V.assalom. Bu keks qolibida kartoshka salati
Masalliqlar:
1. 4 dona kartoshka
2. Yarim piyola sut
3. Bir qoshiq salat yog’i
4. 1 dona limoni suvi
5. 1 dona qaynatib pishirilgan sabzi
6. Yarim bog’ petrushka(istakka qarab)
7. Yarim bog’ ukrop
8. 2 dona yashil piyoz
9. Tuz, murch, zira
Kartoshkalarni yaxshilab, yuvib qaynating. Pure qilishimiz uchun yaxshilab ezing. İchiga sut, limon suvi, salat yog’i, tuz, murch va zirani qo’shib aralashtiring. Oz miqdorda yog’langan keks qolibiga purening bir qismini soling. Ustiga maydalab to’g’ralgan yashil piyoz, petrushka va ukropni seping. Qolgan pureni yashilliklarni ustiga joylang. Qolipni strech film (naylon bilan) yaxshilab yoping. 1 kecha muzlatgichda qolsin. Dasturxonga qo’yadigan paytingiz, keks qolibini teskarisidan bo’shating, ustini esa sabzi va yashilliklar bilan bezang.