Ey hayol, buldi bas, azob ber yurakka,
Qaydasan hayol, qayga yuqolding?
Naqadar shirin azob edi sevgi...
Sevgim kelar, azoblangim kelar...
Muddat utar, shubhasiz, kunlar ganimat,
Lek emas bebaho utkinchi fursat .
Dustu yor ila suhbat?
Qay biri dustu qay biri dushmansifat?
Ertami kech bu hayot ila,
Vidolashmogimiz ayon, beshak.
Hayhot, dod faryod ila,
Fursat yakuiniga yetajak.
Bugun dustman degan mardon,
Erta kim bular noayon!
Kaftin tutib kechagi dushman
Dustman desa, bulma hayron.
Insonman deganga bebaho -
Vijdondir ham iymon.
Bulmagin olim, daho,
Inson bul inson.
Hayol bir usha damlarni esga ol.
Hanuz yodimda, esdan chiqmogi mushkul, usha kun.
Seni uchratdim, seni kurdimu... yuq yuq, nazar solganim yuq, bunga botina olmasdim ham, nigoh tashlab, uzni, aqlu hushni butkul yuqotmoqlikdan qurqdim.
Qalbim ila nazar soldim, yurak ila. Qalbim seni kurdi, qalbim seni sevdi.
Eh usha damlar, kulishlaring, bazi uynoqi suzlarimga hijolatomuz qizarishing, nozik jilmayishlaring... unutilmas damlar.
Endichi, endi ayyuhannos tortmoqdan ne naf, ayrildim sendan...
Endichi, jilmayish qayda, olislardan sharpangni kurish orzusidaman.
Bas qil endi, hayol, buldide.