Umra  ( 2782 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Abdul_Malik  27 Sentyabr 2009, 14:53:43

    Taqvim-kitobining jonkuyar mualliflaridan biri Yoqub Umar bir yili Umra ibodatini ado etib kelgandi. Muborak safardan qaytishi bilan o'z hotiralarini bizga poylashgandi, Alloh nasib aylab o'sha hotiralarni sizga taqdim etayapmiz.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  27 Sentyabr 2009, 14:56:09

Alloh va Payg'ambar ziyofati

     Sevikli Payg'ambarimiz (s.a.v.):"Kim ramazonda umra qilsa, men bilan birga haj qilganning savobini topibdi", deya marhamat qilganlar. Shuning uchun bo'lsa kerak, ramazon oyida butun dunyodan Alloh va rasuliga mehmon bo’lish umidida milyonlab ziyoratchilar Makkai mukarrama va Madinai munavvara sari oqib kela boshlaydi. Muborak oy sharofatidan bu ikki muqadas shahar o’zgacha shukuhli, barakotli ko’rinadi"¦ Allohning marhamati ila bizga ham mohi ramazonda umra ibodatini ado etish muyassar bo’ldi. Ushbu ziyorat chog’ida ko’rgan-kechirgan kichik, ammo bizning nazarimizda ibratli ba’zi voqealarni siz azizlarga ilindik.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  27 Sentyabr 2009, 15:16:04

Ilk taassurotlar

     Jidda aeroportiga tushib, avtobuslarda Madinai munavvaraga yo’l oldik. Bu tuproqlarga qadam bosgan kishining yuragi sevinchdan yorilay deydi. Avtobus oynasidan tashqariga suqlanib boqasan kishi. Go’yo bir muhim narsani ko’rmay qoladigandek, o’tkazib yuboradigandek. Madinagacha to’rt-besh soatlik yo’l bo’lsa hamki, ko’zga uyqu kelmaydi. Har-har zamonda haydovchidan :"Qachon yetamiz?" deb so’rab qo’yaman. Yo’lning ikki tarafi ham cho’l, uning ustiga kechasi emasmi, qop-qorong’u. Shunda ham pardalarni ochvolib, tashqariga tikilaman. Otaxonlardan kimdir: "œMana shu yo’llardan Payg’ambar alayhissalom Makka mushriklari zulmidan qochib, Madinaga kelganlar" dedi-da, yig’lashga tushdi. Oldin beparvoroq kelayotganlar ham bu gapdan keyin sergak tortdi.
     Nihoyat haydovchi: "œ Madina", deya to’g’rimizni ko’rsatdi. Taxminan, olti-yetti chaqirim uzoqdan shahar chiroqlari ko’rina boshladi. Orzuingda bo’lgan, kitoblarda o’qigan, rasmlarini ko’rgan, Payg’ambaringni (s.a.v.) quchgan shahar — Madina. Kishining badani muzlab, tili lol qoladi.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  27 Sentyabr 2009, 16:13:27

Rohatbaxsh yig’i

     Birinchi marta Haramga kirgan kishi osmonga nayza kabi qadalgan minoralarni, ming-minglab atrofni kunduzdek yoritib turgan chiroqlarni, dunyoni unutib tavof qilayotgan, namoz o’qiyotgan milyonga yaqin odamni ko’rganda o’zining naqadar ojizligini sezadi, dilida zarracha iymoni  bor kishini titroq bosadi, qayerdandir yig’i keladi, kelaveradi"¦
     Turmushda odam xursandlikdan, ba’zan esa xo’rlikdan yig’laydi. Bu yerda esa, nimaga yig’laganingni ham bilmaysan-u, lekin ichingdagi g’am-alamlar, hayotning bosib turgan allaqanday yuklari yo’qolgandek bo’ladi, ta’bir joiz bo’lsa, rohatlanib yig’laysan.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  27 Sentyabr 2009, 16:15:51

Bir o’zbekcha kalima

     Peshin namozidan so’ng mehmonhonaga qaytayotgan edik. Oldimizda bir yigit ayoli va chamasi uch-to’rt yo’shli qizchasi bilan ketardi. Bir payt qizchaning sof o’zbek tilida:
     - Dadajon, menga manovi uyinchoqni obering, - degani eshitildi. Hammamiz haligi qizchaga yalt etib qaradik. Quloq solsak, yigit ham, xotini ham sof o’zbekcha so’zlayotgan ekan. Tilimiz nihoyatda shirin tuyuldi.
     Anchagacha jim ketdik. Mehmonhonaga yaqinlashganimizda sherigimiz Saidumar aka gap qotdi:
     - Qarang-a, bu qizchaning gaplarini eshitib yig’lavorishimga sal qoldi. Bular O’zbekistonimizni ko’rishmagan. O’zimizda bo’lsa, o’zi o’zbek, ota-onasi o’zbek, ammo o’zbek tilini bilmaydiganlar bor, - dedi.
     Hammamiz u kishining so’zlarini ma’qulladik.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  27 Sentyabr 2009, 16:22:50

Xayr ishlar musobaqasi

     Ikki muqaddas shaharda iftor paytida ajib bir manzara namoyon bo’ladi. Masjid darvozalariga yetmasingizdanoq yosh yigitlar qo’lingizdan tutib, dasturxonlariga taklif qilishadi. Masjidi Nabaviydagi yeti yuz-sakkiz yuz ming namozhonga o’sha yerning o’zida dasturhonlar solinib, iftorlik tashkil qilinadi. Allohning buyrug’iga itoatan dunyoning turli burchaklaridan kelib , shomga yaqin "œAllohu akbar" nidosi yangrashini kutib turgan sakkiz uz ming musulmonni bir ko’z oldingizga keltiring-a!..
     Allohu akbar!

Hoji Yoqub Umar

"Musulmonlar taqvim kitobi"
2001 yil IV-sonidan olindi.


Qayd etilgan