Ona o'gitlari  ( 8552 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  16 Sentyabr 2009, 10:59:54

Kaltabin ayol o’z husnini eri ustidan hukmronlik quroli qilib foydalanishga urinsa, vaqti kelib yoshlik husni ketadi, lekin er qalbini esa muhabbat hislarining nafrat tuyg’ulari egallashi mumkin.

Juda to'g'ri. Qisqasi bu sahifadagi butun gaplarda g'ij g'ij ma'no bor. Muhammad Amin bu sahifa uchun sarfetgan paytingiz uchun Olloh savob yozsin insholloh, chunki menga o'hshagan onasidan uzoq kelinlar uchun yaxshi nasihatlar bor. Tez tez o'qib, quloqqa quyib olishim kerak. Olloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Sentyabr 2009, 09:27:01

Sen sevganlaring bilan emas seni sevganlar bilan yashasang hayotda YUTASAN!

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Sentyabr 2009, 09:35:52

Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi:

1. Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing!
7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring!
8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’l tuting!
9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying!
10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi mas’uldir!


Oilalik bo'lmasangiz ham, xuddi ota-ona o'z farzandiga berayotgan o'gitdek qilib yozibsiz qoyil, SAN'ATIZGA QOYIL! ALLOH ROZI BO'LSIN  :)

Qayd etilgan