qo'rboshilar haqida Sovetlar paytida aytilgan so'zlar, yozilgan kitoblar, ishlangan kinolarni hammamiz bilamiz. Asosan "Olovli yo'llar" kinosi, balki eslaganlar bordir. Qo'rqa pisa ayolga qaradim, ha shundaymi, dedim. hursand bo'ldim.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #12 : 30 Sentyabr 2009, 22:36:03 »
İstambulda yashaydigan O'zbeklar tarafidan ochilgan sayt.

Saytni ochishingiz bilan o'zimizni eski ashulalar boshlanadi, hayron bo'lmanglar:)



http://www.turkistan.org.tr/turkistan/
« So'nggi tahrir: 30 Sentyabr 2009, 22:39:06 muallifi Kapalak »

Jalol Ahmad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 277
  • -oldi: 162
  • Xabarlar: 156
  • Jins: Erkak
  • Alloh Taolo huzurudagi maqbul Din Islom Dinidir!
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #13 : 01 Oktyabr 2009, 00:00:56 »
İstambulda yashaydigan O'zbeklar tarafidan ochilgan sayt.

Saytni ochishingiz bilan o'zimizni eski ashulalar boshlanadi, hayron bo'lmanglar:)

http://www.turkistan.org.tr/turkistan/

gerçektan yaa Turkistan Özbek sayt taşakkur.[bKapalak ][/b]  ANAYURT şarki huşumada gitti.
Rasululloh  :sw:  Abdulloh Ibn Umarga dedilar: Saharda uyg'onar ekansan, Oqshom orzusini qilma! Oqshomga etganingda, Sahar orzusini qilma! Hayotingdan o'lim uchun, sog'ligindan hastaligin uchun ulush ajrat. Chunki Ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan..(Imom Buhoriy)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #14 : 16 Oktyabr 2009, 10:20:16 »
Kecha Qo'qondan Turkiyalargacha kelib qolgan otaxonlardan biri Muhiddin Mujohid otamiz vafot etdilar. Alloh u kishini rahmat aylab, gunohlarini avf etsin. Otaxonning o'g'illari va singillari Munavvar opamiz biz talabalarga qo'llaridan kelguncha yordam bergan, haliyam O'zbek tili va urf-odatlarini unutmagan Vatandoshlarimizdan. Munavvar opa aytib bergandilar: Katta otamni Chor Rossiyasini odamlari 7 qavat zindonga otgan ekanlar. Munavvar opa esa, otalari Arabistonga qochganlarida Makkada tug'ilgan ekanlar....

İnsonni hayoti bazan qiziqib tomosha qilayotganimiz seriallardan ham qiziq va juda achinarli....Asosiysi, senariysi  stolda o'tirib yozilmagan, Alloh yozgan, bandalari esa yashagan...

 

2007 yilning eng faol chet eldagi foydalanuvchisi

Muallif ikbaljohnBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 5345
So'nggi javob 21 Yanvar 2008, 01:06:04
muallifi Süleyman
Qirg'izistonlik o'zbeklar forumi

Muallif AbdusalomBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5252
So'nggi javob 26 Noyabr 2006, 23:34:39
muallifi muzaffarhon
To'ylarimiz va chet-elda to'y

Muallif qaysarBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 95
Ko'rilgan: 52954
So'nggi javob 09 Oktyabr 2011, 22:17:15
muallifi Abdulhafiz
Qaysi chet davlatlarda bo'lgansiz?

Muallif NodiBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 44
Ko'rilgan: 24672
So'nggi javob 18 Noyabr 2013, 00:03:13
muallifi Nurali9292
Horijdagi o'zbeklar uchun o'zbek bozorlaridan xarid

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 7329
So'nggi javob 07 Aprel 2009, 00:25:50
muallifi shmuslima