Muallif Mavzu: "Bugun men yod olgan HADIS..." mavzusi yuzasidan takliflar  ( 4717 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

imlaah

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 179
  • -oldi: 320
  • Xabarlar: 184
Assalamu alaykum..
Mahdiyahon Allah ajru mukofotni o'zi bersin sizga.
Bu mavzuda biroz o'zgarish kiritsak yani tartib bilan bir muayyan kitobchani tanlasak hadislarni yod olish uchun.
Masalan imom Navaviyni "Qirq hadis" kitobchalari forumga ham joylangan ekan.Ushbu kitobchani tartibi bilan hadislarni yod olsak va kimda kim bu tashabbusga qo'shilsa erkaklar Abdulazizga ayollar Munira honimga yod olgan hadislarini topshirib o'tsalar.Imkoni borlar uchrashib o'tkazinlar imkoni bo'lmagan chetdagilar int orqalik online tarzda yod olgan hadislarini o'tkazsalar inshaallah yuoqrida nomlari keltirilgan har ikki forumchi ham vaqtlarini ayamaslar deb umid qilamiz.Aslida ilm har bandani o'zi uchun foyda yoki zarariga hujjat.Bu tarzda ilmni oshirishlik atrofimizdagilarga ham rag'bat va ishtiyoqqa bir sabab inshaallah.
Yod olgan hadislarimiz va o'rganayotgan har bir hikmatimizni Allah hayrli va ikki dunyoimiz uchun manfaatlik qilsin..
« So'nggi tahrir: 01 Oktyabr 2009, 14:14:01 muallifi AbdulAziz »

imlaah

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 179
  • -oldi: 320
  • Xabarlar: 184
Re: Bugun men yod olgan HADIS...
« Javob #1 : 28 Sentyabr 2009, 09:12:35 »
Iqtibos
Agar haqiqatda Abdulaziz va Munira opa  siz aytgandek jonli tarizda hadislarni qabul qilib olsalar siz aytgan yo'l yaxshi.
Bo'lmasa, u yerdan bu yega ko'chirib olganimizdan boshqa narsa bo'lmay qoladi.
Albatta hammamiz o'zimiz uchun ilm o'rganamiz.
Man o'zim uchun bir daftar tutaman va shu o'rganayotganlarimni yozib boraman.
Bu yodlashim uchun ham manga yordam bo'ladi.
Chunki esda saqlash qiyin bo'lganlarni yozib esda saqlasa yaxshiroq.

Mahdiya qiz bizdan taklif bunda adolat va hisob har bandani o'z iymoni va ishonchiga ko'ra.Mana siz vijdon va iymon bilan boshlabsiz Allah davomli qilsin.Inshaallah huddi sizdek ish yuritguvchilar yana topiladi forumchilar orasida degan umid va gumon bizga kifoya..

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Bugun men yod olgan HADIS...
« Javob #2 : 29 Sentyabr 2009, 10:05:33 »
Birodarlar!!!
Avval aynan bir kitobni tamomlab, keyin boshqa kitobda berilgan SAHIH hadislarni joylaymiz.
Forumdoshlardan shunga ahamiyat berishlarini iltimos qilaman!!!

Bu bilan o'zimiz uchun ham, o'rganishimiz uchun ham osonroq ish tutgan bo'lamiz InshaAlloh!


Hozirda o'rganayotgan kitobimiz ABU ZAKARIYO YAHYO IBN SHARAF NAVAVIYning "ARBA'IN HADIS" - "QIRQ HADIS" kitobi:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=826.0


« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2009, 10:18:39 muallifi Mahdiyah »

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Bugun men yod olgan HADIS...
« Javob #3 : 29 Sentyabr 2009, 11:08:41 »
Assalamu alaykum!
Mavzuning maqsadu ezgu. lekin uni tartibga solmasak bo'lmaydi.
Avval aytganimdek, bu mavzuga bitta mas'ul shaxsni belgilash kerak. U kiritilayotgan hadislarni nazorat etib turishi lozim. Aks holda har xil kitoblardan, har xil sanaddagi hadislar joylanaverib, mavzuning asl mohiyati yo'qoladi.
Asosiy maqsad hadisni mavzuga joylash emas, uni uqib, hayotga singdirish bo'lmog'i kerak.

Mavzu uchun talablar:
1. Bitta boshlovchi tomonidan ma'lum bir aniq kitobdan har kuni bittadan hadis kiritib boriladi.
2. Boshlovchi xohlovchilarning (ular forum a'zosi bo'lmasliklari ham mumkin) emaillariga har kunlik hadislarni jo'natib turishi mumkin.
3. Mavzu doirasida aynan shu kunlik hadis mavzusi yuzasidan savol-javoblar uyushtirlishi mumkin. Boshlovchi yoki boshqalar hadisni rivoyat qilgan shaxs, hadis matnida uchraydigan so'zlar yoki tarixiy voqealar yuzasidan ma'lumot berib o'tsa yaxshi bo'ladi.
4. Kitoblardagi tartib berilgan hadislar ba'zan takrorlanishi mumkin. Bu narsa bizga yana esga olishimizga yordam beradi.
5. Boshlash uchun avval quyidagi kitoblardagi hadislarni tavsiya qilaman:
Islomning o'zagi bo'lgan hadislar ("Al-Azkor"dan)
Arba'iyn - 40 hadis (Imom Navaviy)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Bugun men yod olgan HADIS...
« Javob #4 : 29 Sentyabr 2009, 15:35:54 »
Munira xonim(opa)ni nomzodlar safiga aytib o'tgan bo'lardim...
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Bugun men yod olgan HADIS...
« Javob #5 : 29 Sentyabr 2009, 21:04:47 »
Assalamu alaykum!
Mavzuning maqsadu ezgu. lekin uni tartibga solmasak bo'lmaydi.
Avval aytganimdek, bu mavzuga bitta mas'ul shaxsni belgilash kerak. U kiritilayotgan hadislarni nazorat etib turishi lozim. Aks holda har xil kitoblardan, har xil sanaddagi hadislar joylanaverib, mavzuning asl mohiyati yo'qoladi.
Asosiy maqsad hadisni mavzuga joylash emas, uni uqib, hayotga singdirish bo'lmog'i kerak.

Mavzu uchun talablar:
1. Bitta boshlovchi tomonidan ma'lum bir aniq kitobdan har kuni bittadan hadis kiritib boriladi.
2. Boshlovchi xohlovchilarning (ular forum a'zosi bo'lmasliklari ham mumkin) emaillariga har kunlik hadislarni jo'natib turishi mumkin.
3. Mavzu doirasida aynan shu kunlik hadis mavzusi yuzasidan savol-javoblar uyushtirlishi mumkin. Boshlovchi yoki boshqalar hadisni rivoyat qilgan shaxs, hadis matnida uchraydigan so'zlar yoki tarixiy voqealar yuzasidan ma'lumot berib o'tsa yaxshi bo'ladi.
4. Kitoblardagi tartib berilgan hadislar ba'zan takrorlanishi mumkin. Bu narsa bizga yana esga olishimizga yordam beradi.
5. Boshlash uchun avval quyidagi kitoblardagi hadislarni tavsiya qilaman:
Islomning o'zagi bo'lgan hadislar ("Al-Azkor"dan)
Arba'iyn - 40 hadis (Imom Navaviy)

Assalamu alaykum.
Abdulaziz,MAhdiyah, imlaah Alloh sizlardan rozi bo'lsin.
Juda ham hayrlik ishni boshlabsizlar.
Alloh barchamizga olgan ilmimizga to'la holda amal qilishlikni nasib qilsin.
Abdulazizni bu mavzuni tartibga solish fikrlariga to'la holda qo'shilaman.
Bu mavzuda avval boshlagani sabab "Qirq hadis"dan hadislarni tartib bo'yicha berib borilishini tarafdoriman.
Boshqa ishtirokchilar tomonidan qo'yilgan hadislarni esa boshqa mavzuga olish lozim, deb o'ylayman. Agar albatta bu postlarni sohib va sohibalari rozi bo'lishsa. Bundan keyin Qirq hadisdan har kuni bittadan qo'yib, borilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Bu mavzuni asosiy maqsadi hadislarni ko'plab joylashlik emas,balki,hammaga foyda keltirib ilm egallashlariga sabab bo'lishlik.
Alloh barchamizga madadkor bo'lsin.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Bugun men yod olgan HADIS..." mavzusi yuzasidan takliflar
« Javob #6 : 02 Oktyabr 2009, 12:09:14 »
Assalamu alaykum, aziz forumdoshlar!!!
Mana, Imlaahni takliflari, Mahdiyahni harakatlari va Abdulazizning jonkuyarliklari sabab Islom bo'limida "Bugun men yod olgan hadis" mavzusi ochildi. Bugundan e'tiboran har kuni bittadan hadisni joylab borishga harakat qilamiz, InshaAlloh. Siz ishtirokchilardan esa faqat va faqat bu mavzuga kirib hadisni o'qib, rahmat aytib chiqishlik emas, balki iloji boricha shu hadislarni daftarga ko'chirib, yod olib, hayotga tadbiq qilib, oila a'zolariga va boshqa birodarlariga yetkazishlik talab qilinadi. Bu forumda hadis bo'limlari juda ko'p, aslida bu mavzuga hojat ham yo'q edi. Lekin ishtirokchilarni ilm olishlari uchun rag'bat bo'lsin uchun, ularga qulaylik tug'dirish uchun bu mavzuni ochishga qasd qilindi. Endi sizlardan bizni niyatlarimizni yerda qoldirmasdan o'zingiz va oilangiz uchun, ikki dunyoyingizni obodligi uchun bu hayrli ishga qo'shilib, ilm olishga harakat qilishingizni umid qilib qolamiz. Bu mavzuni ochilishiga sabab bo'lgan ishtirokchilarimizdan Alloh rozi bo'lsin. Barchamizga ilm olishlikda va unga amal qilishlikda Mehribon va Rahmli Zot bo'lgan Alloh madadkor bo'lsin. Aamiyn!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Bugun men yod olgan HADIS...
« Javob #7 : 16 Oktyabr 2009, 14:12:05 »
19-hadis

Abu Abbos Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam ulovlarining orqasiga mingashib ketardim.
- Ey bola!- dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam- Men senga bir nechta (foydali) kalimalarni o‘rgataman: (Alloh hududlariga rioya etib, buyurgan narsalarini bajarib, qaytargan ishlardan tiyilib) Allohni saqlagin, U Zot ham seni asraydi. Allohni saqla-yod etgin, Uni (ng madadini- nusratini) qarshingda ko‘rasan. Agar so‘ramoqchi bo‘lsang, (yolg‘iz) Allohdan so‘ra. Agar ko‘mak istasang, (yolg‘iz) Allohdan ista. Bilgin-ki, butun ummat (insoniyat) senga bir foyda bermoq niyatida jamlansa ham, faqat Alloh ta’olo sen (ing peshonang)ga yozib qo‘ygan foydanigina bera oladi. Agar ular senga bir zarar bermoq qasdida to‘plansalar ham, faqat Alloh senga yozib qo‘ygan zararnigina bera olishadi. (Taqdir) qalamlari ko‘tarildi, (taqdir bitilgan) sahifalar quridi.
Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: «Allohni (buyruqlariga bo‘ysunish, qaytargan ishlaridan tiyilish bilan U Zotni) asragin, Uni qarshingda topasan. Yorug‘ kunlaringda Allohni tanigin (unutib qo‘yma), og‘ir kunlaringda U Zot seni taniydi. Bilgin-ki, nima seni chetlab o‘tgan bo‘lsa, uning senga tegishi (taqdirda) yo‘q edi. Senga yetgan narsaning (taqdiri azalda) seni chetlab o‘tishi yo‘q edi. Bilgin-ki, g‘alaba sabr bilan, yorug‘lik-echim qayg‘u-qiyinchilik bilan, og‘irlik yengillik bilan birgadir».


Termiziy rivoyati. Hasan-sahih hadis.

 :ms:, juda chiroyli hadis ekan. Alloh rozi bo'lsin :)
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

 

"Siz sevgan..." mavzusi savollari arxivi

Muallif LayloBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 8959
So'nggi javob 12 Noyabr 2007, 07:30:49
muallifi Laylo
"Arab tili" mavzusi bo'yicha fikr-mulohazalar

Muallif Musannif AdhamBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 39
Ko'rilgan: 28662
So'nggi javob 21 Avgust 2011, 09:51:36
muallifi N.Nodirbek
"Islomiy media" bo'limi bo'yicha fikr-mulohazalar, takliflar, maslahatlar...

Muallif shoirBo'lim Islomiy media

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7756
So'nggi javob 27 Yanvar 2009, 22:12:59
muallifi ZUBAIR
Bugun men yod olgan HADIS...

Muallif MahdiyahBo'lim Islom

Javoblar: 74
Ko'rilgan: 30077
So'nggi javob 22 Fevral 2013, 11:06:36
muallifi Salsabil
"Qaysi Hadis sizga muhim nuqtalarni ko'rsatib bergan?"

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Islom

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 4324
So'nggi javob 13 Noyabr 2009, 08:07:45
muallifi AbdulAziz