ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum
07 Senyabr 2010, 10:43:46 *
Assalomu alaykum, Mehmon. Marhamat, forumga kiring yoki a'zo bo'ling.

Kirish
Yangiliklar: Biz islomni bilamizmi? viktorinasi - 4 bosqich. Islomiy viktorinada ishtirok eting. Tanlov, inshaalloh, 2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi.
 
   Boshi   Yordam Qidirish Kirish Ro'yxatdan o'tish  
Sahifa: [1] 2 3 4   Pastga
  Chop etish  
Muallif Mavzu: Bugun men yod olgan HADIS...  (O'qilgan 6383 marta)
0 Foydalanuvchilar va 1 ta mehmon bu mavzuni ko'rishmoqda.
Mahdiyah
HIDOYAT ALLOHDAN...
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 3933

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 2844
-Rahmat oldi: 3054


Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...


Profilni ko'rish
« : 26 Senyabr 2009, 17:19:31 »

Bismillahior rohmanir rohiym



Bu mavzuni ochishga Imlaah opani takliflari sabab bo’ldi.
Allohdan hayrli ishlarda bardavomlikni so’rab mavzuni ochamiz.


Maqsad:
Bu yo’l bilan o’qiganlarimizni esda saqlashlik, ularga imkon darajasida amal qilishlik va boshqa birodarlar bilan baham ko’rishlik!!!

Tartib:
1. Boshlovchi - Munira xonim tomonidan ma'lum kitobdan har kuni bittadan hadis kiritib boriladi.
2. Mavzu doirasida aynan shu kunlik hadis mavzusi yuzasidan savol-javoblar uyushtirlishi mumkin. Boshlovchi yoki boshqalar hadisni rivoyat qilgan shaxs, hadis matnida uchraydigan so'zlar yoki tarixiy voqealar yuzasidan ma'lumot berib o'tsa yaxshi bo'ladi.
3. Kitoblardagi tartib berilgan hadislar ba'zan takrorlanishi mumkin. Bu narsa bizga yana esga olishimizga yordam beradi.
4. Boshlash uchun avval quyidagi kitoblardagi hadislarni tavsiya qilinadi:
Arba'iyn - 40 hadis (Imom Navaviy)
Islomning o'zagi bo'lgan hadislar ("Al-Azkor"dan)

Alloh taolodan madad so'rab, imom Navaviynining "Qirq hadis" kitobchalaridagi hadislarni yodlashni boshladik:
« So'ngi tahrir: 27 Fevral 2010, 22:44:28 muallifi Mahdiyah » Saqlandi

 
imlaah
Full Member
***
Postlar: 195

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 190
-Rahmat oldi: 343


Profilni ko'rish
« Javob berish #1 : 28 Senyabr 2009, 06:03:14 »

1-hadis

Amirul mo‘minin Abu Hafs Umar ibn Xattob (r.a)dan: Men Rasululloh (s.a.v)ning shunday deyayotganlarini eshitdim:

«Amallar (faqatgina) niyatlar bilan (e’tibor qilinadi) va har bir kishi uchun niyat qilgan narsasigina (savobi yoki jazosi) bordir. Bas, kimning hijrati Alloh va Rasuli uchun bo‘lsa, uning hijrati Alloh va Rasuli uchun (deb e’tibor qilinajak). Kimning hijrati biron dunyo (matosi) ni qo‘lga kiritish yoki bir ayolni nikohlab olish uchun bo‘lsa, uning hijrati nima uchun qilingan bo‘lsa, o‘sha uchundir».

Buxoriy va Muslim rivoyati
« So'ngi tahrir: 01 Oktyabr 2009, 13:59:16 muallifi AbdulAziz » Saqlandi
IXLOS
Yigitlar
Sr. Member
*****
Jins: Erkak
Postlar: 259

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 199
-Rahmat oldi: 221


Osmonlar va yerdagi hamma narsa Allohnikidir....


Profilni ko'rish
« Javob berish #2 : 28 Senyabr 2009, 08:01:32 »

2-hadis

Umar (r.a)dan:

«Bir kuni biz Rasululloh (s.a.v) huzurlarida o‘tirganimizda banogoh oldimizga oppoq kiyimli, tim qora sochli, ustida safar izlari ko‘rinmaydigan, oramizda ham hech kim uni tanimaydigan bir kishi chiqdi va Payg‘ambar (s.a.v) oldilarga borib o‘tirdi. Tizzasini (Rasululloh (s.a.v) tizzalariga taqab, ikki qo‘lini (o‘zining) sonlariga qo‘yib, dedi:
- Ey Muhammad! Menga Islom haqida xabar bering!
Rasululloh (s.a.v) dedilar:
- Islom Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi hamda Muhammad alayhissalom Allohning Rasuli ekanligiga guvohlik berishing, namozni barpo qilishing, zakotni ado qilishing, Ramazonda ro‘za tutishing va agar qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishingdir.
Haligi kishi:
- To‘g‘ri aytdingiz! dedi.
Biz uning ham so‘rab, ham tasdiqlab qo‘yayotganiga hayron bo‘ldik.
- Menga iymon haqida xabar bering!
- Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga va Oxirat kuniga ishonishing hamda taqdirning yaxshisi-yu yomoniga (barchasining Alloh tarafidan ekaniga) iymon keltirishing.
- To‘g‘ri aytdingiz! - deb, yana so‘radi:
- Menga ehson haqida xabar bering!
- Allohga xuddi Uni ko‘rib turgandek ibodat qilishing, agar ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi.
- Menga Soat (Qiyomat kuni) haqida xabar bering.
- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan ko‘proq bilguvchi emas.
- Uning alomatlari haqida aytib bering.
- (Uning belgilari shuki) cho‘ri o‘zining ho‘jayinini tug‘adi va o‘zlari yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al bo‘lgan qo‘yboqarlar faxr va riyo uchun bino qurayotganini ko‘rasiz.
So‘ng haligi kishi ketdi. Men (o‘sha kishi haqida so‘ramay) ancha muddat kutdim. Keyin (Rasululloh (s.a.v) mendan so‘radilar:
- Ey Umar! Bilasanmi, o‘sha so‘rovchi kimligini?
- Alloh va Rasuli biluvchiroq!
- U kishi – Jibriyl alayhis-salom, sizlarga diningizni ta’lim bergani kelgan edilar, - dedilar».


Muslim rivoyati.
« So'ngi tahrir: 03 Oktyabr 2009, 13:10:45 muallifi AbdulAziz » Saqlandi

1.  Odamning ko'p so'zlashi aqli ozligidan, yolg'on so'zlashi irodasi zaifligidan, ovozi balandligi ichi bo'shligidandir.
2.  Bahs-munozarada johilni yengish qiyin, buning misoli shuki, o'tni puflab o'chira olmaysan, aksincha, alanga puflagan sayin zo'rayadi.
3.Yahshilarning diydoriga boqish umrni uzaytirishi, ko'zni o'tkirlashtirishi va ko'ngilni har xil g'ubordan poklashini unutmang...
Mahdiyah
HIDOYAT ALLOHDAN...
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 3933

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 2844
-Rahmat oldi: 3054


Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...


Profilni ko'rish
« Javob berish #3 : 28 Senyabr 2009, 08:24:54 »

3-hadis

Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Umar ibn Xattob raziyallohu anhumodan:

Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Islom besh narsa ustiga barpo qilingandir:
1 Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad alayhis-salom Allohning Rasuli, deb guvohlik berish;
2 Namozni barpo qilish;
3 Zakotni ado etish;
4 Baytullohni haj qilish;
5 Ramazon oyida ro‘za tutish».


Buxoriy va Muslim rivoyatlari
« So'ngi tahrir: 01 Oktyabr 2009, 14:02:41 muallifi AbdulAziz » Saqlandi

Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #4 : 02 Oktyabr 2009, 11:57:53 »

4-hadis

Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’ud (r.a)dan:
  
Bizga sodiq (barcha ishlari va so‘zlarida rostgo‘y) va masduq (Alloh tarafidan rost va’da berilgan) zot – Rasululloh sollalložu alayži vasallam quyidagi hadisni aytganlar: «Darhaqiqat, har biringizning xilqati (ya’ni yaratilishi) onasining qornida qirq kun ichida «nutfa» (tomchi suv) holida jamlanadi, so‘ngra xuddi shuncha muddat ichida «alaqa» (laxta qon) holida bo‘ladi, so‘ngra xuddi shuncha muddat ichida «muzg‘a» (bir parcha go‘sht) holida bo‘ladi. So‘ngra unga bir farishta yuboriladi va o‘sha farishta unga jon purkaydi. Keyin farishtaga shu inson ahvoli-taqdiriga taalluqli bo‘lgan to‘rt narsani: rizqi, ajali, amali hamda baxtsiz yoki baxtli ekanini yozish farmon qilinadi.
Undan o‘zga hech qanday iloh yo‘q bo‘lgan Allohga qasam-ki, bir kimsa jannat ahlining amallarini qilib yuradi, hatto u bilan jannat o‘rtasida bir gaz (yarim qadam)gina (masofa) qoladi. Shunda uning kitobi (Alloh ta’olo uning do‘zaxiy ekanligi haqida azalda yozib qo‘ygan taqdiri) yetib kelib (ya’ni undan g‘olib kelib), do‘zax ahlining amalini qilib qo‘yadi-da, do‘zaxga kirib ketadi. Va (yana) birov do‘zax ahlining amallarini qilib yuradi, hatto u bilan jahannam o‘rtasida bir gazgina masofa qoladi. Shunda uning kitobi (Alloh ta’olo uning jannatiy ekanligi haqida azalda yozib qo‘ygan taqdiri) o‘zib ketib (ya’ni undan g‘olib kelib), jannat ahli amalini qiladi-da, jannatga kirib ketadi».


Buxoriy va Muslim rivoyati
Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #5 : 03 Oktyabr 2009, 12:04:36 »

5-hadis

Ummul mo‘minin Oisha (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki dinimizda asli yo‘q bo‘lgan narsani paydo qilsa, u albatta rad qilinur».

Imom Muslimning rivoyatida:
«Kimki biz unga buyurmagan amalni qilsa, u albatta rad qilinur».

Buxoriy va Muslim rivoyati.
« So'ngi tahrir: 03 Oktyabr 2009, 12:06:35 muallifi Munira xonim » Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #6 : 04 Oktyabr 2009, 08:40:03 »

6-hadis

Abu Abdulloh No‘‘mon ibn Bashir (r.a)dan:

- Men Rasululloh sollalložu alayži vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Darhaqiqat, halol (bo‘lgan narsalar) aniqdir, harom (bo‘lgan narsalar) ham aniqdir. Ikkisining o‘rtasida ishtibohli bo‘lgan (ya’ni na halolligi va na haromligi aniq bo‘lmagan) narsalar ham borki, ko‘pchilik ularni bilmaydi. Bas, kimki shunday shubhali narsalardan o‘zini ehtiyot qilib yursa, dinini ham, nomus-obro‘sini ham pok asrab qoladi. Bamisoli (doim) birovning qo‘riqlanadigan yeri atrofida suruvni o‘tlatib yurgan cho‘pon qo‘ylarining bexosdan o‘sha yerga ham kirib ketishidan omonda bo‘lmagani singari, shubhali narsalardan o‘zini ehtiyot qilmagan (ularga bemalol jur’at qilaveradigan) kishi keyinchalik haromga ham aralashib qoladi (ya’ni haromga ham bemalol jur’at qiladigan bo‘lib qoladi). Ogoh bo‘ling, har bir podshohning (o‘zgalar kirishini man qiladigan) qo‘riqlanadigan yeri bo‘ladi. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqlanadigan yeri Uning harom qilgan narsalaridir.
Ogoh bo‘ling, tanada bir parcha go‘sht borki, agar u salohiyatli bo‘lsa, butun tana salohiyatli bo‘ladi. Agar u aynisa, tana ham ayniydi (buziladi) Ogoh bo‘ling u (parcha go‘sht) qalbdir.


Buxoriy va Muslim rivoyati.
Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
Abdul_Malik
Yigitlar
Hero Member
*****
Jins: Erkak
Postlar: 572

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 71
-Rahmat oldi: 220



Profilni ko'rish
« Javob berish #7 : 04 Oktyabr 2009, 12:07:51 »

7-hadis

Tamim ibn Avs Doriy (r.a)dan:

Rasululloh sollalložu alayži vasallam dedilar:
- Din bu nasihatdir.
- Kim uchun?- deb so‘radik biz.
- Alloh uchun, Uning kitobi va Rasuli uchun, musulmonlarning rahbarlari va hammalari uchundir,- deb javob berdilar Nabiy sollalložu alayži vasallam.


Muslim rivoyati.
Saqlandi

Kimki to'rt narsani to'rt narsaga qoldirsa jannatga kiradi: uyquni qabrga, fahrlanishni mezonga, rohatlanishni sirotga va shahvatni jannatga qoldirsa.
Hotam ul- Asom
Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #8 : 06 Oktyabr 2009, 14:56:07 »

8-hadis

Ibn Umar (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «(Dinsiz, mushrik) kimsalar «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning Rasulidir» deb guvohlik berib, namozni (davomiy suratda to‘kis) ado etmagunlarigacha va zakotni (haqdor kishilariga) bermagunlarigacha, ular bilan urishishga buyurildim. Agar odamlar yuqoridagilarga (to‘liq) amal qilsalar, mendan qonlari va mollarini omon saqlaydilar. Faqat Islom haqqi (ya’ni musulmon bo‘lganlaridan keyin biron jinoyat qiladigan bo‘lsalar, ularni Islom shariati belgilagan hadlarga muvofiq jazoga tortish) bundan mustasno. (So‘ng) ularning hisobi (ya’ni qalblaridagi narsaning hisobi) Allohga havola».

Buxoriy va Muslim rivoyati
Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
fotimahon
Hero Member
*****
Jins: Ayol
Postlar: 677

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 20
-Rahmat oldi: 338



Profilni ko'rish
« Javob berish #9 : 06 Oktyabr 2009, 15:39:47 »

9-hadis

Abu Hurayra Abdurahmon ibn Saxr (r.a)dan:

Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsam, uni tark etinglar. Nimaga buyurgan bo‘lsam, imkon qadar o‘sha narsani bajaringlar. Sizlardan avval o‘tgan qavmlarni halok qilgan narsa ularning o‘z Payg‘ambarlariga ko‘pdan-ko‘p savol berishlari va ko‘rsatmalariga xilof ish qilishlari bo‘lgan».

Buxoriy va Muslim rivoyati.
« So'ngi tahrir: 06 Oktyabr 2009, 15:44:59 muallifi AbdulAziz » Saqlandi
Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #10 : 08 Oktyabr 2009, 11:35:21 »

10-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Alloh Pokdir va faqat pok narsanigina qabul qiladi. Albatta Alloh Payg‘ambarlarga buyurgan narsani mo‘minlarga ham amr etdi: «Ey Payg‘ambar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar».
«Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz-pokiza narsalardan yenglar».
So‘ng Rasululloh sollalložu alayži vasallam uzoq safarlarga chiqqan, sochlari (taroq tegmaganidan) patila-patila bo‘lib ketgan, (uzoq safarda yurgani sababli) chang-to‘zon sochining rangini o‘zgartirib yuborgan bir kishi haqida gapirdilar. Haligi odam qo‘llarini ko‘kka cho‘zib: «Parvardigoro! Parvardigoro!» deb duo qilmoqda. Biroq uning yegani harom, kiygani harom va (butunlay) harom bilan oziqlangan. Bunday kishining duosi qanday qilib ijobat bo‘lsin?!».


Muslim rivoyati.
Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
Abdul_Malik
Yigitlar
Hero Member
*****
Jins: Erkak
Postlar: 572

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 71
-Rahmat oldi: 220



Profilni ko'rish
« Javob berish #11 : 08 Oktyabr 2009, 12:13:05 »

11-hadis

Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib (r.a)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nabiralari va gul-rayhonlaridan: - Men Rasululloh sollalložu alayži vasallamdan (quyidagi hadisni) yodlab qolganman: «Seni shubhaga solgan narsani qo‘ygin-da, shubhalantirmaydigan (halol-pokiza) narsani ol.

Termiziy va Nasoiy rivoyati. Termiziy hasan- sahih hadis degan.
Saqlandi

Kimki to'rt narsani to'rt narsaga qoldirsa jannatga kiradi: uyquni qabrga, fahrlanishni mezonga, rohatlanishni sirotga va shahvatni jannatga qoldirsa.
Hotam ul- Asom
Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #12 : 09 Oktyabr 2009, 12:59:53 »

12-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Kishining o‘zi uchun muhim (zarur) bo‘lmagan narsalarni tark qilishi uning Islomining go‘zalligi (komilligi)dandir.

Termiziy va Ibn Mojja rivoyati. Hasan hadis
Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #13 : 10 Oktyabr 2009, 14:33:28 »

13-hadis

Imomi Navaviy «Sahihi Muslim» sharhida yozadi:

- O’z zamonida mag‘ribda molikiylar imomi sanalgan Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu Zayd shunday degan edi: «Barcha xayrli odoblar ushbu to‘rt hadis asosida tarkib topgan:
1. «Alloh va Oxirat kuniga iymon keltirgan kishi (faqat) yaxshi narsani gapirsin yoki sukut saqlasin».
2. «Kishining o‘zi uchun muhim bo‘lmagan narsalarni tark etishi uning Islomining go‘zalligidandir».
3. «G’azab qilma!».
4. «Sizlarning (hech) biringiz to o‘ziga yaxshi ko‘rgan (xayrli) narsani birodariga ham sog‘inmagunga qadar (komil) iymonli bo‘lmaydi».

Ehtimol shuning uchun Imomi Navaviy mazkur to‘rt hadisni «Arba’iyn» safiga kiritgandir. Xurdoniy ushbu hadisni Islom asoslaridan biri sifatida ta’kidlagan.


Buxoriy va Muslim rivoyati.
Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
Munira xonim
Mega Member
*******
Jins: Ayol
Postlar: 5341

Rahmatlar:
-Rahmat aytdi: 453
-Rahmat oldi: 1305


Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...


Profilni ko'rish
« Javob berish #14 : 11 Oktyabr 2009, 10:09:20 »

14-hadis

Ibn Mas’ud (r.a)dan:

Rasululloh sollalložu alayži vasallam dedilar: - Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va mening Payg‘ambar ekanimga guvohlik keltirgan musulmon kishining qoni (ni to‘kish) faqat (quyidagi) uch holatdagina halol bo‘ladi: jufti-haloli bo‘lgan (ayol-erkak) zinokor, jonga-jon sifatida (ya’ni qasddan birovni o‘ldirgan kishi) va (murtadlik sababli) jamoatni tark qilib (Islom) dinidan chiqqan kimsa.

Buxoriy va Muslim rivoyati
Saqlandi

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!
Sahifa: [1] 2 3 4   Yuqoriga
  Chop etish  
 
O'tish:  

Powered by SMF 1.1.11 | SMF © 2006-2008, Simple Machines LLC