Muallif Mavzu: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!  ( 51729 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #60 : 28 May 2010, 13:18:31 »
Bitta dumaloq kishi oboradimi? korib turaman bir-bir qaren bugun kormey qomman.. afsus...

Mana bu linkdagi usta. Vaqtim bo'lganda men ham ko'rishga harakat qilaman. Shoxsanam ham tez tez chiqib turadi bu ko'rsatuvda...

http://www.stv.com.tr/ShowProgram.aspx?ContentId=62

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #61 : 03 Fevral 2011, 20:10:06 »
Turkiyadagi eng mashhur O'zbeklardan Yulduz Usmonova xozir Kral tvda pryamoy efirda:

http://www.kraltv.com.tr/

Margiloniy

  • Mehmon
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #62 : 03 Fevral 2011, 20:51:52 »
Turkiyadagi eng mashhur O'zbeklardan Yulduz Usmonova xozir Kral tvda pryamoy efirda:

http://www.kraltv.com.tr/

Rossa o'zgarib ketibdiyu a :o  ::)

Qaribdi shekilli  : )

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #63 : 04 Fevral 2011, 13:52:05 »
Turkiyadagi eng mashhur O'zbeklardan Yulduz Usmonova xozir Kral tvda pryamoy efirda:

http://www.kraltv.com.tr/

Rossa o'zgarib ketibdiyu a :o  ::)

Qaribdi shekilli  : )

Ko'rsatuvga butun O'zbeklar telefon qilishdi...ayniqsa Toshkentdan Mavjuda degan ayolni telefoni Yulduzni yig'latdi, men ham g'alati bo'lib ketdim. Baribir O'zbeklar yomon his-hayajonli, sal narsaga ayollarimiz yig'lagani yig'lagan-da...
"Biz sizni hech kimga bermaymiz, Yulduzxon", dedi. Qizg'ondi Turkiyadan.

Nurdinboy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 724
  • Xabarlar: 1105
  • Jins: Erkak
  • Real Madrid - G'alaba sari olg'a
    • Ilm jaholatdan saqlovchi yoldir
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #64 : 04 Fevral 2011, 14:54:44 »
Turkiyadagi eng mashhur O'zbeklardan Yulduz Usmonova xozir Kral tvda pryamoy efirda:

http://www.kraltv.com.tr/

Rossa o'zgarib ketibdiyu a :o  ::)

Qaribdi shekilli  : )

Ko'rsatuvga butun O'zbeklar telefon qilishdi...ayniqsa Toshkentdan Mavjuda degan ayolni telefoni Yulduzni yig'latdi, men ham g'alati bo'lib ketdim. Baribir O'zbeklar yomon his-hayajonli, sal narsaga ayollarimiz yig'lagani yig'lagan-da...
"Biz sizni hech kimga bermaymiz, Yulduzxon", dedi. Qizg'ondi Turkiyadan.

O'zbeklar ta'sirchan xalq

T.me/mktb37
@mktb37

Sayyid90

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 100
  • Xabarlar: 408
  • Jins: Erkak
  • Bu dunyo arzimas fido bo'lishga,bandasan urinma hudo bo'lishga,har neki Allohdan demak,shohmisan tayyor tur gado bo'lishga.
    • wapsayt.uz.gp
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #65 : 20 Avgust 2011, 21:40:03 »
Turkiyada taniqli o'zbek jurnalisti, huquqshunos va adib Baxtiyor Shohnazarovning “Türkiye’deki Özbekler. Gerçek Yaşam Öyküleri” (“Turkiyadagi o'zbeklar. Hayotiy voqealar”) nomli kitobi nashr etildi. Ushbu kitob ikki qismdan iborat bo'lib, 1 qismda sovet tuzumi, kolxozlashtirish va migratsiya jarayonlari haqida hikoya qilingan. 2 qismda esa davlat vaziri va parlament deputatidan san'atkorgacha , nafaqaxo'rdan dehqongacha, hunarmanddan talabagacha, muxolifat lideridan doktorgacha va boshqa turli kasb egalari bo'lgan Turkiyadagi o'zbeklar bilan suhbatlar o'rin olgan.

Biz muallif Baxtiyor Shohnazarovga murojaat qilib, kitobda asosan kimlar haqida hikoya qilingani va uning mazmun-mundarijasi haqida so'radik.

Yusuf Rasul: -Kitobingizda Turkiyada yashayotgan o'zbeklardan kimlar haqida hikoya qilingan?

Baxtiyor Shohnazarov: - Men shu yil boshidan beri Turkiya hududiga so'nggi yuz yil mobaynida ko'chib kelgan o'zbeklar bilan suhbatlashdim. Ular Izmir, Istanbul, Manisa, Adana, O'smoniya shaharlarida va Xatay viloyatining O'vakent qishlog'ida yashashadi. Ular asosan Afg'oniston, Saudiya Arabistoni va Olmoniya kabi davlatlardan ko'chib kelishgan.
Turkiyaga XX asrdan boshlab ko'chib kelganlarni shartli ravishda beshga bo'lish mumkin:
1) Birinchi jahon urushi davrida Usmoniylar imperiyasiga tegishli bo'lgan Makka va Madina shaharlari imperiyadan ajralab chiqqach, o'sha joylardan Turkiyaga ko'chib kelgan o'zbeklar;
2) Ikkinchi jahon urushi tamom bo'lgandan keyin olmon armiyasidagi Turkistonlilar legionida xizmat qilganligi sababli o'z vataniga qayta olmasdan, 1949 yilda Turkiyadan boshpana topgan o'zbeklar. Ular Sovet ittifoqi hukumati tomonidan vatan xoini deb e'lon qilingan;
3) 1952 yilda Afg'onistondan Turkiyaga o'z imkonlari bilan ko'chib kelgan 79 oila a'zolari:
4) Sovet qo'shinlari Afg'onistonni ishg'ol qilgach, Pokistondan boshpana topgan o'zbeklarning bir qismi. Ular 1982 yili Turkiya hukumatining yordam dasturi asosida mamlakatga ko'chirib keltirilgan va uy-joy va yer bilan ta'minlangan to'rt mingga yaqin o'zbek;
5) O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin turli sabablar bilan Turkiyaga o'rnashib qolgan o'zbeklar.
Kitob ikki bo'limdan iborat. Birinchi bo'limda sovet tuzimining xususiyatlari, O'zbekiston haqidagi umumiy ma'lumotlar, mamlakatimizdagi migratsiya jarayonlari va Istanbuldagi o'zbek takiyalari haqida hikoya qilinadi. Millatdoshlarimiz bilan qilingan suhbatlar esa ikkinchi bo'limdan joy olgan. Bu bo'limda, shuningdek, Turkiyadagi O'zbek nomidagi qishloqlar haqida ma'lumotlar berilgan, bulardan biridan tayyorlangan reportaj o'rin olgan. Mening yoritilayotgan mavzular bilan bog'liq xotiralarim va shaxsiy fikrlarimga ham joy ajratilgan.
Mening suhbatdoshlarim turli kasb egalari bo'lgan kishilardir. Ular orasida sobiq davlat vaziri Abdulahad Andijon, sobiq parlament deputati O'rxon Qovunchi, Istanbuldagi Turkistonlilar jamiyatining sobiq raisi Xoqon Demir, asarlari asosida O'zbekiston televideniyesi tomonidan beshta videofilm suratga olingan Sobir Sayxon, qo'rboshilar Shermatbek va Nurmatbeklar bilan birga yashagan yuz yoshli Abdulhamid Ko'char, Ahmad Yassaviyning naslidan kelgan doktor Emin va Muqaddam Mingdonlar, zargar Shavkat Oynurol, katta doshqozonlarda palov pishiruvchi Turdiali Namanganiy, Afg'onistonda tug'ilib, Saudiya Arabistonida ishlagan va Turkiyada yashayotganiga qaramay, O'zbekistonni ham o'z vatani deb hisoblaydigan Abudrahmon Bobur, Amerikada ishlab boylik orttirgan Abdulla Quyosh, vataniga qaytolmagan sobiq o'zbek talaba, qo'shiqchi Shohsanam Qilicheva kabi ko'plab kishilar bor.

Sayyid90

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 100
  • Xabarlar: 408
  • Jins: Erkak
  • Bu dunyo arzimas fido bo'lishga,bandasan urinma hudo bo'lishga,har neki Allohdan demak,shohmisan tayyor tur gado bo'lishga.
    • wapsayt.uz.gp
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #66 : 20 Avgust 2011, 21:40:56 »
Yu. R.-Kitob nega turk tilida yozilib Turkiyada nashr etildi? O'zbekistonda chop etishning imkoni yo'qmidi?

B.Sh. - Kitobni turk tilida yozishdan maqsadim, bu yerda yashayotgan o'zbeklarning tobora yo'qolib ketayotgan madaniyati, tili va urf-odatlarini saqlashga mamlakatdagi tegishli organlar va keng jamoatchilikning diqqatini jalb qilishdan iborat edi. Shuningdek, o'zbeklarning o'zlari ham “olma pish - og'zimga tush” deb O'zbekistondan bu borada madad kutib o'tiravermasdan, o'zlari ham harakat qilishlari kerakligini ta'kidladim. Afsuski, qilingan suhbatlardan keyin O'zbekiston hukumatining xorijda yashayotgan millatdoshlariga nisbatan e'tibori yo'q deydigan darajada ekanligi ma'lum bo'ldi. Ular, hatto, O'zbekistonga borib kelish uchun viza berilmayotgani holatlari mavjud ekanki, buni qanday izohlashni bilmayman.
Kitobni O'zbekistonda nashr qilish imkoni, afsuski, hozircha menda mavjud emas. Buning uchun anchagina mablag' zarur bo'ladi. Bundan tashqari, u yerdagi sharoitlarda kitobning yarmi “qaychilanib” tashlanadi.
Nasib ekan, ilk kitobim Turkiyada turk tilida nashr etildi. 2004 yilda o'zbek tilida yozgan “O'qimasang - o'zingga zarar” nomli kitobimni bir obro'li gazetaning bosh muharriri o'zining bosmaxonasida chiqarib berishni va'da qilgandi. Ammo, va'dasining ustidan chiqmadi. Shunga qaramay, kitobning kompyuteriga ko'chirib olgan matnidan o'z ishlari uchun foydalanayapti.

Yu.R. –Kitob homiylari kim? Nashr adadi qancha?

B.Sh. - Kitobni nashr qilishda avvaliga turk tanishlarim moddiy yordam ko'rsatganini alohida ta'kidlashim kerak. Keyinchalik bir qancha o'zbeklar baholi-qudrat yordam qilishdi. Turkiston tadqiqotlari jamg'armasi ham o'z ulushini qo'shdi. Qilingan urinishlar oxir-oqibat o'z samarasini berdi. Kitob ming nusxada oliy sifatli qog'ozga bosildi. Jami 370 sahifadan iborat, buning 32 sahifasi rangli rasmlardan tashkil topgan ilovadir.
O'zbeklar haqida kitob yozgan turkiyaliklar aytishicha, yozilgan kitoblarni sotish juda katta muammo ekan. Ko'pchilik o'zbeklar o'zlari haqida yozilgan kitoblarni sotib olmasa boshqalar haqida nima deyish mumkin? Bunday bo'lishiga sabab sifatida yana O'zbekistonning chet ellarda yashayotgan millatdoshlariga nisbatan munosabatini ko'rsatishga to'g'ri keladi. Ayniqsa, afg'onistonlik o'zbeklarning aksariyati o'zlarining tarixiy vatanidan umidini uzib qo'yishgan.

Yu.R. –Turkiyadagi o'zbeklar xorijdagi boshqa o'zbeklardan qanday jihatlari bilan ajralib turishar ekan, kitobni yozish jarayonida shunga e'tibor berdingizmi?

B.Sh. - Katta shaharlarda yashayotgan o'zbeklar ko'proq mahalliy madaniyatga moslashishgan. Shunga qaramay, Istanbulli o'zbeklar har oyda bir marta gap-gashtakka yig'ilishar ekan. Men bir xonadonda o'tkazilgan gapga qatnashish imkoniga ega bo'ldim. O'ttizdan ortiq hamshaharlar yig'ilishdi. Shuni ta'kidlash zarurki, o'zbeklar O'rta Osiyolik kishilarni - qozoqmi, qirg'izmi, turkmanmi, tojikmi - kim bo'lishidan qat'iy nazar, “turkistonlilar” yoki “hamshaharlar” deyishadi. Bir kun kelib Turkiston yana birlashadi, degan g'oyaga haligacha ishonch bor.
Turkiyaning Suriya chegarasiga qirq kilometr masofadagi O'vakent qishlog'ida besh ming o'zbek yashashini O'zbekistonda kim bilar edi? Mening o'zim bu haqda shu yil mart oyida eshitdim va qishloqqa borib, u yerdagi ayrim kishilar bilan gaplashdim. Biz uchun yozilgan dasturxonda non, somsa, qatlamani ko'rib, og'zim ochilib qoldi. To'yda katta doshqozonlarda palov pishirilayotganini ko'rdim. Suhbatdoshlarim sof o'zbek tilida gaplashishidan xayratga tushdim. Afg'onistonning janubidagi Qandahor viloyatida ham ko'plab o'zbek millatiga mansublar o'z ona tilini yo'qotmasdan yashayotgani haqida ma'lumot oldim.
Afsuski, O'vakent qishlog'idan tashqari, boshqa shaharlardagi yosh o'zbeklar o'z ona tilini unutib bo'lgan. To'ylarda yor-yor ham aytilmaydi, onalar farzadlariga o'zbekcha alla ham aytishmaydi. O'zbekiston televideniyesi turk sun'iy yo'ldoshidan ham ko'rsatuvlarini namoyish qilganda edi, bunday salbiy holatlarning oldi olingan bo'lur edi.

Yu.R. –Turkiyadagi o'zbeklarning O'zbekiston bilan aloqalari qay darajada? Bordi –keldilar bormi? Nega ko'pchilik o'zbeklar o'z ona-Vatanlariga qayta olishmayapti?

B.Sh. - Turkiyalik o'zbeklarning eng katta muammolaridan biri O'zbekistonga borish uchun viza mavjudligidadir. Bu masala kitobda keng yoritilgan. Bundan bir yil oldin Turkiya O'zbekiston fuqarolariga nisbatan vizani bekor qildi. O'zbekistonliklar bemalol Turkiyaga kelib ketishmoqda. Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston kabi davlatlar chet ellarda yashayotgan millatdoshlariga ikkita davlat fuqarosi bo'lish huquqini bergan. O'zbekiston esa bu masalaga yondashmayotgani sababli, turkiyalik o'zbeklar o'zlarini, ta'bir joiz bo'lsa, o'gay farzand kabi his qilishmoqda. Ular “Agar viza bekor qilinsa, biz vatanimizga borib xohlagancha yashash imkoniga ega bo'lamiz, bolalarimizni ham olib boramiz, tilimiz va madaniyatimizni saqlab qolamiz, aks holda o'n-o'n besh yildan keyin Turkiyada o'zbek tili butunlay yo'q bo'lib ketadi”, deyishmoqda.

Yu.R. -Kitobni o'zbek tiliga o'girish niyatingiz bormi?

B.Sh. - Ha, kelajakda o'zbek va rus, hatto ingliz tillariga tarjima qilish niyatidaman.

Yu.R. - Kitobni qanday qilib sotib olish mumkin?

B.Sh. -Kitob sotib olishni xohlaganlar buyurtma orqali olishlari mumkin. Bitta kitob narxi 12 AQSh dollariga teng. Bundan tashqari, chet elga yuborish uchun pochta xarajati ham 12 dollarni tashkil qiladi. Mana shu xarajatlarni ko'tarish imkoniga ega bo'lgan kishilar bahti63@gmail.com adresiga murojaat qilib, pul o'tkazish bo'yicha tegishli ma'lumotlarni olishlari mumkin. Uch va undan ortiq kitobga buyurtma berganlarga narxlar yanada arzon bo'lishiga e'tiboringizni jalb qilmoqchiman.

Yu.R. –Suhbat va ma'lumotlar uchun tashakkur! Ishonamanki bu ezgu ishlaringiz hali davom etadi, balki bundan keyin dunyoning boshqa mamlakatlaridagi o'zbeklar haqida ham ma'lumotlar to'plash va balki xorijdagi o'zbeklarning o'z internet sahifalarini tashkil etish imkoniyati paydo bo'lar?

B.Sh. Rahmat. Turkiyadagi o'zbeklarning internet sahifalari tashkil etilmoqda. Bu haqda yana qo'shimcha ma'lumot beramiz.

Suhbatdosh: Yusuf Rasul, Shvesiya.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #67 : 23 Sentyabr 2011, 17:18:01 »
Istambulda yashaydigan O'zbeklar Mustaqilligimizni 20 yilligiga atab jurnal chiqarishdi:


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #68 : 23 Sentyabr 2011, 17:23:18 »


Kaminaning Marg'ilon atlasi haqida yozgan maqolasi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #69 : 23 Sentyabr 2011, 17:32:57 »


Rasmni o'zim rasmga olib joyladim.

Nazrul Islom

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 63
  • Xabarlar: 42
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #70 : 23 Sentyabr 2011, 18:43:19 »
 :asl3:

Men noyabr boshlarida Istanbulga boraman, inshaAlloh! O`zbekcha oshxona qayerda bor, kim biladi? O`zbekcha osh yegim kelyapti(ayniqsa, devzirali --- vodiycha!)...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #71 : 25 Sentyabr 2011, 12:13:22 »
:asl3:

Men noyabr boshlarida Istanbulga boraman, inshaAlloh! O`zbekcha oshxona qayerda bor, kim biladi? O`zbekcha osh yegim kelyapti(ayniqsa, devzirali --- vodiycha!)...

Valaykum assalom.

MİHMAN RESTAURANT

ÖZBEK ve ASYA YEMEKLERİ


 
 
İstanbul'da ilk Orta Asya Sofrası Mihman'da. Sizleri Orta Asya Yöresel Lezzetlerini Tatmaya Bekliyoruz.

Adres :
 KemaL Paşa Mah. Gençtürk Cad.No: 65 (Fatih eski evlendirme dairesi yanı) Vezneciler/İstanbul
 Fatih / İstanbul
 Web :www.mihman.com.tr
 Telefonlar :
0212 526 08 03

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 699
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #72 : 26 Sentyabr 2011, 15:30:40 »
Prezident bilan xaritadan chapda turgan kishi kim?

ibnUyayna

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 164
  • -oldi: 610
  • Xabarlar: 886
  • Jins: Erkak
  • Inniy uhibbukum fillah
    • inna lillahi va inna ilayhi rojiun
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #73 : 26 Sentyabr 2011, 15:40:59 »
Prezident bilan xaritadan chapda turgan kishi kim?

 uyam Prezident Abdulloh Gul (turk malı)
Work for the Hereafter,and Allah will be enough for you for your worldly concerns.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 699
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!
« Javob #74 : 26 Sentyabr 2011, 15:42:03 »
Rajapakani qo'yishsa bo'larkan IMHO :-)

 

2007 yilning eng faol chet eldagi foydalanuvchisi

Muallif ikbaljohnBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 5353
So'nggi javob 21 Yanvar 2008, 01:06:04
muallifi Süleyman
Qirg'izistonlik o'zbeklar forumi

Muallif AbdusalomBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5259
So'nggi javob 26 Noyabr 2006, 23:34:39
muallifi muzaffarhon
To'ylarimiz va chet-elda to'y

Muallif qaysarBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 95
Ko'rilgan: 53046
So'nggi javob 09 Oktyabr 2011, 22:17:15
muallifi Abdulhafiz
Qaysi chet davlatlarda bo'lgansiz?

Muallif NodiBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 44
Ko'rilgan: 24716
So'nggi javob 18 Noyabr 2013, 00:03:13
muallifi Nurali9292
Horijdagi o'zbeklar uchun o'zbek bozorlaridan xarid

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 7335
So'nggi javob 07 Aprel 2009, 00:25:50
muallifi shmuslima