Endi bitta narsada, nimanidir yomonlash keragakan deb hamma narsani misol keltiraverilmaydi. Doimo teng ko'z bilan qarashga harakat qilish kerak.
Ko'pchilik xollarda mana shu 15 takam "chat"lar aynan sababchi qiz bn bolani aralashib gaplashib yurishiga.
Oldindan tanishadilar... kn rasmlari bn almashadilar... kn uchrashadilar... ko'p xollarda har doim ham emas
Endi sizga savolde. O'sha qiz oldin yigitlar bilan gaplashmay yurarmidi? Internetga kirib, yigitlar bilan tanishib, uchrashuvga chiqadigan qiz osmondan tushmagandir.
Taxlilini bilganimda aytardim. Lekin yuqoridagi oyat qiz bn bolani "do'stlik" qurib yurishi uchun aytilmagan.
Buni ilmliroq insondan so'ren.
Kn bu mavzuga shu oyatni aloqasi bormi yoqmi bilib olasiz o'sha taxlilga qarab.
Agar sharhini bilmasangiz, unda qayerdan bildingiz ushbu mavzuga to'g'ri kelmasligini. Balki ular sharhini bilib qo'ygandirlar? Yoki biror shubha, gumoningiz bormi?
Yolg'iz qolishlik faqat o'sha insonni ko'rganda bo'ladimi?
Albatta ko'rishganda bo'ladi, lekin har doim ham ko'rishganda yolg'iz qolmaydiku odam. Uchrashdi degani ularni yolg'iz qoldi degani emas.
Net orqali ham yolg'iz gaplashish mumkin?
Bu savolmi yoki darak gapmi? Agar savol bo'lsa, javobi "Ha" bo'ladi, buni o'ziz ham bilasiz.
Qolaversa bir-birini ko'rmay turib ko'rganida aytolmaydigan gaplarni ham etadi ayrimlar
Ayrimlar emas, ko'pchilikda shunday. Lekin buni nimasi yomon. Agar insonni niyati xolis bo'lsa. Agar niyat yomon bo'lsa, internetsiz ham, o'sha saytlarsiz ham qiladigan ishini qilaveradi.
Janob Yurist, meni kechirasiz-ku, Alloh yo'lida do'stlashish degani yigit bilan qiz har qanday holatda do'st tutinib gaplashaversin degani emas. (Valloha'lam) Bunda erkak bilan erkak o'rtasida aka-ukachilik, ayol(qiz) bilan ayol(qiz) o'rtasida opa-singillikka o'xshagan do'stlik nazarda tutilyapti. (Nomahram yigit va qiz o'rtasida emas)
Unda silarga savolda. Qayerdan bilasilar, o'sha saytlar orqali do'stlashayotganlar aynan yomon niyatda do'stlashayotganini. Endi besh qo'l barobar emas. Shunaqa faqat bekorchilikdan znakomstvalarga kirib, o'ziga bir kunlik, bir oylik xushtor qidirayotganlar ham ko'p. Lekin bu o'sha saytlarning umumiy kartinasini yomon qilib ko'rsatishga to'liq asos bo'lmaydiku. Masalan, telefondan ham yomon niyatda foydalanayotganlar ko'p: tanishuv, behayo kadrlar va h.k. Lekin bu telefondan umuman foydalanmaslik kerak degani emasku.
P/S: Xullas, bu dunyoda 100% oq va 100% qora narsa yo'q.