Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!  ( 59104 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


Ansora  15 Sentyabr 2009, 13:44:14

Turkiyadagi O'zbeklar asosan O'zbeklarga turmushga chiqishar, O'zbeklar bilan uylanishar ekan. Sababi "naslimiz yo'q bo'lib ketmasin". Turkiyada juda ko'p "O'ZBEK" familiyasidagi kishi bor. Ularnning asosiysi rostdan ham O'zbek.
Yana bir oila bor. Familiyalari Toshkent. Toshkentning Beshyog'ochidan ekanlar katta otalari. Oilaning onasi bilan gaplashar ekanman, har safarida ko'zlari yoshga to'lardi. Meni quchog'lab Ona-Vatanimni hidini olib keldiniz, qizim, derdilar.
İstambuldagi "Turkistanlılar Sosyal Dayanıshma ve Yardımlashma Derneg'i"yani Vaqif  eng boshda butun Turkistondan kelgan insonlar tarafidan qurilgan bo'lib, keyinchalik O'zbeklar ega chiqqan ekan. O'tgan yili bu vaqifda O’zbek tili kursi tashkil qilindi va meni taklif qilishdi. Qo'limdan kelguncha 2,5 oy mobaynida O'zbek tilimizni, urf-odatlarimizni o'rgatishga harakat qildim. Kursga boshqa millatlardan ham insonlar keldilar. Hatto eng qizig'i Madinada yashaydigan asli Namangalik bir talaba ham keldi. İsmi Ahmad. Juda hurmatli, odobli bola edi. Darslar tugab, diplomlar berilgan kuni Ahmad yig'ladi...

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 14:16:33

Yana bir kuni O'zbek oilalardan biriga mehmonga chaqirilgan edik. Suhbat asnosida ayollardan biri, o'zlarini tanitar ekanlar, "Madaminbek Qo'rboshi mening tog'am bo'ladilar", dedilar. Mening rangim o'chib ketdi. Chunki Qo'rboshilar haqida Sovetlar paytida aytilgan so'zlar, yozilgan kitoblar, ishlangan kinolarni hammamiz bilamiz. Asosan "Olovli yo'llar" kinosi, balki eslaganlar bordir. Qo'rqa pisa ayolga qaradim, ha shundaymi, dedim. hursand bo'ldim.

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 22:36:03

İstambulda yashaydigan O'zbeklar tarafidan ochilgan sayt.

Saytni ochishingiz bilan o'zimizni eski ashulalar boshlanadi, hayron bo'lmanglar:)



http://www.turkistan.org.tr/turkistan/

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  01 Oktyabr 2009, 00:00:56

İstambulda yashaydigan O'zbeklar tarafidan ochilgan sayt.

Saytni ochishingiz bilan o'zimizni eski ashulalar boshlanadi, hayron bo'lmanglar:)

http://www.turkistan.org.tr/turkistan/

gerçektan yaa Turkistan Özbek sayt taşakkur.[bKapalak ][/b]  ANAYURT şarki huşumada gitti.

Qayd etilgan


Ansora  16 Oktyabr 2009, 10:20:16

Kecha Qo'qondan Turkiyalargacha kelib qolgan otaxonlardan biri Muhiddin Mujohid otamiz vafot etdilar. Alloh u kishini rahmat aylab, gunohlarini avf etsin. Otaxonning o'g'illari va singillari Munavvar opamiz biz talabalarga qo'llaridan kelguncha yordam bergan, haliyam O'zbek tili va urf-odatlarini unutmagan Vatandoshlarimizdan. Munavvar opa aytib bergandilar: Katta otamni Chor Rossiyasini odamlari 7 qavat zindonga otgan ekanlar. Munavvar opa esa, otalari Arabistonga qochganlarida Makkada tug'ilgan ekanlar....

İnsonni hayoti bazan qiziqib tomosha qilayotganimiz seriallardan ham qiziq va juda achinarli....Asosiysi, senariysi  stolda o'tirib yozilmagan, Alloh yozgan, bandalari esa yashagan...

Qayd etilgan


Rustam Ahun  08 Noyabr 2009, 19:44:55

Assalom Alekum. Qalesiz, yaxshimisiz? yozganlariz judayam chiroyli chiqibdi i yana anu tepada yozgan saytga kirib tog'risi mazza qildim, u erdagi qoshiqlarni eshitib hayron qoldim birinchi marta eshitishim ammo judayam zo'rakan. SIZGA KATTAKON RAHMATLAR!!!

Qayd etilgan


Arbuzchi  08 Noyabr 2009, 19:52:09

Iya Kapalakopa... Siz Istambuldamisiz? :) Ha oldinro etmabsizde "o'shattaman" dib. Mashu yozda borganda bir forumchila uchrashuvini qivorardik... :D
Iqboljonam o'shatteydi, kwlyam. :)
A tak arbuzchila bilan uchrashdik mazza qilib. Yeni jomiyni orqasidagi marojniyhonada mazza qib marojniy yeb, gaplashib o'tirdik.
Bu gal boradigan bo'sam, sizga alyo dib borarman... :1

Qayd etilgan


Ansora  09 Noyabr 2009, 19:10:29

Iya Kapalakopa... Siz Istambuldamisiz? :) Ha oldinro etmabsizde "o'shattaman" dib. Mashu yozda borganda bir forumchila uchrashuvini qivorardik... :D
Iqboljonam o'shatteydi, kwlyam. :)
A tak arbuzchila bilan uchrashdik mazza qilib. Yeni jomiyni orqasidagi marojniyhonada mazza qib marojniy yeb, gaplashib o'tirdik.
Bu gal boradigan bo'sam, sizga alyo dib borarman... :1

1 yilga yaqinlashdi Ankaradaman. Turmushga chiqdim, ho'jayinimni ishi bu yerda ekanligi uchun xozir Ankarada yashaymiz.
Lekin İstambulni yomon sog'inaman bazan. 4.5 yil qoldim ahir bu ro'yo shaharda.
Qolaversa samolyot reyslari İstambul-Toshkent bo'lganligi uchun uyga yaqinroqday tuyuladi:) Aslida Ankara yana ham yaqinroq.

Mayli sizlar uchrashib turaveringlar. Ankaraga yo'li tushganlarni oilaviy kutamiz insholloh...

Qayd etilgan


Ansora  09 Noyabr 2009, 19:14:12

Assalom Alekum. Qalesiz, yaxshimisiz? yozganlariz judayam chiroyli chiqibdi i yana anu tepada yozgan saytga kirib tog'risi mazza qildim, u erdagi qoshiqlarni eshitib hayron qoldim birinchi marta eshitishim ammo judayam zo'rakan. SIZGA KATTAKON RAHMATLAR!!!





V.assalom. Arzimaydi Rustamjon. Men ham 1 chi marta u qo'shiqlarni eshitganimda rosa hayajonlanganman. Huddi bu asrning boshlariga borib qolganday. İstambuldagi O'zbeklar bilan tez-tez ko'rishib turar edik. Asosan Bayramlarda. Oralaridagi mehr-muhabbat yo'qolib, asllarini unutmasliklari uchun bir-birlari bilan uchrashib turishardi.
Saytga qo'yilgan qo'shiqlarni ham Fathulla degan amakimiz ko'z qorachig'lariday asrab-avalylab yurgan ekanlar. U kishini uylarida O'zbek mumtoz kuy va qo'shiqlaridan juda ko'p namunalar ko'rdim.

Qayd etilgan


Rustam Ahun  09 Noyabr 2009, 19:28:50

shu Turkiyaga rosa borgim keludi Moskvadaligimda, lekin afsus borolmadim a tak rosa chiroyli joyla deyishadi. Lekin o'sha Fathulla amakiga katta rahmat aytasiz meni nomimdan kapalak OPA... JONLARI SOG' BO'SIN, SIZZIYAM JONIZ SOG' BO'SIN!!!

Qayd etilgan