Yana bir kuni ayam kasalxonada yotgan paytlari men 2 sinfda o'qir ekanman, ammamlarnikiga boradigan bo'ldim. Katta trassadan o'tishim kerak bo'lgani uchun dadam "yo'ldan ehtiyot bo'lib o't", deb ta'kidladilar hatto. Uydan chiqdim va yo'l bo'yicha o'zimga o'zim "Yo'l harakati qoidalariga rioya qil" deb eslatib turdim. Uyimizdan 2 mahalla nariga o'tganimdan keyin 3 tarafdan bir-biriga tutash yo'l bor edi, shu yerga kelganimda har tarafdan mashinalar kelib qoldi, men bo'lsa burchakka siqilib qoldim. Biroz hurkdim. Yana yuqoridagi qoidani o'zimga eslatib yo'lda davom etdim. Katta trassani bo'yiga keldim. Qaradim har ikki tarafdan kelayotgan mashinalar ham ancha uzoqda. Men ham yugirib yo'ldan o'ta boshladim. Shy payt, mashina tormozini ovozi va ko'z oldimda bir zumlik huddi qalp otishlarini ko'rsatgan pulsday bir narsa ko'rindi va men hushimdan ketdim. Keyin bilsam fevral' oyi bo'lib qorlar eriy bohslagani uchun, yo'llar sirpanchiq, men ham sirpanib yiqilibman va kelgan mashinani ostida qolibman. Hushsiz qancha turdim bilmadim, ko'zimni ochdim, qarasam bir militsiyoner(qayerdan paydo bo'ldi, haligacha tushuna olmayman) yana 2 ayol, 2 erkak bor. İkki qo'limdan ushlab turishibdi. Men o'zimga kelib, "meni qo'yib yuboringlar, ammamnikiga borishim kerak," dedim. Na yig'ladim na ular bilan gaplashdim. Hech narsa bo'lmaganday yo'limda davom etdim. Faqat qordan ustim ho'l bo'lgan edi, sovqota boshladim.
Ammamni uyiga keldim, uyda qo'shnilari bor ekan, hammasi "voy chiroyli qiz kelibdi," deb men bilan ko'rishishdi. Menga bir qo'shni ayol shunday ism bergandi. Men ham ammam bilan ko'rishib, "amma bir narsa aytsam hech kimga aytmaysizmi, dedim. U ham: "Ha aytmayman, nima bo'ldi," dedi ko'zlari javdirab. Men esa: "Yiqilib tushdimmm,"deb yig'lab yubordim. Hamma eshitdi gapimni, meni ovuta boshlashdi. Bir payt eshik taqqilladi va boya meni "urib yuborgan" ayol-erkaklar turishibdi. Yuragim "shuvvv" etib ketdi. "Haaa shu qiz, shu qiz," deb baqira boshladilar. Ammamga hamma gapni aytib berishdi va jiyaningizga yaxshilab qarang, bir yerida siniq yoki ko'kargan joy bo'lsa kasalxonaga olib boraylik, deyishdi. Ha o'sha paytlar insonlarimizda ancha insof bor ekan. Orqamdan poylab kelishibdi, "qizga bir narsa bo'lgan bo'lsa yordam beraylik", deb. Ammam qaradi hech narsa yo'q. Alloh meni yana bir marta qutqardi falokatdan....Hamd bo'lsin...