12 chi Dekabr kuni İstambulda "Turkistanlılar Kultur ve Sosyal Yardım" Vaqfi qurilishining 55 chi yilligi qutlanganini xabar qilgandim.
Bu shodiyonaga O'zbekiston Xalq artisti Nasiba Abdullayeva va O'zbek Milliy raqs guruhi, sanatkor Rustam Mahmudov qatnashib Turkiyada yashaydigan O'zbeklarimiz bilan bu qutlug' kunni nishonlaganlar.
Shodiyonaga O'zbekistonning Turkiya Buyuk elchisi Ulfat Qodirov, İstambul Bosh Konsuli Abror Gulyamov ham o'zlarining tashriflari bilan barchani mamnun etganlar.
Har doim bo'lganiday kelgan mehmonlarga O'zbek palovi ikrom etilgan.