Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki....  ( 35146 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ansora  02 Oktyabr 2009, 20:52:06

Assalomu-alaykum, azizlar. Anchadan beri bu mavzuda sizlar bilan suhbatlashishni o'ylab yurgandim. Bugunga nasib ekan.
Men aqlimni tanibmanki, Alloh meni juda ko'p qiyinchiliklardan, nohush voqealardan O'Zİ'gina qutqardi, rahm qildi, shafqat ko'rsatdi.

Bazan shularni eslab, Rabbim uchun yetarlicha shukr keltira oldimmi, duo qila oldimmi, deb o'ylab qolaman.

Sizlar ham bolaligingizdan beri boshingizga kelgan turfa hil voqealarni, Allohning yordamini yurakdan his qilgan onlaringizni yozishingiz mumkin.

İnshaolloh bu bahona bilan Rabbimizga yana bir bora shukr keltirgan bo'lamiz.



Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 20:56:47

Hali bola edim, ukalarim bilan hovlida u yerdan bu yerga yugirib, sakrab, yashinmachoq o'ynardik. Hovlimizni chekkasida huddi reshotkaga o'hshab, tahtalar ustma-ust qoqilgan edi. Shu tahtalardan biri pastdagisi joyidan chiqqani uchun tagidan bemalol o'ta olishimiz mumkin edi. Men ham birdan u yerdan sakradim va boshim tekkan joydan atigi 1 sm uzoqda 5-6 sm uzunlikda mih bor edi. Boshimni u yerga ham urib olishim mumkin edi. Va o'ylab qarang, men pastdan tepaga qarab sakragan edim. Rabbim farishtalari bilan go'daklarni qo'riydi, deb ko'p eshitganman. Shukrlar bo'lsinkim, o'sha kuni katta fojeani eshigidan qaytganman...Alloh meni juda yaxshi ko'radi, men ham, unga so'ngsiz hamdu-sanolar bo'lsin.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 21:11:36

Yana bir kuni ayam kasalxonada yotgan paytlari men 2 sinfda o'qir ekanman, ammamlarnikiga boradigan bo'ldim. Katta trassadan o'tishim kerak bo'lgani uchun dadam "yo'ldan ehtiyot bo'lib o't", deb ta'kidladilar hatto. Uydan chiqdim va yo'l bo'yicha o'zimga o'zim "Yo'l harakati qoidalariga rioya qil" deb eslatib turdim. Uyimizdan 2 mahalla nariga o'tganimdan keyin 3 tarafdan bir-biriga tutash yo'l bor edi, shu yerga kelganimda  har tarafdan mashinalar kelib qoldi, men bo'lsa burchakka siqilib qoldim. Biroz hurkdim. Yana yuqoridagi qoidani o'zimga eslatib yo'lda davom etdim. Katta trassani bo'yiga keldim. Qaradim har ikki tarafdan kelayotgan mashinalar ham ancha uzoqda. Men ham yugirib yo'ldan o'ta boshladim. Shy payt, mashina tormozini ovozi va ko'z oldimda bir zumlik huddi qalp otishlarini ko'rsatgan pulsday bir narsa ko'rindi va men hushimdan ketdim. Keyin bilsam fevral' oyi bo'lib qorlar eriy bohslagani uchun, yo'llar sirpanchiq, men ham sirpanib yiqilibman va kelgan mashinani ostida qolibman. Hushsiz qancha turdim bilmadim, ko'zimni ochdim, qarasam bir militsiyoner(qayerdan paydo bo'ldi, haligacha tushuna olmayman) yana 2 ayol, 2 erkak bor. İkki qo'limdan ushlab turishibdi. Men o'zimga kelib, "meni qo'yib yuboringlar, ammamnikiga borishim kerak," dedim. Na yig'ladim na ular bilan gaplashdim. Hech narsa bo'lmaganday yo'limda davom etdim. Faqat qordan ustim ho'l bo'lgan edi, sovqota boshladim.
Ammamni uyiga keldim, uyda qo'shnilari bor ekan, hammasi "voy chiroyli qiz kelibdi," deb men bilan ko'rishishdi. Menga bir qo'shni ayol shunday ism bergandi. Men ham ammam bilan ko'rishib, "amma bir narsa aytsam hech kimga aytmaysizmi, dedim. U ham: "Ha aytmayman, nima bo'ldi," dedi ko'zlari javdirab. Men esa: "Yiqilib tushdimmm,"deb yig'lab yubordim. Hamma eshitdi gapimni, meni ovuta boshlashdi. Bir payt eshik taqqilladi va boya meni "urib yuborgan" ayol-erkaklar turishibdi. Yuragim "shuvvv" etib ketdi. "Haaa shu qiz, shu qiz," deb baqira boshladilar. Ammamga hamma gapni aytib berishdi va jiyaningizga yaxshilab qarang, bir yerida siniq yoki ko'kargan joy bo'lsa kasalxonaga olib boraylik, deyishdi. Ha o'sha paytlar insonlarimizda ancha insof bor ekan. Orqamdan poylab kelishibdi, "qizga bir narsa bo'lgan bo'lsa yordam beraylik", deb. Ammam qaradi hech narsa yo'q. Alloh meni yana bir marta qutqardi falokatdan....Hamd bo'lsin...

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 21:34:36

Azizlar, yuqoridagi fikrlarimdan "Alloh sevgan qullariga faqatgina yaxshi kun, umuman hamma narsaning yahshisini beradi" degan hulosa kelib chiqmasin. Eskidan aziz-avliyo zotlar kunlari osuda o'ta boshlaganda, "Rabbim meni unutdimi, yoki" deb yig'lar ekanlar. Tabiiyki Alloh hammamizga ko'tara oladigan yuk, qiyinchilik, ko'rgulik beradi. Asosiysi bularning hammasining Allohdan kelganligini his qilishimiz kerak. Agar ularga Musulmonga yarashadigan shaklda bardosh berib, yo'l topsak, Rabbimiz bizlarga O'Zİ'gina mukofotini beradi insholloh.

Qayd etilgan


lolo  02 Oktyabr 2009, 22:42:09

Assalamu alaykum!
Mani fikrimcha, Alloh mani yaxshi ko'radi, yoki Alloh mani yomon ko'radi, deb aniq etib bo'lmasa kk. Chunki Alloh yaxshi bandalarini yomonlik bn ham sinashini, yoki yomon odamlaga ko'p yaxshiliklani berib qo'yganini ko'rishimiz mn.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 22:43:46

Assalamu alaykum!
Mani fikrimcha, Alloh mani yaxshi ko'radi, yoki Alloh mani yomon ko'radi, deb aniq etib bo'lmasa kk. Chunki Alloh yaxshi bandalarini yomonlik bn ham sinashini, yoki yomon odamlaga ko'p yaxshiliklani berib qo'yganini ko'rishimiz mn.

V.Assalom. Yuqorida siz aytgan fikrga javob yozganman. Asl maqsad, boshimizga kelgan voqealardan hulosa chiqargan holda Rabbimizga yana bir bora hamd aytish....Qolaversa, bu mening shahsiy fikrim.

Alloh, yaxshi ko'rgan bandalarigagina O'Zİ haqida eslatib, suhbatini yana O'Zİ haqida olib borishni nasib qilar ekan.
Masalan, biz yaxshi ko'rganlarimiz haqida doimo gapirgimiz, ular bilan g'ururlangimiz keladi.

"Xudoni O'Zİ saqladi", deydi-ku Xalqimiz, shundan kelib chiqqan holda bu mavzuni ochdim...

İnsonlar turfa hil bo'lganiday, fikrlari ham hilma hil bo'lishi tabiiydir. Yuqorida men keltirgan voqealarni har eslaganimda Rabbimga shukrlar aytaman.

Keyin men faqat O'zbek adabiyoti emas, Turk va Rus adabiyotidan ham anchagina tasirlanganman.

Bu mavzuga shunday nom berishimning sababi ham shu bo'lsa kerak...

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 23:18:41

Payg'ambarimiz (S.A.V) bir kuni bir faqirga kiyim beradigan qul uchun duo qilar ekanlar, buni Hazrati Abu Bakir (r.a) eshitib qoladilar va jildlaridagi eng so'nggi kiyimlarini ham u faqirga berib, o'zlari uyda kiyiladigan ich kiyimda (abo) qoladilar. Kiyimlari bo'lmagani uchun tashqari chiqa olmaydilar. Payg'ambarimizni bir nehca kundan beri ko'ra olmas, hasratidan yonib-qovrular. Payg'ambarimiz ham do'stlari bir necha kundan beri ko'rinmaganlari uchun  Abı Bekir (r.a) ni ko'rish uchun uylariga qarab yo'l oladilar. Yo'lda esa Jabroyil (a.s) ko'radilar, Jabroyil (a.s)ning ham ustilarida abo bor ekanligini ko'rib hayron bo'ladilar. "Bu nedir", deb so'raydilar. Jabroyil (a.s) esa : "Ey Allohning Rasuli, Abu Bakir(a.s) ning ishqidan ko'k yuzidagi butun malaklar abo kiydilar," deb javob berar va Abu Bakir (a.s) ga yetkazish uchun xabar aytar.
Payg'ambarimiz (S.A.V) Abu Bakir Siddiqning uylariga kirib kelganlarida ular juda sevinadilar, chunki do'stlarini qattiq sog'inganlar.
Payg'ambarimiz (S.A.V): "Alloh sendan bir narsani so'rashimni buyurdi", dedilar. Abu Bakir(r.a) esa noto'g'ri ish qilib qo'ydimmikan, deb tashvishga tushib, ranglari oqarib ketadi. Payg'ambarimiz esa: Alloh, "Abu Bakir qulim mendan rozimi, deb so'rashimni amr etdi," deb javob beradilar. Abu Bakir (r.a) esa jildlarida abo bilan uyning u tarafidan bu tarafiga yugirib, Rozi bo'lmaymanmi,ey Rasululloh, rozi bo'lmaymanmi, eyy Rasululloh, degan ekanlar....

Bu voqeani eshitganimda juda qattiq ta'sirlangandim. Alloh bizga qarshi shunchalik marhamatli, shunchalik shafqatliki tasavvur ham qila olmaymiz.
Olamlarning Rabbi, Qulim mendan rozimi, deb so'rar ekan, biz vaqti kelganda ochiqcha bir-birimizning ko'nglini og'ritgan holda kechirim so'rashga kelganda kattalik qilamiz.

Ey Rabbim, sen ham bizlardan Rozi bo'l, men sendan roziman, bergan ne'matingga, kunlaringga roziman, eng boshda meni, Musulmon qilib yaratding, minglarcha shukrlar bo'lsin....


Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 23:39:15

Baqara Surasinig 165 chi oyatida:  "Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular o‘zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar. Iymonli kishilarning Allohga bo‘lgan muhabbatlari qattiqroqdir. Bunday zolimlar azobga ro‘baro‘ bo‘ladigan zamonlarida (qiyomat kunida) butun kuch-qudrat Allohniki bo‘lishini va Allohning azobi qattiq azob ekanini bilsalar edi", deb buyuriladi.

Bazan İslom Dini haqida negadir qo'rqitadigan gaplar, "shuni qilma," "buni qilma", "Jahannamda yonasan," kabi so'zlar ko'proq ishlatiladi. Bu esa, nafaqat Musulmonlarni, boshqa dindan bo'lib, İslom dini haqida qiziqayotgan insonlarni ham qattiq qo'rqitadi, hatto uzoqlashtiradi.

İnson bolasi qo'rqqanini yaxshi ko'ra olmaydi, men har doim Allohni insonlarga bo'lgan g'azabini emas, shafqatining ustunligi bilan esladim.

Allohning O'Zİ bizlarga rahm aylasin.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 23:51:37

Niso surasinig 29 chi oyatida: "Ey mo‘minlar, mollaringizni o‘rtalaringizda nohaq (ya’ni o‘g‘rilik, qaroqchilik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, qimor kabi) yo‘llar bilan yemangiz! Balki o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kasb qilingiz. Hamda bir-birlaringizni o‘ldirmangiz! Albatta Alloh sizlarga mehribon bo‘lgan zotdir", buyuriladi.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 23:59:39

Yana Niso surasining 79chi oyatida Rabbimiz: (Ey inson), senga yetgan har qanday yaxshilik faqat Allohdandir. Senga yetgan har qanday yomonlik esa o‘zingning qilmishingdandir. (Ey Muhammad), sizni Biz odamlarga payg‘ambar qilib yubordik. Bunga Allohning o‘zi yetarli guvohdir, buyuradi. 

Xalqimiz ham zota: Qilmish-qidirmish, deb bekorga aytmagan ekan.

Yani qilmishlarimizga ko'ra, yo mukofotlandirilamiz, yoki jazolandirilamiz. Asosiysi, bizga berilgan "yomonlik"dan to'g'ri hulosa chiqarib, o'tgan hayotimizni bir mushohada qilishimiz va xatolarimizni tuzatishimiz kerak.

Qayd etilgan