«Синфдошлар.Ру»ми ёки «Гуноҳдошлар.Ру»?  ( 27490 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 07:30:35

Ma'lumotlarga qaraganda Rossiyada aniqrog'i Moskvada qurilgan 100 oiladan 70 tasi ajralish bo'lar ekan...  :o (DAXSHAT!!!)

... odnaklassniki.ru sayti orqali ruslarda maktabdagi "1-muhabbat"ini topib oilasi buzilib ketayotganlar juda ko'p ekan...

Qayd etilgan


JaviK  24 Fevral 2010, 08:55:24

Ma'lumotlarga qaraganda Rossiyada aniqrog'i Moskvada qurilgan 100 oiladan 70 tasi ajralish bo'lar ekan...  :o (DAXSHAT!!!)

... odnaklassniki.ru sayti orqali ruslarda maktabdagi "1-muhabbat"ini topib oilasi buzilib ketayotganlar juda ko'p ekan...


BU voqeani akam toshdan kelayotganda yo`lovchilardan biri telida "qizim ayraportga kirdilarmi ketadigon vaqtilar bo`ldimi va qandaydir koreyscha ismni aytib yahshi borilar deb duo qilibdi" shunda akam qiziqib so`rabdi, Xotin javob beribdi, qizim uyda kompda internet borakanu shunda koreyalik bir bola bilan tanishibdi, gaplashivu davomida 2 lovi ham ingliz tilini o`rganishibdi, Bola qizga menga turmushga chiq debdi, qizim bizda to`y qanday o`tishi urf odatlarimizni tushuntiribbdi, yigit koreyadan ota onasini olib sovchilikka kelishib, to`y qilib endi olib ketayotgan ekan.

Avvalo bu taqdir keyingi hayoti qanaqa bo`ladi bu bizga qorong`u

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Fevral 2010, 19:58:39


Shunchaki bunaqa "œMoy mir", "œOdnaklasniki", "œZnakomstvo"ga o’xshagan narsalar hamma emas, ko’pchilik ichida aslida qizlar bn bolalarni aralashib gaplashib yurishlariga olib kelayabdiku (xoh oshkora xoh yashirin)

O'gil bolalar bilan qizlarni aralashib gaplashib yurishiga yuqoridagi saytlarni deyarli hissasi yo'q. Bor bo'lsa ham, kam miqdorda. Usiz ham xozirgi kunda aralashib gaplashib yurishadi. (xoh yaxshi ma'noda, xoh yomon)

Iqtibos
Yuqoridagi oyatni tushunib uni taxlil qilgan olimlarni tavsirlaridan qarab kn bu mavzuga qo’shin.

Bitta tahlilini aytvoring, bilib qo'ysak yomon bo'lmasdi. Keyin bu mavzuga aloqasi yo'qligi haqida ham 2 og'iz ma'lumot bersangiz xursand bo'lardik.

Iqtibos
Shunday ekan sizga ham 1 hadis keltiraman.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBiri ayol, biri erkak bo’lgan joyda uchinchisi shaytondir!"



Adashmasam, hadisda bir erkak va bir ayol yolg'iz qolsa, uchinchisi shaytondir deyilgandiyov. Yana adashayotgan bo'lsam, Ollohni o'zi kechirsin.

Agar to'g'ri eslay olgan bo'lsam, unda fikrim shuki yuqoridagi saytlar orqali o'gil bola va qizni Alloh yo'lida do'stlashdi degani, bu ularni yolg'iz qoladi degani emas.

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Fevral 2010, 22:27:27

Ko'pchilik xollarda mana shu 15 takam "chat"lar aynan sababchi qiz bn bolani aralashib gaplashib yurishiga.
Oldindan tanishadilar... kn rasmlari bn almashadilar... kn uchrashadilar... ko'p xollarda har doim ham emas

Taxlilini bilganimda aytardim. Lekin yuqoridagi oyat qiz bn bolani "do'stlik" qurib yurishi uchun aytilmagan.
Buni ilmliroq insondan so'ren.
Kn bu mavzuga shu oyatni aloqasi bormi yoqmi bilib olasiz o'sha taxlilga qarab.

Yolg'iz qolishlik faqat o'sha insonni ko'rganda bo'ladimi?
Net orqali ham yolg'iz gaplashish mumkin?
Qolaversa bir-birini ko'rmay turib ko'rganida aytolmaydigan gaplarni ham etadi ayrimlar

Qayd etilgan


Hadija  25 Fevral 2010, 00:37:47

Haaaaaa nafsing quli bo'lsang ko'zingga baloni ham chiroyli ko'rsatarkan!...

Qayd etilgan


uzboy  25 Fevral 2010, 01:14:15

Mani ochiqcha shaxsiy fikrim ijobiy 1klassniki.ru haqida. Sizlar yuqorida aytgan fikrlarni hammasiga qo'shilaman, o'zim shuni anchadan beri ishlatayotganim uchun ijobiy tomonlarini ko'proq deb o'ylaman.

Chunki man usha saytdan eski qo'shnilarimizni topdim, eski sinfdoshlarni topdim. Hozir ular bn yana aloqa tiklangan. Dadam o'sha saytga kirib 80 yillarda armiyada hizmat qilgan hizmatdoshlarini topdilar. Manimcha eski qadrdonlarni topib bugngi holidan habardor bo'lishni nimasi yomon.

Endi qiz bola va og'il bola o'rtasidagi munosabat odamni o'ziga bog'liq, hech kim qiz-og'illarga shu saytga kirib tanish va sevish demayaptiku, o'zi hohlayotgandirda. Shunga bunga faqat salbiy tomondan qarash va kimlarnidir deb hamma uchun umumiy hulosa qilish yaxshi emas.

Qayd etilgan


uzboy  25 Fevral 2010, 02:54:42

mr_soib siz aytgandaqa holatlarni juda ko'p ko'rganman. Ular g'irt bekorchi ko'chada yurgan bolalar bo'lsa kerak, o'zlari jazosini oladi, yosh bola emas ular nima gunoh nima yaxshiligini bilishsa kerak.
man ko'pchilikni bilaman, qizlar o'z rasmini quymagan yigitlar bilan tanishmaydi, do'st taklif qilsa rad beradi.

Hullas, man siz bilan tortishmoqchimasman... tangani ikki tomoni bo'lganidek, har narsa yaxshi va yomon taraflari bor. Sharoitga qarab ish tutish kerak, har kimni o'ziga havola undan qanday foydalanish

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2010, 13:12:22

Endi bitta narsada, nimanidir yomonlash keragakan deb hamma narsani misol keltiraverilmaydi. Doimo teng ko'z bilan qarashga harakat qilish kerak.

Ko'pchilik xollarda mana shu 15 takam "chat"lar aynan sababchi qiz bn bolani aralashib gaplashib yurishiga.
Oldindan tanishadilar... kn rasmlari bn almashadilar... kn uchrashadilar... ko'p xollarda har doim ham emas

Endi sizga savolde. O'sha qiz oldin yigitlar bilan gaplashmay yurarmidi? Internetga kirib, yigitlar bilan tanishib, uchrashuvga chiqadigan qiz osmondan tushmagandir.

Iqtibos
Taxlilini bilganimda aytardim. Lekin yuqoridagi oyat qiz bn bolani "do'stlik" qurib yurishi uchun aytilmagan.
Buni ilmliroq insondan so'ren.
Kn bu mavzuga shu oyatni aloqasi bormi yoqmi bilib olasiz o'sha taxlilga qarab.

Agar sharhini bilmasangiz, unda qayerdan bildingiz ushbu mavzuga to'g'ri kelmasligini. Balki ular sharhini bilib qo'ygandirlar? Yoki biror shubha, gumoningiz bormi?

Iqtibos
Yolg'iz qolishlik faqat o'sha insonni ko'rganda bo'ladimi?

Albatta ko'rishganda bo'ladi, lekin har doim ham ko'rishganda yolg'iz qolmaydiku odam. Uchrashdi degani ularni yolg'iz qoldi degani emas.

Iqtibos
Net orqali ham yolg'iz gaplashish mumkin?

Bu savolmi yoki darak gapmi? Agar savol bo'lsa, javobi "Ha" bo'ladi, buni o'ziz ham bilasiz.

Iqtibos
Qolaversa bir-birini ko'rmay turib ko'rganida aytolmaydigan gaplarni ham etadi ayrimlar

Ayrimlar emas, ko'pchilikda shunday. Lekin buni nimasi yomon. Agar insonni niyati xolis bo'lsa. Agar niyat yomon bo'lsa, internetsiz ham, o'sha saytlarsiz ham qiladigan ishini qilaveradi.

Iqtibos
Janob Yurist, meni kechirasiz-ku, Alloh yo'lida do'stlashish degani yigit bilan qiz har qanday holatda do'st tutinib gaplashaversin degani emas. (Valloha'lam) Bunda  erkak bilan erkak o'rtasida aka-ukachilik, ayol(qiz) bilan ayol(qiz) o'rtasida opa-singillikka o'xshagan do'stlik nazarda tutilyapti. (Nomahram yigit va qiz o'rtasida emas)

Unda silarga savolda. Qayerdan bilasilar, o'sha saytlar orqali do'stlashayotganlar aynan yomon niyatda do'stlashayotganini. Endi besh qo'l barobar emas. Shunaqa faqat bekorchilikdan znakomstvalarga kirib, o'ziga bir kunlik, bir oylik xushtor qidirayotganlar ham ko'p. Lekin bu o'sha saytlarning umumiy kartinasini yomon qilib ko'rsatishga to'liq asos bo'lmaydiku. Masalan, telefondan ham yomon niyatda foydalanayotganlar ko'p: tanishuv, behayo kadrlar va h.k. Lekin bu telefondan umuman foydalanmaslik kerak degani emasku.





P/S: Xullas, bu dunyoda 100% oq va 100% qora narsa yo'q.

Qayd etilgan


uzboy  25 Fevral 2010, 14:28:47

mr_soib
siz berayotgan savolingiz bilan boshqalarni shaxsiyatiga tegyapsiz.
Bo'ldi nima qilasiz yopishib olib bir gapga, aytyapmizku yaxhsi tomoni ham yomon tomini ham bor, buncha rezinkadek cho'zaverasiz.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2010, 19:07:05

Deylik, gaplashib yurardi.  Uning gaplashib yurishiga Mana shu tanishuv saytlar  yanada kengroq imkoniyat yaratib berish bo'lmayaptimi? Bugungi kunimizda yosh oilalarni buzilib ketishiga omil bo'layotgan chatlar  ham borligini tan olishimiz lozim.

Avvalo siz bir boshidan o'qib chiqing. Kim qanaqa pozitsiyadaligini biling. Bitta gapni ushlab olib o'sha bilan xulosa chiqarmang.

Bu gap qayerdan chiqib kelganini bir ko'rib chiqaylik:


Shunchaki bunaqa "œMoy mir", "œOdnaklasniki", "œZnakomstvo"ga o’xshagan narsalar hamma emas, ko’pchilik ichida aslida qizlar bn bolalarni aralashib gaplashib yurishlariga olib kelayabdiku (xoh oshkora xoh yashirin)

O'gil bolalar bilan qizlarni aralashib gaplashib yurishiga yuqoridagi saytlarni deyarli hissasi yo'q. Bor bo'lsa ham, kam miqdorda. Usiz ham xozirgi kunda aralashib gaplashib yurishadi. (xoh yaxshi ma'noda, xoh yomon)

Ko'rdingizmi, bu yerda gap o'sha saytlarni yigitlar va qizlarni aralashib gaplashishiga olib kelyabdi degan fikrga qarshi aytilgandi. Siz esa mening fikrimga qarshi chiqmayapsiz, aksincha tasdiqlayapsiz. Men aytgan fikrning ma'nosi aynan sizning mana bu fikringizni tasdiqlaydi:

Iqtibos
yanada kengroq imkoniyat yaratib berish bo'lmayaptimi?

Kengroq imkoniyat berayotgan bo'lishi mumkin, lekin asosiy sababchisi emas degan ma'no bor edi mening gaplarimda.

Iqtibos
Akam, deylik niyat ham yaxshi. Alloh buyurganlaridan chetga chiqmagan holda Misol keltiringchi, nomahram yigit va qiz o'rtasida qanday yaxshi niyat bo'lishi mumkin?

Obbo, zo'r savol bo'ldiku. Agar o'zingizdan bunday yaxshi niyatni topolmagan bo'lsangiz, men misol keltirganim bilan tushuna olmaysiz.

Iqtibos
YURIST sizga savol : Tasavvur qiling. Sizning opa-singlingiz odnoklassnikida yigitlar bilan chatlasshib o'tiribdi bunga munosabatingiz qanday?

Xo'sh, savolga kelsak, ozgina shaxsiyat aralashibdikuya, lekin maqsadingiz boshqa bo'lganligini hisobga olib, javob beray. Mening hayotda opa-singillarim yo'q. Ammo shunday insonlar borki, ular mening tug'ishgan opa-singillarimday bo'lib ketgan. O'sha ayol(qiz)larning ko'pchiligi bilan esa aynan internetda, xususan ushbu forumda ham tanishganman. Ular ham siz aytgan saytlardan foydalanishadi, lekin ular siz aytgandek, chatlashish uchun emas, aksincha foydali maqsadlarda bu ishni qilishadi. Bunga ishonchim komil.

Iqtibos
Biz saytni umuman yomonlamaymiz,

Avvalo biz deganda kimlarni nazarda tutdingiz? Chunki bu yerda o'sha saytlarni yomonlayotganlar talaygina.

Men ham maqtayotganim yo'q. Yana bir marta yuqoridagi fikrlarni o'qib ko'rishni maslahat beraman. Tanqid qilingan fikrga berilgan qarshi fikr, bu - maqtov degani emas.

Qayd etilgan